scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KASB-HUNAR LEKSIKASI NOMODDIY MEROS SIFATIDA

Mamatkulova Zilola Rejabaliyevna

Abstract

Ushbu maqolada tilshunoslikning o‘rganish obyekti bo‘lgan kasb-hunar lesikasi va uning nomoddiy meros sifatida tilimizdagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z boradi. Soha leksikasi yuzasidan qarashlar umumlashtirilgan, leksik birliklarga sharhlar berilgan va ayrimlarning tilshunoslik lug‘atlaridagi izohi berib o‘tilgan.

Full text

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 38 KASB-HUNAR LEKSIKASI NOMODDIY MEROS SIFATIDA Mamatkulova Zilola Rejabaliyevna Far DU akademik litseyi o‘qituvchisi, PhD [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada tilshunoslikning o‘rganish obyekti bo‘lgan kasb-hunar lesikasi va uning nomoddiy meros sifatida tilimizdagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z boradi. Soha leksikasi yuzasidan qarashlar umumlashtirilgan, leksik birliklarga sharhlar berilgan va ayrimlarning tilshunoslik lug‘atlaridagi izohi berib o‘tilgan. Kalit so‘z: Kab-hunar leksikas, soha leksikasi, kulolchilik leksikasi, tandirchilik leksikasi, soha leksikasining sittem tahlili. Har bir til o‘z taraqqiyoti davomida murakkab evolutsion bosqichlarni bosib o‘tadi. Adabiy tilning paydo bo‘lishi, taraqqiy etishi, bugungi ko‘rinishga kelishi sohaviy leksikaning takomili bilan ham ma’lum darajada bog‘liqdir. Xalq hunarmandchiligi sohasi ko‘plab leksik shakllarni mavzuiy birlashtiradi, til lug‘at tarkibi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Shu bois o‘zbek tilshunosligida kasb-hunar leksikasi tadqiqi yuzasidan muayyan ishlarni amalga oshirish, xususan, kulolchilik sohasiga oid birliklarni lingvistik aspekda o‘rganish dolzarb masalalardan biri sanaladi. Yurtimizda qadimdan shakllanib kelayotgan kulolchilik an’analarini asrab-avaylash, tiklash va rivojlantirish, xalqaro darajada keng targ‘ib qilish, kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va uning eksport darajasini oshirish, usta kulol hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, usta-shogird maktablari faoliyatini takomillashtirish maqsadida 2021yilning 23-martida “Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qabul qilindi va bu sohaga e’tibor kuchaytirildi1. Chunki kulolchilik buyumlari o‘zbek xalqining milliy madaniyati sifatida mamlakatimizga tashrif buyurgan sayyohlar diqqatini jalb qilib kelmoqda. Tilshunoslikda kasb tushunchasining qamrovi keng bo‘lib, unga lug‘atlarda bir qancha ta’riflar berilgan. Bir guruh olimlar kasbni insonning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat turi bo‘lib, moliyaviy to‘qlik yoki yetishmovchilikni uning natijasi deb ta’riflagan bo‘lsalar, yana bir guruh mutaxassislar “kasb – bu insonning bilim darajasi, dunyoqarashi kabi bir qancha omillar orqali o‘zini realizatsiya qilish2, deb baholaydilar. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da kasb leksemasiga quyidagicha izoh berilgan: Kasb – biror narsani o‘rganish, egallash, foyda; hunar, mashg‘ulot. Ish-faoliyatning ma’lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan biror turi, sohasi; hunar. Bu kishi o‘zlari hosilot, kasblari agronom, kechki maktabda muallimlik ham qilishadilar (A.Qahhor, “Qo‘shchinor chiroqlari”)3 Shuningdek, kasb leksemasining quyidagi ma’nolari O‘TIL da keltirilgan: 1. Ish-faoliyatning ma’lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan biror turi, sohasi; hunar. Hayotda shunday odamlar bo‘ladiki, ular butun umrlarini faqat bir ishga, biron kasbga bag‘ishlaydilar. 1Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 23 мартдаги “Кулолчиликни жадал ривожлантириш ва қўллаб-қувватлаш чора-тадбирлари тўғрисида” ги Пқ-3053-сон Қарори. 2Karimov H. Kasb tushunchasi va uning inson hayotida tutgan // “Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot” konferensiya materiallari. – 2021 – № 2. – B. 33-35. 3 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 ж ил д ли. 2ж ил д . – Тошкент: O‘zbekiston nashriyoti, 2020. – Б. 328. INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 39 (X.Yodgorov, “Hayot to‘lqinlari”) 2. Umuman, odat qilingan ish; odat. Foydaxo‘rlik – tan-suyagingizga singib ketgan kasbingiz. (H.G‘ulom, “Mash’al”). Kasb leksemasining etimologiyasi xususida Sh.Rahmatullayev quyidagilarni bayon etgan: “Kasb – bu arabcha so‘z kasb(un) shakliga ega, ko‘p ma’noli kasaba fe’lining “o‘z mehnati bilan mablag‘ topmoq” ma’nosidan hosil qilingan bo‘lib, arab tilida “foyda”, “yutuq, “maosh” ma’nolarini anglatadi. O‘zbek tilida esa bu so‘z ish-faoliyatning biror sohasi, hunar ma’nosini anglatadi4. Hozirgi kunda mazkur birliklarning ma’no doirasi toraygan. So‘zning “kishining faoliyati”, “doimiy mashg‘ulot turi” ma’nosi qolgan ma’nolariga nisbatan dominantlik qiladi. Kasb so‘zi hunar, pesha, kasb-kor, ixtisoslik, mutaxassislik leksemalari bilan bir sinonimlar qatorini tashkil etadi. Ammo ma’no nozikliklari, uslubiy qo‘llanishga ko‘ra ushbu birliklar o‘zaro farqlanadi. Jumladan, hunar so‘zi asli forscha bo‘lib, “san’at”; “bilim, ko‘nikma, mahorat, ustalik”; “kasb” kabi ma’nolarni bildiradi. Hunar so‘zi o‘zbek tiliga tojik tili orqali o‘zlashgan bo‘lib, asli “layoqat”, “san’at” ma’nolarini anglatadi. Keyinchalik kasb ma’nosini ham anglata boshlagan5. Demak, hunar va kasb so‘zlari o‘zaro sinonim bo‘lib, kasb-hunar juft so‘zi o‘zaro ma’nodosh so‘zlardan tashkil topgan. Bu juftlikdagi hunar leksemasi forscha so‘z bo‘lib, “san’at; bilim, ko‘nikma, mahorat, ustalik; kasb”6 degan ma’nolarni anglatadi. O‘TIL da uning quyidagi ma’nolarda ishlatilishi ko‘rsatilgan: 1. Muayyan ko‘nikma, mahorat talab qiladigan, tirikchilikning asosiy manbayi hisoblanuvchi ish, mashg‘ulot; kasb. Otasining hunarini yaxshi egallab olgan bu yigitcha uchun qishloqda ish ko‘p edi. (S.Ahmad, “Hukm”) 2. Biror ishdagi mahorat, san’at; mohirlik, ustalik talab etuvchi ish, xatti-harakat. Konferansye “ikkinchi nomerda xohlagan kishi xohlagan hunarini ko‘rsatishi mumkin”, deb hammani kuldirdi. (A. Qahhor, Tanlangan asarlar) 3. Odat tusidagi ish, harakat. Uyda qovog‘ini osiltirib, ko‘chada begona ayolni ko‘rganda iljayadigan, tirjayadigan hunarga o‘rgandi. (“Mushtum”) 4. Bo‘lmag‘ur, kelishmagan xatti-harakat, qiliq, odat. Abdushukur, ovozni bunchalik boshqacha qilishni kimdan o‘rganding?! Hunaringga balli-ye.. (Oybek, Tanlangan asarlar) Кasb-hunar juftligida kasb va hunar so‘zlari yolg‘iz qo‘llanilganidan ko‘ra kengroq tushuncha ifodalanadi. Mazkur juft so‘zda ma’lum kasbni egallash uchun ham ilmiy, ham amaliy ko‘nikmalarni egallash jarayoni nazarda tutiladi. Kasb-kor juft so‘zi arabcha kasb, “ish” ma’nosini anglatuvchi tojikcha kor so‘zlaridan tuzilgan bo‘lib, kasb-u kor shakliga ham ega, “ish-faoliyat turi”, “ish-mashg‘ulot” ma’nosini anglatadi7. Pesha fors-tojik tilidan o‘zlashgan so‘z bo‘lib, mashg‘ulot, kasb, ixtisos degan ma’nolarni anglatadi. Pesha lug‘aviy birligi quyidagi ma’nolarda ishlatiladi. Ish, mashg‘ulot; kasb, hunar. Xonning o‘g‘li, deb qilmanglar andisha, To‘qqiz yoshda qildi shu ishni pesha. (“Erali va Sherali”)8 4 Рахматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. 2-жилд – Тошкент: Университет, 2003. – Б. 197. 5 Рахматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. 