SHE'R VA SHOIRLIK MAVZUSIDAGI ESSELARDA O'ZIGA XOSLIK
Abstract
Ushbu maqolada Sirojiddin Sayyid ijodining ajralmas qismi sanalgan esselari haqida mulohaza yuritiladi, jumladan, she’r va shoirlik haqidagi esselardagi o‘ziga xos jihatlar tahlilga tortiladi.
Full text
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 67 67 SHE’R VA SHOIRLIK MAVZUSIDAGI ESSELARDA O‘ZIGA XOSLIK Quranbayeva Gulianbar Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti 2-bosqich tayanch doktoranti Annotatsiya. Ushbu maqolada Sirojiddin Sayyid ijodining ajralmas qismi sanalgan esselari haqida mulohaza yuritiladi, jumladan, she’r va shoirlik haqidagi esselardagi o‘ziga xos jihatlar tahlilga tortiladi. Abstract. This article discusses the essays that are an integral part of Sirojiddin Sayyid's work, including an analysis of the unique aspects of his essays about poetry and poetry. Аннотация. В данной статье рассматриваются эссе, являющиеся неотъемлемой частью творчества Сироджиддина Сайида, включая анализ уникальных аспектов его эссе о поэзии и поэзии. Keywords. Journalism, creative style, essay, analysis, interpretation. Kalit so‘zlar. Publitsistika, ijodkor uslubi, esse, tahlil, talqin. Ключевые слова. Журналистика, творческий стиль, эссе, анализ, интерпретация. Ma’lumki, adabiy asarlar orasida eng serta’sir janrlar lirik turga mansub janrlarga oid bo‘lib, mazkur turga mansub asarlarning ta’sirchanligini ta’min etishga xizmat qiluvchi va uni tavsiflashga qaratilgan eng muhim xususiyat sifatida lirik asarlardagi subyektivizmni aytishimiz mumkin bo‘ladi. Lirik asarlardagi subyektivizm, ya’ni hayotiy voqealarga, atrofdagi jarayonlarga, holatlarga shaxs nuqtayi nazaridan baho berish insonning o‘z ichki “men”idagi talotumlarni ifoda etishni anglatadi. Lirik asarlarda borliq ijodkorning ichki dunyosi orqaligina o‘z ifodasini topadi. Holbuki, ijodkorning ichki dunyosi har bir adabiy asarda ham hal etuvchi rol o‘ynaydi, chunki dunyoning, voqelikning badiiy adabiyotdagi in’ikosi oddiy illyustratsiya emas, balki yozuvchining ichki dunyosida maromiga yetgan, “pishib yetishgan” manzaradir. Ana shu jihatlarga ko‘ra lirik turdagi asarlarda hayotni aks ettirish boshqa turlarga qaraganda farqli xususiyatlarni namoyon qiladi. Uning ijodi she’riyat muhiblarini o‘ziga oshufta aylagan rang-barang obrazlarga, turfa xil badiiy detallarga, nihoyatda go‘zal tasviriy ifodalarga boy bo‘lib, unda she’riyatning turli janrlari, she’riy san’atlarning ko‘plab namunalarini uchratamiz. Sirojiddin Sayyidning xudo bergan iste’dodi haqida Filologiya fanlari doktori Nurboy Abdulhakim “Ruhim xaritasi”dan “Dil fasli”gacha nomli maqolasida Sirojiddin Sayyid ijodining ilk bosqichlari haqida quyidagi fikrlarni qayd etadi: “Iste’dod Xudodan beriladi. Har qancha mehnat va zahmat mahsuli bo‘lmasin, iste’doddan bebahra ijod yuksak maqomga ko‘tarila olmaydi. Chinakam iqtidor sohibi ilk asarlaridanoq ko‘ngillarga yo‘l topadi. O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid ana shunday salohiyat egalaridandir”1kabi fikrlarni bildirgan bo‘lsa, taniqli adabiyotshunos No‘mon Rahimjonov “Dil manzillari” nomli 1Жабборов Н. Замон .Мезон. Шеърият. – Tошкент. Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа уйи.2015. Б 153.