Fraxinus sogdiana Bunge (Sugdiyonashumtoli): Biologiyasi, Ko'chat Yetishtirish Texnologiyasi
Abstract
Mazkur maqolada Fraxinus sogdiana Bunge — Sugdiyonashumtoli daraxtining bioekologik xususiyatlari, urug‘ va ko‘chat yetishtirish texnologiyasi, hamda amaliy qo‘llanilish sohalari yoritilgan. O‘simlikning tabiiy yashash muhiti, o‘sish omillari, ekologik ahamiyati va xo‘jalikda foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan.
Full text
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 88 UO‘K 635.1 /.9. Fraxinus sogdiana Bunge (Sugdiyonashumtoli): Biologiyasi, Ko‘chat Yetishtirish Texnologiyasi Fraxinus sogdiana Bunge (Согдийский ясень): Биология и Технология Выращивания Саженцев Fraxinus sogdiana Bunge (Sughd Ash): Biology and Seedling Cultivation Technology Ilmiy rahbar q.x.f.f.d Eshanqulov Bobomurod Inayativich Tayanch doktorant Zokirov Dostonbek Rustamjon o‘g‘li O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti instituti tayanch doktoranti O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish innovatsiya markazi [email protected] Annotatsiya: Mazkur maqolada Fraxinus sogdiana Bunge — Sugdiyonashumtoli daraxtining bioekologik xususiyatlari, urug‘ va ko‘chat yetishtirish texnologiyasi, hamda amaliy qo‘llanilish sohalari yoritilgan. O‘simlikning tabiiy yashash muhiti, o‘sish omillari, ekologik ahamiyati va xo‘jalikda foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Аннотatsiя: В данной статье освещены биоэкологические особенности Fraxinus sogdiana Bunge — согдашского ясеня, технологии выращивания семян и саженцев, а также области его практического применения. Проанализированы естественная среда обитания растения, факторы роста, экологическое значение и возможности использования в хозяйственной деятельности. Annotation: This article highlights the bioecological characteristics of Fraxinus sogdiana Bunge — the Sogdian ash tree, the technology of seed and seedling cultivation, and its practical applications. The natural habitat of the plant, growth factors, ecological significance, and its potential uses in various economic sectors are thoroughly analyzed. Kalit so‘zlar: : Sugdiyonashumtoli, Fraxinus sogdiana, ko‘chat yetishtirish, biologik xususiyat, ekologik rol, yog‘och xom ashyosi, xalq tabobati. Ключевые слова: Fraxinus sogdiana (Согдийский ясень): Биология, Технология Выращивания Саженцев и Практическое Значение Key words: Fraxinus sogdiana (Sughd Ash): Biology, Seedling Cultivation Technology, and Practical Significance
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 89 Kirish: Fraxinus sogdiana Bunge (Sugdiyonashumtoli) — O‘rta Osiyo va Xitoy janubig‘arbida o‘sadigan, o‘rmon barpo etishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yirik daraxt turidir. U ekologik muvozanatni saqlash, eroziyaning oldini olish, va iqtisodiy foydali mahsulotlar manbai sifatida ahamiyatlidir. Ushbu maqolada o‘simlikning biologiyasi, ekish texnologiyasi va amaliy qo‘llanilishi haqida ma’lumot beriladi. Shumtol daraxti tez o‘suvchi o‘simlik hisoblanadi. Uning yer yuzasiga yaqin joylashgan, tarvaqaylagan ildiz tizimi yaxshi rivojlanadi. Bu daraхt turining ildizi ham, kesilgan joyidan qayta o‘sish (ko‘kartirish) xususiyati ham kuchli. Shumtol yorug‘sevar o‘simlik bo‘lib, 200–250 yilgacha yashashi mumkin. U har xil tuproq turlarida o‘sishga