QARISH, QARILIK, ERTA QARISHNING GISTOLOGIYASI
Abstract
Qarish – bu hujayra, to‘qima va organlarda vaqt o‘tishi bilan sodir bo‘ladigan morfologik va funksional o‘zgarishlar majmui bo‘lib, ularning asosida hujayralarning proliferatsiya qobiliyati pasayishi, regeneratsiya jarayonining sekinlashishi, degenerativ jarayonlarning ustunligi yotadi.
Full text
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 14 14 QARISH, QARILIK, ERTA QARISHNING GISTOLOGIYASI Ishandjanova Surayyo Xabibullayevna Toshkent davlat tibbiyot universitetining, gistologiya tibbiy biologiya kafedrasi dotsenti, PhD. Jabborov Sanjarbek Akramovich Toshkent davlat tibbiyot universitetining davolash ishi fakulteti talabasi. Annotatsiya: Qarish – bu hujayra, to‘qima va organlarda vaqt o‘tishi bilan sodir bo‘ladigan morfologik va funksional o‘zgarishlar majmui bo‘lib, ularning asosida hujayralarning proliferatsiya qobiliyati pasayishi, regeneratsiya jarayonining sekinlashishi, degenerativ jarayonlarning ustunligi yotadi. Kalit so‘zlar: erta qarish, proliferatsiya, Progeriya sindromi, kortizol, ko`z ostidagi haltachalar, metodlar, elektron mikroskopiya, nazariyalar, telomer nazariyasi, apoptoz, T-limfotsit, statistika, in vivo, Verner sindromi, hayflick limiti, ateroskleroz. Аннотация: Старение — совокупность морфологических и функциональных изменений, происходящих с течением времени в клетках, тканях и органах, в основе которых лежат снижение способности клеток к пролиферации, замедление процесса регенерации и преобладание дегенеративных процессов. Abstract: Aging is a set of morphological and functional changes that occur in cells, tissues and organs over time, characterized by a decrease in the ability of cells to proliferate, a slow regeneration process, and a predominance of degenerative processes. I. Кириш. Qarish va uning tuzilish darajalari . Organizmda hayotiy xususiyatlar bo`lishining so`ngi bosqichi qarish bosqichidir, qarish bosqichidan so`ng doim o`lim kuzatiladi. Qarish va o‘lim – bu ikki xususiyat barcha tirik mavjudodlarga xos bo‘lib, biologik qonuniyat jarayonlaridandir. Qarish – bu hujayra, to‘qima va organlarda vaqt o‘tishi bilan sodir bo‘ladigan morfologik va funksional o‘zgarishlar majmui bo‘lib, ularning asosida hujayralarning proliferatsiya qobiliyati pasayishi, regeneratsiya jarayonining sekinlashishi, degenerativ jarayonlarning ustunligi yotadi. (4) Qarilik belgilarining paydo bo`lishi biologik, irsiy, organizmning turmush tarzi va unga ta`sir etuvchi tashqi muhit omillariga bog‘liq bo‘lib, har bir inson organizmida idividual tarzda kechadi. Shuningdek, bu jarayon tabiiy holda ro`y bersa-da, organizmning sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanishi, jismoniy faollik va ruhiy barqarorlik orqali qarishning barvaqt boshlanishini sekinlashtirishi mumkin. Qarilik belgilari rivojlanishi gistologiyada hujayra, to‘qima, organ va organizm darajasida kuzatiladi: (1) a) Hujayra darajasida - hujayralarning proliferatsiya (bo‘linish), regeneratsiya qobiliyati va normal fuksiyalarini bajarish qobilyati pasayishi kuzatiladi. Ushbu holatda hujayra membranasi lipidlarining oksidlanishi - o‘tkazuvchanlik ortadi; lizosoma va endoplazmatik to‘r faoliyatining susayishi; hujayra skeleti elementlarining zaiflashishi; DNK va xromatin shikastlanishi; telomerlarning qisqarishi - hujayra senesensiyasi; oqsil sintezida xatolar va glikatsiyaga