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 68 68 maqolasida “Talantlar ham har xil bo‘ladi. Fransuz mutafakkiri Monteskyodan so‘rashganda, u talantning mohiyatini tushuntirib shunday yozadi: “Boshqa odamlar qiynalib bajargan ishni osonlik bilan ado etgan kishibu iste’dod egasidir. Endi talantlarning ham qurbi yetmagan yumushlarni oppa-oson uddalashlik esa-bu kamyob iste’dodlargagina matlub.Sirojiddin Sayyid ijodi ana shunday kamyob iste’dodning yorqin bir ko‘rinishidir. Uning nomini xalqimizning keksa-yu yoshi yaxshi biladi. Asarlarini sevib o‘qiydi. Zero, bunday tansiq mehr-muhabbatga barmoq bilan sanarli ijodkorlargina nasib bo‘lgan”2. Sirojiddin Sayyidning “Shoir va shoirchilik” nomli ixchamgina badiasida ijodkorning o‘z zamonasining, avvalo, o‘z ko‘nglining vijdoni hamda hakami ekanligi ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi. Badia muallifi kuz kunlarining birida unga Milliy universitet qoshidagi Oliy adabiyot kursi talabalariga dars o‘tishi kerakligini tayinlashgani haqidagi axborot bilan boshlanadi va bormaslikka hech qanday e’tiroz qoldirmaydigan talabalar “o‘n”boshisi nutqini ham qistirib o‘tadi: “ – Bormasangiz bo‘lmaydi, planga kiritib qo‘yganmiz, shoirlik, she’riyat haqida, tajribangiz to‘g‘risida o‘rtoqlashsangiz, talabalar kutishadi”3. Sirojiddin Sayyid talaba yigitga shoirlik plandan to‘lib-toshib ketganini, hozirda plandan tashqari ishlayotganini aytib hazillashib qo‘yadi va ming ikkilanishlardan so‘ng borishga rozi bo‘ladi. Ammo keyin uzoq o‘ylanib qoladi. Iste’dodi tomir otib, daraxt bo‘lganiga allazamonlar bo‘lgan shoirning o‘ziga nisbatan tanqidona mulohazasiga, kamtarinona fikratiga diqqat qiling:”Mening o‘rtoqlashadigan, o‘rgatadigan tajribam bormikan? O‘zim shunga ehtiyojmand bo‘lsam, tajriba haqida gapirishim kulgili ko‘rinmaydimi? So‘zga, she’rga muhtoj bo‘la turib so‘z haqida, she’riyat, shoirlik xususida shakarguftorlik qilishim, aql o‘rgatishim juda g‘alati-da…”4 Shu mulohazalarning o‘ziyoq ijodkorning bugungi kundagi eng xarakterli hodisa, ya’ni yozuvchi hamisha o‘z ijodiga, o‘z izlanishlariga, butun faoliyatiga tanqidona qarashi zarur va shart ekanligini amalda isbot etadi. Shoir o‘z “men”iga hamisha tanqidona, ko‘ngli to‘lmaygina yondashadi. Ko‘ramizki, ijodkor o‘z xalqining bir shoiri sifatida o‘zini hech qachon salaflari bilan teng ko‘rmaydi, shoirlar oqimida yurishga hali to‘la munosib deb bilmaydi. Allaqachon “daryo”, “dengiz” bo‘lgani holda “irmoqchalar” bilan fikr almashinish, ular bilan munozara qilish shoirga olam-olam quvonch baxshida etadi:”Bu dars mening o‘zimga ham foyda berdi.Men o‘zimni ham talabalar qatorida yana bir karra imtihondan o‘tkazganday bo‘ldim…Xullaski, darsimdan ko‘nglim to‘lmadi. Lekin shu bahonada she’riyat, shoirlik haqida o‘ylab yurganlarim, daftarlarimda yo‘l-yo‘lakay yozib qoldirganim, kitoblarda belgilab qo‘yganim, o‘zimga yoqqan, ta’sir etgan gaplar, misollarni, shuningdek, o‘zimni qiynab yurgan mulohazalarni fikr iplariga tizishga harakat qildim.Muhtaram domlalar, zukko ustozlardan izn so‘rab shularni qog‘ozga tushirishga harakat qildim.”5 2Раҳимжонов Н. Мустакиллик даври ўзбек шеърияти. –Tошкент.“Fan”. 2007. Б.152. 3C.Cаййид. Асарлар. III жилд. – Tошкент.”Sharq”.2019. Б.539. 4C.Cаййид. Асарлар. III жилд. – Tошкент. “Sharq”.2019. Б.539. 5C.Cаййид. Асарлар. III жилд. – Tошкент.“Sharq”. 2019. Б 541.