scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QON BOSIMINING FIZIK ASOSLARI VA UNI O'LCHASH USULLARI

Tolqin Omonovich Buzrukov,Normurodova Gulshoda Murodovna

Abstract

Qon bosimini o‘lchash inson salomatligini baholashda juda muhim tibbiy amaliyotdir. Bu usul yurak va qon tomir kasalliklarini aniqlash, oldini olish hamda davolashda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, homilador ayollar, yurak yoki qon tomir kasalliklari mavjud insonlar, diabet, semizlik va stressga uchragan shaxslarda muntazam qon bosimini o‘lchab turish zarur. Qon bosimi ikki ko‘rsatkich — sistolik va diastolik bosim orqali baholanadi. Uni manometr yoki sfigmomanometr yordamida aniqlash mumkin. O‘lchash vaqtida bemor tinch holatda bo‘lishi, mashq yoki kuchli his-hayajondan keyin darhol o‘lchamaslik kerak. O‘lchovlar orasida tana tinchligi va to‘g‘ri holat saqlanishi kerak. Bu qoidalar qon bosimini to‘g‘ri aniqlash va sog‘lom yurak faoliyatini kuzatishda muhim rol o‘ynaydi.

Full text

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 64 UO‘K: 612.1:53.04 QON BOSIMINING FIZIK ASOSLARI VA UNI O‘LCHASH USULLARI Tolqin Omonovich Buzrukov Termez Iqtisodiyot va Servis Universiteti Tabiiy fanlar kafidrasi dotsenti, PhD Normurodova Gulshoda Murodovna Termez Iqtisodiyot va Servis Universiteti Tibbiyot fakulteti 25.01 guruh talabasi Annotatsiya: Qon bosimini o‘lchash inson salomatligini baholashda juda muhim tibbiy amaliyotdir. Bu usul yurak va qon tomir kasalliklarini aniqlash, oldini olish hamda davolashda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, homilador ayollar, yurak yoki qon tomir kasalliklari mavjud insonlar, diabet, semizlik va stressga uchragan shaxslarda muntazam qon bosimini o‘lchab turish zarur. Qon bosimi ikki ko‘rsatkich — sistolik va diastolik bosim orqali baholanadi. Uni manometr yoki sfigmomanometr yordamida aniqlash mumkin. O‘lchash vaqtida bemor tinch holatda bo‘lishi, mashq yoki kuchli his-hayajondan keyin darhol o‘lchamaslik kerak. O‘lchovlar orasida tana tinchligi va to‘g‘ri holat saqlanishi kerak. Bu qoidalar qon bosimini to‘g‘ri aniqlash va sog‘lom yurak faoliyatini kuzatishda muhim rol o‘ynaydi. Kalit so‘zlar: qon bosimi, sfigmomanometr, sistolik bosim, diastolik bosim, tonometr. Kirish: Arterial bosimni o‘lchash qiyin emas, ayniqsa zamonaviy tonometrlar bilan ish yanada osonlashadi. Ammo nimadir xato bajarilsa, natija ham shunga yarasha bo‘ladi. Qon bosimi — tomirlarda oqayotgan qonning shu tomirlar devoriga koʻrsatadigan bosimi (tazyiqi) - yurak ishi va tomirlar devorining qarshiligi tufayli vujudga keladi. Arteriyalar ichida — arterial, kapillyarlar ichida — kapillyar va venalar ichida — venoz bosim boʻladi. Qon bosimi qonning tomirlar sistemasi boʻylab oqishiga imkon beradi va shu bilan organizm toʻqimalarida moddalar almashinuvini taʼminlaydi. Arterial bosimning (AB)- yuqori yoki past boʻlishi, asosan, yurak qisqarishlarining kuchi va yurakning har qis-qarganda tomirlarga haydaydigan qon miqdori, tomirlar (ayniqsa, periferik tomirlar) devorining qon oqimiga koʻrsatadigan qarshiligi va kamroq darajada vaqt birligida yurak qisqarishlarining soni bilan belgilanadi. Aylanib yuradigan (sirkulyatsiya qiladigan) qon miqdori, uning yopishqoqligi, bosimining nafas olishga bogʻliq boʻlgan qorin va koʻkrak qafasi boʻshligʻidagi oʻzgarishlari va boshqa omillar ham AB ning yuqori yoki past boʻlishiga taʼsir koʻrsatadi. Yurakning chap qorinchasi qisqarganda (sistola) AB maksimal darajaga yetadi. Bu jarayonda yurakdan 70 ml qon otib chiqariladi, bu miqdor qon birdaniga mayda qon tomirlari (ayniqsa, kapillyarlar) orqali oʻtib ketolmaydi. Shuning uchun elastik