TALABA-TARJIMONLAR UCHUN TARJIMA AMALIYOTIDA PAYDO BO'LADIGAN QIYINCHILIKLAR VA ULARNING YECHIMLARI
Abstract
Ushbu maqola bugungi kunda tarjimonlar qiynalayotgan muammolar va ularning istiqbolli yechimlari haqida ma’lumot beradi.
Full text
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 57 TALABA-TARJIMONLAR UCHUN TARJIMA AMALIYOTIDA PAYDO BO‘LADIGAN QIYINCHILIKLAR VA ULARNING YECHIMLARI Azimjon Ergashev O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti talabasi Abstract: This article provides information about the problems that translators face today and their promising solutions. Keywords: Translators, simultaneous translation, lexical, semantic meaning. Annotatsiya: Ushbu maqola bugungi kunda tarjimonlar qiynalayotgan muammolar va ularning istiqbolli yechimlari haqida ma’lumot beradi. Kalit so‘zlar: Tarjimonlar, sinxron ,o g’zaki tarjima, leksik, semantik ma’no. Аннотация: В статье представлена информация о проблемах, с которыми сталкиваются современные переводчики, и перспективных путях их решения. Ключевые слова: Переводчики, синхронный перевод, лексическое, семантическое значение. Bugungi rivojlanayotgan bir davrda xalqaro aloqalar, diplomatik kelishuvlar va savdo aloqalari jadallik bilan rivojlanmoqda. Bu holat esa, xalqaro maydondagi tarjimonlar rolini oshiradi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 2021-yilda “Tarjimonlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va uni tizimli yo‘lga qo‘yish” bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan. Ushbu qonunga muvofiq, bugugni kunda tarjimonlar duch kelayotgan muammolarni oldini olish, ular uchun sharoitlar yaratish uchun bir qator chora-tadbirlar olib borilgan. Unda quyidagi yo‘nalishlar nazarda tutilgan: Davlat tashkilotlari uchun rasmiy tarjimalar bo‘yicha yagona standartlarni joriy etish. Tarjimonlar assotsiatsiyasini tuzish. Tarjimonlar malakasini aniqlovchi imtihon tizimini yaratish. Yosh tarjimonlarnig salohiyatini oshirish, ularni amaliyotda ko’proq tajribadan o’tkazish uchun respublikamizning turli oliy ta’lim muassalarida tarjimonlar uchun amaliyot dasturlarini ishlab chiqishmoqda. Xususan, O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti (O’zDJTU) va Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti (TDSHU) kabi muassasalarda sinxron tarjimonlik kurslari va fakultetlari tashkil etildi. Ushbu universitetlarda zamonaviy o‘quv uskunalari va usullar mavjud. Xususan, O’zDJTUning Tarjimonlik fakultetida tarjimon talabalar uchun 4 ta kabina mavjud bo’lib, har bir kabinada 2tadan talaba birgalikda ishlab, bir vaqtning o’zida 8 ta talaba sinxron tarjima jarayonida ishtirok etishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu uskunalar barchasi mohir tarjimon ustozlar tominidan yutib olingan bo’lib, barcha uskunalar Koreya Respublikasi tomonidan esdalik sifatida berilgan. Biroq, bugungi kunda sinxron tarjimonlar tayyorlash bilan bog’liq muammolar haqida so‘z ketganda quyidagilarni takidlab o‘tish maqsadga muvofiq: birinchidan, bugungi kunda tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarning guruhlardagi soni tarjimon tayyorlash boʻyicha me’yordan ortiq. Guruhlarda 17 tadan 20 tagacha talaba oʻqiydi. Bu esa tarjima amaliyotini, jumladan ketma-ket va sinxron tarjima amaliyotini kengaytirishga toʻsqinlik qiladi; ikkinchidan, tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz, nemis, fransuz, italyan, arab, turk tillari) boʻyicha bakalavr va sinxron tarjima hamda
