GENDER TENGLIK: IJTIMOIY QADRIYATLAR TIZIMIDA AYOLLAR ROLINING ZAMONAVIY SOTSIOLOGIK TAHLILI
Abstract
Ushbu maqolada gender tenglik tushunchasi, uning ijtimoiy qadriyatlar tizimidagi o‘rni hamda ayollar rolining transformatsiyasi sotsiologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy jamiyatda ayollarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy faolligi ortib borayotgani, biroq ijtimoiy stereotiplar hali ham muhim to‘siq bo‘lib qolayotganiga urg‘u beriladi. Tadqiqot nazariy tahlil, empirik kuzatuv va sotsiologik modellashtirish metodlariga asoslangan. Natijalar gender tenglikni mustahkamlashda ta’lim, media va davlat siyosatining o‘rni beqiyos ekanini ko‘rsatadi.
Full text
newjournal.org zenodo.org 1 GENDER TENGLIK: IJTIMOIY QADRIYATLAR TIZIMIDA AYOLLAR ROLINING ZAMONAVIY SOTSIOLOGIK TAHLILI Siddiqova Gulnoza Abdumalikovna Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, mustaqil tadqiqodchi, PhD e-mail: gulnozasiddiqova0[email protected] https://orcid.org/0009-0004-6209-7167 Annotatsiya: Ushbu maqolada gender tenglik tushunchasi, uning ijtimoiy qadriyatlar tizimidagi o‘rni hamda ayollar rolining transformatsiyasi sotsiologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy jamiyatda ayollarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy faolligi ortib borayotgani, biroq ijtimoiy stereotiplar hali ham muhim to‘siq bo‘lib qolayotganiga urg‘u beriladi. Tadqiqot nazariy tahlil, empirik kuzatuv va sotsiologik modellashtirish metodlariga asoslangan. Natijalar gender tenglikni mustahkamlashda ta’lim, media va davlat siyosatining o‘rni beqiyos ekanini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: gender, tenglik, ayollar roli, ijtimoiy qadriyatlar, sotsiologiya, stereotip, modernizatsiya. Gender tenglik-zamonaviy sotsiologiyada eng ko‘p o‘rganilayotgan yo‘nalishlardan biridir. U nafaqat erkak va ayollar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar tizimini, balki jamiyatdagi qadriyatlarning rivojlanish dinamikasini ham aks ettiradi. O‘zbekiston sharoitida gender tenglik masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. So‘nggi yillarda “Ayollar daftari”, “Xotin-qizlarni qo‘llabquvvatlash jamg‘armasi”, “Gender tenglik strategiyasi-2030” kabi tashabbuslar ayollarning ijtimoiy hayotdagi ishtirokini kengaytirdi. Tadqiqotning maqsadi-ijtimoiy qadriyatlar tizimida ayollar rolining o‘zgarishini o’rganish, tahlil qilish va gender tenglikni mustahkamlovchi omillarni aniqlash. Vazifalar esa quyidagilardan iborat: - Gender sotsiologiyasining nazariy asoslarini ko‘rsatish; - Ayollar rolining tarixiy va zamonaviy o‘zgarishlarini tahlil qilish; - Qadriyatlar tizimida gender stereotiplarining ta’sirini aniqlash; - Gender tenglikni rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish. Gender sotsiologiyasi XX asr o‘rtalarida feminizm harakati bilan birga shakllandi. Simone de Beauvoirning “Ikkinchi jins” (1949) asari ayollarning jamiyatdagi mavqeini ijtimoiy konstruktsiya sifatida talqin qilgan. Judith Butler esa genderni ijtimoiy performativ hodisa sifatida ko‘rib, “gender - bu takrorlanadigan amaliyotlar natijasi” degan nazariyani ilgari surgan. Talcott Parsonsning ijtimoiy tizim nazariyasiga ko‘ra, jinsiy rollar jamiyat barqarorligini ta’minlovchi funktsional elementlardir. Ammo bugungi kunda bu rollar