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 15 15 uchragan oqsillarning ko‘payishi. sitoplazmada lipofussin pigmenti to‘planishi (qarilik pigmenti), suvning kamayishi, ionlarning aktiv transporti o’zgaradi, mitoxondriyalar fuksiyasi buziladi. Shu sababli organizm yetarli darajada energiyaga ega bo`lmaydi, natijada organizmda uning o`rnini qoplash uchun glikoliz kuchayadi. Shunday bo`lsa ham bu energiya hujayraning normal faoliyati va turgor holatini ta`minlash uchun yetarli emas. b) To`qima darajasida - yosh o`tishi bilan to`qimalarning strukturasi izdan chiqadi. Bunga hujayra darajasida o`zgarishga uchragan hujayralar to`plami sabab bo`ladi. Masalan asab to`qimalarida neyronlarning yo`qolishi (3) yoki yog` to`qimasida adipotsitlar(yog` hujayralari) soning kamayishi kuzatiladi. Stress va yallig`lanishning surunkali darajada ortishi ham to`qima hujayralarini shikastlaydi. Bu esa ichki muhitning gomeostaz holati buzilishiga olib keladi. c) Organ darajasida - qarish, organlarning adaptatsion qobilyatiga va gomeostaz holatiga sezilarli darajada ta`sir qiladi. Masalan: Bo`g`imlar elastikligini yo`qolishi artritning rivojlanishiga olib keladi. (2) Sekretsiya bezlari faoliyati pasayishi organizmdagi gormon, suv, tuz va yog` muvozanatining buzilishiga, bu esa organizmda ortiqcha yog` to`planishi va metabalizm sekinlashishiga olib keladi. d) Organizm darajasida - bu darajada yaxlit sistemaning barcha belgilari ya`ni fiologik holati, psixologik hamda ijtimoiy jihatdan zaifligi yaqqol ortganligi ko`rinadi. Buni tashqi belgilar: tana shakli va o’lchamlarining kichrayishi, soch oqarishi, teri elastikligining buzilishi, ko’rish, eshitish va eslash qobiliyatlarining pasayishi, hamda ichki belgilar: suyakning kompakt va g’ovak moddasining ingichkalashishi. O’pkaning tiriklik sig’imi kamayadi. Arterial bosim, ateroskleroz ortadi. Jinsiy garmonlar funksiyasi kamayadi, qalqonsimon bez funksiyasi susayadi. II. Barvaqt qarish(erta qarish) sabablari hamda uning belgilari. Bu yoshga nisbatan tezroq yuzaga keladigan qarish jarayoni bo‘lib, organizmning biologik yoshining xronologik yoshidan ancha katta ko‘rinishiga olib keladi. Bu holat ko'pincha tashqi va ichki omillarning birikmasi natijasida sodir bo'ladi: A) Barvaqt qarishga olib keluvchi sabablar: a) Genetik omillar: 1. Progeriya sindromi: Genetik mutatsiyalar tufayli bolalarda juda tez qarish jarayoni kuzatiladi. Masalan, Hutchinson-Gilford progeriya sindromi bo‘lgan bolalar 8-10 yoshidayoq 70-80 yoshli odamlar kabi ko‘rinishi mumkin. 2. Verner sindromi: Yosh o‘tishi bilan yuzaga keladigan qarish jarayonining barvaqt boshlanishiga olib keladi. Odatda 20-30 yoshdan keyin aniqlanadi, suyaklar mo‘rtlashishi, terining ingichkalashishi kabi belgilar bilan kechadi. b) Ultrabinafsha nurlar (fotoqarish): 1. Teri epiteliysi va dermadagi kollagen-elastin tolalari tezroq parchalanadi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 16 16 2. Fibroblastlarning proliferatsiya qobiliyati pasayadi - teri burishadi va pigmentatsiya o‘zgaradi. c) Oksidlovchi stress va erkin radikallar: 1. Mitoxondriya DNK si tez shikastlanadi. 2. Lipofussin granulalari barvaqt paydo bo‘ladi. 3. Qon tomir devorlari va mushak hujayralarida degenerativ jarayonlar tezlashadi. d) Yuqori kaloriyali va noto‘g‘ri ovqatlanish: 1. Glyukoza ortiqcha bo‘lsa → oqsillarning glikatsiyasi (AGEs) tezlashadi. 2. Kollagen tolalari qattiqlashib, to‘qimalar elastikligini yo‘qotadi. e) Noto‘g‘ri turmush tarzi: 1. Chekish: Tamaki mahsulotlari terining kollagen va elastinini buzadi, teri quruq va ajinli ko'rinadi. Masalan, 40 yoshli ko‘p chekuvchilar 50 yoshli insonlar kabi qarib ko‘rinadi. 