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 58 qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik magistratura mutaxassisligi oʻquv rejalarida mutaxassislik fanlariga ajratilgan soatlar kam; uchinchidan, talabalarning tarjima amaliyotini ixtisoslashmaganligi, ya’ni talabalarni tarjimaning aniq sohasi, xususan, tibbiyot, iqtisod, sudxuquq tizimi sohalariga yoʻnaltirilmagani ularni malakali mutaxassis boʻlishlarida salbiy ta'sir koʻrsatadi. Talabalarga sohaviy tarjimani oʻqitishda sohaviy xorijiy tilni oʻqitish yo‘lga qo‘yilmagan; to‘rtinchidan, tarjimaning har qanday turi bo‘yicha dars beradigan professor oʻqituvchilarni xorijda malaka oshirish koʻrsatkichi kam. Bu esa bugungi kunda sinxron tarjimani o‘qitish sohasidagi ilg’or tajribalarni amaliyotga keng tadbiq qilish imkonini bermaydi.[1] O'zbekistondagi tarjimonlik sohasida bir qator rivojlanish imkoniyatlari mavjud, ammo bu yo‘lda bir nechta muammolar ham mavjud. Birinchidan, sinxron tarjimonlarni tayyorlash jarayonida texnik jihozlar va o‘quv-uslubiy resurslarning yetarli emasligi ta’kidlandi. Ikkinchidan, talabalar uchun amaliy mashg‘ulotlar soni va sifatini oshirish zarur. Tarjimonlar tayyorlashda mutaxassislik sohalari bo‘yicha yo‘naltirilgan ta'lim tizimining yetishmasligi ham mavjud. Shuningdek, sun'iy intellekt va yangi texnologiyalarni integratsiya qilish orqali sinxron tarjimonlikni yanada rivojlantirish mumkin. Yosh tarjimonlar duch keladigan asosiy muammolardan yana biri – bu amaliy tajribaning yetarli emasligidir. Ko‘p hollarda tarjimonlik bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar nazariy bilimga ega bo‘lsalar-da, uni real tarjima muhitida qo‘llashda qiyinchiliklarga duch keladilar. Chunki tarjima amaliyoti faqat kitobiy nazariya yoki darsliklar orqali emas, balki doimiy mashq va real kontekstda ishlash orqali shakllanadi. Tarjima jarayonida yuzaga keladigan psixologik bosim, vaqt cheklovi, notiqning talaffuzi, so‘z tezligi va nutq mantiqiga tez moslashish kabi omillar talabalarni qiynashi mumkin. Ayniqsa sinxron yoki og‘zaki tarjima jarayonida tez fikrlash, kontekstni anglash va bir vaqtning o‘zida tarjima qilish ko‘nikmalari faqat tajriba orqali shakllanadi. Bunday ko‘nikmalar yetishmaganda, tarjimada semantik xatoliklar, noto‘g‘ri ifoda, gap qurilishidagi chalkashliklar yoki kommunikativ buzilishlar yuz beradi. Misol uchun, universitetda ingliz tilidan o‘zbek tiliga yozma tarjima bilan shug‘ullangan talaba, xalqaro seminar davomida og‘zaki tarjimada o‘zini yo‘qotib qo‘yishi mumkin. Sababi – og‘zaki tarjimada reaksiya tezligi,eshitilgan axborotni kontekst asosida darhol qayta ishlab yetkazish talab etiladi. Talabalar va yangi tarjimonlar ko‘ngilli tarjimalar, bloglar, onlayn maqolalar tarjimasi orqali o‘z portfoliolarini to‘ldirishlari zarur. Yosh mutaxassislar freelance platformalar (Upwork, Fiverr, ProZ) orqali kichik loyihalardan boshlab amaliyotga kirishlari mumkin. Mahalliy nashriyotlar, notijorat tashkilotlar va ta’lim muassasalari bilan tajriba almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish lozim. Terminologik va leksik bazaning sustligi Tarjimonlik faoliyatining samaradorligi, ayniqsa, aniq fanlar yoki sohalar bo‘yicha ishlayotganda, tarjimonning terminologik tayyorgarligiga bevosita bog‘liq. Tibbiyot, huquq, iqtisod, texnologiya kabi sohalarda terminlar noto‘g‘ri qo‘llanganda, butun matnning mazmuni buzilishi, hatto noto‘g‘ri tushunilishiga olib kelishi mumkin.
