scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"YULDUZLAR MANGU YONADI" QISSASI HAQIDA!

Abdusamatova Ozoda Xolmamat qizi

Abstract

Ushbu maqolada Tog’ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi haqidagi fikrlar o’rganiladi, undagi voqealar va qahramonlar xarakteri tahlil qilinadi.

Full text

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 50 “YULDUZLAR MANGU YONADI” QISSASI HAQIDA! Abdusamatova Ozoda Xolmamat qizi Samarqand Davlat Universiteti magistri. Annotatsiya. Ushbu maqolada Tog’ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi haqidagi fikrlar o’rganiladi, undagi voqealar va qahramonlar xarakteri tahlil qilinadi. Asarning bosh g’oyasi va ahamiyati haqida xulosalar beriladi. Kalit so’zlar: Do’stlik, Nasimpolvon, Bo’ripolvon, urfodatlar, to’g’rilik, halollik, muhabbat dostoni, xalq og’zaki ijodi, falsafiylik, mardlik, komil inson sifatlari, yolg’on, xiyonat. Tog’ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” asari to’y tasviri bilan boshlanadi: “ – Odamlaru odamlar, tog’da bitgan bodomlar, eshitmadim demanglar! Bugun hamma Zulfiqor polvonnikiga sunnat to’yiga, He-e-e-ey! Cho’ jonivor!” Ushbu jumlalar bilan o’quvchi o’zbek qishloqlariga beixtiyor, hayolan kirib boradi. Yaqinyaqingacha qishloqlarimizda to’yga yoki ma’rakaga ot minib, hamma eshitishi uchun kimnikiga ekanini baqiribchaqirib aytib chiqilardi. Hozir ham ba’zi joylarda saqlanib qolingan. To’ydagi urfodatlar, ayollarning tugunida “ bo’g’irsoq, qatlama, shirguruch” ko’tarib kelishiyu, bolalarning “yong’oq, oshiq, shumshak, quloqcho’zma, chillak, yashinmachoq, zuvillatar, oqsuyak” kabi o’yinlar o’ynaganlarigacha adib nazaridan chetda qolmadi. Yozuvchi ta’biri bilan aytganda, “Xalq, o’zining urfodatlari bilan xalq. Otabobolaridan qolgan milliy an’analari bilan xalq”. To’yxona yonidagi hovlida erkaklar davra quradi, kurash boshlanadi. Shunda dastlab davra hurmat bilan, oqsoqol polvonlarni taklif qiladi. Bo’ripolvon bilan Hotampolvon davrani boshlab beradi. Bunda kim yutishi muhim emas, kattalar boshlab berishi kerak bo’lgani uchun, bobolar chiqadi. Shundan so’ng Shukur polvon bilan Ermat polvon ya’ni bolachalar chiqadi. Bolalardan o’smirlar va kattalarga o’tib ketiladi. E’tiborli tomoni, kurashda faqatgina bir odam ikkinchi bir odamni yiqitishi emas, unda oriyat, g’urur, halollik, insof, odamgarchilik sifatlari haqida so’z boradi. Xiyonat, yolg’on qoralanadi. Asarni o’qish jarayonida o’quvchi komil inson fazilatlarini ko’rish mumkin. Tasavvuf adabiyotining markaziy tushunchalaridan biri bo’lgan nafs illati va yolg’on, xiyonat, qasam kabi insonni yaratgandan uzoqlashtiruvchi xislatlar ochib beriladi. Bo’ripolvonning davraga murojaati: “ Xaloyiq! – dedi. – Davrada halol olishib, elga tomosha ko’rsataylik! Haq nohaqni men o’zim ajrim qilaman! Aytganim aytgan, deganim degan! Davradagi Bo’ripolvon so’zim: Tarafkashlik, g’irromlik, oshnaog’aynigarchilikka yo’l qo’ymayman! “. Shundan so’ngina kurash boshlanadi. Bo’ripolvonning onasi echki sog’adi: “ Esli molim, oqilim, churiyachurey, Yelkamdagi kokilim, churiyachurey. Shuncha molning ichida churiyachurey, Bog’da ochilgan gulim, churiyachurey. Ona, echki sog’ish qo’shig’ini aytadi. Asarda bu kabi qator xalq og’zaki ijodi namunalarini ko’rish mumkin. Bo’ri bilan Nasim bolaligida juda yaqin do’st bo’ladi. Birbirini uyida yotib qoladi. Qiyomatli do’st tutinadi. Shu o’rinda aytilgan so’zning kuchini ko’ramiz, ya’ni yomon so’zning ijobatini va shu uchun ham o’ylab gapirish falsafasini yozuvchi uqtirib o’tadi. Nasimning onasi : “ – Ko’rguliging ko’p bo’lgur, bu bola bo’lmadi, kuydurgilik bo’ldi!” – dedi. ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 51 Chindanam Nasimning vaqt o’tib ko’rguligi ko’p bo’ladi. Bo’ri bilan Nasimning onalari birbirining o’g’liga to’n yopib, ularni qiyomatli do’st qilganiga qaramay, Nasim do’stiga xiyonat qiladi. Ya’ni Momoqizga chin ko’ngildan muhabbat qo’ygan Bo’ri , o’z dardini qizga borib aytolmaydi, andisha qiladi. Yuragini hayajon bilan do’stiga ochadi: “ – Nasim oshna, sen Momoqizga ayt, Bo’ri seni tushlarida ko’radi, de… Necha marta aytaman dedim, bo’lmadi. Ko’ziga ko’zim tushsa, garang bo’lib qolaman. Aytaman deb borib, aytolmay qaytib keldim… Nasim oshna, sen mening qiyomatli do’stimsanku, sen ayt.” Ammo, vaziyat Bo’ri aytganday bo’lmadi. Nasim : “Momoqiz seni yoqtirmas ekan” – deb, qiblaga qarab yolg’on gapirsa, ko’zi ko’r bo’lishini aytib qasam ichishi, va qizga o’zi uylanib olishi voqealarida esa do’stining do’stiga yolg’oni, xiyonati aks etadi. Ammo aytilgan so’z, qasam beiz ketmadi, Nasimpolvonning ko’zlari yiqilgani sabab bo’lib, chindan-da, butunlay ko’r bo’lib qolishida ham, hayotning falsafasi bor. Ya’ni bu yerda, yomonlikning har doim javobi borligiga ishora bor. Rais Bo’ripolvonga to’yga birga borish uchun odam yuborganida, Bo’ripolvon bormagan o’ringa diqqat qilamiz: “ Bormagani boisi, rais buzug’oyoq bo’ldi” – deb muallif buni izohlaydi. Asarda Bo’ripolvon tilidan: “Nahs bosgan odam bilan bir yoqqa yurib bo’ladimi? Bo’lmaydi! Tag’in yo’lda biror bir falokat yuz beradi-da, barimiz juvonmarg o’lib ketamiz!”- degan fikrlar aytiladi. Halol, to’g’riso’z, yaxshilikni ulug’lovchi Bo’ripolvon obraziga o’quvchi havas qiladi, unga o’xshashga harakat qiladi. Mana shu jihat asarning ahamiyatini belgilaydi. Bo’ripolvon obrazi oddiy, sodda, chekka bir qishloqda yashaydigan jaydari bir o’zbekning obrazi. Ezgulik fazilatlari uning qonida bor. Millatsevarlik, urf-odatlarga bo’lgan hurmat o’zbekning jonida bor: “ Shunday keta bersak, hademay o’zimizni-da, boy berib qo’yamiz! Xiyol bo’lmasa, xalqning o’zini-da, eskilik sarqitiga chiqarib yuborayin dedik. Bugun buni, ertaga uni yo’qota bersak, podadan nima farqimiz qoladi?” Ushbu fikrlar orqali yozuvchi o’z millatiga bo’lgan fikrini, mehrini , hurmatini ifoda qiladi. Bo’ripolvon obraziga qaytaqayta murojaat qilamiz. Uning “ Biz hademay bu dunyodan ketamiz”- degan gapi o’quvchini mulohaza qilishga undaydi. Bu oddiygina fikrdan so’ng, muallif o’z kitobxoniga dunyo, oxirat, shodlikning ham qayg’uning ham o’tkinchi ekani haqida o’ylatadi, falsafiy mushohada yuritishga chorlaydi. Biz doim Tog’ay Murod haqida gapirganda, poeziya so’zini qo’llaymiz. Yozuvchining yozganlarini nasrini she’rga, qo’shiqqa, musiqaga o’xshatamiz: “ Avlodlar almashgan sayin… yurak yo’qolib boryapti! Jasad bor! Aql bor! Yurak yo’q! To’rt muchal bor! Kuch-quvvat bor! Yurak yo’q! Ko’krakda jon bor! Yurak yo’q! Yurak! Farzandlar hayotga beparvo qaraydi, musibat bilan xursandchilik farqiga bormaydi.” Ushbu jumlalarda, Tog’ay Murod o’zining qalbidan otilib chiqayotgan o’ylarini, fikrlarini qahramon tilidan yonib aytadi. Bu aytishlar qalbdan tug’ma va tabiiy chiqadi. She’r bo’lib, qo’shiq va musiqa bo’lib chiqadi. Zero, yuragi bor odam nohaqlikka qarab turolmaydi, yuragi bor odam yolg’on gapirmaydi va yuragi bor odam xiyonat qilmaydi, shu borada, adib kuyinib yozgan edi. Bo’ripolvon o’g’li Tilovberdi polvonning, raqibini odamlar ustiga yiqitgani uchun, kurashni bekor deydi. Butun davra halol deb turgan paytda birgina Bo’ripolvon o’z o’g’lining kurashini ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 52 tan olmaydi. G’urur, or turibdi, katta ho’kiz qo’yilgan yutganga, ya’ni sovringa, yana bir qancha sovg’alar qo’yilgan. Lekin bularni o’ylab ham o’tirmaydi, Bo’ripolvon halollikni talab qiladi. Iymoniga