scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QURG'OQCHIL MINTAQALARDA O'RMON HOSIL QILISH BO'YICHA XORIJIY TAJRIBALAR VA ULARNI O'ZBEKISTONDA QO'LLASH IMKONIYATLARI

Mamatkomilova Mushtariybonu; Qoriyev Mirzoxid

Abstract

maqolada xorijiy tajribalar asosida O‘zbekistonning qurg‘oqchil mintaqalarida o‘rmon barpo etishning amaliy imkoniyatlari tahlil qilingan. O‘rmon-texnik melioratsiya, suvdan oqilona foydalanish va geografik axborot tizimlaridan oqilona foydalanish kabi masalalar muhokama qilingan.

Full text

"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 86 QURG‘OQCHIL MINTAQALARDA O‘RMON HOSIL QILISH BO‘YICHA XORIJIY TAJRIBALAR VA ULARNI O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH IMKONIYATLARI Mamatkomilova Mushtariybonu NamDPI, geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo’nalishi iqtidorli talabasi. E-mail: [email protected] Qoriyev Mirzoxid Namangan davlat pedagogika instituti, tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti. E-mail: koriye[email protected] Annotatsiya: maqolada xorijiy tajribalar asosida O‘zbekistonning qurg‘oqchil mintaqalarida o‘rmon barpo etishning amaliy imkoniyatlari tahlil qilingan. O‘rmon-texnik melioratsiya, suvdan oqilona foydalanish va geografik axborot tizimlaridan oqilona foydalanish kabi masalalar muhokama qilingan. Kalit so‘zlar: qurg‘oqchil mintaqa, o‘rmon hosil qilish, melioratsiya, iqlim sharoiti, tuproq himoyasi, geografik axborot tizimlari. O‘zbekistonning katta qismini qurg‘oqchil iqlimga ega bo‘lgan hududlar tashkil etadi. Bu mintaqalarda tuproq eroziyasi, cho‘l ta’siri va ekologik muammolar jiddiy darajada seziladi. Shuning uchun o‘rmon hosil qilish orqali ekologik muvozanatni tiklash va iqlimni yumshatish muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyo miqyosida ko‘plab mamlakatlar qurg‘oqchil hududlarda o‘rmon barpo etish borasida boy tajriba to‘plagan. Masalan, Xitoy, Isroil va AQSh kabi mamlakatlarda o‘rmon-texnik melioratsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Bu maqolada xorijiy tajribalar asosida O‘zbekistonning qurg‘oqchil mintaqalarida o‘rmon hosil qilishning imkoniyatlari va samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Qurg‘oqchil mintaqalarda o‘rmon hosil qilishning ahamiyati juda katta. Chunki o‘rmon barpo etish orqali tabiiy ekotizimni tiklash, iqlim sharoitini yaxshilash va inson faoliyatini rivojlantirish uchun asosiy strategiya hisoblanadi. Bunday hududlarda tuproq eroziyasi, cho‘l ta’siri, havo namligining pasayishi va harorat farqlarining keskin bo‘lishi kabi muammolar mavjud. Shuning uchun o‘rmon hosil qilish quyidagi muammolarni hal qiladi:  Tuproq eroziyasining oldi olinadi, ya’ni, o‘rmonlar tuproqni shamol va suv ta’siridan himoyalaydi.  Havo namligi ortadi, ya’ni, o‘rmonlar transpiratsiya orqali atmosferaga nam ajratib turadi. Bu jarayon natijasida hududning mikroiqlimi yaxshilanadi.  Iqlimni yumshatib, harorat farqlarini kamaytiradi, ya’ni, o‘rmonlar quyosh nurining katta qismini yutib, issiqlikni to‘plashga yordam beradi. Natijada kun va tun davomida harorat mo’tadil bo’ladi.  Biologik xilma-xillikni saqlab qolishga va qayta tiklashga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O‘rmonlar hayvonot va o‘simliklar dunyosi uchun qulay yashash muhitini hosil qiladi. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17360396 "ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 87 Xorijiy mamlakatlarning tajribasi ko‘rsatadiki, qurg‘oqchil mintaqalarda o‘rmon barpo etish jarayoni asosan o‘rmon-texnik melioratsiya usullari bilan amalga oshiriladi. Masalan, Isroilda yer osti suvlari va tomchilatib sug‘orish tizimlaridan foydalanib, qumli hududlarda daraxtlar yetishtirilgan. Bu usul suv resurslaridan oqilona foydalanish va o‘simliklarning hayot faoliyatini saqlab qolishga imkon bergan [5]. AQShning Texas va Arizona shtatlarida esa qurg‘oqchil hududlarda o‘rmon barpo etish uchun noyob sug‘orish tizimlari ishlab chiqilgan. Bu tizimlar yordamida daraxtlar va butalarning o‘sish jarayoni tezlashtirilgan va ularga zarur suv miqdori taqsimlangan. Natijada, bu hududlarda yangi o‘rmon zonalar hosil qilingan [6]. Avstraliyada esa ekologik monitoring tizimlari orqali qurg‘oqchil hududlarda qaysi o‘simlik turlarining barqaror o‘sishi aniqlangan. Bundan tashqari, GAT yordamida hududning potensial suv manbalari va ularning taqsimlanishi tahlil qilinadi. Bu esa o‘rmon barpo etish loyihalarini amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega [7]. Mazkur xorijiy ilg’or tajribalarni O‘zbekistonning qurg‘oqchil mintaqalarida o‘rmon hosil qilish uchun quyidagi choralar tavsiya etiladi:  tomchilatib sug‘orish tizimlarini keng joriy etish;  mahalliy qurg’oqchlikka chiqdamli o’simlik turlarini tanlash va ulardan o’rmon hosil qilishda foydalanish;  o‘rmon xo‘jaligida innovatsion xorijiy texnologiyalarni (masalan, geografik axborot tizimlari va dronlar yordamida hududlarni monitoring qilish va o‘rmon barpo etish loyihalarini rejalashtirish mumkin) qo‘llash;  terrasalash va mulchalash kabi suvtejamkor agrotexnologiyalardan samarali foydalanish. Bu borada turli hududlarda olib borilgan tajriba natijalari o’zining ijobiy samarasini berdi. Bu borada Namangan davlat pedagogika instituti professor oʻqituvchilari g.f.d., prof. B.A.Kamolov va PhD M.R.Qorievlarning mulchalashdan foydalanib sugʻormasdan bogʻ va tokzorlar tashkil etish boʻyicha olib borgan tajribalar ham alohida ahamiyatga egadir [2, 3]. Tadqiqot natijalarining koʻrsatishicha, mulchalash agrotexnologiyasini bogʻdorchilik sohasiga tadbiq etish orqali koʻp miqdordagi suv resurslarini tejab qolish va sugʻormasdan mava mahsulotlari etishtirish imkoniyatining mavjud ekanligi aniqlandi [1, 4]. Xulosa. Qurg‘oqchil mintaqalarda o‘rmon hosil qilish ekologik va iqtisodiy nuqtai nazardan juda muhim hisoblanadi. Xorijiy tajribalar ko‘rsatadiki, o‘rmon-texnik melioratsiya, tomchilatib sug‘orish tizimlari va geografik axborot tizimlaridan foydalanish samarali natijalar beradi. O‘zbekistonda ham bu usullarni qo‘llash orqali qurg‘oqchil hududlarda barqaror o‘rmonlar barpo etish va ekologik muammolarni hal qilish mumkin. Kelajakda bu soha ustuvor yechimlarni talab qiladi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi zarur. FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Chathuranika I. M. et al. Investigation of Rain-Fed Horticulture Productivity in the Namangan Region, Uzbekistan //Water. – 2023. – Т. 15. – №. 13. – С. 2399. 2. Koriyev M. et al. A case study on terracing and mulching in Namangan region hills located in Uzbekistan //Journal of Applied & Natural Science. – 2024. – Т. 16. – №. 4. 3. Koriyev M. et al. Effects of mulching, terracing, and efficient irrigation on soil salinity reduction in Uzbekistan’s Fergana Valley //Cogent Food & Agriculture. – 2025. – Т. 11. – №. 1. – С. 2449201. "ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 88 4. Koriev M. R., Kamalov B. A. Experimental results of garnening without irrigation in the arid conditions/Geography in the globalization period: problems and decisions //Proceedings of the scientifi-practical conference of the young scientists and students. Tashkent. – 2014. – С. 139-140. 5. Norqulov U., Ergashev I. Kuchli sho’rlangan va sho’rxok tuproqlardan sun’iy foydalanib poliz ekinlarini yetishtirish texnologiyasi //Наука и инновация. – 2024. – Т. 2. – №. 21. – С. 45-49. 6. Nuralizoda A. N. O‘simlik dunyosi obyektlari va ularni muhofaza qilish //Science and innovation. – 2024. – Т. 3. – №. Special Issue 53. – С. 507-509. 7. Yormatova D. Ekologik monitoring //«Fan va texnologiyalar. – 2011. 156 b.