ABULG'OZI BAHODIRXON VA UNING "MANOFE' UL-INSON" ASARI LEKSIKASI
Abstract
Ushbu maqolada Abulg‘ozi Bahodirxonning ulug‘ davlat arbobi va yetuk tarixnavis sifatida yaqindan bilib olasiz. Shuningdek, maqolada Abulg‘ozi Bahodirxonning “Manofe’ ul-inson” asari va undagi so‘zlarning lingvistik xususiyatlari haqida so‘z boradi.
Full text
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 178 178 ABULG‘OZI BAHODIRXON VA UNING “MANOFE‘ UL-INSON” ASARI LEKSIKASI Ibragimova Muxlisa Kabulovna Urganch innovatsion universiteti stajyor-o‘qituvchisi Annotatsiya:Ushbu maqolada Abulg‘ozi Bahodirxonning ulug‘ davlat arbobi va yetuk tarixnavis sifatida yaqindan bilib olasiz. Shuningdek, maqolada Abulg‘ozi Bahodirxonning “Manofe’ ul-inson” asari va undagi so‘zlarning lingvistik xususiyatlari haqida so‘z boradi. Аннотация: В этой статье вы узнаете больше об Абулгози Баходирхане как о великом государственном деятеле и талантливом историке. Также рассматривается произведение Абулгози Баходир-хана «Манофе ул-инсон» и лингвистические особенности его слов. Annotation: In this article, we will learn more about Abulgozi Bahodir Khan as a great statesman and an prominent historian. Moreover , the article discusses Abulgozi Bahodir Khan's work "Manofe' ul-inson" and the linguistic features of the words in it. Kalit so‘zlar: Abulg‘ozi Bahodirxon, “Manofe’ ul-inson”, lingvistik tahlil, forscha so‘zlar, arabcha so‘zlar, tibbiy terminlar. Ключевые слова: Абулгози Баходирхан, «Манофе ул-инсон», лингвистический анализ, персидские слова, арабские слова, медицинские термины. Keywords: Abulgozi Bahodir Khan, "Manofe' ul-inson", linguistic analysis, Persian words, Arabic words, medical terms. 1Mashhur adib, tarixchi olim va davlat arbobi, turkiy xalqlar shajarasining yaratuvchilaridan. Abulgʻozi Bahodirxon Xiva xoni Arabmuhammad oilasida 1603yil 23-avgustda tugʻildi. Abulgʻozi Bahodirxon xon oylasidan bo‘lishiga qaramay u ham davlat ishlari ham ijod bilan shug‘ullangan.Abulgʻozi Bahodirxon qatʼiyatli, talabchan hukmdor sifatida mamlakatda adolat va birdamlikni qaror toptirish yo`lida fidoiylik ko‘rsatgan shaxsdir. Abulgʻoziyning bizga uchta asari yetib kelgan: “Manofeʼ ul-inson” (“Insonga foydali narsalar”) bu asarida 120 dan ortiq kasalliklar va ularni davolash usullari haqida , “Shajarai tarokima”asarida turkman xalqi ajdodlari haqida, “Shajarai turk”asaruda o‘zbek urug‘lari, qolaversa, urug’lar etnogeneziyasi haqida malumot bergan. Abulg‘oziy Bahodirxon “Shajarayi turk” va “Shajarayi tarokima” nomli katta ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan tarixiy asarlarni ijodkori, o‘zbek tarixnavis olim, uzoq vaqt Xiva xonligini boshqargan yirik davlat arbobidir namoyondasidir. Abulg‘oziyxon adabiyotdan ham xabardor bo‘lgan. Tib ilmini yaxshi o‘rgangan bo‘lib, bu borada “Manofe ul-inson” nomli maxsus tibbiy asar muallifidir. Abulg‘oziyxon Xiva xoni Arab Muhammadxonning o‘g‘li bo‘lib, u o‘z asarlarida tarjimai holiga oid ancha ma’lumotlarni keltirgan. Muarrix tavallud sanasini quyidagicha bayon etadi: “Urganch viloyatida tarix hijriy ming taqi o‘n to‘rtda (1605–1606) asad burji va rabi’ al-avval oyining o‘n beshida dushanba kuni oftob birlan barobar tulu’ qilibmiz”.U ota va bobosi haqida gapirar ekan, bunday deb yozadi: “Otamizning oti Arab 1Abulg‘oziy Baxodirxon. “Shajarai tarokima”. T.,1995, 57-bet.