moslashgan.Shumtol turkumi vakillarining aksariyati Shimoliy yarimsharning mo‘tadil iqlim mintaqalarida o‘sadi. Taxminan 20 turi madaniy holda, ya’ni odamlar tomonidan ekib o‘stiriladi. Ushbu turkum o‘zaro sezilarli farq qiluvchi ikki asosiy bo‘limga – sektsiyaga bo‘linadi Birinchi sektsiya – bu guruhga kiruvchi o‘simliklar barg yozishdan oldin gullaydi. Ularning gullari o‘tgan yilgi novdalar qo‘ltig‘ida hosil bo‘ladi, gultoji bo‘lmaydi, ayrim hollarda hatto kosachasi ham bo‘lmaydi. Ikkinchi sektsiya – bu turkumga barg yozgach gullaydigan, gullari joriy yilgi novdalarning qo‘ltig‘ida rivojlanadigan va gullari ikki qavatli gultojga ega bo‘lgan turlar kiradi. Birinchi sektsiyaga quyidagi mashhur turlar kiradi. • Oddiy шумтол (Fraxinus excelsior L.) • Manjuriya шумтоли (Fraxinus manschurica Rupr.) • Namsevar шумтол (Fraxinus potamophylla Hand.) • Suriya шумтоли (Fraxinus syriaca Boiss.) • Tumshuqsimon bargli шумтол (Fraxinus rhynchophylla Hand.) • Momiq Пенсильвания шумтоли (Fraxinus pubescens Marsh.) • Yashil lantsetbargli шумтол (Fraxinus viridis Michx.) • Shuningdek, Amerikadan keltirilgan boshqa turli шумтол navlari ham ushbu guruhga kiradi. Maqsad: Jizzax viloyatining bo‘z tuproqli hududlarida sug’diyona shumtoli ko‘chatlarini intensiv usulda yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish va uni o‘rmon xo‘jaligi tizimiga ilmiy asoslangan tarzda joriy etish juda zarur va o‘z vaqtida qo‘llanilishi lozim bo‘lgan masalalardan biridir. Predmeti: sifatida urug’larning labaratoriya unuvchanligi, urug’larni ekish muddatlari, urug’larni ekish chuqurligi, meniral o’g’it meyorlari, sug’orish rejimi, ko’chatlarga mexanik ishlov berish. Usullari: Labaratoriya va dala tajribalari, fenologik kuzatuv, biometrik o‘lchash, statistik usullar. Shumtol o‘simligining xususiyatlari: Sho’r tuproqlarda bemalol o’sa oladi.
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 90 Qurg’oqchilikka, xavoning keskin isib ketishiga, sovuqqa chidamli daraxt. O’zining ko’p sonli to’q yashi barglari bilan quyuq soya beradi va yozning issiq paytida daraxt soyasida salqin xavo shakllantiradi. Parvarish va ko‘paytirish: Sug’diyona shumtolidan o’rmon barpo etish, o’rmon mеliоrаsiyasida foydalanish, ko’kalamzorlashtirish, yog’och olishda foydalanish va ko’chatlarini yetishtirish texnalogiyasini ishlab chiqish dolzarb masaladir. Ko‘paytirish texnologiyasi: shumtol asosan generativ usulda, ya’ni urug’i orqali ko‘paytiriladi. Urug’larni undirish uchun suvga solinadi so’ng unib chiqishi yashi bo’ladi. Shuningdek, qalamcha orqali ko‘paytirish ham mumkin, lekin bu usul sekin va kam samarali hisoblanadi. Introduksiya tarixi: Sug’diyona shumtoli – Fraxinus sogdiana Bunge. Xaqida birinchi marta 1852 yilda maqola chop etilgan bo’lsada, bu turni turli yilarda xar xil nomlar bilan atab kelishgan, Fraxinus oxycarpa var. sogdiana (Бунге) Wenz.- 1883, Fraxinus potamophila Пастух. - 1868, Fraxinus regeli. Диппель.