scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XURSHID DO'STMUHAMMAD HIKOYALARIDA QAHRAMON RUHIY OLAMINING AKS ETISHI

Ergasheva Muqaddas Alisher qizi

Abstract

Ushbu maqolada yozuvchi Xurshid Doʻstmuhammadning tarixiy hikoyalar turkumidan o‘rin olgan “Jim o’tirgan odam”, “Qichqiriq” nomli hikoyalarida ruhiy holat va ijodkorning badiiy g‘oyasi ochib berilgan. Xurshid Doʻstmuhammadning gʻoya tanlash mahorati, kichik hikoyalarda ruhiy holat, hamda uning badiiy ijodi aks etgan hikoyalar taqqoslab oʻrganilgan. Mazkur hikoyalarning mavzu jihatini ijodkor oʻz tabiatidan olib yaratgan. Yozuvchi ijodida soʻzlarning qisqa va oʻz oʻrnida ifodalanganligi kitobxonni jalb etadi. Hikoyalarda gʻoya va mavzuga nisbatan falsafiylik mavjud. Har bir hikoyaning ichida bir ma’no yashiringan. Bu asarlarda kitobxon oʻzi uchun turli ma’nolarni kashf etadi. Gʻoya va mavzu ham ramziylikka yoʻgʻrilgan. Sarlavhalar ham ramziy tanlangan. Ruhiy holat inson hayotidagi kundalik jarayonda bo‘layotgan hodisalardan kelib chiqib ifodalangan

Full text

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 59 XURSHID DO‘STMUHAMMAD HIKOYALARIDA QAHRAMON RUHIY OLAMINING AKS ETISHI (REFLECTION OF THE HERO'S SPIRITUAL WORLD IN THE STORIES OF KHURSHID DOSTMUHAMMAD) Ergasheva Muqaddas Alisher qizi ToshDO‘TAU, Adabiyotshunoslik nazariyasi fakulteti 2-kurs magistri @alisherovnamuqaddas.gmail.com +935753409 Annotatsiya: Ushbu maqolada yozuvchi Xurshid Doʻstmuhammadning tarixiy hikoyalar turkumidan o‘rin olgan “Jim o’tirgan odam”, “Qichqiriq” nomli hikoyalarida ruhiy holat va ijodkorning badiiy g‘oyasi ochib berilgan. Xurshid Doʻstmuhammadning gʻoya tanlash mahorati, kichik hikoyalarda ruhiy holat, hamda uning badiiy ijodi aks etgan hikoyalar taqqoslab oʻrganilgan. Mazkur hikoyalarning mavzu jihatini ijodkor oʻz tabiatidan olib yaratgan. Yozuvchi ijodida soʻzlarning qisqa va oʻz oʻrnida ifodalanganligi kitobxonni jalb etadi. Hikoyalarda gʻoya va mavzuga nisbatan falsafiylik mavjud. Har bir hikoyaning ichida bir ma’no yashiringan. Bu asarlarda kitobxon oʻzi uchun turli ma’nolarni kashf etadi. Gʻoya va mavzu ham ramziylikka yoʻgʻrilgan. Sarlavhalar ham ramziy tanlangan. Ruhiy holat inson hayotidagi kundalik jarayonda bo‘layotgan hodisalardan kelib chiqib ifodalangan Kalit soʻzlar: Ruhiy psixologizm, badiiy gʻoya, mavzu tushunchasi, “psixologizm” soʻzining lugʻaviy ma’nosi, badiiy mahorat, ramziylik Abstract: This article reveals the state of mind and the artist's artistic idea in the stories "The Quiet Man" and "The Scream" from the series of historical stories of the writer Khurshid Dostmuhammad. Khurshid Dostmuhammad's skill of choosing ideas, mental state in short stories, and stories reflecting his artistic creativity are studied by comparison. The author created the theme of these stories from his own nature. In the author's work, the words are short and expressed in