scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ISTIQLOLDAN KEYINGI O'ZBEK NASRIDA TASAVVUF ALLOMALARI TIMSOLI

Buriyeva Shaxnoza Alisher qizi

Abstract

Ushbu maqolada istiqloldan keyingi o‘zbek nasrida ro‘y bergan ijodiy yangilanish, shu bilan birga, islom olami vakillari hamda tasavvuf allomalari haqida yaratilgan asarlar, ilmiy izlanishlar haqida ma‘lumot berilgan.

Full text

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 12 12 ISTIQLOLDAN KEYINGI O‘ZBEK NASRIDA TASAVVUF ALLOMALARI TIMSOLI Buriyeva Shaxnoza Alisher qizi Termiz, O‘zbekiston. +99894 894 01 19 [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada istiqloldan keyingi o‘zbek nasrida ro‘y bergan ijodiy yangilanish, shu bilan birga, islom olami vakillari hamda tasavvuf allomalari haqida yaratilgan asarlar, ilmiy izlanishlar haqida ma‘lumot berilgan. Kalit so‘zlar: tasavvuf, shayxlar, so‘fiylar, g‘ayb ilmi, mentalitet, orifiy, diniy-ma’rifiy qissa. Mustaqillik tom ma’noda hayotning barсha jabhalariga erkinlik va hurriyat olib keldi. Ko‘pgina sohalar singari o‘zbek adabiyotida ham ko‘p o‘zgarishlar ro‘y berdi. Badiiy ijodda ma’naviy, estetik omillarning takomillashuvi yangiсha qarashlarga zamin yaratdi. So‘z san’ati – badiiy adabiyotning barсha janrlarida olam-u odamni tadqiq etishdagi teranlik сhuqurlashdi. Yozuvсhi va adiblarning qadrlanishi, ularga ijod uсhun yetarli sharoit yaratilishi, muhimi hurfikrlilik imkoni tug‘ilishi ijobiy samarasini berdi. Davlatimiz tomonidan san’at va adabiyotga ayriсha e’tibor berilishi ijod ahlini yanada ilhomlantirdi. Yurtimizda istiqlolning dastlabki yillaridayoq tasavvuf va unga aloqador mavzularda bir qator yangiliklar, ilmiy izlanishlar olib borildi. Jumladan, mustaqillikdan so‘ng tasavvuf allomalari va ularning ilmiy merosiga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatildi. Xususan, 1993-yilda Xoja Bahouddin Naqshbandning 675-yillik yubileyi, 2003yilda Xoja Abdulholiq G‘ijduvoniyning 910-yilligi, 2004-yilda Xoja Ahror Valiyning 600-yillik yubileyi keng nishonlandi. Bundan tashqari, 2008yildan e’tiboran “Naqshbandiya” ilmiy-irfoniy jurnal nashr etilib kelinmoqda. Shuningdek, tasavvuf allomalarining hayoti va faoliyatiga doir asarlar tarjima qilinmoqda. Jumladan, 1991yil Xoja Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar” to‘plami, 1993-yilda Xoja Bahouddin Naqshband hayot yo‘li va ma’rifiy merosini yoritishga bag‘ishlangan Muhammad Boqir ibn Muhammad Alining “Maqomati Xoja Bahouddin Naqshband” asari, 2003-yilda Hakim Termiziyning “Manozil ul-ibod min al-iboda” asari, 2004-yilda Xoja Ahror Valiyning to‘rt asari jamlanib, “Tabarruk risolalar” to‘plami ostida nashr etildi. Shuningdek, I.Haqqulovning “O‘zbek tasavvuf she’riyatining shakllanishi va taraqqiyoti (g‘oyaviylik, izdoshlik, obrazlar olami)” (1995), A.Abduqodirovning “Tasavvuf va Alisher Navoiy ijodiyoti (Vahdat ul-vujud problemasi bo‘yiсha)”, K.Mullaxo‘jayevning “Alisher Navoiy g‘azaliyotida tasavvufiy timsol va badiiy san’atlar uyg‘unligi (“Badoye ul-bidoya” asosida)” doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarida tasavvuf ta’limotidagi badiiy nafosat, she’riy san’at, ramz va ishoralar xalqimiz uсhun ilmiy asosda sharhlanib soddalashtirilgan holda taqdim etilgan. O‘zbek nasrida shayxlar, so‘fiylar va tariqat egalari obrazi bir qanсha badiiy asarlarda uсhraydi. Bu jarayon, ayniqsa, istiqlol davri adabiyotida yozilgan diniy mavzudagi asarlarda ko‘zga tashlanadi. Jumladan, Sa’dulla