newjournal.org zenodo.org 2 qayta talqin qilinmoqda: ayol faqat uy bekasi emas, balki iqtisodiy va siyosiy hayotning faol subyekti sifatida namoyon bo‘lmoqda. Gender tenglik-bu faqat huquqiy masala emas, balki qadriyatli ijtimoiy tizimni yangilovchi omildir. Qadriyatlar orqali jamiyat o‘z me’yorlarini va adolat me’yorini belgilaydi. Shu bois gender masalasi qadriyatlar sotsiologiyasining markaziy yo‘nalishiga aylangan. Gender tushunchasining ilmiy shakllanishi sotsiologiyada “gender” tushunchasi XX asrning o‘rtalarida psixolog va sotsiologlar tomonidan joriy etilgan. U biologik jins (sex)dan farqli ravishda ijtimoiy va madaniy rollarni ifodalaydi. Biologik jins - tug‘ma, tabiiy farqlar (erkak va ayol). Gender - jamiyat tomonidan shakllantirilgan rol, xatti-harakat va qadriyatlar tizimi. Gender sotsiologiyasi jamiyatda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi ijtimoiy rollar, tengsizliklar, hokimiyat munosabatlari va madaniy stereotiplarni o‘rganadi. Gender sotsiologiyasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi XX asrning 1960– 70-yillarida, feminizm harakatlari ta’sirida mustaqil ilmiy sohaga aylandi. Ayniqsa, 1970-yillarda AQSh va Yevropada “Gender Studies” (Gender tadqiqotlari) universitet faniga aylangan. Ushbu jarayoning asosiy bosqichlari qo’yidagilar: 1. Birlamchi bosqich (1940–1960-yillar): jinsiy rollar farqlari psixologik nuqtai nazardan o‘rganilgan (Margaret Mead, Talcott Parsons). 2. Ikkinchi bosqich (1960–1980-yillar): feminizm nazariyasi asosida sotsiologik yondashuvlar shakllandi. 3. Uchinchi bosqich (1990-yildan hozirgacha): gender - madaniyat, til, iqtisod, siyosat va texnologiya tizimlarida tahlil qilinadi (Judith Butler, Anthony Giddens, Nancy Fraser). Gender sotsiologiyasining asosiy nazariyalarida Parsons “ijtimoiy tizim” modelida erkak va ayol rollari farqli, ammo bir-birini to‘ldiruvchi funksiyalari bor deb hisoblagan. Masalan: Erkak- “instrumental rol” (ishlab chiqarish, iqtisod, qaror qabul qilish), Ayol -ekspressiv rol” (oilaviy iliqlik, tarbiya, emotsional muvozanat).Bu nazariya o‘z vaqtida ijtimoiy barqarorlikni tushuntirgan, ammo keyinchalik feministik olimlar tomonidan gender stereotiplarni mustahkamlovchi deb tanqid qilingan. Feminizm sotsiologiyaning eng ta’sirli yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, uning asosiy maqsadi-ayollarning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy tengligini ta’minlash deb ko’riladi. Bu jarayonda qo’yidagilar asosiy yo‘nalishlar hisoblanadi : Liberal feminizm-teng huquq va imkoniyatlar (Betty Friedan, Simone de Beauvoir). Radikal feminizm-patriarxal tizimni tanqid qiladi, hokimiyatning jinsiy asoslarini fosh etadi (Shulamith Firestone).