their place, which attracts the reader. Stories are philosophical about ideas and themes. There is a hidden meaning in every story. The reader discovers different meanings in these works. The idea and theme are also symbolic. The titles are also chosen symbolically. The state of mind is expressed based on the events that occur in the daily process of human life Keywords: Spiritual psychology, artistic idea, theme concept, dictionary meaning of the word "psychology", artistic skill, symbolis. “Ruhiy iztirob” deyilganda “psixologizm” dan farqli oʻlaroq badiiy asarlarda qahramon ichki dunyosining butun bir tizimlari tasvirini emas, balki inson qisqa vaqt ichida qandaydir tashqi taassurot natijasida yuz berishi mumkin boʻlgan favqulodda kuchli bir ruhiy tebranishni, ruhning oniy bir fursatdagi holat aksini tushunish maqsadga muvofiqdir. Koʻrinib turibdiki, ularning har ikkalasini ham oʻrganish obyekti yagona boʻlib, lirika ham ruhiy tahlil ham idrokning subyektiv shakllari sifatida xarakterlanadi. Farqi shundaki, lirika epos, drama singari mustaqil adabiy turdir. U hayotni badiiy aks ettirish usullaridan biri boʻlib bosh tasvir obyekti insonning ichki olami hisoblanadi. Ruhiyat tahlili esa adabiy asarning muhim unsuri sifatida barcha adabiy turlarda ham janrning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda amal qilaveradi. Xurshid Doʻstmuhammad hikoyalarida ham inson ichki omili va tasviri aniq va loʻnda ifodalangan emas. Uning boshqa janr asarlari singari hikoyalarida ham sirli ohang, sirli ma’no INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 60 mavjud. Yozuvchi personaj xarakterini yaratar ekan, uni ruhiyatini bevosita yoki bilvosita ochib berishi mumkin. Personaj oʻy-kechinmalari, his-tuygʻularining "ichki monolog", "ong oqimi" tarzida yoki muallif tilidan (oʻziniki boʻlmagan avtor gapi) bayon qilinishi psixologik tasvirning bevosita shakli hisoblanadi. Asarda personaj ruhiyatining uning xatti-harakatlari, gap-soʻzlari, yuzkoʻz ifodalari(mimikasi), undagi fiziologik oʻzgarishlarni koʻrsatish orqali ochib berilishi bilvosita psixologik tasvirdir. Ruhiy tasvirning bu ikki koʻrinishi bir-birini toʻldiradi, shu bois ham muayyan personaj ruhiyatini tasvirlashda yozuvchi bularning har ikkisidan ham oʻrni bilan unumli foydalanadi. Shunday inson ichki omili aks etgan hikoyalarida gʻoya va mavzuni bilan bir qadorda inson ruhiyatini tahlil qilamiz. Mana shunday asarlaridan biri “Jim oʻtirgan odam” deb nomlangan hikoyasi ham inson ichki olami, oʻz dunyosi bilan bogʻliq tarzda yozilgan desak yanglishmaymiz. Hikoya qahramoni qirq yildirki, ishlayotgan idorasiga bir maromda borib keladigan, yoʻl unga yod boʻlib ketgan tarzda tasvirlanadi. Hatto atrofga qaramasdan ham xayolda sanab oʻn ikkinchi bekatga kelgandan keyin tushadi, tushgan joyidan yetmish-yetmish toʻrt qadam odimlab serqatnov koʻchani bosib oʻtsa jonajon idorasiga yetib