aorta kengayadi, undagi bosim (sistolik bosim) esa ortadi. Asosiy qism: Arteriya, vena va kapillyarlarda qon bosimi turlicha boʻladi. Yurakdan uzoqlashgan sari qon bosimi pasayib boradi (aortada ancha yuqori, kapillyarlarda birmuncha past, venalarda ancha past boʻladi). Katta odamda normal arterial bosim 100–140 mm simob ustuni (sistolik bosim) ga va 70–80 mm simob ustuni (diastolik bosim) ga teng . Bu bosimlar farqi puls bosimi deyiladi. Organizmdagi biror-bir illat tufayli qon bosimi ushbu koʻrsatkichdan koʻtarilishi yoki pasayishi mumkin. Yurak qorinchalarining qisqarishlari orasidagi pauza (yaʼni diastola) vaqtida kengaygan qon tomirlari (aorta va yirik arteriyalar)ning devori qisqara boshlaydi va ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 65 qonni kapillyarlarga haydaydi. Qon bosimi asta-sekin pasayadi va diastola oxirida minimal darajaga tushadi (aortada 90 mm simob ustuni, yirik arteriyalarda 70 mm simob ustuni atrofida boʻladi).Qon bosimini oʻlchash tibbiyot xodimi uchun muhimdir. Qon bosimini pastlab ketishi ham, yuqorilab ketishi ham xavfli belgi hisoblanadi. Arterial qon bosimini oʻlchash yurak tomirlar va nafas tizimi kasalliklarida qoʻllaniladigan muhim tashxisiy usul hisoblanadi. Sogʻlom, katta yoshli odamlarda arterial bosim qator sabablarga, ayniqsa yoshga, nerv sistemasi holatiga, sutka soatlari va shunga oʻxshaganlarga koʻra oʻzgarib turadi. Sistolik bosim 120dan 140mmgacha, diastolik bosim esa 70-90mmgacha simob ustuni atrofida oʻzgarib turadi. Ertalab arterial bosim 5-10mm simob ustuniga past boʻladi. Qon bosimini oʻlchovchi 2 xil asbob mavjud: 1)Koʻrsatkichli qon bosimini oʻlchaydigan asbob(manometr). 2)Simobli qon bosimini oʻchaydigan asbob(sfigmomanometr). 1 – rasm: Tonometr (sfigmomanometr) — arterial qon bosimini o’lchash uchun asbob. Tonometr (sfigmomanometr) — arterial qon bosimini o’lchash uchun asbob. Tonometr manjeta, manjetaga havo yetkazib berish uchun qurilma va manjetadagi havo bosimini o’lchaydigan manometrdan iborat. Bunga qo’shimcha ravishda, turiga qarab, tonometr stetoskop yoki elektron qurilma bilan jihozlangan bo’lib, uning yordamida manjeta ichidagi havo pulsatsiyasi qayd etiladi. ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 66 Odam oʻzini xotirjam tutishi kerak. Yaqinda qilingan mashqlar, achchiqlanish yoki xavotirlanish qon bosimining ortishiga va notoʻgʻri maʻlumot olinishiga olib keladi. Odamning xavotirlanmasligi va qoʻrqmasligi uchun shifokor unga nima qilmoqchi ekanligini tushuntirish kerak. Odam qoʻlining yuqori qismiga asbobning yengini oʻrnatish lozim.Rezinali balonchaning burchagini berkitish kerak. Bosimni simob ustunining 200mmdan ortadigan qilib koʻtaradi. Fonendoskop tirsakning ichki tarafiga qoʻyiladi. Havoni asta-sekin qoʻyib yuborib, qon tomirining urishini diqqat bilan eshitish lozim. Asbobning koʻrsatkichi (yoki simob darajasi)asta tusha boshlaganda yuqori va pastdagi oʻlchamlarga eʻtibor qaratiladi. Qon bosimini tonometr bilan aniq o’lchash uchun asosiy qoidalar Qon bosimini o’lchashdan 1 soat oldin bemor chekish, spirtli ichimliklar ichish yoki kofeinli mahsulotlarni iste’mol qilishdan bosh tortishi kerak; Hojatxonaga borish istagi bo’lsa, qon bosimini o’lchamang, chunki to’la siydik pufagi bosim ko’rsatkichlarini taxminan 10 mm.sim.ust`ga oshiradi. Qon bosimini tinch sharoitda, xona haroratida o’lchash kerak; Qon bosimini o’lchash bemorning o’tirgan va bo’shashgan holatida amalga oshiriladi bunda o’lchov u bo’shashganindan kamida 5 daqiqadan keyin boshlanadi; Manjeta taqiladigan qo’l tirsagini taxminan yurak joylashgan darajadagi balandlikka joylashtirish kerak. Qo’l albatta butunlay bo’shashgan bo’lishi kerak. Amaliyot davomida gaplashish va harakat qilish mumkin emas. Ikki o’lchovlar oralig’ida 3-5 daqiqali pauza qilish kerak, shunda manjeta bilan qisilgan tomirlardagi qon bosimi normallashadi. Mexanik tonometr bilan qon bosimini o’lchash 1. Yuqorida keltirilgan dastlabki tayyorgarlikdan so’ng, manjetani yurak darajasida, tirsakdan 35 sm teparoqda qo’lga taqing. Agar sizning qurilmangiz qon bosimini bilakda o’lchash uchun mo’ljallangan bo’lsa ham, u yurak darajasida bo’lishi kerak. 