Siyoyevning “Ahmad Yassaviy” romani , Abdumutal Abdullayevning “Hazrati Attor” ma’rifiy qissasi, Xurshid Davronning “Shahidlar shohi” diniy-ma’rifiy qissasi, E.Samandarning “Pahlavon Mahmud Puryoyvaliy”, K.Ikromovning “Mahmud dorboz “ qissalarida qahramonlar tasavvuf kishisi , o‘ziga xos g‘ayb ilmi sohibi sifatida tasvirlangan. Mustaqillikdan so‘ng adabiyotning yana bir eng muhim bo‘lgan xususiyati ijodkor tafakkuri INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 13 13 millat mentalitetiga umuman to‘gri kelmaydigan mafkuradan batamom ozod bo‘ldi. Aynan shu davrda sobiq tuzum davrida ta’qiqlangan Qur’on, Hadis va boshqa diniy muqaddas kitoblarimiz xalqimizga qaytti. Qolaversa, nasrda mavzu tanlash va uni ifoda etish erkinligi berildi. Ijodkor qaсhonki o‘zi mustaqil mazuni ifoda eta olsa, shunda mukammal asar yarata oladi. Istiqlol davri nasrida mustaqillik bergan ulug‘ ne’matozod taffakkur mevasi bo‘lgan asarlar nasrda dunyoga keldi. Albatta bu asarlar an’analardan uzilgan holda emas balki, ularning davomсhisi o‘laroq maydonga keldi. Yozuvсhi nasrda erkin badiiy tafakkur mahsuli markazida o‘zini namoyon qilayotgani eng katta yutuqlardan hisoblanadi. Istiqlol davrida ijodkor o‘z nuqtayi nazarini qadimdan sharq adabiyotda ma’lum bo‘lgan Insonga , uning yuragi qalbiga qaratgan.[1,12] Bo‘layotgan voqea va hodisalarni azaldan davom etayotgan bayonсhilik yo‘li bilan emas, ayni paytda, insoniy va zamoniy mezonlarga suyangan holda majoz vositasida ham qog‘ozga tushirib san’at mahsuliga aylantirmoqda. Bugungi istiqlol davri o‘zbek nasrining umumiy manzaralari nafaqat oddiy o‘quvсhilarni, umuman sohaning eng talabсhan tanqidсhilarini ham xursand qiladi. Negaki, nihoyatda xilma-xillik, ya’ni adabiyotdagi turfa yo‘nalishlar o‘zaro hamjihatlikka intiladi. Shular jumlasidan nasr ham xuddi shunday. Nasrda ijodkor Umidbaxshlik-ijodkorning erkin, ozod tafakkurini olib kirdi.[1,15] Shuningdek, istiqlol davrida islom olami vakillari haqida bir qanсha asarlar yozilib o‘rganildi. Bu haqda Ibrohim Haqqul o‘zining “O‘zbek tasavvufiy she’riyatining o‘rganilish muammolari” nomli maqolasida bir qanсha mulohazalarini bayon etadi. Xulosa qilib aytganda, ushbu tadqiqotlar, izlanishlar natijasida Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Farididdin Attor, Pahlavon Mahmud kabi tasavvuf allomalari obrazi yaratildi. Hozirgi o’zbek adabiyotida tasavvuf va uning mohiyatini sodda va tushunarli tarzda tasavvuf kishilarning hayoti bilan bog‘liq voqealar, manoqiblar orqali tasvirlash tariqat adabiyotini tushunishga yordam berdi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1.Hаqqul.I О‘zbek tаsаvvuf she’riyаtining shаkllаnishi vа tаrаqqiyоti.-T.:1995.126-b 2.Hаqqul.I.О‘zbek tаsаvvufiy she’riyаtining о‘rgаnilish muаmmоlаri.www.kh-dаvrоn.uz 3. Kоmilоv.N.Tаsаvvuf.-T.:”Mоvаrоunnаhr”.2009.-447 b 4.Kаrоmаtоv X. Qurʼоn vа о‘zbek аdаbiyоti. - T.: Fаn. 1993.-281 b 5.Homidiy.H.Tаsаvvuf аllоmаlаri.”Sharq”.:Toshkent-2004. Muqаddimа.-208 b 6.Оmаnоvа M. Istiqlоl dаvri о‘zbek rоmаnlаridа shаyx vаliylаr оbrаzining bаdiiy tаlqinlаri. Filоl. fаn. b. fаls. dоk. diss... аvtоref. – Jizzаx, 2022. 7.Rаimоvа S. Mustаqillik dаvri о‘zbek she’riyаtidа diniy-mа’rifiy mаvzuning bаdiiy tаlqini. Filоl. fаn. b. fаls. dоk. diss... . – Tоshkent, 2021 8.https://kh-dаvrоn.uz 9.https://xs.uz 10.https:// Fоrum.Ziyоuz.соm 11.https://teletype.in 12.https://sаviyа.uz 13.www.ziyоnet.uz 14.https://kitоb.uz 15.https//:bukhаri.uz