UCHUVCHISIZ UCHISH APPARATLARINING QO'LLASHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Abstract
Maqolada uchuvchisiz uchish apparatlarining (UUA) zamonaviy harbiy harakatlardagi roli, ularni qo‘llashning o‘ziga xos jihatlari hamda taktik-texnik afzalliklari yoritib berilgan. UUAlar razvedka, zarba berish, aloqa va elektron kurash sohalarida keng qo‘llanilayotgani, ularning samaradorligi va kamchiliklari tahlil qilingan. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida qo‘llashning o‘ziga xos yo‘nalishlari haqida tavsiyalar berilgan.
Full text
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 8 8 UCHUVCHISIZ UCHISH APPARATLARINING QO‘LLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Majidov Anvar Tuychiyevich podpolkovnik, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy Xavfsizlik va Mudofaa universitetining Quruqlikdagi Qo‘shinlar instituti umumiy taktika kafedrasi katta o‘qituvchisi Annotatsiya: Maqolada uchuvchisiz uchish apparatlarining (UUA) zamonaviy harbiy harakatlardagi roli, ularni qo‘llashning o‘ziga xos jihatlari hamda taktik-texnik afzalliklari yoritib berilgan. UUAlar razvedka, zarba berish, aloqa va elektron kurash sohalarida keng qo‘llanilayotgani, ularning samaradorligi va kamchiliklari tahlil qilingan. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida qo‘llashning o‘ziga xos yo‘nalishlari haqida tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: Uchuvchisiz uchish apparati, razvedka, elektron kurash, zamonaviy urush, taktik qo‘llanish, UAV, dron. Аннотация: В статье рассматривается роль беспилотных летательных аппаратов (БЛА) в современных военных действиях, их специфические особенности применения и тактикотехнические преимущества. Анализируются широкие области применения БЛА — разведка, нанесение ударов, связь и радиоэлектронная борьба, а также оцениваются их эффективность и недостатки. Кроме того, на основе опыта развитых стран даны рекомендации по специфическим направлениям применения. Ключевые слова: Беспилотный летательный аппарат (БЛА), разведка, радиоэлектронная борьба (РЭБ), современная война, тактическое применение, дрон. Abstract: The article examines the role of Unmanned Aerial Vehicles (UAVs) in modern military operations, their specific features of application, and their tactical and technical advantages. It analyzes the wide range of UAV applications — reconnaissance, strike missions, communication, and electronic warfare — as well as evaluates their effectiveness and limitations. In addition, recommendations are provided on specific directions of application based on the experience of developed countries. Keywords: Unmanned Aerial Vehicle (UAV), reconnaissance, electronic warfare (EW), modern warfare, tactical application, UAV, drone. Zamonaviy harbiy mojarolarda uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA, dronlar) asosiy qurol turlaridan biri sifatida shakllanmoqda. Ular inson hayotini xavfga qo‘ymasdan tezkor ma’lumot to‘plash, dushman pozitsiyalariga aniq zarba berish va aloqa tizimlarini izdan chiqarish imkoniyatini yaratadi. NATO, AQSH, Isroil, Turkiya kabi mamlakatlar tajribasi UUAlar jang maydonida strategik ustunlik ta’minlab berishini isbotladi. UUAlari mo‘ljallanishi, qo‘llash sarhadlari va konstruksiyasi bo‘yicha tasniflanadi. UUA, qoidaga ko‘ra, quyidagi uch guruhga bo‘linadi: Birinchi guruh - nano, mikro va mini turdagi UUAlarni o‘z ichiga olib, imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda taktik bo‘g‘in bo‘linmalarida qo‘llanadi:
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 9 9 Nano UUA lar - maxsus qo‘llanuvchi, razvedka va ishg‘ol bo‘linmalari kabi guruhlar tomonidan bino va inshootlar, yerosti va boshqa yopiq obyektlardagi harakatlar vaqtida qo‘llaniladi. Mikro UUA lar - umumqo‘shin (havo-desant, tog‘-o‘qchi va tank) razvedka, maxsus operatsiya kuchlari vzvodlarida va minomyot batareyalarida razvedka olib borish hamda komandirning jang maydonini kuzatishi, vzvod ixtiyoridagi o‘t ochib talafot yetkazish vositalarining o‘t ochish amalini to‘g‘rilash, boshqa vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun qo‘llaniladi. Mikro UUA lar sifatida asosan kvadrokopterlar qo‘llanadi. Mini UUA lar - asosan razvedka vzvodlari va artilleriya bo‘linmalarida (o‘t