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 179 179 Muhammadxon, aning otasi Oqatoyxon, aning otasi Amnakxon, aning otasi Yodgorxon... Onasining ismi Mehribonu xonim bo‘lib, Jong‘ozi sultonning qizi bo‘lgan”.Abulg‘oziy 6 yoshga kirganda onasi vafot etadi. U 16 yoshgacha Urganchda otasi qo‘lida tarbiyalanadi. “Andan so‘ng otamiz Kadxudoy qildi. Taqi Urganchning yarmini ulug‘ oqamiz Habash sultonga va yarmini bizga berdi. Bir yildan so‘ng Habash va Elbars otli akalarimiz birlan oramizda nizo‘ bo‘ldi. Ul sababdin turabilmay Xevaqg‘a otamiz qatig‘a kelduk. Ular Katni in’om qildilar”. “Arab Muhammadxonning yetti o‘g‘li bor edi: avval Asfandiyorxon, ikkinchi Habash sulton, uchinchi Elbars sulton, to‘rtinchi Abdulg‘oziyxon, beshinchi Sharif Muhammad sulton, oltinchi Xorazmshoh sulton, yettinchi Avg‘on sulton Asfandiyorxonning onasi o‘z jamoatimizdan erdi. Habash sulton birlan Elbars sultonning onasi nayman qizi, ikkisi bir onadan erdi. Onamning oti Mehribonu xonim. Otasi Jong‘ozi sulton...” 2Arab Muhammadxon, Abdulg‘oziyxon, Asfandiyor va Sharif Muhammadlar bilan Habash va Elbars o‘rtasida nizo kuchayib, ikki orada urush voqe bo‘ladi. Bu urushda yengilgan Arab Muhammadxon qo‘lga tushadi va ko‘zi ko‘r qilinadi. Ming mashaqqatlar bilan suvdan kechib o‘tgan Abdulg‘oziyxon avvalo Katga va u yerdan Imomqulixon saroyiga keladi. Habash va Elbarsga qarshi kurash boshlagan Asfandiyor Abdulg‘oziyxonni yordamga chaqiradi. Ammo Imomqulixon uning borishiga ruxsat bermaydi. U Imomqulixon saroyida ikki yil turadi. Habash va Elbars ustidan g‘alaba qilgan Asfandiyorxon Imomqulixon saroyiga o‘z inilari Abdulg‘oziyxon va Sharif Muhammadni tilatib kishi yuboradi. Shundan keyingina Imomqulixon ularga Xorazmga qaytishga ruxsat beradi. Abdulg‘oziyxon Xivaga qaytadi va Asfandiyor uni Urganchga hokim qilib tayinlaydi. Endi Asfandiyorxon bilan Abdulg‘oziyxon o‘rtasida kelishmovchiliklar maydonga keladi. Urganchda turishning ilojini topa olmagan Abdulg‘oziyxon Turkistonda, Toshkentda bo‘ladi. Keyinchalik Xivaga qaytadi. Asfandiyorxon Abdulg‘oziyxonni Eronga jo‘natadi. Shunday qilib, Abdulg‘oziyxon 10 yil Isfahon shahrida turadi. Xarajat uchun yiliga 10. 000 tanga ajratiladi. Bir qancha tadbirlar ishlatib, Abdulg‘oziyxon Bastom, Mahin orqali Manqishloqqa keladi. U yerda bir yil turib, 1642–1643 yili Urganchga keladi. U Xorazmga qaytganidan olti oydan so‘ng Asfandiyorxon vafot etadi. 1644–1645 yili Abdulg‘oziyxon Xiva taxtini egallaydi va deyarli yigirma yil davomida Xivada xon bo‘lib turadi. Uning xonlik davrida o‘zaro urushlar nisbatan tinchidi, tashqi mamlakatlar bilan aloqalar yaxshilandi, obodonchilik, ichki vaziyatni tuzatishga e’tibor kuchaydi, hokimiyat mustahkamlandi. 1663– 1664 yili xonlikni o‘g‘li Anushaxonga topshiradi va 1664 yili vafot etadi. Abdulg‘oziyxon o‘zi haqida quyidagi qiziq ma’lumotlarni yozib qoldirgan. “Bu faqirg‘a Xudoyi taolo inoyat qilib, ko‘b namarsa bergan turur. Xususan uch hunar bergan turur. Avval, sipohiygarlikning qonuni va yo‘sinikim, nechuk otlanmoq va yurumak va yovg‘a yasoq yasamoq, ko‘p birlan yuruganda nechuk qilmoq, oz birlan yuruganda nechuk qilmoq. Ikkinchi, masnaviyot va qasoyid va g‘azaliyot va muqattaot va ruboiyot va barcha ash’orni fahmlamaklik, arabiy, forsiy va turkiy lug‘atlarning ma’nosini bilmaklik. Uchinchi, Odam ahdindin to bu damgacha