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 69 69 Ehtimol, ijodiga nisbatan o‘ta talabchanligi-yu, xokisor va kamtarinligi tufayli bugun shoirimizni el-u yurt taniydi, ijodini ko‘klarga ko‘tarib alqaydi. Umuman, ijodkorning hech bir asarida kibr-u havo uchqunlarini biroz bo‘lsa-da his etmaysiz. “Bu arzimas bitiklarim ham o‘z ko‘nglim oldida, hayotim-u ko‘rgan-kechirganlarim oldida ma’lum ma’noda o‘zimning kamtarona sarhisobimdir. O‘choqdagi o‘t boshqa-yu, yurakdagi o‘t boshqa deganlaridek, bu yozganlarim-balki, mening yana bir urinishim, ko‘ngilga tomon yana bir chog‘lanishimdir”. Sirojiddin Sayyid ijodiy mezonlariga nazar sola turib, beixtiyor xotiramizga adabiyotshunos olim To‘xta Boboyevning fikrlari keladi: ”Yozuvchi o‘ziga, ijodiga g‘oyatda talabchan bo‘lishi kerak: bu holni san’atkorning zamon oldidagi, el-yurt oldidagi ijtimoiy burchi taqozo qiladi.Yozuvchining iste’dodi uning axloqiy va ijtimoiy pozitsiyasi bilan ham uzviy bog‘liqdir. Yozuvchi estetik didi tinimsiz o‘sib borayotgan zamon kitobxonlariga zavq-shavq bag‘ishlaydigan, ularni ma’naviy jihatdan boyitadigan, ularga hayot jumboqlaridan saboq bera oladigan san’at asarlari yaratishi zarurligini sira-sira unutmasligi lozim”6 …Bu so‘z – bittagina, lekin qiyofalari ko‘p, shakl-shamoyillari bisyor, ularning “muborak basharalarini siz yillab ko‘rmaysiz”, biroq didsizliklari, siyqa-sayozliklari o‘zlariga o‘xshagan, Navoiydan bexabar, kitob o‘qimaydigan “san’atkor”lar bois ommaviy sahnalar, radiotelevideniye kanallarini, to‘y-hashamlarni ham ishg‘ol qilib borayotir”7. Darhaqiqat, ijodkor mazkur maqolada o‘ta dolzarb masalani o‘rtaga tashlaydi: so‘zni savdo-sotiq quroliga aylantirib olgan, umrida kitob ko‘rmagan “shoirlar”, she’r sexi bo‘lgan, nima yozib berishlaridan qat’i nazar sahnaga chiqib ijro etadigan hissiyotsiz otarchilar, nimalarni qoralab tashlaganini o‘zlari ham bilmaydigan havaskorlar… Xullas, publitsist maqolasida milliy ma’naviyatimizdagi tobora kattalashib borayotgan kemtiklikni yoritar ekan, ijtimoiy mavzuga ham badiiy libos kiydirgan holda xotima beradi: “Keltirilgan misollarning adabiyotga daxli yo‘qdir,balki, lekin adabiy jarayon deb atalmish beorom, behalovat bir ummon qa’rida, girdi-atrofida shundoq holatlar ham avjlanib borayotganini, milliy nazokat, bobolardan meros yuksak did-farosatga mutlaqo zid ekanini, ma’naviyatga, yoshlarning axloqi, tarbiyasiga aks ta’sir etayotganini tan olmasdan ilojimiz yo‘q”8. Ijodkor “Mutolaa “tulpori” maqolasida ham so‘zni kamolotga yetkazgan kishining o‘zi ham shaxs sifatida kamolga yetishini nazarda tutib, hazrat Navoiyning “Chunki topdim ul kalom ichra kamol” misrasiga urg‘u berish orqali bugungi yosh qalamkashlarimizga, shoirlikni da’vo qilayotgan uka-singillariga mutolaa qilish shart ekanligini qat’iy talab qilib qo‘yadi. Mutolaa “tulpori”ga minmay turib, osmon-u falaklarga uchmoqlikni xayol qilmoqlik ahmoqona ish ekanligini anglatmoqchi bo‘ladi:”…ustozlarimiz she’riyatidagi sharqona donishmandlik, mahorat va so‘zparvarlik maktabida pishmay turib, o‘zbekona lutf-u zarofatning fahmiga bormayin she’r yozib yurmoq – katta kutubxonaga kirib, serkasini izlab yurgan qo‘ychivonning holatini eslatadi. Shunday payt beixtiyor Qahhor domlaning mashhur epigrafi yodga keladi – “Ey o‘zingni, holatingni bilmagan, Asrorqul”9. Publitsist mazkur asarida ham kelajak avlod uchun muhim bo‘lgan konsepsiyani bayon etadi, ya’ni ma’rifatsiz yuksaklarga parvoz qilish xomxayol ekanligini kitobxonga donishmandona palitrasi orqali zohir qiladi. 6Куронов Д.Мамажонов З.Шералиева M.Aдабиётшунослик луғати. –Тошкент.”Akademnashr”.2013. Б.64. 7 Сирожиддин Саййид. Асарлар.II жилд. –Тошкент.“Sharq”,2018.Б.542. 8 Сирожиддин Саййид. Асарлар.II жилд –.Тошкент.“Sharq”,2018.Б.545. 9 Сирожиддин Саййид. Асарлар.II жилд. –Тошкент.“Sharq”,2018.Б.550.