2. Steteskopni qo’lning ichki bukimi markaziga joylashtiring va uni quloqqa taqing. Bu joyda, manjetadan havoni chiqarish vaqtida pulsni aniq eshitib olish mumkin bo’ladi. 3. Manjetani 200-220 mm.sim.ust`gacha damlang. Agar qon bosimi yanada yuqoriroq bo’lishi mumkinligiga shubha tug’ilsa, uni yanada ko’proq damlash kerak bo’ladi; 4. Sekin-asta, sekundiga 2-4 mm tezlikda, tonometrning siferblatiga qaragan holda havoni chiqara boshlang va stetoskopdagi zarblarni (pulsni) tinglang. 5. Dastlabki zarbni eshitishingiz bilan, asbobning mazkur ko’rsatkichini yodda saqlab qoling, bu qon bosimning yuqori ko’rsatkichidir (sistolik qon bosimi). 6. Zarblar eshitilishi to’xtatganda, bu qon bosimning pastki ko’rsatkichi bo’ladi (diastolik qon bosimi). 7. O’lchovni 2-3 marta oling. Ularning o’rtacha qiymati qon bosimi ko’rsatkichlari bo’ladi. Qon bosimini avtomatik (elektron) tonometr bilan o’lchash. ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 67 2 – rasm: Qon bosimini avtomatik (elektron) tonometr bilan o’lcho‘vchi asbob. 1. Manjetani qo’lingizga taqing va uni yurak darajasiga qo’ying. 2. Qon bosimini o’lchashni boshlash uchun shunchaki avtomatik tonometr tugmachasini bosing. 3. Tonometr natijalarni ko’rsatgunicha kutib turing. U o’zi manjetani havo bilan to’ldiradi va uni chiqaradi. Siz faqat natijalarni yozib olishingiz kerak.4. O’lchovni 2-3 marta oling. Ularning o’rtacha qiymati qon bosimi ko’rsatkichlari bo’ladi. Qon bosimi baland bo‘lishining oldini olish uchun avvalo uning sababini sinchiklab tekshirib ko‘rish lozim. Mabodo bosim tashqi muhit salbiy ta’sirlari sababli ko‘tarilayotgan bo‘lsa, bemor tinchlanish choralarini ko’rish, salbiy omilni bartaraf etishga harakat qilishi kerak. Taomnomaga servitamin, minerallarga boy bo’lgan va kasallikka qarshi kurashishga yordam beruvchi mahsulotlardan ko’proq kiritish darkor. Qon bosimi normasi qanday bo’ladi? Umumiy qabul qilingan inson normal qon bosimi 120/80 hisoblanadi. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, yoshga, organizmning individualligiga, sutka vaqti va boshqa omillarga qarab, normal qon bosimi yoki ko’pincha ideal qon bosimi yoki ishchi qon bosimi deb ataladigan ko’rsatkich turlicha bo’lishi mumkin. Misol uchun, keling, turli yoshdagi odamlar uchun normal bosim ko’rsatadigan jadvalga qaraylik: ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 68 3 – rasm: Qon bosimini yoshga doir normasi. Qon bosimining me’yordan ortiqchaligi gipertoniya (arterial gipertenziya), pastligi gipotoniya (arterial gipotenziya) deb ataladiQon bosimining me’yordan ortiqchaligi gipertoniya (arterial gipertenziya), pastligi gipotoniya (arterial gipotenziya) deb ataladi. Xulosa: Qon bosimini o‘lchash yurak va qon tomir kasalliklarini erta aniqlash va oldini olishda asosiy diagnostik ahamiyatga ega. To‘g‘ri o‘lchov usuli shifokorga bemorning umumiy sog‘lig‘ini baholash, davolash rejimini tanlash va xavfli holatlarning oldini olish imkonini beradi. O‘lchov paytida bemorning tinchligi, xona harorati va asbobning to‘g‘ri joylashtirilishi natijaning aniqligiga ta’sir qiladi. Mexanik va elektron tonometrlar yordamida qon bosimini bir necha marta o‘lchab, o‘rtacha natija olinadi. Bunday kuzatuvlar yordamida gipertoniya yoki gipotoniyani erta bosqichda aniqlash mumkin. Qon bosimini me’yorda ushlab turish uchun sog‘lom ovqatlanish, tuz iste’molini kamaytirish va jismoniy faollikni oshirish muhimdir. Bu tavsiyalar sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Ergashev, B. (2025). Sirkon dioksid qoplamalari va materialining klinik laborator ahamiyati. Journal of Uzbekistan’s Development and Research (JUDR), 1(1), 627–632. 