ochish amalini boshqarish guruhlarida) razvedka olib borish, talafot yetkazish uzoqligi 40 km gacha bo‘lgan tizimlar bilan butlangan artilleriyaning o‘t ochish amalini to‘g‘rilash va o‘t ochib talafot yetkazish vazifalarini ta’minlash uchun qo‘llanadi. Ikkinchi guruh - katapulta yordamida uchiriladigan o‘rta o‘lchamli mobil tizimlar bo‘lib, brigada (batalyon, divizion) bo‘g‘inida aerorazvedka va nishon ko‘rsatishni ta’minlaydigan o‘rta masofa (100 km) va balandlikda (4 km gacha) qo‘llanadi. Ular optik-elektron, lazerli nishon ko‘rsatish vositalari, akustik datchiklar va razvedkaning boshqa texnik vositalari bilan jihozlanishi mumkin. 1va 2-guruhga mansub UUAlar qo‘shimcha ravishda o‘q-dorilarni biriktirish va tashlash vositalari bilan jihozlangan taqdirda, ularni dushmanga nuqtali talafot yetkazish uchun qo‘llash mumkin. Qo‘llanadigan o‘q-dori og‘irligi UUAning foydali yuklamasiga bog‘liq. Uchinchi guruh - 200 km dan uzoq masofa va katta balandliklarda (6 km dan yuqori) ishlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi, HHM qo‘shinlari va HHK, shuningdek, harbiy okruglar manfaatlarida qo‘llanadi. Mazkur guruhdagi UUAlar, odatda, o‘t ochib talafot yetkazish vositalariga ega bo‘ladi va ulardan foydalanish uchun jihozlangan uchish-qo‘nish yo‘lagi talab etiladi. 1.1. Inson resurslarini himoya qilish (riskni kamaytirish) Jangovar vazifani bajarish vaqtida harbiy xizmatchilarning halok va yarador bo‘lishini kamaytiradi. Xavfli hududlarda razvedka olib borish va havodan zarba berish bo‘yicha vazifalarini bajarishda uchuvchi bilan bog‘liq xavf omili yo‘qoladi - bu operatsion qaror qabul qilishda psixologik qulaylik va risklarni kamaytiradi. Vazifalarni bajarish chog‘ida shaxsiy tarkibni yo‘qotishlar kamayadi. Yo‘qotish ehtimoli kamaygani sababli kuchlar uzoq muddatli operatsiyalarni davom ettirishi imkoniyati paydo bo‘ladi. 1.2. Xarajatning samaradorligi Past operatsion xarajatlar. An’anaviy manevrli samolyot yoki helikopterlarga nisbatan УУАlar ishlab chiqarish, ekspluatatsiya va texnik xizmat xarajatlari odatda pastroq bo‘ladi. Kichik va o‘rta sinfdagi dronlarni ko‘p miqdorda sotib olish yoki ishlab chiqarish arzonroq va tezroq amalga oshiriladi. Logistika soddaligi. UUAlarning kichik o‘lchamlari va kam yoqilg‘i sarfi ularni uzoq masofalarga samarali jo‘natishni osonlashtiradi. 1.3. Uzoqroq va doimiy kuzatuv Real-vaqt davomida kuzatuvni amalga oshirish. Sensorlar va kameralar orqali doimiy video va ko‘zatuv oqimini ta’minlab, real vaqtda qaror qabul qilish imkonini beradi. Uzoq uchish va turg‘un holdagi imkoniyati. Ba’zi turdagi УУАlar bir joyda uzoq muddat (soatlardan kunlargacha) kuzatuv o‘tkazishi mumkin, bu esa dinamik vaziyatlarda katta afzallikdir.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 10 10 Ko‘p sensorli integratsiya. Elektro-optik, infraqizil, radar va sensorlari bir vaqtning o‘zida ishlashi bilan ko‘p qirrali ma’lumot olish mumkin. 1.4. Vaqt va tezlikdagi afzalliklar Tezkor reaksiya. Dronlarni qisqa muddatda topshiriqqa jo‘natish mumkin - bu razvedka yoki harrbiy yordamda muhim ustunlikdir. Mikroyoki nano-dronlar orqali yot hududlarga tez kirish. Kichik dronlar bino ichiga yoki zich hududga kirib, xavfli holatlarni aniqlaydi. 1.5. Taktik moslashuvchanlik va ko‘p funksionallik Modulyar yuklash. Kamera, zarba yuklari, radiosignal bloklovchi modul, mintaqaviy retranslyator kabi turli konfiguratsiyalarni tez almashtirish mumkin. Ko‘p vazifali operatsiyalar. Bir xil platforma bilan razvedka, o‘q-dorilarni etkazish, elektrooptik belgilarni joylashtirish va kommunikatsiya relayi kabi vazifalarni bajarish mumkin. Kichik dronlardan iborat to‘dalar murakkab vazifalarni — bog‘langan razvedka, taqsimlangan hujum yoki elektron to‘sqinlik — bajarishda yuqori samaradorlik ko‘rsatadi. 1.6. Aniqlik va maqsadga yo‘naltirilgan zarbalar Yuqori aniqlikdagi manzilli zarbalar. Odatda lazerli yoki GPS-koordinatalarga asoslangan boshqaruv orqali aniqlikni oshirish mumkin, shu bilan fuqarolik zararlari va atrofdagi inshootlarga zarar kamayadi. Zarba massasini aniq boshqarish tufayli noto‘g‘ri zarbalar xavfi va taraflardan keltiriladigan zarar kamayadi. 