keladi. Qurbonali kamgap, kamsuqum, hech kim bilan ishi yoʻq ammo bir qitmirligi tutsa roʻparasidan kelayotagan qoʻshnisini koʻrib koʻzini chirt yumib oʻtib ketar, shunday holatlarni qilib ichida miriqib kuladigan odati ham bor edi. Avtobusda ham biron tanishni koʻrib qolsa, koʻrmaganga olar, yoʻl boʻyi suhbatlashib ketishdan koʻra jim ketishni afzal koʻradigan bir inson edi. Qurbonali yelimdek yopishqoq tanish-notanishlardan yetti gaz nari yuradi, “Bir otamlashmaymizmi?”-deb qoʻyarda-qoʻymay ulfatchilikka sudraydiganlarni esa oʻlgudek yomon koʻradi. Shu oʻrinda bu noyob falsafaning ildizi uning padariga borib taqaladi. Qurbonalining otasi uch ogʻiz jumla sharofatiga oʻn ikki yil oʻtirib kelgani uchun farzanlariga shunday nasihat qilgan edi: “Xudo dushmanni har bandaning ogʻziga joylab qoʻyibdi. U dushmanning oti til-zabon! Yorugʻ dunyoda eson-omon yashab, oʻz ajaling bilan oʻlmoqchimisantilingga tugun solib yur!”( Xurshid Do‘stmuhammad hikoyalar to‘plami, 2021, 105-bet). Oʻzining uch jumla gapi oʻn ikki yil umriga zomin boʻlgan ota oʻg‘liga shunday nasihat qiladi. Qurbonalining hayoti shu yo‘sinda bir tekis oʻta boshlaydi. Ammo bekatda uchratgan notanish inson uning hayotida keskin burilish yasab yuboradi. Ilyosvoyni uyida xudoyiga kelgan yoshgina yigit unga har kuni hamrohlik qilib, turli savollar bera boshlaydi. Insonlar bilan muloqot qilish yoqmaydigan Qurbonali bu holatdan oʻzini juda yomon his eta boshlaydi. Qurbonalining ruhiyati shunday ediki: u yonidagi odamga ham beparvo, yigʻinlar boʻlsa tezroq tugatib ketish dardida yuradigan. Shu yoʻsinda qoʻshnisining uyidagi insonlar va voqealar haqidagi savollar ham unga erish tuyiladi. Notanish yigitga Kimsan deb nom qoʻyadi. Kimsan har koʻrganida Ilyosvoyni uyidagi maraka bilan bog‘liq savollar beraveradi. Shundagina Qurbonali boʻlgan voqeani va insonlarni eslaydi. Hikoyada Qurolboy ota va koʻk doʻppili cholning tortishib qolishi kulminatsion nuqtadir. Qurolboy ota jimlikni buzib masjidning yangi imomini maqtaydi, uni gapiga doʻppili chol qarshi chiqadi. Hamma imomlarga ham ishonavermaslik kerak, barchasi ham aqlli boʻlavermaydi deb. Tortishuv keskinlasha boshlaganini payqagan To‘lash oʻrnidan turib choyni yangilab kelishga ketadi. Bu holatda hech kimni indamagani notanish bolani nutqidan eshitib voqeani eslagan Qurbonali vaziyatga endi e’tibor qaratadi. Ammo Kimsanga hech narsa deyolmaydi. Biroq Kimsanning: “Lekin hammasini koʻra-bila turib, vaziyat xatarli tus olayotganiga aqli yeta turib, sukut saqlagan…. Jim oʻtirgan odam xavfli!... mana shu jumlasi uni butunlay halovatidan ayiradi. Endi u oʻsha oʻzi qutulishini istayotgan insonini koʻrib bu gaplari nohaq ekanligini aytish uchun axtara boshlaydi. Axir “Siz xavflisiz desa, bu tuhmat, bu nadomatni qanday qilib oʻylamaydi?” (Xurshid Do‘stmuhammad hikoyalar to‘plami, 2021,110-bet). Hikoyani soʻngida u kasalxonada tasvirlanadi. Bu orada