Arabistonda, Eron va Turonda va Mo‘g‘ulistonda o‘tgan podshohlarning otlari va umrlarining va saltanatlarining kam va ziyodin bilmaklik”.3Uning tomonidan keltirilgan bu ma’lumotlarga qaraganda, Abdulg‘oziyxon she’riyatni yaxshi bilish bilan bir qatorda, arab, fors va turkiy tillarni puxta o‘rgangan. Tarix ilmidan yaxshi xabardor bo‘lgan Abdulg‘oziyxon o‘zining tarixiy asarlarini tasnif etgan. Abdulg‘oziyxon yuqorida zikr etilgan siyosiy faoliyati bilan bir qatorda zamonasining atoqli tarixchisi va olimi sifatida “Shajarayi turk” nomli mashhur asarini yozgan. Abdulg‘oziyxon o‘z asarini yozishda tarafkashlik qilmay, voqealarni qanday sodir 2Abulg‘oziy Baxodirxon “Shajarai turk”.T.,1992, 150-bet. 3Abulg‘oziy Baxodirxon “Shajarai turk”, Cho‘lpon nashriyoti, T.,1992, 128-bet.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 180 180 bo‘lgan bo‘lsa, shunday keltirganligini uqdirib o‘tgan. U bunday deb yozadi: “Emdi ko‘nglingiga kelmasunkim, faqir taraf tutib yolg‘on aytgan bo‘lg‘ayman va yo o‘zimni g‘alat ta’rif etgan bo‘lg‘ayman”. Abdulg‘oziyxon “Shajarayi turk” nomli asarini qaysi vaqtda yozilganligini va boblarini ko‘rsatib o‘tadi. “Tarix hijriy ming taqi yetmish to‘rt (1663–1664) erdikim, biz (Abdulg‘oziyxon q. m. ) bu kitobni ibtido qilduq va taqi “Shajarayi turk” teb ot qo‘ydiq. Taqi to‘qqiz bob qilduq”.Bu asarni Abdulg‘oziyxon “Shajarayi turk”ning o‘zida keltirilgan ba’zi ma’lumotlarga qaraganda oxirigacha yozib tamomlashga ulgurmagan. Uning ma’lum qismi Abdulg‘oziyxon vafotidan so‘ng Mahmudiy ibn Muhammad Zamon Urganjiy tomonidan yozib tamomlanganligi ma’lum. Bu asardan hozir Toshkentda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozma asarlari xazinasida to‘rt nusxa saqlanmoqda. Ulardan eng qadimiysi 851 raqamli nusxa bo‘lib, XVII asr oxiri yoki XVIII asr boshlarida ko‘chirilgan. Shuningdek, Abdulg‘oziyxonning “Shajarayi tarokima” va “Manofe ul-inson” asarlarining qo‘lyozma nusxalari ham mazkur institut qo‘lyozma asarlar xazinasida saqlanmoqda. Abdulg‘oziyxonning madaniy-ilmiy merosini tadqiq etish ancha ilgari boshlangan. Abdulg‘ozixonning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar qomuslar, jurnallar va to‘plamlarda keltirilgan. “Shajarayi turk” asarining matni 1824 yili Qozon shahrida akademik Fren tomonidan nashr etilgan. So‘ngra bu asarning matni (1871) va fransuz tiliga qilingan tarjimasi 1874 yili Sankt-Peterburgda professor Baron Demezon tomonidan nashr etilgan. Keyinchalik G. S. Sablukov bu asarni rus tiliga tarjima qilib, Qozonda nashr etdirgan. Abdulg‘oziyxonning turkmanlar tarixiga oid “Shajarayi tarokima” asarining matni va tarjimasi tadqiqotlar bilan akademik A. N. Kononov tomonidan (Moskva, SanktPeterburg) 1958 yili nashr etidsi. “Shajarayi turk” asarining matni hozirgi joriy alifboda 1992 yili Toshkentda akademik B. Ahmedov so‘zboshisi bilan nashr etildi. Uning “Manofe‘ ulinson” (“Insonga foydali narsalar”) nomli asari inson salomatligi, tabobat ilmi va xalq tabobatiga oid boy ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan. Ushbu maqolada ushbu asarning leksik tarkibi, ya’ni unda qo‘llangan so‘zlarning kelib chiqishi, turlari va lingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Bu asarini 1902-yilda Muhammad Oxund Xonqaiy Xivada ko‘chirgan. Asardan parchalarni esa Rajabboy Sobirov o‘zining „Dorivor giyohlar bilan davolash“ asarida keltirib o‘tgan. Manafi ul inson asari Xiva xoni Abulgʻozi Bahodirxon tomonidan 1657-yilda yozilgan. Asarda asosan insonlarning kasalliklarini turli xil giyihlar bilan davolash bayon etilgan. 