newjournal.org zenodo.org 3 Sotsialistik feminizm-gender tengsizligini iqtisodiy (kapitalistik) tuzum bilan bog‘laydi (Heidi Hartmann). Postmodern feminizm-genderni ijtimoiy konstruksiya deb talqin etadi (Judith Butler). Gender sotsiologiyasi bu yondashuvni ijtimoiy tengsizlikning iqtisodiy manbalarini tushuntirishda qo‘llaydi. Judith Butler “Gender Trouble” (1990) asarida genderni “ijtimoiy performans” deb izohlaydi. Ya’ni, inson “ayol” yoki “erkak” bo‘lib tug‘ilmaydi, balki jamiyatdagi rollar orqali gender I dentifikatsiyasini “bajaradi”. Bu nazariya zamonaviy gender sotsiologiyasining eng kuchli asosi bo‘lib, hozirda postgender va gender fluidity tushunchalariga yo‘l ochgan. Gender tenglik sotsiologiyasining zamonaviy yo‘nalishlari bugungi kunda faqat ayollar masalasini emas, balki erkaklik (masculinity), gender stereotiplar, mehnat bozoridagi tengsizlik, ta’limda gender tafovutlari, siyosiy vakillik kabi yo‘nalishlarni ham o‘rganadi. Zamonaviy tadqiqotlar quyidagilarga e’tibor qaratadi: Ayollarning iqtisodiy mustaqilligi va tadbirkorlikdagi o‘rni. Texnologiyalar va raqamli tenglik. Genderga nisbatan madaniy tafovutlar (masalan, O‘zbekiston, Markaziy Osiyo kontekstida). Ijtimoiy kapital va gender tafakkurining o‘zaro ta’siri. Bevosita O‘zbekiston sotsiologiyasi kontekstida gender tenglik masalasiga kelsak, bizning jamiyatda gender tenglik masalalari so‘nggi yillarda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanib bormoqda. Bu quvonarli hol albatta. Ushbu jarayon qo’yidagilarda namoyon bulmoqda: 2019-yilda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi. Gender siyosati nafaqat huquqiy, balki sotsiologik o‘zgarishlarni ham yuzaga keltirmoqda. Mahalliy tadqiqotlarda gender rollarining transformatsiyasi, ayollarning siyosiy faolligi, ta’limdagi ishtiroki va oilaviy qadriyatlar bilan uyg‘unlashuvi tahlil qilinmoqda. Bu jarayon-“an’anaviy qadriyatlar va zamonaviy gender tenglik paradigmasi o‘rtasidagi muvozanat” sifatida qaralmoqda. Gender tenglik sotsiologiyasi-bu faqat ayollar huquqlarini emas, balki insonning ijtimoiy tizimdagi o‘rnini qayta baholash fanidir. Ushbu nazariy asoslar shuni ko‘rsatadiki: -Gender-ijtimoiy konstruksiya; -Tenglik -sotsiologik adolatning mezoni; -Rivojlanish-inson kapitalining jinsdan mustaqil tarzda ro‘yobga chiqishidir. Zamonaviy sotsiologik tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, gender tenglik masalasi nafaqat ijtimoiy adolat, balki jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun ham muhim omildir. Ayollarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotdagi faol ishtiroki ijtimoiy
newjournal.org zenodo.org 4 kapitalni boyitadi, qadriyatlar tizimini yangilaydi hamda demokratik tamoyillarni mustahkamlaydi. Ayollar rolining oshishi bilan jamiyatda empatiya, bag‘rikenglik, hamjihatlik kabi ijtimoiy qadriyatlar kuchayadi, bu esa ijtimoiy barqarorlikning asosiy shartidir. Gender tenglik-faqat ayollarning huquqini kengaytirish emas, balki erkak va ayol o‘rtasidagi ijtimoiy mas’uliyatni muvozanatlashtirish, inson resurslarini to‘liq safarbar etish demakdir. O‘zbekiston tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ayollarga yaratilgan sharoitlar, ularning rahbarlik, tadbirkorlik va ilmiy sohalarda faol ishtiroki ijtimoiy taraqqiyotning yangi bosqichini shakllantirmoqda. Shu bois, gender tenglikni ta’minlash siyosati har bir davlatning ijtimoiy strategiyasida ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolishi zarur. Kelajakda gender tenglik masalalarini chuqurroq o‘rganish, yoshlar ongida adolat va teng imkoniyatlar qadriyatini shakllantirish, ta’lim tizimida gender madaniyatini rivojlantirishzamonaviy sotsiologiyaning dolzarb vazifalaridan biridir FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Toffler, A. (1980). The Third Wave. New York: Bantam Books. 2. Castells, M. (1996). The Rise of the Network Society. Oxford: Blackwell. 3. Durkheim, É. (1893). De la division du travail social. Paris. 4. Brynjolfsson, E., & McAfee, A. (2014). The Second Machine Age. W.W. Norton & Company. 5. Schwab, K. (2017). The Fourth Industrial Revolution. World Economic Forum. 6. Giddens, A. (2009). Sociology. Cambridge: Polity Press. 7. Beck, U. (1992). Risk Society: Towards a New Modernity. London: Sage Publications. 8. Bourdieu, P. (1986). The Forms of Capital. In Richardson, J. (Ed.), Handbook of Theory and Research for the Sociology of Education. New York: Greenwood. 9. Inglehart, R., & Welzel, C. (2005). Modernization, Cultural Change, and Democracy: The Human Development Sequence. Cambridge University Press.