Ilyosvoyning uzoq qarindoshi koʻk doʻppili moʻysafid mutassiblikda, Qurbonali esa muqarrar janjal chiqishini bila turib sukut saqlaganlikda INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 61 ayblanayotganidan xabar topdi. Ammo hikoyaning eng qiziq nuqtasi Kimsan haqida Ilyosvoy butun qarindosh urugʻidan soʻrab surishtirganda ham hech qanday ma’lumot topilmadi. Qurbonaliga oʻxshab janjalni avvaldan payqagan “Toʻlashdan esa darak yoʻq, qidiruvda emish”- degan jumla bilan hikoyaga yakun yasaladi. “Jim oʻtirgan odam” hikoyasi ham ijodkorni boshqa asarlari singari chuqur ma’noga ega. Bunda Qurbonalining hayotga qarashlari ichki tomondan aks ettiriladi. Hikoya qahramoni uchun tanlangan nom ham ramziy ma’no kasb etadi. Hikoyaning asosiy gʻoyasi jamiyatimiz mustamlakachilikdan soʻng ham erkinlik, soʻzlash huquqidan foydalana olmaydigan darajada onggiga singdirilgan qoʻrquv hisi, jamiyat bilan aloqaning yoʻqolganligidir. Ahamiyat berilsa, doim bir xil kun tartibiga ega, hech kim bilan ishi yoʻq hatto, salomlashish ham erish tuyiluvchi, Qurbonalining bu psixologik holatiga otasining qismati sabab qilib koʻrsatilgan. Qurbonalining otasi mustamlakachilik davrida toʻgʻri ammo, jamiyatga xush kelmaydigan uch ogʻiz gapi uchun oʻn ikki yilga qamoq jazosiga mahkum etiladi. Inson oʻn ikki yilidan haq gapni gapirgani uchun mahrum boʻlishi bu albatta juda ayanchli holat. Aynan shu qismatdan qoʻrqqan butun jamiyatning holati Qurbonali timsolida tasvirlangan. Insonni erkini, soʻzlash huquqini mahrum qilgan mustamlakachilik siyosatining yomon illatlaridan biri xalq ichida nifoq urugʻini sochish edi. Mana shunday aytilgan gapni birovga yetkazish, sotqinlik qilish ham, oʻzimizni ichimizdan chiqqani eng ogʻriqli nuqtadir. Shunday insonlar boʻlmaganda, balki, Abdulla Qodiriy, Choʻlpon va yana koʻplab adiblarimizni, ma’rifatparvarlarimizni dunyoga mashhur asarlari soni bir karra koʻp boʻlgan boʻlar edi. Qurbonali ruhiyatida ham kurashuvchanlik, to‘gʻri soʻzni soʻzlash bor edi. Idoradagi nurab ketgan zinani toʻgʻirlash uchun juda koʻp harakat qiladi, ammo buning uchun yuqoridan buyruq kelishini kutayotganliklarini bahona qilishadi. Biroq uch kunda marmar zina qurilib idora a’zolari mamnun boʻla boshlaydi. Qurbonali bu holatdan hayratda qoladi. Uni jahlini chiqargan yeri zina ta’mirlangan sananing har bir qadamga oʻyib yozilgani edi. Bu koʻzboʻyamachilik, insonlarni oddiy zina ta’miri sanasini bilishlari uchun oʻyib yozilganmi, yoki bu qandaydir ulugʻ kunmidiki, bunday qildingiz deya mudirga murojaat qilganida, biz uzoq kutdik va oxiri ta’mirlandi shuning uchun oʻyib yozildi, degan javobni oladi. Bu albatta uning yanada sabr kosasini toʻldiradi. Oradagi sovuqchilik qish-qiroli sovuq kunlar boshlangan zinaning siymon suvogʻi palaxsa-palaxsa boʻlib koʻchib ketgan kezlar iliy boshlaydi. Qurbonaliga oshkora va xufyona tan berganlar koʻpayadi. Qurbonalining