2. Axmedov B., Raximov I. Inson fiziologiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston tibbiyot nashriyoti, 2021. – 312 b. 3. Tursunov S. Biofizika asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2019. – 280 b. 4. Ergashev, B. (2025). Pulpitning etiologiyasi, patogenezi, morfologiyasi va klinik simptomlari. Modern Science and Research, 4(3), 829–838. ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 69 5. Ergashev, B. (2025). Stomatologiyada tish kariesi: Etiologiyasi, diagnostika va davolash usullari. Modern Science and Research, 4(3), 821–828. 6. Ergashev, B. (2025). Tish emal prizmalariga yopishib olgan tish blyashka matrixning mikrobiologiyasi va tarkibi. Modern Science and Research, 4(3), 815–820. 7. Karimova G. Tibbiy diagnostika asboblari va ularning ishlash prinsiplari. – Toshkent: Innovatsion nashriyot, 2022. – 210 b. 8. Ergashev, B. (2025). Advances in oral health: Prevention, treatment, and systemic implications. American Journal of Education and Learning, 3(3), 1108–1114. 9. Ergashev, B. (2025). Psychological support for cancer patients. ИКРО журнал, 15(1), 164– 167. 10. Ergashev, B., & Raxmonov, Sh. (2025). Oral trichomoniasis: Epidemiology, pathogenesis, and clinical significance. Kazakh Journal of Ecosystem Restoration and Biodiversity, 1(1), 19–27. 11. Ergashev, B., & Raxmonov, Sh. (2025). Transmission dynamics of tuberculosis: An epidemiological and biological perspective. Kazakh Journal of Ecosystem Restoration and Biodiversity, 1(1), 28–35. 12. Ergashev, B. J. O‘g‘li. (2025). Uch shoxli nervning yallig‘lanishi: Klinikasi, etiologiyasi va davolash usullari. Research Focus, 4(3), 162–169. 13. Odam va hayvonlar fiziologiyasi. – Namangan davlat universiteti elektron kutubxonasi, 2024. https://namdu.uz/media/Books/pdf/2024/05/20/NamDU-ARM-1179 14. Ergashev, B. J. (2025). Tish kariesi tarqalishining ijtimoiy va biologik omillari: Tahliliy yondashuv. Журнал научных исследований и их решений, 4(2), 427–430. 15. Raxmanov, Sh., Baxadirov, M., & Ergashev, B. (2025). Skin diseases laboratory diagnosis. Международный мультидисциплинарный журнал исследований и разработок, 1(3), 130–132. 16. Ergashev, B. J. (2025). Tish olish operatsiyasidan keyin yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlar. Журнал научных исследований и их решений, 4(2), 421–426 17. NamDU ARM. Biofizika o‘quv qo‘llanma. https://namdu.uz/media/Books/pdf/2024/05/17/NamDU-ARM-871-Biofizika.pdf 18. Ergashev, B. J. (2025). Yuz nervining yallig‘lanishi: Klinikasi, etiologiyasi, davolash usullari. Research Focus, 4(3), 155–161. 19. Ergashev, B. J. (2025). Energetik ichimliklarning tish emal qavatiga ta’siri va oldini olish usullari (adabiyotlar sharhi). Журнал научных исследований и их решений, 4(2), 416– 420. 20. Ergashev, B. J. Oglu. (2025). Kennedy classification: Its significance. Tabib, 1(1), 1–7. 21. Tursunov S. Biofizika asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2019. – 280 b. 22. Ergashev, B. (2025). The impact of energy drink consumption on the development and mineralization of teeth in adolescents. Академические исследования в современной науке, 4(31), 52–55.