scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

HOZIRGI ZAMON TA'LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR

Amanova Onarxol Chariyevna; Islomov Ilyosjon Isroiljon o'g'li

Full text

403 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR Amanova Onarxol Chariyevna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti “Xorijiy til va adabiyoti” yuqori kurslar kafedrasi o‘qituvchisi E-mail: O.amanova@dtpi Islomov Ilyosjon Isroiljon o‘g‘li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti o‘qituvchisi E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17364832 Annotatsiya: ushbu maqolada hozirgi zamon ta’lim-tarbiya tizimini modernizatsiya qilish jarayonlari, mavjud muammolar hamda ularning samarali yechimlari haqida. Raqamli texnologiyalar, innovatsion pedagogik yondashuvlar va o‘qituvchi kompetensiyasini oshirish orqali ta’lim samaradorligini oshirishning yo‘llari yoritilgan.Xorijiy oliy ta’limlar o‘rtasidagi uzviylik, integratsiya jarayonlari hamda xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilinadi. Ta’lim tizimlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik ta’lim sifatini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish va innovatsion o‘qitish uslublarini joriy etishda muhim omil sifatida qaraladi. Denov tadbirkorlik va pеdagogika instituti hozirgi kunda Turkiya,Indoneziya,Altay davlatlari bilan ta’limiy hamkorlik ishlarini amalga oshirmoqda. Kalit so‘zlar: ta’lim-tarbiya tizimi, innovatsiya, integratsiya ,raqamli texnologiya, kompetensiya, pedagogika, islohot. Аннотация: В данной статье рассматриваются процессы модернизации современной системы образования и воспитания, существующие проблемы и эффективные пути их решения. Освещаются способы повышения эффективности образования за счёт использования цифровых технологий, инновационных педагогических подходов и повышения компетентности преподавателей. Анализируется взаимосвязь и интеграционные процессы между системами высшего образования зарубежных стран, а также изучается зарубежный опыт. Взаимное сотрудничество между образовательными системами рассматривается как важный фактор повышения качества образования, формирования непрерывной системы обучения и внедрения инновационных методов преподавания. Деновский институт предпринимательства и педагогики в настоящее время осуществляет образовательное сотрудничество с Турцией, Индонезией и Алтайскими государствами. Ключевые слова: система образования и воспитания, инновация, интеграция, цифровая технология, компетенция, педагогика, реформа. Annotation: This article examines the processes of modernizing the contemporary education and upbringing system, existing problems, and effective ways to solve them. It highlights methods for improving the efficiency of education through the use of digital technologies, innovative pedagogical approaches, and enhancing teachers’ competencies. The interconnection and integration processes between higher education systems of foreign countries are analyzed, as well as the study of international experience. Mutual cooperation between educational systems is considered an important factor in improving the quality of education, forming a continuous learning system, and introducing innovative teaching 404 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz methods. The Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy is currently engaged in educational cooperation with Turkey, Indonesia, and the Altai State institutions. Keywords: education and upbringing system, innovation, integration, digital technology, competence, pedagogy, reform Аннотатсия Дар ин мақола равандҳои муосири модернизатсияи низоми таҳсилот ва тарбия, мушкилоти мавҷуда ва роҳҳои самараноки ҳалли онҳо баррасӣ карда мешаванд. Роҳҳои баланд бардоштани самаранокии таълим тавассути истифодаи технологияҳои рақамӣ, равишҳои педагогии инноватсионӣ ва такмили салоҳияти омӯзгорон нишон дода шудаанд. Ҳамчунин, пайвастагӣ ва равандҳои ҳамгироӣ байни муассисаҳои таҳсилоти олии хориҷӣ ва таҷрибаи кишварҳои хориҷӣ таҳлил карда мешавад. Ҳамкории байни низомҳои таҳсилот ҳамчун омили муҳим дар баланд бардоштани сифати таълим, ташаккули низоми таҳсилоти пайдарҳам ва ҷорӣ намудани усулҳои инноватсионии таълим арзёбӣ мегардад. Институти соҳибкорӣ ва педагогии Денов айни замон бо Туркия, Индонезия ва давлатҳои Олтой ҳамкориҳои таълимӣ ба роҳ мондааст. Калидвожаҳо: низоми таҳсилот ва тарбия, инноватсия, ҳамгироӣ, технологияи рақамӣ, салоҳият, педагогика, ислоҳот Bugungi globallashuv davrida jamiyat taraqqiyoti bevosita inson kapitaliga, ya’ni bilimli, malakali va ma’naviy barkamol yosh avlodni tarbiyalashga bog‘liq. Shu bois O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan yangilash, uni xalqaro standartlarga moslashtirish, innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Prezident Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida eng muhim vazifamiz – bu barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni zamonaviy bilim va kasb-hunar egasi qilib voyaga yetkazishdir.” Shu bois, ta’lim-tarbiya tizimidagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga yechim topish dolzarb masalalardan biridir. Ta’lim bosqichlari o‘rtasidagi integratsiyalashuv – bu o‘quv dasturlarining uzviyligi, o‘qituvchilar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasidagi hamkorlik, shuningdek, ilmiy-amaliy loyihalar orqali bilim va tajriba almashinuvini kuchaytirishni nazarda tutadi. “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish to‘g‘risida”gi qarorlar; “Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”.Bu hujjatlar asosida o‘rta ta’lim muassasalari va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma dasturlar, maktab–universitet loyihalari, professor-o‘qituvchilar va o‘qituvchilar almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.Masalan, Denov tadbirkorlik va pеdagogika instituti huzurida bir nechta umumta’lim maktablari faoliyat yuritmoqda va u yerda universitet professorlari bevosita dars berishmoqda. Xorij tajribasida ta’lim tizimi integratsiyasi haqida fikrlashadigan bo’lsak Dunyo tajribasida ta’lim bosqichlarini integratsiyalash orqali uzluksizlikni ta’minlash keng tarqalgan. Finlyandiya tajribasi: bu davlatda maktab va universitet o‘rtasidagi hamkorlik “O‘qituvchi tayyorlash laboratoriyasi” orqali yo‘lga qo‘yilgan. O‘quvchilarni o‘qituvchi bo‘lishga yo‘naltiruvchi dasturlar maktabdayoq boshlanadi. 405 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Germaniya tajribasi: “Dual ta’lim” tizimi asosida o‘quvchilar o‘rta ta’lim bosqichidayoq amaliyot o‘tashadi va oliy ta’limga kirishdan oldin kasbiy tayyorgarlik oladi. Janubiy Koreya tajribasi: universitetlar maktablar bilan ilmiy laboratoriyalarni birgalikda tashkil etadi, o‘quvchilarning tadqiqot ko‘nikmalarini erta rivojlantirishga e’tibor qaratadi. Bular ayniqsa “maktab–universitet” loyihalarini kuchaytirish, dars jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish yo‘nalishida.Shu bilan birgalikda oila–maktab– mahalla hamkorligini mustahkamlash. Tarbiya masalasida ota-onalar bilan tizimli ishlash, mahalla faollarini jalb etish yoshlarning ijtimoiy mas’uliyatini oshiradi. Tarbiya jarayonini milliy qadriyatlar asosida tashkil etish maqsadida “Qo’g’irchoq teatri -asriy va umirboqiy qadriyatlar” nomli to’garak azolari bilan birgalikda bog’chalar,maktablar va institutimizning faollar zallarida milliy qadriyatlarimizni targ’ib etadigan sahna ko’rinishlarni namoish qilib kelmoqdamiz.Bu esa milliy odob-ahloq,andisha kabi hislatlarimizni bardavom shakillantirib boradi. O‘zbek va ingliz xalq ertaklari asnosida ijro etilgan ertaklar o‘z navbatida tomoshabinlar tomonidan yaxshi kutib olinmoqda. Innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish:STEAM-ta’lim, CLIL, blended learning, gamifikatsiya kabi metodlar o‘quvchilarni faol fikrlash va amaliyotga yo‘naltirishga yordam beradi. Raqamli ta’lim infratuzilmasini kengaytirish:“Raqamli maktab”, “Bir million dasturchi”, “Online-maktab” kabi dasturlar ta’lim jarayonini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etish imkonini bermoqda.O‘qituvchilar malakasini oshirish tizimini modernizatsiya qilish. O‘qituvchilar uchun muntazam treninglar, xalqaro tajriba almashinuvi dasturlari, mentorlik tizimini rivojlantirish muhim. . Denov tadbirkorlik va pеdagogika institutining o’n yettita professor-o‘qituvchilari 2025 yilning aprel oyida Turkiyaning Firat unversitetida malaka oshirib kelishdi. Ta’lim va tarbiya uyg‘unligini ta’minlash:‘quv jarayoniga ma’naviy-ma’rifiy komponentlarni singdirish, milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash lozim ekanligini his etkan holda xorijiy oliy ta’lim Indoneziya davlatining UPI unversitetidan ikkita talabasi bilan birning pedagogika yo’nalishidagi ikkita talabamiz 1-semestr o’rin almashib tahsil olishdi.Ayni kunlarda xorijiy ta’lim yo’nalishi,jismoniy madaniyat yo’nalishlaridan jami 4ta talabamiz Turkiyaning Firat unversitetida ta’lim olmoqda. Xulosa qilib aytganda,hozirgi zamon ta’lim-tarbiya tizimi oldida turgan eng muhim vazifa – bu yosh avlodni ijodkor, mustaqil fikrlovchi, raqamli dunyoda o‘z o‘rnini topa oladigan shaxs sifatida shakllantirishdir. Bu esa faqat ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchi mehnatini qadrlash, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va tarbiya jarayonini milliy qadriyatlar asosida tashkil etish orqali amalga oshadi.Demak, har bir pedagog, ota-ona va jamiyat a’zosi bu islohotlarga befarq bo‘lmasligi, farzandlarimiz kelajagi uchun mas’uliyatni his etishi zarur. Zero, barkamol avlod – yurt kelajagi, millat faxridir. Biz ishonamizki yoshlarimiz zamonamizning munosib farzandlari bo’lishadi 406 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz References: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. – Toshkent, 2023. 2. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021. 3. “Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”. — Toshkent, 2019 4. Hasanboyeva O., Nishonova Z. Pedagogika asoslari. – Toshkent, 2020. 5. UNESCO. Education for Sustainable Development Goals: Learning Objectives. – Paris, 2020. 6. Hasanov A., “Uzluksiz ta’lim tizimida integratsiya masalalari”. — Ta’lim va innovatsiyalar jurnali, №4, 2023.