- 1889, Fraxinus turkestanica Карьер. – 1887. Bioekologik xususiyatlari: Sug’diyona shumtoli - balandligi 20 metrga, tana diametri 60-70 sm gacha o’suvchi daraxt. Novdalari sariq-kulrangdan to’q jigar rangacha bo’ladi, 3-6 bargli, chekalari mayda tishchali. Gullari mayda, martning ikkinchi yarmida gullaydi. mevalari qanotchali, 4 sm uzunlikda va 0,7 sm kenglikda Urug’i cho’zinchoq, tuximsimon shaklda. Tabiiy sharoitlarda asosan urug’idan ko’payadi. Yog’ochi pishiq. Daraxtning tik o’suvchi va qiyshiq o’suvchi shallari mavjud. Sho’r tuproqlarda bemalol o’sa oladi. Qurg’oqchilikka, Havoning keskin isib ketishiga, sovuqqa chidamli daraxt. O‘zining ko‘p sonli to‘q yashil barglari bilan quyuq soya beradi va yozning issiq paytida daraxt soyasida salqin xavo shakllantiradi. Xulosa: Fraxinus sogdiana Bunge o‘zining biologik barqarorligi va amaliy ahamiyati bilan o‘rmon xo‘jaligida muhim o‘rin egallaydi. Ko‘chat yetishtirish texnologiyasi oddiy va ekologik sharoitga mos holda olib borilishi mumkin. O‘simlikdan samarali foydalanish iqlim o‘zgarishiga moslashish va barqaror landshaftni saqlab qolishda muhim vosita bo‘lishi mumkin.. Bibliografik ro‘yxat: 1. Бейдеман И.Н. Методика изучения фенологии растений и растительных сообществ. Новосибирск: Наука, 1974. - 156 с. 2. Булыгин Н.Е. Дендрология. – Ленинград: Агропромиздать, 1991. - С. 291. 3. ГОСТ 13056.11-68 “Семена деревьев и кустарников. Правила арбитражного определения качества” (1968). 4. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта.- М: Агропромиздат, 2011.- 351 с. 5. Каппер В.Г. Об организации ежегодных систематических наблюдений над плодоношением древесных пород //Труды по лесному опытному делу. – 1930. – С. 103-
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 91 147. 6. Кайимов А., Бердиев Э.Т. Дендрология. –Тошкент: Фан ва технология, 2012. – 252-255 б. 7. Костяков А.Н. Методы агрохимических, агрофизических и микробиологических исследований почв Средней Азии” (1977). 8. Костяков А.Н. Основы мелиорации. Москва, 1951.– С.140–142. 9. Қаландаров М.М. Дарахтзорларда илмий тадқиқот ишларида таксацияга оид ўлчашлар ва ҳисоблаш усуллари // Ўзбекистон аграр фани хабарномаси журнали. – Тошкент, 2022. – № 4. – 138-146 б. 10. Новосельцева А.И.Справочник по лесосеменному делу.- изд: Лесная промышленность, 1978. – С. 35-105.14. 11. Ефимов В.Н. Система удобрения: Учебник// В.Н.Ефимов, И.Н.Донских, В.П.Царенко: Колос. С, 2002. –с 150. 12. Победов В.С., Шиманский П.С. и др. Справочник по применению минеральных удобрений в лесном хозяйстве. Изд-во «Лесная промышленность», Москва, 1977 с. 6275. 13. Якимов Н.И., Гвоздев В.К., Праходский А.Н. Лесные культуры и защитное лесоразведение. - Минск, – 2007. С.– 24-90. 14. https://powo.science.kew.org/taxon/urn:lsid:ipni.org:names:928001-1 15. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%AF%D1%81%D0%B5%D0% BD %D1%8C. 16. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9C%D0%B0%D1%81%D0%BB% D0% B8%D0%BD%D0%BE%D0%B2%D1%8B%D0%B5. 17. https://wfoplantlist.org/taxon/wfo-0000832962-2023-06?page=1 18. https://dom.ukr.bio/ru/articles/226/. Mualliflar haqida ma`lumot 1). Zokirov Dostonbek Rustamjon o‘g‘li. O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti instituti tayanch doktoranti, telefon (+998) 94 565-02-34, e-mail: zokirovdostonbek8[email protected] Сведение об авторов 2).Закиров Достонбек Рустамжонович Аспирант базовой докторантуры Научно-исследовательского института лесного хозяйства Телефон:(+998 94 565-0234 Электронная почта: [email protected] Author`s personal details 3). Zokirov Dostonbek Rustamjonovich PhD student, Research Institute of Forestry
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 92 Phone: (+998) 94 565-02-34 E-mail: zokirovdostonbek[email protected]om