3-жилд – Тошкент: Университет, 2009. – Б. 280. 6Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 ж ил д ли. 5ж ил д . – Тошкент: O‘zbekiston nashriyoti, 2020. – Б. 561. 7Рахматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. 2-жилд. – Тошкеит: Университет, 2003. – Б. 197. 8Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 ж ил д ли. 3ж ил д . – Тошкент: O‘zbekiston nashriyoti, 2020. – Б. 250. INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 40 Mashg‘ulot leksemasi ham arab tilidan o‘zlashgan bo‘lib, ish-yumush, kasb kabi ma’nolarni ifodalaydi. Arab tilida ma’lum mehnat, mashg‘ulot jarayonida tayyorlangan buyumlar ma’nosini anglatsa, o‘zbek tilida esa, ish o‘rganish, o‘qish bilan shug‘ullanish ma’nosini bildiradi. Men bu yerda otam va onamning mashg‘ulotlari to‘g‘risida biroz gapirib o‘tishni lozim bilaman. (S.Ayniy, “Esdaliklar”) 9 Kasb inson hayoti bilan chambarchas bog‘liq jarayondir. Dastlabki kasblar insoniyat sivilizatsiyasidan ancha oldinroq paydo bo‘lgan. Inson ongi, yashash sharoiti, turmush tarzi rivojlanishi natijasida kasblar ham takomillashib, tarmoqlanib borgan. Hatto ibtidoiy odamlar orasida ham ma’lum darajada kasbiy taqsimot tushunchasi bo‘lgan. O‘sha davrlarda erkakning vazifasi yashash hududi, ayollar va bolalarning xavfsizligini, qabilani oziq-ovqat bilan ta’minlash bo‘lsa, ayollar farzand tarbiyalash va uyda o‘choqdagi olovni o‘chirmaslik, uyni har doim isitib turish kabi yumushlarni bajargan. Ko‘chmanchi qabilalar o‘troqlashgach, qishloq xo‘jaligining rivojlanishi boshlandi. Bu esa odamlarni yerga ishlov berishda mehnat jarayonini yanada yengillashtiruvchi qulay qurilmalar ixtiro qilishga undadi. Shu tariqa hunarmandchilik paydo bo‘ldi. Vaqt o‘tishi bilan dehqonchilik, kulolchilik va temirchilik kabi kundalik turmush tarzi bilan bog‘liq kasb-hunar turlari ana shu tariqa paydo bo‘lgan. Ma’lum kasb egalari tomonidan qo‘llangan birliklar shu asnoda yuzaga kelgan va soha leksikasi shakllanib, sayqallanib borgan. Terminologiy keng qamrovli soha bo‘lib, K.M.Musayev uni go‘yo bir shaharga qiyoslaydi. Olimning fikricha, “terminologiya yagona reja asosida qurilsa-da, lekin birdaniga barpo etilmaydi. U tarixiy shartsharoit asosida shakllanadi, uni yaratishda har xil avlodga mansub me’morlar, loyihachilar, kashfiyotchilar ishtirok etadi. Ular har bir qurilayotgan inshootni yaxshi o‘rgangan holda barpo etadilar. Terminologiyani tartibga solishdagi o‘ziga xos murakkablik ham shu bilan belgilanadi”10. Har bir kasbda shu soha vakillari qo‘llaydigan terminlar tizimi mavjud. Masalan, tikuvchilik, duradgorlik, do‘ppido‘zlik kabi kasb-hunar yo‘nalishlarining o‘ziga xos maxsus leksikasi mavjud. Nomoddiy madaniy meros deganda, avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan an’anaviy bilimlar, koʻnikmalar, ogʻzaki ijodiy meros, marosim va urf-odatlar tushuniladi. Til, ayniqsa uning leksik qatlamidagi qadimiy soʻzlar, kasb-hunarlar nomlari, marosimlarga oid atamalar, folklor unsurlari bu merosning ajralmas tarkibiy qismidir. Masalan, oʻzbek tilidagi “tandir”, “soʻzana”, “gilam”, “sunnat toʻyi”, “qovun sayli” kabi leksik birliklar nafaqat tilda, balki xalqning yashash tarzida, tarixida, urf-odatlarida chuqur ildiz otgan. Har bir millat oʻziga xos tilda fikrlaydi va soʻzlashadi. Shu bois, milliy til va uning leksik tarkibini asrab-avaylash — nomoddiy madaniy merosni saqlash deganidir. Yurtimizda bu borada olib borilayotgan islohotlar, jumladan, mahalliy shevalardagi soʻz boyligini oʻrganish, unutilayotgan soʻzlarni hujjatlashtirish, tildagi qadimiy kasb-hunar leksikasini lugʻatlar orqali qayd etish kabi sa’y-harakatlar shular jumlasidandir. Shuningdek, tildagi nomoddiy meros faqat soʻzlardan iborat emas, balki ularning ishlatilish konteksti, ijtimoiy va madaniy mazmuni bilan ham boydir. Shu sababli, tilshunoslikda leksik birliklarni oʻrganishda ularning madaniy, tarixiy va etnolingvistik kontekstini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. 