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 59 Ko‘pchilik yosh tarjimonlar umumiy lug‘atga ega bo‘lsalar-da, sohaviy terminlar, qisqartmalar, yangi tushunchalar va atamalarda qiynalishadi. Masalan, “due diligence”, “statutory obligations”, “end-to-end encryption”, “hybrid learning” kabi iboralarni umumiy so‘zlar bilan tarjima qilish noto‘g‘ri kontekstga olib keladi. Terminologik zaiflik ko‘pincha yetarli mutaxassislik adabiyotini o‘qimaslik, terminlar bo‘yicha shaxsiy glossariy yuritmaslik, zamonaviy til manbalaridan (jumladan, xalqaro portal va korpuslardan) foydalanmaslik natijasida yuzaga keladi. O‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilishda grammatik, frazeologik, uslubiy, terminologik va talaffuz normalariga ham to‘liq rioya qilinishi shart. Tarjima lingvistik moslashuvchanlik va so‘z tanlashdagi turfa imkoniyatlar bilan ajralib turishi kerak. Biz o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjimaning imkon qadar soddalashtirilgan modelini taklif etishga intilamiz.Ona tilidan chet tiliga tarjima qilganda, terminologik va talaffuz me’yorlariga shunchalik rioya qilinishi kerakki, asl nutqdagi g‘oyalar, maqsadlar, faktik axborotlar va notiqning munosabati aniq va to‘g‘ri yetkazilsin, aloqa buzilmasin, tushunmovchilik yuzaga kelmasin.Agar tillar grammatik jihatdan bir-biriga mos kelmasa, uzoq va murakkab iboralardan foydalanish o‘rniga, g‘oyalar orasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatish, fikrlarni aniq va ixcham yetkazish muhim hisoblanadi.Faqat juda soddalashtirilgan shakldagi nutqlardagina tarjima samarali bo‘ladi. Tarjimon keraksiz bezaklar va tuzatishlarga chalg‘imasligi lozim.Oddiy qilib aytganda, har bir so‘zning tarjimasi muhim emas, balki asosiy g‘oyani to‘g‘ri yetkazish muhim. Tarjimon notiqning fikrni kuchaytirish yoki yumshatish harakatlariga emas, mazmunga e’tibor qaratishi, uni bevosita va ravshan tarjima qilishi zarur. Qayta takrorlanish (verbal redundancy) ba’zan muhim rol o‘ynaydi.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Har bir gapda “tema” mavjud bo‘lib, u ko‘pincha egani tashkil etadi, “rema” esa temaga oid axborotni beradi va ikkinchi darajali gap bo‘laklari orqali ifodalanadi. Tema va remani ko‘chirish, almashtirish holatlari sinxron tarjimada uchrab turadi. Gaplar tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilidagi bir xil gap bo‘laklari ingliz tilida egaga aylantirilishi mumkin. Bunday qayta tuzilishlar tarjimani soddalashtiradi. Bunda ingliz tilida passiv zamon (passive voice) ko‘p qo‘llaniladi. Masalan: Angolada mustamlakachilar harakatiga qarshi namoyish bo’lib o’tdi va bir necha o’quvchi o’ldirildi. There was a rebellion against the colonialists in Angola, and several students were killed. Nyu-york yaqinidagi 4ta samalyot ishlab chiqaruvchi zavodda 12,000 nafar ishchi ish tashladi. Near New York, 12,000 workers went on strike at four aircraft factories. Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, bugugi kunda yosh tarjimonlarimiz uchun bir qancha muammolar va qiyinchiliklar bo’lishiga qaramay, mavjud yechimlar va talabalarimiz ishtiyoqi va nazariy bilimlarni rivojlantirish orqali biz kelajakda yetuk tarjimon kadrlarni kashf qilamiz degan umiddaman. Foydalanilgan adabiyotlar:
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 60 1. Tuxtasinov.I.M SINXRON TARJIMON TAYYORLASHNING BUGUNGI HOLATI VA ISTIQBOLI, Toshkent 2024 4-5-betlar; 2. Ergashev A."SINXRON TARJIMA: O'ZBEKISTONDAGI RIVOJLANISH VA TA'LIMDAGI CHEKLOVLAR", Toshkent 2025 88-91-betlar; 3. Muminov O “A guide to Simaltaneous Translation”, Toshkent 2005 24-27-betlar.