qarshi chiqmaydi. Ha, Tog’ay Murod er yigitning, o’zbek yigitining timsolini yaratib berdi. Uning qahramonlari bilan tanishib, kitobxon ezgulikni ulug’laydi, yovuzlikni qoralaydi. Biz bu hajm jihatdan uncha katta bo’lmagan asarda ya’ni qissada, ajib bir muhabbat dostonini ham uchratamiz: “ Nasim oshna, hind qizlari-da, Momoqizning oldidan o’tabersin. Oshna, Tilovberdining onasigada, ko’nglim ketib uylandim. U…u Momoqizdan-da xushro’y… Oshna, uyam Momoqizning oldidan o’ta bersin! Nasim oshna men Momoqizdan ulug’ini ko’rmadim!” Bu gaplarni Bo’ripolvon qarigan chog’ida o’ziga o’zi aytadi. Ungacha biror marta, bu so’zlarni tilidan chiqarmaydi. Oilasi bor, beshta farzandi bor, nevaralari bor, bolalaridan tinib tinchigan boboga real o’ylab qaraganda, o’smirlik chog’idagi do’stiga erga tegib ketgan bir qizning nima qizig’i bor?! Uni o’ylab nima qiladi! Lekin, Bo’ripolvon Momoqizni tushlarida ko’rib yashadi. Unga bo’lgan sevgisini bir umr yuragiga ko’mib yashadi. Momoqizga bo’lgan sevgisi orqali hayotni sevib, yaxshiliklarni tuyib, ezgulikni qadrlab yashadi! Umri o’tib, garchi jismi qarisada, Momoqizga bo’lgan sevgisi qarimadi. Ko’nglining tubtubida Momoqiz haliyam yashaydi. Hatto, bundan Bo’ripolvon afsuslanmaydi. Yigit bo’lib, birinchi ko’ngli borligi uchun, bundan quvonadi. Bir umr buni Momoqizga aytmasdan, pinhona sevib yashaydi! Bu sevgi asarning juda qisqa o’rnida berilgan bo’lsada, kitobxon uchun butun boshli muhabbat dostonining hissini bera oladi! Bu ham yozuvchining, o’ziga xosligidan dalolat beradi. Bo’ripolvonning kuragi yerga tegmagan polvon ekaniga diqqat qilaylik. Kurashlarda umrida yengilmagan polvon o’zidan ancha yosh bo’lgan Ismoilpolvonga yiqiladi. Bunda ham yoshlikning o’tkinchi ekani, vaqt o’zining hukmini qilishiga ishora bor. Va bundan hayot har doim ham faqat muvaffaqiyatlardan iborat emasligi tushunchasini ham uqish mumkin. Tog’ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi haqida xulosa qilar ekanmiz, asar tor ma’noda kurash mavzusiga bag’ishlangan bo’lsa, keng ma’noda qissada inson sifatlari, inson xarakteri, muhabbat, ezgulik, haqiqat, iymon, to’g’riso’zlik kuylanadi, ulug’lanadi, talqin qilinadi, kitobxon ruhiga singdiriladi! Bo’ripolvonning har doim amal qilib keladigan, otasidan qolgan qimmatli uch o’giti bor: “ Birinchisiayolbozlik, ikkinchisiichkilikbozlik, uchinchisinafs balosi”. Bo’ripolvon bu o’gitlarni doim eslab yashaydi. Bu o’git har bir er yigit uchun, bugun ham toshga o’yib yozilgan naql bo’lib xizmat qiladi! Tog’ay Murod “Badiiy mutolaa inson ko’zini ochadi” – nomli jurnalist Hulkar Tuymanova bilan bo’lgan 2003yildagi suhbatida: “Yulduzlar mangu yonadi” asaringiz Surxon polvonlari hayoti haqida. Asardagi bosh obrazlar Bo’ripolvon, Nasimpolvonlarning prototipi hayotda bormi?” – degan savolga javob beradi: “Surxon polvonlari asarni o’qib, asardan o’zlarini topib edilar, asarda o’zlarini ko’rib edilar. Nechanecha polvonlar meni bag’riga bosib ”Yasha, uka, meni yozibsan”- deb edilar. Darhaqiqat, asardagi deyarli barcha polvonlarni hayotda o’z prototipi bor edi. O’sha polvonlar hozir ham hayot, qarilik gashtini surib yotibdilar. Asarda o’zim ham bor. O’zim ham baholi qudrat davralarda kurashib edim… Men o’shanda 25 yashar bolakay edim” – deydi. O’zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad asarga yozgan so’zboshisida, “Surxon polvonlarining halolliklari, mard, tantiliklarini ko’rib g’ururlanib ketdim”- deb yozadi. Asarni ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 53 o’qigan har bir kitobxon ham Said Ahmad kabi g’ururlanadi, faxr tuyg’usini tuyadi, shu millat vakili bo’lganidan o’ziga bo’lgan, maqsadlariga bo’lgan ishonch hissi ortadi!