2. Spirtli ichimlik - jigar parenximasida degeneratsiya va fibroz jarayonlarini tezlashtiradi. 3. Ovqatlanish: Tez tayyorlanadigan ovqatlar va shakarni ko‘p iste’mol qilish kollagen ishlab chiqarilishini kamaytiradi, erta ajinlar paydo bo‘ladi. f) Uyquning yetishmasligi: Uyqu davomida organizm hujayralarni tiklaydi. Uyqu yetishmovchiligi hujayralarning regeneratsiyasini sekinlashtiradi, terining oqarishi, ko‘z ostida qora doiralar paydo bo‘lishiga olib keladi. Misol: Surunkali uyqusizlikdan aziyat chekadigan odamlar erta ajinlar va terining sarg'ayishi bilan yuzlanadi. g) Surunkali stress va gormonal buzilishlar: 1. Kortizolning ortiqcha ishlab chiqilishi immun tizimni zaiflashtiradi. 2. Timus tezroq atrofiyaga uchraydi - limfoid to‘qima qisqaradi. h) Atrof-muhit ta’siri: Kimyoviy moddalar, radiatsiya va toksinlar DNKni zararlab, barvaqt hujayra senesensiyasiga olib keladi. j) Surunkali kasalliklar: 1. Qandli diabet: Oqsillar va kollagenlar glyukoza bilan bog'lanib, terining qotishiga va ajinlarning chuqurlashishiga sabab bo'ladi. 2. Yurak-qon tomir kasalliklari: Qon aylanishining buzilishi tufayli to‘qimalarga kislorod yetkazib berish yomonlashadi, bu esa qarishni tezlashtiradi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 17 17 B) Barvat qarishning ba`zi belgilari: Kam faol harakatdan so`ng ham tez charchash, bo‘g‘imlarda esa artroz belgilari yoshga nisbatan tezroq paydo bo‘ladi, osteoporoz erta shakllanadi. Infeksiyalarga moyillik ortadi. Limfoid to‘qimalarning atrofiyasi barvaqt kuzatiladi.Neyronlarda lipofussin granulalari erta yig‘ila boshlaydi, ma`lumotlarni tez unitish(normada 60 yoshdan keyin) (3), mushaklar kuchining tez yo`qolishi(normada 40-50 yoshdan keyin), jigar, yurak va buyrakda esa degenerativ jarayonlar yoshga nisbatan tezlashadi. (2) Qon tomir devorlarida erta ateroskleroz belgilarining paydo bo‘lishi, tirnoqlarda mo‘rtlik va deformatsiyalar erta yuzaga keladi, 20-25 yoshda sochlarning oqara boshlashi(normada 40 yoshdan keyin asta-sekin oqarishi kerak), 30 yoshda ajinlar, ko`z ostidagi haltachalar paydo bo`lishi (normada 40 yoshdan so`ng yuzda, bo`yin va qo`l terisida ajinlar paydo bo`ladi - bunday holatlarda kollagen va elastin tolalarining parchalanishi gistologik jihatdan ko‘proq aniqlanadi) kabi belgilar barvaqt qarishni bildiradi. Shuningdek nomal holatda, suyak zichligi - 50-60 yoshdan keyin kuchsizlanadi, ayniqsa ayollarda menopauza davrida, eshitish yomonlashishi - 60 yoshdan keyin yuqori chastotadagi tovushlarni eshitilishi qiyinlashadi, ko`rish qobilyatining pasayishi 40 yoshdan keyin bo`lishi kerak, ichaklarning qisqarishi ham yosh o`tishi bilan qiyinlashadi lekin bu normada bo`ladi. III. Qarilik jarayonini o`rganish metodlari va nazariyalari. A) Metodlar: a) Immunogistokimyo(IHC): p16, p21, p53, Ki-67 kabi markerlar orqali hujayra bo‘linishi va qarish belgilarini aniqlash. b) SA-β-gal (senescence-associated β-galactosidase) testi: Hujayra senesensiyasining “oltin standart” markerlaridan biri. c) Elektron mikroskopiya (TEM): Mitoxondriya shikastlanishi, lipofussin granullari, organellalar degeneratsiyasini ko‘rsatadi. d) Telomera uzunligini aniqlash (Q-FISH yoki qPCR): Hujayra bo‘linishi cheklanganligini va qarish darajasini molekulyar darajada baholaydi. B) Nazariyalari: a) Telomer nazariyasi: Telomer - bu xromosomalar uchlarida joylashgan maxsus tuzilma bo‘lib, DNK va oqsillardan tashkil topgan. U hujayra bo‘linishi jarayonida xromosomalarni shikastlanishdan himoya qiladi. Telomerlarni poyabzal bog‘ichi uchidagi