ichki olamini kuzatganda u jamiyatda qanday yashashni bilmayotgan bir inson degan xulosaga kelish mumkin. Qahramonning oʻz ruhiyati bor. “Jim oʻtirgan odam” hikoyasida davr manzaralarining muhri bor; inson qismati, oila qadri tasvirlanadi; yaqin oʻtgan kunlar mash-mashalariga, taʼqiblar va taqiqlarga sanʼat tilida munosabat bildiriladi. Har qanday badiiy asarda janr turidan qat’iy nazar davr ruhi sezilib turadi. Qurbonali ham ikki davr orasida qolgan inson sifatida tasvirlangan. “Jim oʻtirgan odam bilan”, “Qichqiriq” hikoyalari tasvir obyektiga koʻra farqli. Biri tashqari, ikkinchisi ichkari. Qurbonali bilan Sulton ikki xil rakursda tasvirlangan obraz. Biri odamlar orasida, kimsanlar taʼkibida, ikkinchisi suvga shoʻngʻigan. Anhor suvida oqib ketayotgan Sultonning holini yozuvchi goʻyo tashqaridagi muhitga chiqarib tasvirlaydi. Sulton suv ichida “hayajonning zoʻridan” hatto terlab ketadi, otbaliqqa minadi. U suvga choʻkkan kelinchakni topmoqchi edi. Ammo oʻzi choʻkkan. Suv ichidagi odam bu hayot girdobidagi, hayot oqimidagi odam. Goho oʻzining tirikligini koʻrsatish uchun ham oqimga qarshi suzib koʻradi. Sultonning oʻy-xayollari doim ichida. Ikki oylik kelinchakni suv tubidan qidirmoqchi boʻlib kun-u tun harakat qiladi. Sulton kelinchakni gʻoyib boʻlishidan oldin ham koʻrar edi. Kelinchak ibo bilan salom berib odamlar oʻtib olgunicha supurmasdan turar edi. Bu holatni koʻrgan Sultonning xayolidan sevgilisi Bashorat oʻtar, unga shunday yal-yal yonib salom berishini xayol qilardi. Hikoyani tahlilida gʻoya va mavzusi bilan bir qatorda unga tanlanga sarlavha ham muhim ahamiyatga ega. Bir qarashda sarlavha asarni mazmuniga aloqador birgina soʻzdek koʻrinsada, mavzu nuqtayi nazaridan sarlavhaning toʻgʻri INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 62 tanlanganligi juda muhim. Hikoya uchun “Qichqiriq” nomi mavzu va gʻoyaga aloqador ekanligi uchun ham tanlangan. Inson jon talvasasida qolganida yordam istab qichqiradi. Sulton doim anhor boʻyidan oʻtayotganida uning qulogʻiga shu kabi qichqiriqlar eshtilar, bu holatdan uning ruhiyati allaqanday hislar ogʻushida qolar edi. Kelinchakning yoʻqolgani haqidagi xabardan soʻng uni halovati yoʻqoladi. Kun-u tun uni qidirish uchun suvga shoʻngʻir odamlar havo salqin boʻlsa ham choʻmilaverar ekanda degan pichinglarga ham parvo qilmas edi. Uning oʻz dunyosi bor va unda turli xayollar bilan yashardi. Sultonni ruhiyatini suvda tasvirlagan ijodkor ramziylikka alohida urgʻu bergan. Hikoyada qahramonning suvdagi harakati bevosita hayotimizga bir ishoradir. Ya’ni suv bu biz yashayotgan zamin, Sultonning dam suvga dam koʻtarilib havodan nafas olishi esa yashash uchun kurashga sifatida tanlangan. Ammo aynan suvni hayotga ishora qilish Sultonning ichki olamiga bevosita bogʻliqdir. Chunki biz yashayotgan zamin turfa tabiat in’omlari bilan bir qatorda, bir-birini takrorlamaydigan insonlar bilan toʻladir. Sulton