scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TALABALAR UCHUN VAQTNI TO'G'RI TAQSIMLASH VA UNING MAZMUNINI O'RGANISH

Xudoyqulov Sherzod Zafar o'g'li , Isokulov Abdullo Oblokul o'g'li

Full text

INN OVATIVE OFFERS IN EDUCATION AND SOCIETY American International Open Conference 2025 http://innoconferences.iblogger.org/ 1 TALABALAR UCHUN VAQTNI TO‘G‘RI TAQSIMLASH VA UNING MAZMUNINI O‘RGANISH Xudoyqulov Sherzod Zafar o‘g‘li - Oriental universiteti, ingliz filologiyasi yo‘nalishi 2-kurs talabasi (Yosh tadqiqotchi to‘garagi a’zosi) Ilmiy rahbar: Isokulov Abdullo Oblokul o‘g‘li – Oriental universiteti Tillar kafedrasi o‘qituvchisi ( Yosh tadqiqotchi to‘garagi rahbari) Bugungi globallashuv jarayonida insonning kundalik hayotida vaqt qadriga bo‘lgan munosabat tobora dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Ayniqsa, ilm olishni o‘z oldiga maqsad qilgan talabalar hayotida o‘z aksini ko‘rsatadi. Masalan, Universitetdagi mashg‘ulotlar, mustaqil topshiriqlar, qo‘shimcha kurslar, oila va ijtimoiy hayot, shaxsiy qiziqishlar - bularning barchasi talabaning kundalik jadvalida muhim o‘rin egallaydi. Ko‘pchilik talabalarda vaqtni to‘g‘ri taqsimlamaslik natijasida darslarga ulgura olmaslik, mashg‘ulotlarga kechikish buning natijasida fanlarni to‘liq o‘zlashtira olmay qolishdan shikoyat qiladi. Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha talabalar orasida vaqtni noto‘g‘ri taqsimlash va vazifalarni kechiktirish keng tarqalgan muammolardan biridir. Masalan, “World Metrics tadqiqotlariga ko‘ra, talabalarining 80-95 foizi kamida biror topshiriqni oxirgi daqiqaga qoldiradi. (WorldMetrics, Online Libraryda chop etilgan ilmiy maqolada, universitet talabalarning qariyb 40 foizi muntazam ravishda o‘z vazifalarini kechiktirishi ta’kidlangan 1 . Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan (Student Academic Experience Survey (2024, UK) - Guernsey Press) ma’lumotlariga ko‘ra, talabalar haftasiga o‘rtacha 42 soat 1 Fentaw et al. – “Academic Procrastination Behavior among Public University Students” (2022) → Wiley Online Library. INN OVATIVE OFFERS IN EDUCATION AND SOCIETY American International Open Conference 2025 http://innoconferences.iblogger.org/ 2 vaqtni o‘qish va ishlashga sarflaydilar. Ammo (The Times – “Cost of living pushes students to work more and study less”- thetimes.co.uk (2024) xabariga ko‘ra, iqtisodiy qiyinchiliklar sababli mustaqil o‘qishga ajratiladigan vaqt 13 soatdan 11 soatgacha kamaygan 2 . Shuni aytish kerakki VAQT inson hayotidagi eng bebaho resursdir. Uni orttirib bo‘lmaydi, qaytarib ham bo‘lmaydi. Shu sababli har bir daqiqa qadrlanishi lozim. Vaqtni boshqarish nazariyasi shuni ko‘rsatadiki, inson o‘z vaqtini to‘g‘ri rejalashtirmasa, u ko‘p hollarda stress, kechikish va muvaffaqiyatsizliklarga duch keladi. Talabalarning vaqt taqsimlashdagi muammolari va talabalarda ko‘pincha uchraydigan asosiy muammolar:  Dars va topshiriqlarning ko‘pligi sababli vaqtni noto‘g‘ri rejalashtirish.  Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p vaqt o‘tkazish.  Maqsadlarni aniqlamaslik yoki ularga rioya qilmaslik.  “Ertaga qilaman” odati. Bunday muammolar natijasida talaba darslarda orqada qoladi, stress kuchayadi va ba’zida umuman motivatsiyani yo‘qotadi. Vaqtni noto‘g‘ri taqsimlash talabaning nafaqat o‘qishida, balki sog‘lig‘ida ham salbiy oqibatlarga olib keladi. Doimiy kechikish, topshiriqlarni oxirgi daqiqaga qoldirish, uyqusizlik — bularning barchasi talabaning ruhiy va jismoniy holatini yomonlashtiradi. Shuningdek, bunday holat kelajakdagi kasbiy faoliyatda ham salbiy iz qoldirishi mumkin. “Talabalarning vaqtini yoki oʻz rejasini buzilishiga qanday sabablar boʻlishi mumkin?” Ostida o‘tkazilgan so‘rovnomada talabalarning aksariyati quyidagi fikrlarni bildirishdi: “Yonimizdagi insonlar - do‘stlar, kursdoshlar, oilamiz - bizning o‘qishimiz va ish tartibimizga kuchli ta’sir ko‘rsatadi”, “Agar atrofdagilar noto‘g‘ri 2 Student Academic Experience Survey (2024, UK) → Guernsey Press) ma’lumotlariga ko‘ra, talabalar haftasiga o‘rtacha 42 soat vaqtni o‘qish va ishlashga sarflaydilar. Ammo (The Times – “Cost of living pushes students to work more and study less”→ thetimes.co.uk (2024 INN OVATIVE OFFERS IN EDUCATION AND SOCIETY American International Open Conference 2025 http://innoconferences.iblogger.org/ 3 yo‘lda bo‘lsa, biz ham o‘z yo‘limizni to‘g‘ri qilish uchun ko‘proq kuch sarflaymiz va charchaymiz”. Bundan ko‘rinib turibdiki, talabalarning vaqtini to‘g‘ri taqsimlay olmasligiga nafaqat ularning shaxsiy odatlari, balki yon-atrofdagilarning kuchli ta’siri ham katta omil bo‘lib xizmat qiladi. Avvalo talaba o‘z vaqtini to‘g‘ri taqsimlash uchun quyidagilarga amal qilishi mumkin: Kunlik reja tuzish. Masalan, dars, sport, o‘qish va dam olish uchun alohida vaqt belgilash. Maqsadlarni yozib borish. Kundalik, haftalik, oylik va yillik rejalar shaklida. Ustuvorliklarni aniqlash. Muhim ishlarni birinchi o‘ringa qo‘yish. Tanaffuslarga amal qilish. 40-50 daqiqalik o‘qishdan keyin 10 daqiqa dam olish. Texnologiyadan to‘g‘ri foydalanish. Telefon va ijtimoiy tarmoqlarda ortiqcha vaqt o‘tkazmaslik. Maqsad qo‘yish va vaqtni boshqarishning bog‘liqligi; Maqsadsiz inson - kelajak xaritasi yoʻq insondir. Agar talaba o‘z oldiga maqsad qo‘ymasa, uning vaqti ham befoyda o‘tadi. Maqsadi bo‘lgan, uni yozib borgan talaba esa aniq yo‘lga ega bo‘ladi. Maqsad - bu hayot xaritasi. Xaritasiz sayohat qanchalik qiyin bo‘lsa, maqsadsiz hayot ham shunchalik og‘ir. Shu sababli talaba o‘z maqsadini yozib, unga erishish uchun vaqtini to‘g‘ri taqsimlashi shart. Mashhur amerikalik mutafakkir Benjamin Franklin “Lost time is never found again” - “Yo‘qotilgan vaqtni hech qachon qaytarib bo‘lmaydi”, deya fikr bildiradi. Talabalarning vaqtni samarali boshqarishi natijalari qoʻydagilarni yuzaga chiqaradi:  Darslarda yuqori natijalarga erishadi.  Stressdan yiroq bo‘ladi.  Sport va boshqa foydali mashg‘ulotlarga vaqt topa oladi.  Qo‘shimcha bilim olish va hatto daromad topish imkoniga ega bo‘ladi.  O‘z hayotini mazmunli va unumdor o‘tkazadi. Xulosa qilib aytganda, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash - har bir talabaning asosiy INN OVATIVE OFFERS IN EDUCATION AND SOCIETY American International Open Conference 2025 http://innoconferences.iblogger.org/ 4 vazifasidir. Bu ko‘nikma nafaqat universitet davrida, balki kelajakdagi ish faoliyatida ham muhim ahamiyatga ega. Vaqtini to‘g‘ri rejalashtirgan talaba o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yadi, stressdan yiroq bo‘ladi va hayotini samarali o‘tkazadi. Shunday ekan, har bir talaba vaqtni qadrlashi, uni mazmunli o‘tkazishi va uni boshqarishni odat qilishi zarur. Chunki vaqt inson hayotidagi eng katta boylikdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Fentaw et al. – “Academic Procrastination Behavior among Public University Students” (2022) → Wiley Online Library. 2. Student Academic Experience Survey (2024, UK) - Guernsey Press) ma’lumotlariga ko‘ra, talabalar haftasiga o‘rtacha 42 soat vaqtni o‘qish va ishlashga sarflaydilar. Ammo (The Times - “Cost of living pushes students to work more and study less”- thetimes.co.uk (2024).