plastik qoplamaga o‘xshatish mumkin - ular xromosomalarni barqaror saqlashga yordam beradi. (5) Hujayralar har safar bo‘linganda, telomerlar biroz qisqaradi. Ma’lum bir uzunlikka yetgandan keyin ular juda qisqarib, hujayraning bo‘linish qobiliyati to‘xtaydi va u qarish yoki o‘lim jarayoniga kiradi. Bu jarayon “Hayflick limiti” deb nomlanadi. Hayflick limiti – bu inson somatik (tana) hujayralarining bo‘linish soniga qo‘yilgan tabiiy biologik chegara bo‘lib (4), o‘rtacha 40 - 60 martagacha bo‘linish bilan cheklanadi. (5) Hayflick limitiga sabab – har bir bo‘linish jarayonida telomerlarning qisqarishi. Telomerlar juda qisqarganda hujayra bo‘linishdan to‘xtaydi va qarish yoki apoptozga
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 18 18 (dasturlangan hujayra o‘limi) uchraydi. Ya’ni, Hayflick limiti organizmning tabiiy “soatlari” dan biri bo‘lib, hujayralarning qachon qarishini belgilaydi. Ba’zi hujayralar, masalan, saraton hujayralari va ildiz hujayralari, telomeraza fermenti yordamida telomerlarini tiklash qobiliyatiga ega. Bu ularga cheksiz bo‘linish imkonini beradi. Shu sababli telomerlar qarish va uzoq umr ko‘rish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. b) Endokrin nazariya – qarish gormonlar ishlab chiqarilishining pasayishi va gormonal muvozanatning buzilishi bilan bog‘liq. Muhim gormonlar va ularning qarishdagi roli: 1. O‘sish gormoni (somatotropin) - yoshligimizda ko‘p ishlab chiqariladi va to‘qimalarning yangilanishiga yordam beradi. Yosh o‘tishi bilan kamayib, mushaklar zaiflashishi va terining elastikligini yo‘qotishiga sabab bo‘ladi. 2. Melatonin - uyqu va biotsikllarni boshqaruvchi gormon. Qarilikda kamayib, uyqusizlik va organizmning umumiy ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. (3) 3. Estrogen va testosteron - Menopauza va andropauza kabi jarayonlar jinsiy gormonlarning kamayishi bilan bog‘liq bo‘lib, jinsiy gormonlar kamayishi metabolizm sekinlashishiga, suyaklarning zaiflashishiga va umumiy energiya yetishmovchiligiga olib keladi va qarishni tezlashtiradi. 4. Kortizol (stress gormoni) - yuqori darajada bo‘lsa, hujayralarga zarar yetkazadi va qarish jarayonini tezlashtiradi. 5. Insulin - insulin qarishga ta’sir qiladi, chunki uning muvozanati buzilganda metabolik kasalliklar va erta qarish rivojlanishi mumkin. Odamlarda va hayvonlarda o‘sish gormoni yoki testosteron darajasi sun’iy oshirilganda, yosh ko‘rinish va energiya darajasi oshishi kuzatilgan. Ba’zi hayvonlarda gormon muvozanatini saqlash orqali ularning umrini uzaytirish mumkinligi ko‘rsatildi. c) Zararli omillar nazariyasi: Zararli moddalar yoki shikastlangan hujayralarning to‘planishi natijasida qarish jarayoni sodir bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan organizm bu zararli elementlardan tozalana olmaydi va bu qarishning asosiy sababi bo‘lishi mumkin deb aytadi. d) Erkin radikallar nazariyasi: Organizmdagi erkin radikallar hujayralarga zarar yetkazib, oksidlovchi stressni keltirib chiqaradi, bu esa qarish jarayonini tezlashtiradi. e) Qalqon reaktsiyasi nazariyasi: Hujayralardagi oqsillar, yog‘lar va DNK oksidlanish natijasida zararlanib, ularning funksiyasi buziladi. f) Metabolik nazariya: Modda almashinuvi davomida organizmda toksik moddalar to‘planib boradi va bu hujayralarning faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi. g) Apoptoz nazariyasi: Ba’zi hujayralar oldindan belgilangan dastur asosida o‘z-o‘zidan nobud bo‘ladi, bu esa qarishga olib keladi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 19 19 h) Immunitet nazariyasi: yosh o‘tishi bilan immun tizimi zaiflashadi, bu esa organizmning o‘z hujayralarini noto‘g‘ri tanib, ularga hujum qilishiga va surunkali yallig‘lanish jarayonlariga olib keladi. T-limfotsitlar kamayishi - yosh o‘tishi bilan T -hujayralar (infektsiyalarga qarshi kurashuvchi immun hujayralar) soni va sifati pasayadi. Timus bezining kichrayishi - yosh bolalarda timus bezi (T - hujayralarni yetishtiruvchi organ) faol bo‘lsa, qarilikda u kichrayadi va immunitet zaiflashadi.