misolida ham inson ruhiyatidagi oʻzgachalik, ichki olam ochib berilgan. Hayajonning zoʻridan terlab ketdi. A’zoyi badanidan suv emas, ter quya boshladi. Boshini ikki-uch qayta suv yuzasiga chiqarib nafas rostlamoqchi edi, bunga zarurat sezmadi, koʻz oʻngida suvga qoʻshilib koʻzga tashlanayotgan va zumda chir aylanib gʻoyib boʻlayotgan xira qon dogʻlariga ham e’tibor bermadi. Oyogʻining orasiga kirib, uni koʻtarib turgan jondor. Sulton oʻzini yuvvosh otga mingashib olgandek his qildi, bu holat uzoq choʻzilmadi, yoʻq, xayol sharpasidek juda tez oʻtdi, ot asta-sekin sirgʻalib oyoqlari orasidan chiqib ortda qola boshladi. Anhor ichida ot nima qiladi? Ot emas, baliq, baliq desa, otga oʻxshaydi. Otbaliq! Odam suvda boʻla turib terlashi mumkinmi? Holatni yanada jonlantirish uchun qoʻllangan bu holat uning ruhiyatidagi hayajonni ochib bergan. Suvda choʻkayotgan inson jon talvasasida harakat qiladi. Tipirchilaydi, nafas olish uchun kurashadi. Oqimga oʻz ixtiyorini topshirmaslik uchun tinmay harakat qiladi. Sultonni oyoqlari ostida oʻralashayotgan uni oqimga taslim boʻlishga majbur qilayotgan suvoʻtlari, turli tasmalar esa hayotimizda bizga roʻbaro keladigan qiyinchiliklarga bir ishoradir. Hikoyani oʻqish jarayonida Sulton bilan suv ostida harakat qilyotgandek boʻladi inson. “Qichqiriq”dagi Sultonni “sariq koʻylakli kelinchak”ning koʻylagi ohangrabodek tortdi. Ozitqidek avradi, oqimda oqizdi, oqim izmiga soldi. “Sariq koʻylakli”ning sehr-u jodusi ulugʻ ekan. Axir, u sonda yoʻq “Mavla”, “Movo”ni besh kunda “Mavlon”, “Mavlonbek”ka aylantirdi. Hatto Sulton “Mavlon”, “Mavlonbek” deya ismini toʻliq aytib murojaat qilishga oʻzini, tilini koʻniktirayotgan edi” Kelinchak Mavlonni tashlab ketdi. Savdoyi apfozda qoldirdi… “Qichqiriq” ramziy tafakkur tizimida “aytilgan” — timsol asar chiqdi. Bu xil asarlar magʻzi timsoliy qatlamga oʻtilsagina sirini ochadi. Odatda timsolli asarlarda bitta, ba’zan ikki-uchta tayanch ramzlar boʻladi. Qiyos uchun xalq qoʻshiqlaridagi tayanch ramzlarni (ularni oʻzak ramz deyish oʻrinli, xuddi tildagi oʻzak soʻz kabi) keltirib oʻtish mumkin. Masalan, qoʻshiqda tol-yigit, gʻoz-yaxshi xabar, roʻmol-oila oʻzak ma’nolariga ega. Muayyan matn tarkibida oʻzak ramz u yoki bu darajada ma’no koʻlamini kengaytiradi, turlanadi. Muhimi, oʻzak ramz matndagi boshqa soʻzlarga ham timsoliy mazmun yuklaydi. “Qichqiriq”da uchta oʻzak ramz (ramziy obraz) bor: 1. Qichqiriq (anhor). 2. Yigit (Sulton). 3. Sariq koʻylakli kelinchak (Ozitqi). Bu ramzlar asardagi barcha tasvir, detal, soʻz va dialoglarga timsoliy ma’no bera olgan. Ushbu oʻzak ramzlarning har biri xususida bafurja fikr yuritish mumkin. Bizning maqsadimiz boʻlak—diqqatni tortish, xolos. Bu oʻrinda Sulton va uni oqizgan “Qichqiriq” oqimiga xiyla e’tibor qaratamiz. Sultonni ultonga aylantirgan oqimning kuchu qudrati beqiyos. Oqim changaliga tushganni qoʻymaydi. Oqim haddini olgan usta gʻavvos ham “Qichqiriq”dan hayiqadi. Sulton oqimda oqmaganida edi, Bashorat bashorat qilganidek “sulton” boʻlardi.