4“Manofe‘ ul-inson” XVII asrda yozilgan bo‘lib, asosan tibbiyotga bag‘ishlangan. Unda inson tanasining a’zolari, kasalliklar, davolash usullari, dorivor o‘simliklar va ularning foydasi haqida so‘z yuritiladi. Asar turkiy tilda yozilgan bo‘lsa-da, unda arabcha va forscha ilmiy terminlar ham keng qo‘llanilgan. Bu holat o‘sha davrda ilm-fan tilining arab va fors tillari bo‘lganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, asarda xalq tiliga yaqin bo‘lgan ko‘plab turkiy so‘zlar ham mavjud bo‘lib, bu asarni lingvistik jihatdan qimmatli manbaga aylantiradi. Leksik tarkibning tahlili 1. Turkiy so‘zlar Asarda ko‘plab turkiy so‘zlar uchraydi. Ular asosan inson tanasi a’zolari, kasallik nomlari, dorilar va tabiatga oid so‘zlardir. Masalan: bosh, yurak, qon, ko‘z, quloq, suyak, ichak, shamollash, og‘riq, malham, suv, rayhon, isiriq, sarimsoq va boshqalar. Bu so‘zlar xalq tilida keng ishlatilgan bo‘lib, asar o‘quvchilariga tushunarli bo‘lgan. 4Nurjonov K, Jumaniyozova M. Xonqa tarixi. Urganch., 2015.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 181 181 2. Arabcha so‘zlar Arabcha leksik qatlam asarda ilmiy va diniy terminologiya sifatida ko‘zga tashlanadi. Masalan: asab, sabab, tabib, shifo, iloj, madda kabi terminlar tibbiy jarayonlar va inson fiziologiyasini tushuntirishda qo‘llanilgan. Bu terminlar asar ilmiy darajasini oshirishga xizmat qilgan. 3. Forscha so‘zlar Forscha so‘zlar ko‘proq kundalik nutq va tabobatga yaqin atamalar sifatida qo‘llanadi. Masalan: dard, badan, rang, bemor kabi so‘zlar shular jumlasidan. Forscha so‘zlar asarga adabiy uslub va yumshoqlik baxsh etgan. 4. Tibbiy terminologiya Asarda tibbiy terminlar keng qo‘llanilgan. Ular inson organlari, kasallik nomlari va dorivor vositalarni ifodalaydi. Masalan: qalb, jigar, dimog‘ (burun), ko‘ngul (ko‘ngil), isitma, shamollash, qusmoq va dorivor o‘simliklar nomlari bilan bog‘liq ko‘plab terminlar mavjud. 5. Dialektal va fonetik xususiyatlar Asar Xorazm vohasida yaratilgani bois unda Xorazm lahjasiga xos ayrim fonetik shakllar kuzatiladi. Masalan, ko‘ngul (ko‘ngil), dimog‘ (burun) kabi variantlar shular jumlasidandir. Bu holat asarning mahalliy til unsurlarini saqlab qolganligini ko‘rsatadi. “Manofe‘ ul-inson”(“Insonga foydali narsalar”) asari o‘zbek tili va tibbiyot tarixida muhim manba hisoblanadi. Asar leksikasi turkiy asosga ega bo‘lib, arabcha va forscha terminlar bilan boyitilgan. Bu esa o‘z davridagi ilmiy tafakkur va ko‘p tillilikni aks ettiradi. Dialektal unsurlarning mavjudligi esa asarning xalq tiliga yaqin bo‘lganligini bildiradi. Mazkur asar o‘zbek tilining tarixiy leksik qatlamini o‘rganishda qimmatli manba sifatida xizmat qilib keladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abulg‘ozi Bahodirxon. Manofe‘ ul-inson. Qo‘lyozma va nashr variantlari. 2. Karimov N. “Abulg‘ozi Bahodirxon asarlarining lingvistik tahlili”. — Toshkent: Fan, 2003. 3. Rustamov A. Eski o‘zbek tili leksikasi va uslubi. — Toshkent: O‘zbekiston, 1995. 4. Qayumov A. O‘zbek mumtoz adabiyoti manbalari. — Toshkent: Fan, 1982. 5. Xonqa tarixi. Komiljon Nurjonov. Mamalakat Jumaniyozova. Urganch. 2015 6. www.google.uz sayti.