Demografik o'zgarishlarning mehnat bozoriga ta'siri bo'yicha xorijiy mamlakatlarning turkumlanishi
Full text
ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 1 Demografik o‘zgarishlarning mehnat bozoriga ta’siri bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning turkumlanishi Abdumalikova G.F. Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti “Mehnat iqtisodiyoti” kafedrasi tayanch doktoranti [email protected] Annotatsiya: Mazkur maqolada demografik o‘zgarishlarning mehnat bozoriga ta’siri xalqaro miqyosda tahlil qilinadi hamda xorijiy mamlakatlar ushbu jarayonlarga nisbatan o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy siyosati, demografik holati va mehnat bozori moslashuvchanligi darajasiga qarab turkumlanadi. Aholining qarish jarayoni, tug‘ilish darajasining pasayishi, migratsiya oqimlari va mehnat resurslarining sifat ko‘rsatkichlaridagi tafovutlar asosida mamlakatlar bir necha guruhlarga ajratiladi. Maqolada rivojlangan davlatlarda (masalan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Rossiya, Xitoy) demografik qarish jarayoni fonida mehnat bozorini barqarorlashtirish uchun qo‘llanilayotgan mexanizmlar — mehnat unumdorligini oshirish, keksalarni bandlikka jalb etish, ayollar va migrantlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish kabi siyosatlar o‘rganiladi. Shu bilan birga, rivojlanayotgan mamlakatlarda (Osiyo va Afrika davlatlari misolida) yosh aholi
ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 2 ulushining yuqoriligi mehnat bozorida yangi ish o‘rinlari yaratish zaruratini kuchaytirayotgani ko‘rsatiladi. Kalit so‘zlar: demografik o‘zgarishlar, mehnat bozori, aholi qarishi, migratsiya, bandlik siyosati, inson kapitali, xalqaro tajriba, mamlakatlar turkumlanishi. Demografik o‘zgarishlar va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari mamlakatlar bo‘yicha keskin farqlanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda tug‘ilish ko‘rsatkichlarining nisbatan pasayishi natijasida mehnatga layoqatli aholi sonining ortishi yuz berayotgan bo‘lsa, aksariyat rivojlangan mamlakatlarda aholining qarishi va depopulyatsiya jarayonlarini boshdan kechirmoqda. Bunday sharoitda demografik tendensiyalarning, xoh o‘sish yoki kamayish bo‘lsin jamiyat taraqqiyotiga ta'sirini baholash muhim ahamiyatga ega. 1 Yaqin kungacha jahon hamjamiyati dunyoda shakllangan demografik vaziyat aholi sonining keskin ortishi va ularni oziq-ovqat, toza ichimlik suvi, elektr energiya, turar joy bilan ta'minlash muammolari kabi masalalar muhokama mavzusiga aylangan edi. Aholi sonini kamaytirish, oilani rejalashtirish bilan bog‘liq tadbirlar ko‘plab mamlakatlarda davlat miqyosida keng ko‘lamda amalga oshirildi. Bugungi kunda esa ushbu tadbirlarning salbiy oqibatlarini bartaraf etish ustida bosh qotirilmoqda. Aksariyat rivojlangan davlatlarda o‘tgan asrning ikkinchi 1 Ш.Акрамова. Демографик ўзгаришлар: муаммо ёки имконият. Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 6-son.
ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 3 yarmidan boshlab depopulyatsiya jarayonlari boshlandi, aholining qarishi bilan bog‘liq muammolarning ta'sirini yumshatish ustida ishlashmoqda. Lekin, shuni aytib o‘tish joizki, tug‘ilish koeffitsiyentlarining pasayishi nafaqat rivojlangan davlatlarga, balki butun dunyoga xos bo‘lgan jarayondir. O‘tgan asrning ikkinchi yarmida bitta ayolga to‘g‘ri keladigan farzand soni 5 tani tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 2,3 bolani tashkil etmoqda. 2 Yaqin o‘n yillikda jahon xaritasida demografik o‘zgarish kuzatilib, aholi o‘sishining 90 foizi Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning aholisi keksayib bormoqda va shu bilan birga kamayib ketmoqda. Demografik inqiroz nafaqat Yevropada balki, Osiyodagi ayrim mamlakatlarda, jumladan iqtisodiyotning g‘arb modelini tanlagan Janubiy Koreya va Yaponiyada ham kuzatilmoqda. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, 2050 yilda yer yuzi aholisining 22 foizini pensionerlar tashkil qiladi. Har bir soniyada ikki kishi o‘zining 60 yoshini nishonlamoqda. BMT prognozlariga ko‘ra, asr o‘rtalariga borib, yer yuzida 100 yoshdan oshgan 3,2 millionga yaqin kishi istiqomat qiladi. Bugungi kunda ularning soni 300 mingdan oshib ketgan. 2050 yilda aholining o‘rtacha yoshi 76ni, 2100 yilda esa 85 yoshni tashkil qiladi. Bunga sog‘liqni saqlash tizimining yaxshilanishi, iqtisodiy farovonlik sabab bo‘ladi. Rivojlangan mamlakatlarda esa har bir 2 United Nations Department of Economic and Social Affairs, Population Division (2022). World PopulationProspects 2022: Summary of Results. UN DESA/POP/2022/TR/NO.
ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 4 ishlayotgan xodimga bir nafar pensioner to‘g‘ri keladi. 3 Shunday qilib, iqtisodiy faol aholining kamayishi fonida keksa yoshdagi aholi ulushining ortishi demografik yukning oshishiga olib keladi va pensiya ta'minotida qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘diradi; yosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj va ularning mavjudligi o‘rtasidagi nomutanosiblik; keksa odamlarni ijtimoiy himoya qilish va tibbiy yordamga qo‘yiladigan yangi talablarga. Binobarin, demografik qarish tendentsiyalari va oqibatlarini hisobga olish davlat ijtimoiy siyosatining eng muhim vazifalaridan biridir. Shu boisdan, ayrim davlatlarning aholisi o‘sishi nuqtai nazaridan, ba'zi mamlakatlarning esa aholisi qisqarib borishi nuqtai nazaridan tegishli choralar ko‘rib borish darkor. Aholining yoshi, tug'ilish koeffitsienti o'zgarganda yoki migratsiya shakllari rivojlansa, mehnat taklifi ham o'zgarishlarga uchraydi - bu mamlakatning iqtisodiy o'sishiga ta'sir qiladi. Har qanday davlatning mehnat resurslarini shakllantirishda demografik siljishlar muhim rol o‘ynaydi. Ushbu paragrafda demografiya va mehnat o'rtasidagi murakkab munosabatlarni o'rganadi, butun dunyo bo'ylab iqtisodiyotlar uchun joriy tendentsiyalarni, oqibatlarini va siyosat masalalarini o'rganadi. Dunyo tajribasidan kelib chiqib ta'kidlaydigan bo'lsak, bugungi rivojlanish davrida dunyoning barcha davlatlari kabi O'zbekiston ham demografik sohasida 3 Sh.To`laganov. Demografik inqiroz: Jahon xaritasida demografik o‘zgarishlar yuz berishi arafasida. https://kun.uz/kr/127716?q=%2F127716.
ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 5 evolyusion jarayonlarni, ya'ni demografik o'tishning muayyan bosqichlarini ko'rishi muqarrardir. Ma'lumki, ularning birinchisi yuqori darajadagi tug'ilish va o'lim miqdori bilan bog'lia bolib, ko'p sonli katta oilalar va avlodlarning tez o'zgarishi bilan ajralib turadi. Ikkinchi bosqichda ijtimoiy taraqqiyot va sog'liqni saqlash sohasidagi muvaffaqiyatlar tufayli o'lim darajasi keskin kamayishi, ammo tug'ilishning yuqori darajasi saqlanib qolishi bilan ajralib turadi, bu aholi miqdorining keskin va nazoratsiz o'sishiga olib keladi. O'zbekiston dunyoning ko'plab davlatlari singari o'zining demografik rivojlanishida ikkinchi bosqichdan o'tib, hozirgi davrda tarkibida yosh aholi o'sib borishi tufayli va umumiy o'lim ko'rsatkichi tug'ilish darajasidan yuqoriroq bolgan uchinchi bosqichda amal qilmoqa. Jahon amaliyotida demografik rivojlanishning to'rtinchi bosqich o'lim ko'rsatkichi tug'ilishdan oshib ketishi bilan ifodalanishi va depopulyatsiya jarayoni kirib kelishi bilan xarakterlidir, ya'ni aholining tabiiy o'sishi tarkibida tez sur'atlar bilan demografik qarishi tufayli aholining mutlaq kamayishiga olib kelishini belgilab beradi. Tabilyki, zamonaviy sharoitlarda depopulyatsiya jarayoni davlatning demografik va ijtimoiy xavisizligiga tahdid soluvchi va xavf tug'diradi, chunki bu resursni manba jihatidan sezilarli darajada zaiflashtiradi va mehnat resurslari shakllanishida va aholining ish bilan bandlik darajasida boshqa mamlakatlarga
ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 6 qaram bo'lib golishiga sabab bo lib qoladi. 1.3.1-jadval O`zbekistonda va jahonda ishchi kuchi taklifiga ta'sir qiluvchi demografik tendentsiyalar 4 № Jahonda O`zbekistonda 1 Bugungi kundagi demografik tendensiya shundan iboratki, jahon aholisining o'sishi sezilarli darajada sekinlasha boshladi. Bugungi kundagi birinchi demografik tendensiya shundan iboratki, aholining o'sishi sekin-asta sekinalsha borishi. 2 bolalar o'limining kamayib borayotgani bilan bog'liq. Ikkinchi tendensiya bolalar o`limining kamayib borayotgani bilan bog'liq 3 jahon aholisining qarib borayotgani bilan bog`liq. Uchinchi demografik tendensiya mamlakat aholisi tarkibida yoshi keksalarning ko'payishi. 4 tug'ilishning kamayib borayotganiga dahldor. Tortinchi demografik tendensiya hozircha tug'ilishning o'sish darajasining yuqoriligi. 5 XX asr songgida migratsiyaning misli ko'rilmagan oqimi vujudga kelgani bilan bog'liq Beshinchi demografik tendensiya tashqi mehnat migratsiyaning yugoriligi. 6 shahar va gishloq aholisi o'rtasidagi mutanosiblikning o'sib borayotganiga borib taqaladi. Zotan, rivojlangan Oltinchi demografik tendensiya shahar va qishloq aholisi o'rtasidagi mutanosiblikning o'sib borayotganiga borib taqaladi. Zotan, rivojlangan 4 F.O`. Masharipov, Sh.A.Sharofidinov, T.A.Maxmudov, A.B.Xayitov. Aholi bandligini ta`minlash: ko`rsatiladigan xizmatlar va mavjud mexanizmlar” (O`quv qo`llanma)-T.: “Yosh avlod matbaa”, 2021.
ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 7 mamlakatlarda bu mutanosiblik shahar aholisi foydasiga o`zgarib borayotgan bo'lsa, rivojlanmagan mamlakatlarda qishloq aholisining o'sishi kuzatilmoada. mamlakatlarda bu mutanosiblik shahar aholisi foydasiga o'zgarib borayotgan bo'lsa, hozircha mamlakatda qishloq aholisining shaharlarga ko`chib o`tishi ko`proq kuzatilmoqda. 7 Jahonda sanoqli rivojlangan mamlakatlarda demografik dividend bosqichida salyuiy holatlarni kuzatish mumkin. Demografik tendensiyalarga ko'ra aholining tarkibida bolalar va qariyalarga nisbatan mehnat yoshidagilarning ulushi pastligi. O'zbekiston dastlabki demografik dividend bosqichida turibdi, ya'ni demografik tendensiyalarga ko'ra aholining tarkibida bolalar va qariyalarga nisbatan mehnat yoshidagilarning ulushi yuqoriligi. Bu jarayon hozirgi bosqichda ko'plab Yevropa davlatlari hamda MDHdaRossiya, Ukraina, Boltiqbo`yi respublikalarida avj surmoqaa. O'zbekistonda aholining tabiiy o'sish sur'atlarining beqaror o'smayotganligi sababli demografik rivojlanish ham notekis rivojlanmoqda. Shu munosabat bilan jahon demografik korsatkichlari bilan taqqoslaganda, O'zbekiston tabiiy ravishda o'sish sur'ati 25 promilledan 15 promillegacha tushgani sabab dunyoning rivojlangan mamlakatlari o'rtasida o'rtacha ko'rsatkichga ega. O'zbekiston iqtisodiyoti oldida mehnatga layoqatli aholini bandlik darajasini oshirish uchun prinsipial yangi, innovatsion talablariga muvofia siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishning dolzarb muammolari turibdi.
ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 8 1.3.1.-diagramma Osiyo mamlakatlarida yosh guruxlar bo‘yicha axoli taqsimoti. Mamlakatimizda istiqbolda yugori darajadagi demografik bosimni mehnat bozoriga salbiy ta'sirini e'tiborga olgan holda iqtisodiy faol aholini ishga jalb gilish borasida davlat dasturlari va tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda. Quyidagi grafik 2023 yil holatiga ko‘ra Osiyo mintaqasidagi ba’zi mamlakatlarda yosh guruhlari bo‘yicha aholining taqsimotini ko‘rsatadi. Har bir ustun yosh guruhidagi aholining umumiy aholiga nisbatan foizini ifodalaydi. Grafikdan quyidagi asosiy xulosalarni chiqarish mumkin: (1.3.1.-diagramma) 1. Aholi tarkibi yoshga nisbatan juda farq qiladi: Afg‘oniston va Tojikiston kabi mamlakatlarda 0–19 yoshli aholining ulushi juda yuqori (Afg‘onistonda 35%, Tojikistonda 31% atrofida). Bu — yuqori tug‘ilish darajasiga ishora qiladi.
ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 9 Hindiston, Pokiston, O‘zbekiston va Qozog‘istonda ham yoshlar ulushi yuqori, biroq nisbatan barqarorroq ko‘rinadi. 2. Ishchi yoshdagi aholi (20–39 yosh): Barcha mamlakatlarda bu guruh yuqori ulushga ega bo‘lib, mehnat bozoridagi faollik va iqtisodiy rivojlanish uchun asosiy resurs hisoblanadi. 3. Yoshi katta aholining ulushi: Qozog‘iston va Qirg‘izistonda 60+ yoshdagi aholining ulushi nisbatan yuqori (8%), bu esa aholining qarishi boshlanganidan darak beradi. Hindistonda bu ko‘rsatkich pastroq (6.5%), bu esa yosh aholining nisbatan ko‘pligini bildiradi. 4. Demografik bosim va imkoniyatlar: Yosh aholining ko‘pligi — ta’lim, ish o‘rinlari va sog‘liqni saqlash xizmatlariga talabni oshiradi. Keksalar ulushining ortishi esa — pensiya tizimi va ijtimoiy xizmatlarga bosimni oshiradi.
ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 16