(1) Antitanachalar ishlab chiqarish buzilishi - qarigan organizmda B - hujayralar (antitanachalar ishlab chiqaruvchi immun hujayralar) to‘g‘ri ishlamay qoladi, bu esa infeksiyalarga nisbatan himoyani pasaytiradi. Surunkali infektsiyalar va kasalliklar – immunitet sustlashganda organizm viruslar va bakteriyalar bilan kurashishda qiynaladi, natijada gripp, pnevmoniya, COVID-19 kabi kasalliklar qarilar uchun xavfliroq bo‘ladi. IV. Qarish gistologiyasidagi dolzarb muammolar. Statistika (XX asrga oid bo`lib barchasi 1 yilda to`g`ilgan odamlarning necha yil umr kechirganligiga asoslangan): 1910 - yilda tug‘ilgan odamlar XX asrning eng og‘ir davrlarini boshdan kechirdi: Birinchi jahon urushi (1914–1918) va ikkinchi jahon urushi (1939–1945), gripp pandemiyasi (1918– 1919), antibiotiklar va vaksinalar endigina rivojlanayotgan davr bo`lgan. Shu sababli, bu avlodning umr davomiyligi hozirgi kunga nisbatan ancha qisqa bo‘lgan. Ya`ni 1910-yilda tug‘ilgan odamlarning faqat 3% dan kamrog‘i 90 yoshga yetgan. Bu shuni anglatadiki, har 100 tug‘ilgan chaqaloqdan atigi 2–3 kishi 90 yoshni ko‘rgan. 2000-yil tug‘ilgan avlod (prognoz), XXI asr avlodlari tubdan boshqa sharoitlarda yashaydi: Yaxshi tibbiy xizmat va antibiotiklar keng qo‘llanadi, vaksinalar tufayli ko‘plab o‘limga olib keluvchi kasalliklar kamaydi, bolalar o‘limi darajasi XX asr boshidagidan o‘nlab marta past, oziqlanish va sanitariya yaxshilangan. Prognozlarga ko‘ra: Erkaklarning ~15% (ya’ni har 100 erkakdan 15 tasi), ayollarning ~20% (har 100 ayoldan 20 tasi) 90 yoshga yetishi kutilmoqda. Bundan ko`rinib turibdiki yerda insoniyatning umr ko`rish davri yildan yilga ortib boryapti, lekin bu juda kichik ko`rsatkich. Ko`ryapmizki yashash sharoitlari va yaxshilangan tibbiy xizmat umr ko`rishni uzaytiryapti. Endilikda biz bu ko`rsatkichni yanada oshirishimiz talab qilinadi. Bularni amalga oshirish uchun esa organizmda bo`ladigan jarayonlari tadqiq qilishimiz va yechimini kutayotgan savollarga javob topishimiz kerak. Bularni barchasiga yangicha metodlar, yangicha usullar bilan erishishimiz mumkin. Shu kabi masalardan biri, organizmlarning qarish jarayonini tadqiq qilish orqali, erta qarishni oldini olish, qarlik belgilarini kechga surish mumkin bo`ladi. Bugungi asrimiz, axborot asri bo`lsa ham hali to`liq qarish bo`yicha, barcha ma`lumotlar topilgani yo`q, biz quyidagi kabi savollarga javob topishimiz kerak: a) Qarish markerlarini aniqlash va standartlashtirish muammosi: (1) 1. Har bir organ va to‘qimada qarish belgilarini aniqlovchi gistologik markerlar turlicha. 2. Hozircha universal, ya’ni barcha to‘qimalar uchun ishonchli “qarish biomarkeri” yo‘q. b) Barvaqt qarish va fiziologik qarish o‘rtasidagi chegara noaniqligi:
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 20 20 1. Histologik kesimlarda erta va tabiiy qarish belgilarini aniq farqlash qiyin. 2. Bu klinik tashxis va profilaktik choralarda murakkablik tug‘diradi. c) Oksidlovchi stress va erkin radikallar ta’sirining murakkabligi: 1. Laborator sharoitda aniq natijalar olinadi, ammo ular klinik amaliyotga to‘liq mos kelmaydi. (2) 2. ROS (reaktiv kislorod turlari) ni to‘qima darajasida standart usul bilan aniqlash qiyin. d) Telomera uzunligi va hujayra senesensiyasi o‘rtasidagi nomutanosiblik: (5) 1. Telomera qisqarishi qarish bilan bog‘liq, ammo ba’zi hujayralarda qisqa telomeraga qaramay faol bo‘linish kuzatiladi. 2. Bu gipoteza va real gistologik ma’lumotlar orasida tafovut tug‘diradi. e) In vivo kuzatish imkoniyatlarining cheklanganligi 1.Ko‘pgina gistologik ma’lumotlar biopsiya yoki autopsiya orqali olinadi. 2.Organizm ichida qarish jarayonini real vaqt rejimida kuzatish uchun yetarli texnologiyalar hali mukammal emas. f) Individuallik va genetik farqlar: 1. Har bir insonda qarish tezligi turlicha. (4) 2. Bu gistologik belgilarni umumlashtirishni qiyinlashtiradi va universal nazariyani ishlab chiqishga to‘sqinlik qiladi. g) Eksperimental modellar muammosi: 1. Hayvon modellarida qarish jarayoni inson qarashidan farq qiladi. 2. Shu sababli laborator natijalarni klinikaga to‘liq tatbiq etish qiyin. h) Anti-aging terapiya samaradorligini baholash: Dorilar yoki turmush tarziga oid intervensiyalar (masalan, kaloriya cheklash) samaradorligi ko‘pincha gistologik darajada to‘liq isbotlanmagan. Qarishni sekinlashtirish uchun sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va ilmiy asoslangan yondashuvlar muhim ahamiyatga ega. Xulosa Qarish jarayoni ko‘p qirrali va murakkab biologik hodisa bo‘lib, uning mexanizmlari hali to‘liq aniqlanmagan. Bugungi kunda gistologik tadqiqotlar qarish muammosini o‘rganishda asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida qaraladi. Shu bilan birga, bir qator muammolar mavjud: qarishning morfologik markerlarini standartlashtirishdagi qiyinchiliklar, hujayralar telomeralari uzunligining individual farqlari, oksidlovchi stressning murakkab ta’sir mexanizmlarini
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 21 21 aniqlashdagi cheklovlar, barvaqt qarish va fiziologik qarish belgilarini gistologik jihatdan aniq farqlashning mushkulligi, shuningdek in vivo kuzatish usullarining yetarli darajada rivojlanmaganligi. Shunga qaramay, gistologiya qarish jarayonini chuqurroq tushunishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki u qarishning hujayra va to‘qima darajasidagi asosiy belgilarini aniqlash, proliferatsiya va senesensiya markerlarini o‘rganish, organellalardagi degenerativ o‘zgarishlarni baholash hamda antioksidantlar, gormonal terapiya va boshqa yoshni kechiktirishga qaratilgan choralar samaradorligini tekshirish imkonini beradi. Demak, gistologik tadqiqotlar qarish jarayonini o‘rganishda nafaqat diagnostik, balki prognostik va terapevtik ahamiyatga ham ega bo‘lib, zamonaviy biogerontologiya va klinik geriatriya uchun mustahkam ilmiy asos yaratadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR : 1. Азизова, Ф. Х., Отажанова, А. Н., Ишанджанова, С. Х., Махмудова, Ш. И., & Худойберганова, Ш. Ш. (2017). Возрастные особенности реакции иммунной системы тонкой кишки на сальмонеллезное воздействие. Журнал теоретической и клинической медицины, (3), 6-8.Gistalogiya 2. Хужамуратова, Д. Х. (2023). КЛИНИЧЕСКИЕ, РЕНТГЕНОЛОГИЧЕСКИЕ, МОРФОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ОСТЕОНЕКРОЗА ЧЕЛЮСТЕЙ. Экономика и социум, (11 (114)-1), 1277-1288. 3. Сеченов, Иван Михайлович “Рефлексы головного мозга” 4. Бенашвили, М. М. (2010). “Геронтология: Введение в биологию старения” 5. Hayflick, L. (1994). How and Why We Age. New York: Ballantine Books.