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 70 70 Qolaversa, essening ta’sir kuchiga yuksak pafos bera olgan katta kutubxonaga kirib qolib, serka izlab yurgan qo‘ychivon tashbehi har bir kitobxon ko‘z oldida ilm va ilmsizlik mezonlarini yaxlit o‘lchovlarda muayyanlashtira olgan. Sirojiddin Sayyid shoirlik rutbasini juda yuksakda ekanligini his qilgan holda, bugungi yoshlarning shunchaki havaskor qog‘oz qoralovchi bo‘lib qolishidan qo‘rqadi. Negaki, ijodkorning o‘zi shu bittagina so‘zda butun bir hayot yo‘lini tasavvur qiladi. Uchrashuvlardan birida shoirga nima uchun aynan shu yo‘lni tanlaganligi borasida savol berishadi. Shunda shoir tuyqus javob berishga qiynalganini his qiladi:”Juda jo‘n, odatiy savol bo‘lsa-da, kishini anchayin o‘ylantirib qo‘yadigan gap. Haqiqatdan ham, nima uchun?Men yo‘lnimi yo yo‘l meni tanladimi? Ozg‘ingina qizginaning ozg‘ingina qo‘li uzatgan bu xat ortida ota-onamning, akauka, opa-singillarim, oshno-yu begonalar, muallimlarim, bari eldoshlarimning so‘roq to‘la ko‘zlari har kun, har soat mendan so‘z so‘rayotgandek, go‘yoki bu xatchani minglab, yuz minglab qo‘llar uzatgan-u, hali ham shu alfozda havoda muallaq qolib, mening javob berishimni kutayorgandek.”Beixtiyorlikda bormu menda ixtiyor?”10. Ko‘rinadiki, shoirlik muallif uchun tiriklikning, yashamoqning bosh mezoni, mazkur mezonni inson ixtiyoridagi omillar bilan o‘lchovga solib bo‘lmaydi. Sirojiddin Sayyid nazdida, shoirlik Hazrat Navoiy aytganlaridek, “xazon sipohi”ni, “tiriklik bog‘ining bargrezi” faslini hech nima bilan man qilish ham mumkin emas. Bu faslda butun umr to‘kilishini bilsa-da, haqiqiy ijodkor xazonrezgi bog‘larga jonini baxshida qiladi, so‘z yo‘lida butun qalb qo‘ri bilan ijod qilishga tirishadi. Ijodkor bugunning qo‘liga qalam olishni istagan har bir havaskoridan ana shunday zalvarni his etishini so‘raydi, chinakam yozuvchi yoki shoir o‘tin bo‘lib, olov bo‘lib asar yozmog‘i kerakligini bot-bot ta’kidlaydi. “Loygarchilik” deganday “shoirgarchilik”, “shoirchilik” emas, bu – shoirlik, dilni, bamisoli dehqon kecha-kunduz shudgor qilib, ko‘ngillarda chechaklar undiruvchi ranjkashlik, fidolikdir, – deganda shoirning so‘z mohiyatini his qilish, uning zalvarini yelkaga orta bilish mas’uliyatini dildan his etishi, his ettirishga urinishi chindan ham maqtovga loyiq. Aytishimiz mumkinki, Sirojiddin Sayyidning nafaqat she’r va shoirlik borasidagi, balki deyarli barcha publitsistik asarlarida mushtarak bir jihat zohir bo‘ladi: bu – muallif shaxsiyatiga xos talabchanlik, haqgo‘ylik, har bir ishga vijdon amri bilan yondashish, adolat mezoni bilan ish ko‘rish, qat’iylik va sobitqadamlik. Muallif ijtimoiy voqelikka shunchaki axborot yetkazuvchi sifatida yondashmaydi, balki, har bir hodisaning mohiyatini chuqur anglagan holda gumanistik qarashlarini izhor etib, shu jamiyatning haqli bir a’zosi sifatida yoniq vijdon bilan bugungi adabiy jarayonning, harakatdagi muhitning ahvolini yaxshilashga, ma’naviyat va milliy qadriyat masalalarini old o‘rinlarga chiqarishga, eng muhimi, komil va barkamol avlod yaratishga o‘z hissasini qo‘shishni burchli deb biladi. Zero, ijodkorning pirovard maqsadi uning har bir asarida bo‘y ko‘rsatib turadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Сирожиддин Саййид. Асарлар.II жилд. –Тошкент.“Sharq”,2018. 2. C.Cаййид. Асарлар. III жилд. – Tошкент.“Sharq”. 2019. 10 Сирожиддин Саййид. Асарлар.II жилд. –Тошкент.“Sharq”,2018.Б.553.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 71 71 3. Куронов Д.Мамажонов З.Шералиева M.Aдабиётшунослик луғати. – Тошкент.”Akademnashr”.2013. 4. Раҳимжонов Н. Мустакиллик даври ўзбек шеърияти. –Tошкент.“Fan”. 2007. 5. Жабборов Н. Замон .Мезон. Шеърият. – Tошкент. Ғафур Ғулом номидаги нашриётматбаа уйи.2015.