9 Рахматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. 2-жилд. – Тошкеит: Университет, 2003. – Б. 249. 10 Мусаев К. М. Формирование, развитие и современные проблемы терминологии. – Москва,1986. – С.163. INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 41 Ko‘rinadiki, kasb-hunar leksikasi muayyan kasb yoki hunar doirasida qo‘llanuvchi maxsus birliklardir. Xususan, kulolchilik soha leksikasining paradigmatik, sintagmatik tadqiqi orqali o‘zbek tili lug‘at tarkibini juda ko‘p so‘zlar bilan boyitish mumkin. Shu bois kasb-hunarga oid birliklarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning lingvokulturologik jihatlari, semantikasi va pragmatikasiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar jahonning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalarida keng ko‘lamda tadqiq etilmoqda11. Jumladan, Myunxen universiteti (Germaniya); Kaliforniya universiteti, Garvard universiteti (AQSH), Rossiyadagi “Rossiya terminologiya maktabi”, Moskva semantika maktabi (Rossiya); Southampton universiteti (Buyuk Britaniya); Oksford universiteti (Angliya); Kolorado universiteti (AQSH); Avstriyadagi “Vena terminologiya maktabi”, Chexoslovakiyaning “Praga terminologiya maktabi” kabilar ilmiy maktablarning jamiyat hayotida, har bir fan sohasida naqadar muhim o‘rin tutishidan dalolat beradi.12 Xulosa qilib aytganda, tilga oid leksik birliklar millat maʼnaviyatining, tarixiy xotirasining va madaniy merosining ajralmas qismidir. Ularni ilmiy asosda oʻrganish, tasniflash va asrab qolish har bir tilshunos va madaniyatshunosning muhim vazifasidir. Zero, til yoʻqolsa, millatning ruhiy-maʼnaviy boyligi ham yoʻqoladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI 1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 23 мартдаги “Кулолчиликни жадал ривожлантириш ва қўллаб-қувватлаш чора-тадбирлари тўғрисида” ги Пқ-3053сон Қарори. 2. Karimov H. Kasb tushunchasi va uning inson hayotida tutgan // “Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot” konferensiya materiallari. – 2021 – № 2. – B. 33-35. 3. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 ж ил д ли. 1-2-3-4-5ж ил д . – Тошкент: O‘zbekiston nashriyoti, 2020. – Б. 328. 4. Рахматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. 2-жилд – Тошкент: Университет, 2003. – Б. 197. 5. Рахматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. 1-2-жилд. – Тошкеит: Университет, 2003. – Б. 197. 6. Мусаев К. М. Формирование, развитие и современные проблемы терминологии. – Москва,1986. – С.163. 7. Temmerman R. Questioning the univosity ideal // The difference between socio-cognitive terminology and traditional terminology. – Amsterdam-Rodopi. 2000. – P. 3. 11 www.dissercat.com, www.philol.msu.ru, www.myfilology.ru/semantika/moskovskaya-semanticheskayashkola, www.ucla.edu, www.harvard.edu, www.mannheim.de, www.msu.ru, www.usyd.edu.au, www.vspu.ac.ru, www.umn.edu, www.berkeley.edu, www.academia.edu, www.udsu.ru; www.pi.sfedu.ru, www.bsu.ru, www.libguides.usc.edu, www.diva-portal.org, www.education.com. 12 Бу ҳақда қаранг: Temmerman R. Questioning the univosity ideal // The difference between socio-cognitive terminology and traditional terminology. – Amsterdam-Rodopi. 2000. – P. 3.