IQTISODIY DIVERSIFIKATSIYA – O'ZBEKISTON IQTISODIYOTINING BARQAROR O'SISH OMILLARI
Abstract
Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan tub o’zgarishlar, global bozordagi raqobatning kuchayishi va texnologik taraqqiyot mamlakatlarni o’z iqtisodiy siyosatlarini qayta ko’rib chiqishga undamoqda. Shu nuqtai nazardan iqtisodiy diversifikatsiya – ya’ni iqtisodiyot tarkibini turli yo’nalishlar bo’yicha kengaytirish va modernizatsiya qilish – barqaror rivojlanishning asosiy sharti hisoblanadi.
Full text
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 96 96 IQTISODIY DIVERSIFIKATSIYA – O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINING BARQAROR O’SISH OMILLARI Bozorova Zilola Isojonovna Buxoro texnika universiteti va « полоцкий государственный университет по имени евфросинии полоцкий» magistranti KIRISH Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan tub o’zgarishlar, global bozordagi raqobatning kuchayishi va texnologik taraqqiyot mamlakatlarni o’z iqtisodiy siyosatlarini qayta ko’rib chiqishga undamoqda. Shu nuqtai nazardan iqtisodiy diversifikatsiya – ya’ni iqtisodiyot tarkibini turli yo’nalishlar bo’yicha kengaytirish va modernizatsiya qilish – barqaror rivojlanishning asosiy sharti hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida ham so’nggi yillarda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, sanoat tarmoqlarini modernizatsiyalash va eksport salohiyatini oshirish bo’yicha keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatning iqtisodiy siyosatida neft-gaz sohasiga qaramlikni kamaytirish, qayta ishlash sanoati, qishloq xo’jaligi, turizm xizmat ko’rsatish va axborot texnologiyalari sohalarini rivojlantirish ustuvor yo’nalish sifatida belgilab olingan. Iqtisodiy diversifikatsiyaning ahamiyati shundaki, u iqtisodiyotning tashqi shoklarga bo’lgan sezgirligini kamaytiradi, yangi ish o’rinlari yaratadi va yalpi ichki mahsulot hajmini barqaror oshirib borish imkonini beradi. Shu bilan birga, diversifikatsiya milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshiradi hamda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlaydi. O’zbekiston sharoitida iqtisodiy diversifikatsiya nafaqat iqtisodiy o’sishning, balki ijtimoiy barqarorlik va aholi turmush darajasining oshishi uchun muhim omil hisoblanadi. Shu bois mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash, innovatsion loyihalarni qo’llab quvvatlash va xususiy sektor faolligini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Iqtisodiy diversifikatsiya tushunchasi mamlakat iqtisodiyotidagi tarmoqlar sonini ko’paytirish, yangi ishlab chiqarish yo’nalishlarini joriy etish va mavjud tarmoqlarni samarali faoliyat yuritishiga sharoit yaratishni anglatadi. Bu jarayon iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning muhim mexanizmi bo’lib, mamlakatning tashqi omillarga bo’lgan bog’liqligini kamaytiradi. Jahon amaliyoti shuni ko’rsatadiki, diversifikatsiya qilingan iqtisodiyotlar tashqi iqtisodiy inqirozlar, narxlarning o’zgarishi va bozordagi noaniqliklar sharoitida ham nisbatan barqaror rivojlanishni davom ettira oladi. Masalan, Janubiy Koreya, Malayziya va Singapur kabi davlatlar iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish orqali yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlariga erishgan. O’zbekiston uchun ham bu jarayon dolzarb hisoblanadi, chunki mamlakat iqtisodiyoti uzoq yillar davomida asosan xom ashyo eksportiga, ayniqsa, paxta va tabiiy gazga bog’liq bo’lib kelgan. Bugungi kunda bu bir yo’nalishli iqtisodiy modeldan voz kechib qo’shilgan qiymati yuqori bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishga o’tish talab etiladi. 1. Asosiy tarmoqlarda diversifikatsiya jarayonlarining kechishi
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 97 97 O’zbekiston iqtisodiyotida so’nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida asosiy tarmoqlarda diversifikatsiya jarayonlari izchil ravishda kechmoqda. Bu jarayonning asosiy maqsadi – iqtisodiyotning malum bir tarmoq yoki xom ashyo manbaiga bog’liqligini kamaytirish, ishlab chiqarish tarkibini kengaytirish va raqobatbardosh mahsulotlar ulushini oshirishdan iboratdir. Sanoat sohasida diversifikatsiya jarayonlari, avvalo, qayta ishlash va qo’shilgan qiymati yuqori bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishga yo’naltirilgan. Masalan, neft-gaz sohasida xom ashyoni eksport qilish o’rniga, uni chuqur qayta ishlash asosida polimer, yoqilg’i va kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalari tashkil etilmoqda. Shuningdek, avtomobilsozlik, qurilish materiallari, farmatsevtika va elektr texnikasi sanoatida yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. Qishloq xo’jaligi sohasida ham diversifikatsiya muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ilgarigi yillarda paxta yetishtirishga asoslangan yakxil tizim o’rniga, hozirgi kunda meva sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik kabi yo’nalishlar rivojlantirilmoqda. Bu nafaqat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaydi, balki eksport assortimentni kengaytiradi va valyuta tushumlarini ko’paytirish imkonini yaratadi. Xizmat ko’rsatish sohasida esa turizm, transport, logistika va axborot texnologiyalari yo’nalishlaridagi faoliyat kengaymoqda. Ayniqsa, ichki va xalqaro turizmni rivojlantirish bo’yicha qabul qilingan dasturlar mamlakat iqtisodiyotidagi yangi ish o’rinlari yaratish va mahalliy daromad manbalarini oshirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, hududiy diversifikatsiya ham jadallashmoqda. Har bir viloyatning iqtisodiy salohiyati va tabiiy resurslaridan kelib chiqib, maxsus industrial zonalar va klasterlar tashkil etilmoqda. Masalan, Navoiy, Sirdaryo va Farg’ona viloyatlarida sanoat zonalari faoliyati kengayib, mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun qulay investitsiya muhiti yaratilmoqda. 