scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH SINFLARDA ARIFMETIK AMALLARNI O'RGATISH JARAYONIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Fattoyeva O'g'iloy Ashurqulovna; Fattoyeva Nigina Ashurqulovna

Full text

392 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ARIFMETIK AMALLARNI O‘RGATISH JARAYONIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Fattoyeva O‘g‘iloy Ashurqulovna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti pedagogika fakulteti talabasi [email protected] Fattoyeva Nigina Ashurqulovna Denov tumanidagi 93-umumiy o‘rta taʼlim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17361327 Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga arifmetik amallarni o‘rgatish jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati va samaradorligi yoritilgan. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylangan bo‘lib, ular o‘quvchilarning bilim olish jarayonini yanada qiziqarli, interaktiv va samarali qiladi. Maqolada interaktiv doskalar, multimedia vositalari, o‘yin texnologiyalari hamda mobil ilovalar yordamida o‘qitishning afzalliklari tahlil etilgan. Shuningdek, bunday yondashuv o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, tezkor hisoblash, mustaqil ishlash hamda raqamli savodxonlikni rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Kirish so‘zlar: interaktiv metodlar, raqamli texnologiyalar, qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish. USE OF MODERN TECHNOLOGIES IN THE PROCESS OF TEACHING ARITHMETIC OPERATIONS IN PRIMARY GRADES Abstract. This article highlights the importance and effectiveness of using modern technologies in teaching arithmetic operations to primary school students. Today, digital technologies have become an integral part of the educational process, making the process of learning more interesting, interactive and effective for students. The article analyzes the advantages of teaching using interactive whiteboards, multimedia tools, gaming technologies and mobile applications. It is also noted that this approach helps develop logical thinking, quick calculation, independent work and digital literacy in students. Keywords: interactive methods, digital technologies, addition, subtraction, multiplication, division. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ СОВРЕМЕННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПРОЦЕССЕ ОБУЧЕНИЯ АРИФМЕТИЧЕСКИМ ДЕЙСТВИЯМ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ Аннотация. В данной статье рассматривается важность и эффективность использования современных технологий при обучении учащихся начальной школы арифметическим действиям. Сегодня цифровые технологии стали неотъемлемой частью образовательного процесса, делая обучение более интересным, интерактивным и эффективным для учащихся. В статье анализируются преимущества обучения с использованием интерактивных досок, мультимедийных средств, игровых технологий и мобильных приложений. Также отмечается, что такой подход способствует развитию логического мышления, быстрых вычислений, самостоятельной работы и цифровой грамотности учащихся. 393 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Ключевые слова: интерактивные методы, цифровые технологии, сложение, вычитание, умножение, деление. ИСТИФОДААИ ТЕХНОЛОГИЯИ ХОЗИРА ДАР РАВАНДИ ТАЪЛИМИ АМАЛИ АРИФМЕТИКА ДАР СИНФХОИ ИБТИДОЙ Реферат. Дар ин мақола аҳамият ва самаранокии истифодаи технологияҳои муосир дар таълими амалҳои арифметикӣ ба хонандагони синфҳои ибтидоӣ таъкид шудааст. Имрӯз технологияҳои рақамӣ як ҷузъи ҷудонашавандаи раванди таълим гардида, раванди таълимро барои донишҷӯён ҷолибтар, интерактивӣ ва самараноктар мегардонанд. Дар мақола бартариҳои таълим бо истифода аз тахтаҳои интерактивӣ, воситаҳои мултимедиявӣ, технологияҳои бозӣ ва барномаҳои мобилӣ таҳлил карда шудаанд. Инчунин қайд карда мешавад, ки ин равиш барои ташаккули тафаккури мантиқӣ, ҳисобҳои зуд, кори мустақилона ва саводнокии рақамӣ дар хонандагон хизмат мекунад. Калидвожаҳо: усулҳои интерактивӣ, технологияҳои рақамӣ, ҷамъ, тарҳ, зарб, тақсим. Hozirgi kunda mamlakatimizda taʼlim tizimiga judayam katta eʼtibor berilib, kelajak avlodning taʼlim olishiga mustahkam poydevor yaratilmoqda. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev taʼlim tizimining har bir bo‘g‘iniga, ayniqsa, maktab taʼlimiga katta eʼtibor qaratib, shunday deganlar: "Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi."[1] Boshlang‘ich sinflarda arifmetik amallarni o‘rgatish jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bugungi kunda ta’lim tizimi uchun nihoyatda dolzarb hisoblanadi. Chunki zamonaviy davrda bolalar raqamli texnologiyalar bilan o‘sib-ulg‘aymoqda, ular uchun raqamli muhit tabiiy holga aylangan. Shuning uchun o‘qituvchi dars jarayonida an’anaviy metodlarni zamonaviy axborot texnologiyalari bilan uyg‘unlashtirishi muhim ahamiyatga ega. Arifmetik amallar — bu sonlar ustida bajariladigan qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish kabi amallar. Bu amallar yordamida biz sonlarni qo‘shamiz, ayiramiz, ko‘paytiramiz va bo‘lamiz[2]. O‘qituvchi birinchi navbatda o‘quvchilarni asosiy arifmetik amallar bilan tanishtirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Arifmetik amallarni o‘rgatishning asosiy maqsadi — bolalar matematikani o‘rganishni qiziqarli va samarali tarzda o‘zlashtirishi, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishdir.[3] Asosiy arifmetik amallar: Arifmetik amallar 1-hadi 2-hadi 3-hadi Qo‘shish (+) 1-qo‘shiluvchi 2-qo‘shiluvchi Yig‘indi Ayirish (-) Kamayuvchi Ayriluvchi Ayirma Ko‘paytirish (×) Ko‘payuvchi Ko‘paytuvchi Ko‘paytma Bo‘lish (÷) Bo‘linuvchi Bo‘luvchi Bo‘linma 394 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz O'quvchilarni qo'shish va ayirish amallarining ma'nosi bilan tanishtirish ikki to'plam elementlarini birlashtirishga oid va berilgan to'plamdan uning qismlarini ajratish kabi amaliy munosabatlar orqali amalga oshiriladi. Zamonaviy taʼlim texnologiyalari o‘zi nima? Bu savolga javob berishimizdan oldin "texnologiya" atamasiga to‘xtalib o‘tishimiz lozim. “Texnologiya” yunoncha so’zdan kelib chiqqan bo’lib, “techne”-mahorat, san’at, malaka va “logos”-so’z, ta’limot ma’nolarini anglatadi. Ta’lim texnologiyasi: mavjud sharoit va belgilangan vaqtda muayyan ta’limiy maqsad va ko’zlanayotgan natijalarga kafolatli erishishni vositali ta’minlovchi, muloqot, axborot va boshqaruvning eng qulay yo’l hamda o’qitish vositalarining tartibli yig’indisi (ta’lim berish texnologiyasining jarayonbayonli jihati); bu yuzaga kelgan ta’limiy jarayon subyektlarining hamkoriy harakatlari, haqiqiy jarayon (ta’lim berish texnologiyasining amaliy jarayoni)tartibi.[4] Demak, "Zamonaviy taʼlim texnologiyalari" belgilangan vaqtda muayyan maqsad va natijalarga kafolatli erishishga xizmat qiluvchi zamonaviy o‘qitish vositalari majmui ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Boshlang‘ich sinflarda matematika fanidan arifmetik amallarni o‘rgatishda zamonaviy taʼlim texnologiyalardan foydalanishning bir necha turlari mavjud bo‘lib ularning har biri alohida ahamiyatga ega sanaladi. Bularga quyidagilarni misol qilib keltirishimiz mumkin: ✓Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) - algebraik amallarni o‘rgatishda axborot komunikatsiya texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarda ko‘rgazmali vositalar orqali mavzuni ko‘z orqali ko‘rib, quloq orqali eshitib, tushunarli va interaktiv shaklda o‘rganish imkoniyatini beradi. Bularga interaktiv doskalar, elektron darsliklar, onlayn mashq platformalari, va tezkor testlarni misol qilib keltirishimiz mumkin. ✓O‘yin texnologiyasi (Gamifikatsiya)- Matematika darslarini o‘yin shaklida tashkil etish bolalarda motivatsiyani kuchaytirib, sinfda raqobat muhiti shakllantiradi va bolalarda harakatchanlikni yanada kuchaytirib, darslarni qiziqarli o‘tishini taʼminlab beradi. Bularga matematikaga oid o‘yin ilovalarini keltirishimiz mumkin. ✓Multimedia texnologiyasiMultimedia vositalari, yaʼni video, animatsiya, 3Dmodellar orqali arifmetik amallarni o‘rgatish o‘quvchilar uchun qiziqarli va tushunarli bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarda matematika fanidan arifmetik amallarni o‘qitishda zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalanish o‘quv jarayonini samarali, qiziqarli va tushunarli qilishda muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy taʼlim texnologiyalarining arifmetik amallarni o‘qitish jarayonida o‘rni va ahamiyati juda ham katta. Zamonaviy taʼlim texnologiyalari darsning tushunarli, sifatli hamda qiziqarli bo‘lishini taʼminlab beradi. Bu esa o‘qituvchining vaqtdan unumli foydalanishiga imkon yaratadi. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida arifmetik amallarni o‘rgatishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish hamda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, interfaol metodlarni 395 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz va raqamli resurslarni joriy etish o‘quvchilarning darsga bo‘lgan motivatsiyasini oshiradi, o‘quv jarayonini samarali va ijodiy tashkil etish imkonini yaratadi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar o‘qituvchiga har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’limni differensial yondashuv asosida tashkil etish imkonini beradi. Natijada, arifmetik amallarni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning amaliy faoliyati, ijodkorligi va mustaqil fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. Umuman olganda, arifmetik amallarni o‘rgatishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash ta’lim jarayonining sifat va samaradorligini oshiruvchi, o‘quvchilarda matematik savodxonlikni shakllantiruvchi eng muhim omillardan biridir. References: 1. Sh.M.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 29.12.2020. http://president.uz/uz/lists/view/4057 2. https://testbor.uz/lessons/2361 3. BOSHLANG’ICH SINFLARDA ARIFMETIK AMALLARNI O’RGATISH METODIKASI. Abdiyeva Zilola. Abdiyeva Aziza. YANGI O‘ZBEKISTONDA YANGI IZLANISHLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy online konferensiyasi 5-Mart, 2025-yil. 35-38-betlar. 4. ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR -DARS SAMARADORLIGINING MUHIM OMILI SIFATIDA/ Ziyayeva Shoiraxon/ “Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 2024-yil 20-fevral