1.7. Operativ yashirinlik va kichik iz qoldirish Из қолдирмаслик va balandlikdan ishlash. Kichik dronlar radar yoki vizual kuzatuv tizimlari tomonidan sezilmasligi mumkin; bu ularni razvedka va to‘satdan hujum qilishda samarali qillaniladi. Noyob operatsion profillar. UUAlar past balandliklarda, tunnellar ustida yoki zich bino komplekslarida ishlash uchun moslashgan. 1.8. Psixologik va strategik ta’sir Dronlarning mavjudligi dushmanning faoliyatiga psixologik bosim o‘tkazishi, sirtdagi harakatlarni cheklashi mumkin. Axborot-psixologik operatsiyalar uchun maydon. Kuzatuv va manipulyatsiya orqali maqsadli axborot tarqatish imkoniyatlari. Razvedka vazifasida: front chizig‘ida dushman manzillarini aniqlash hamda harakatlarni kuzatish. Maxsus operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashda: o‘tkazilgan reydlarda oldindan kuzatuv va realvaqt ma’lumot taqdim qilish. Artilleriya o‘q otishlariga yordam: kordenatalarni aniqlash va nishonni korektirovka qilish). Kichik yuk yetkazishda: yaradarlar uchun dori-darmon yetkazish yoki ahamiyatli komponentlarni xavfsiz joyga yetkazish. UUA mavjud bazi kamchiliklari Afzalliklar katta bo‘lsada, УУАlarning samaradorligi ba’zi omillarga bog‘liq: ob-havo sharoiti, qarshi chora-tadbirlar radioelektron vositalar bosimi tufayli signalning yo‘qolishi va etarli texnik xizmat kursatilmasligi. Shu sababli afzalliklarni to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun operativ, texnik va taktika jihatidan moslashuv zarur. RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR TAJRIBASI
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 11 11 Uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA) rivojlangan mamlakatlar armiyalarida zamonaviy urushning ajralmas qismiga aylandi. Har bir davlat o‘z geostrategik manfaatlari va texnologiya salohiyatidan kelib chiqqan holda UUAlarni turlicha qo‘llaydi. AQSH tajribasi Asosiy platformalar: MQ-1 Predator, MQ-9 Reaper, RQ-4 Global Hawk. Yo‘nalishlar: strategik razvedka, hujum (precision strikes), terrorchi rahbarlarni yo‘q qilish, elektron kuzatuv. O‘ziga xos jihat: AQSH UUAlari ko‘pincha integratsiyalangan operatsiyalarda qo‘llanadi — razvedka va zarba sikllari bir necha daqiqada amalga oshiriladi. “Kill chain” konsepsiyasi dronlar orqali tezkorlashgan. Masalan: Afg‘oniston va Iroqda Reaper dronlari aniq razvedka va zarbalarda samaradorlik ko‘rsatgan. Turkiya tajribasi Asosiy platformalar: Bayraktar TB2, Akinci, Anka. Yo‘nalishlar: razvedka va zarba berish, artilleriyaga korrektirovka, chegarada kuzatuv. O‘ziga xos jihat: arzon va samarali dronlar ishlab chiqarish, eksport orqali siyosiy ta’sir kuchaytirish. Masalan: Liviya, Suriya va Qorabog‘ urushlarida Bayraktar TB2 artilleriya va PVO tizimlarini yo‘q qilishda katta samara berdi. Rossiya tajribasi Asosiy platformalar: Orlan-10, Forpost, Lancet (loitering munition). Yo‘nalishlar: razvedka, artilleriya otishlariga korrektirovka, zarba berish. O‘ziga xos jihat: arzon, sodda, bir vaqtning o‘zida katta miqdorda ishlatish. Masalan, Orlan-10 asosan razvedka va radioelektron kurash uchun ishlatiladi. Masalan: Ukrainada “Lancet” kamikadze-dronlari tank va artilleriyaga qarshi samarali qo‘llanilmoqda. Xitoy tajribasi Asosiy platformalar: Wing Loong I/II, CH-4, CH-5. Yo‘nalishlar: razvedka va zarba, eksport bozori. O‘ziga xos jihat: arzon narx va ko‘p sonli ishlab chiqarish orqali Afrika va Osiyo mamlakatlariga dronlar eksport qiladi. Masalan: Wing Loong II Saudiya Arabistoni va BAA tomonidan Yamanda qo‘llanilgan. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Uchuvchisiz uchish apparatlari zamonaviy harbiy harakatlarda strategik ahamiyat kasb etmoqda. Ular razvedka, zarba berish va elektron kurash sohasida katta samara bersa-da, ularga qarshi kurash choralari ham rivojlanmoqda. Shu bois, UUAlarni milliy armiyalarda integratsiya qilish, texnik va taktik jihatdan rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Foydalanilgan manbalar: 1.Williams, A. Unmanned Aerial Vehicles in Modern Warfare. Oxford University Press, 2020. - 214 b. 2. Singer, P. W. Wired for War: The Robotics Revolution and Conflict in the 21st Century. Penguin Press, 2009. - 342 b. 3.Musayev Sh. Zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika. Toshkent: “Fan”, 2021.- 187 b. 4.Jane’s Defence Weekly. “Global UAV Market Trends.” 2023. 5.Turkiya mudofaa sanoati agentligi hisoboti. Anqara, 2022.