2. Davlat siyosati va islohotlarning diversifikatsiyaga ta’siri O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy diversifikatsiya jarayonlari davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Mamlakatda so’nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar nafaqat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, balki iqtisodiyot tarkibini zamonaviy talablarga mos ravishda yangilash va uning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan. Davlat siyosatidagi asosiy yo’nalishlardan biri - sanoatni modernizatsiya qilish va yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishdir. President Shavkat Mirziyoyevning tahsabbusi bilan qabul qilingan “2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi” doirasida iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va eksport salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek soliq va bojxona tizimlarini isloh qilish, valyuta siyosatini erkinlashtirish, investitsiya muhitini yaxshilash va xususiy mulkni himoya qilish kabi chora tadbirlar diversifikatsiya jarayonlarini rag’batlantiradi. Natijada xorijiy va mahalliy investorlar uchun qulay sharoit yaratildi, yangi sanoat zona va klasterlar tashkil etildi. Qishloq xo’jaligidagi islohotlar ham iqtisodiy diversifikatsiyaga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Paxta monomaxsulotlaridan voz kechish, yerdan samarali foydalanish, fermer va klaster tizimini
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 98 98 rivojlantirish natijasida tarmoqda mahsulot turlari ko’paydi, ichki bozorda raqobat muhiti yaratildi va eksport imkoniyatlari kengaydi. 3. Diversifikatsiya orqali tashqi iqtisodiy xavflarni kamaytirish Bugungi global iqtisodiy sharoitda mamlakatlar tashqi bozordagi o’zgarishlar, narxlarning tebranishlari va geosiyosiy xavflar ta’sirida qolmoqda. Shu bois iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash uchun diversifikatsiya muhim strategic vosita hisoblanadi. Diversifikatsiya orqali mamlakat tashqi iqtisodiy xavflarni kamaytriradi, ya’ni ma’lum bir eksport yo’nalishi yoki xom ashyo turiga bo’lgan bog’likni pasaytiradi. O’zbekiston iqtisodiyoti uzoq yillar davomida xom ashyo – ayniqsa, paxta va tabiiy gaz eksportiga suyangan. Bu holat jahon bozoridagi narx o’zgarishlariga iqtisodiyotni sezgir qilib qo’ygan. Keying yillarda amalga oshirilayotgan diversifikatsiya siyosati natijasida eksport tarkibida tayyor mahsulotlar , qayta ishlangan qishloq xo’jaligi mahsulotlari, kimyo va mashinasozlik mahsulotlar ulushi ortib bormoqda . Bu o’zgarishlar tashqi xavflarning ta’sirini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tashqi iqtisodiy xavflarni kamaytirishning yana bir yo’li – eksport geografiyasini kengaytirishdir. Bu orqali eksport salohiyatini oshirish bilan birga, muayan bozor yoki hamkor davlatga bo’lgan iqtisodiy qaramlik ham kamaymoqda. XULOSA Xulosa qilib aytganda, iqtisodiy diversifikatsiya – O’zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi va tashqi xavflarga chidamli bo’lishida asosiy omil hisoblanadi. Mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar , investitsiyaviy muhitni yaxshilash, sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda qishloq xo’jaligi, xizmat korsatish va innovatsion sohalarni rivojlantirish orqali milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi bosqichma – bosqich yangilanmoqda. Diversifikatsiya natijasida iqtisodiyotning xom ashyoga bo’lgan bog’liqligi kamaydi, yangi ish o’rinlari yaratildi, eksport salohiyati oshdi va iqtisodiy o’sishning barqarorligi ta’minlanmoqda. Shu bilan birga, mamlakat tashqi iqtisodiy xavflar ta’siriga nisbatan tobora chidamli bo’lib bormoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR : 1. Mirziyoyev. Sh. M “ Yangi O’zbekiston strategiyasi”.- Toshkent: O’zbekiston, 2021 2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Taraqqiyot strategiyasi to’g’risidagi farmoni. – Toshkent 2022. 3. Karimov.I.A “O’zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish yo’lida”.- Toshkent Sharq, 2016 4. O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. “O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy ko’rsatkichlari” – Toshkent, 2024 yil ma’lumotlari. 5. Hasanov. B ” Iqtisodiy diversifikatsiya va barqaror rivojlanish nazariyasi”. – Toshkent: Iqtisod, 2020. 6. World Bank “Uzbekistan Economic Update: Structural Transformation and Growth.” – Washington D.C., 2023.