“ Aslida oqim boʻylab yurgan sozmi yoxud oqimga qarshi?” Javobni kishining oʻzi tanlaydi. Toʻgʻrirogʻi, uning xatti-harakati, intilishi, turmush tarzi, orzu-istaklari, maqsadi, fe’li yo oqimga qoʻshadi yoki yolgʻiz yoʻliga soladi. “Qichqiriq”dagi Sulton oqdi. U yolgʻiz boʻla olmadi. Timsolli asarlarda shartlilik “suyanchiq” boʻladi. Ba’zan bu suyanchiq voqealar bayonida, INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 63 tafsilotida boʻy koʻrsatib, asarga sun’iylik tusini beradi. Shunda zukko oʻquvchi, “Ey, aqlli boʻlib ketibdi”,-deydi. (Bu holat muallifning “Mugʻanniy” hikoyasida sezilgan). “Qichqiriq”ning yutugʻi—suyanchiqlar sezilmaydi. Bor-u—yoʻqdek. Olaylik, anhor boʻyida koʻringan it “suyanchiq”mi, deb oʻylaysiz. Izidan egalari, ularning gap-u soʻzi bu fikrni oʻzgartiradi. Ayni paytda tayanch ramzlar ularni ham timsol toʻniga oʻraydi. Ma’no ma’noga qoʻshilaveradi. Ular his qilinadi, anglanadi, fikr uygʻotadi. Hayotdagi asoslarga qiyoslanadi. Yangi qatlamlarga oʻtiladi. Timsoliy asar magʻzining ildizi asarda, talqini, mushohadasi oʻquvchi dunyoqarashida, hayotda turadi. Xurshid Doʻstmuhammad oʻzi yaratgan obrazlarning ruhiyatini oʻzining ruhiyatidan olib yaratadi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Chunki, muallif obrazning feʻl-atvoriga xos asosiy xususiyatlarni oʻzining xarakteristkasidan oladi. Xurshid Doʻstmuhammad barcha asarlarini hayotiy voqealar asosida yaratadi va shuning uchun ham muallif xarakteristikasi zamiriga qurilgan obrazlarining badiiy psixologizmi oʻquvchida personaj haqida yaxlit tasavvur hosil qiladi. Ijodkor ongida yetilgan asarning yaratilmasligi mumkin emas. Shunday ekan, Xurshid Doʻstmuhammad yaratgan asarlarning barchasi uning ongida yetilgan ijod mahsuli va bu esa asarlardagi personajlarning oʻquvchilarga yanada yaqinligini ta’minlaydi. Sababi inson koʻngliga yoʻl topishda ruhiyat birinchi vosita sanaladi. Xurshid Doʻstmuhammad esa aynan ruhiyat masalasini asarlaridagi birinchi galdagi vazifa deb biladi, bunda esa yozuvchining mahorati yaqqol koʻzga tashlanadi. Demak, yozuvchi ramzlardan qahramonlar psixologiyasini yoritib berishda unumli foydalangan. Foydalanilgan adabiyotlar: Boboyev, T. (2002). Adabiyotshunoslik asoslari.Toshkent. Dovurboyeva, N. (1991) “Jajman”ning jilvalari. Toshkent. Doʻstmuhammad, X. (2006) “Beozor qushning qargʻishi”.Toshkent. Doʻstmuhammad, X. (1996) “Qazo boʻlgan namoz”.Toshkent. Doʻstmuhammad, X. (1995) “Jajman”. Toshkent. Doʻstmuhammad, X. (2010) “Beozor qushning qargʻishi”.Toshkent. Nazarov B, Rasulov A, Ahmedova Sh, Qahramonov Q. (2012) “Tafakkur qanoti”. (95-bet). Toshkent. Qahramonov,Q (2009) Adabiy tanqid: yangilanish jarayonlari.Toshkent. Quronov,D (2004). Adabiyotshunoslikka kirish.Toshkent. Yoʻldoshev, Q (2006).Yoniq soʻz.Toshkent.