NAVOIY VILOYATIDA JOYLASHGAN TARIXIY OBIDALAR MADANIY ME`ROS OBEKTLARINING MA`NAVIY RIVOJLANISHDAGI AHAMIYATI.
Abstract
Barkamol insonni tarbiyalashda o‘zbek xalqining milliy va umuminsoniy qadriyatlari bilan uyg‘unlashgan zamonaviy ta’lim va tarbiya berish haqida bayon etilgan.
Full text
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 116 NAVOIY VILOYATIDA JOYLASHGAN TARIXIY OBIDALAR MADANIY ME`ROS OBEKTLARINING MA`NAVIY RIVOJLANISHDAGI AHAMIYATI. Eshimov Sardor Kamolidin o'gli Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 8-sonli Informatika va Axborot texnologiyalari chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashgan tayanch maktabi Tarix fani o‘qituvchisi sardor969[email protected]m Annotatsiya: Barkamol insonni tarbiyalashda o‘zbek xalqining milliy va umuminsoniy qadriyatlari bilan uyg‘unlashgan zamonaviy ta’lim va tarbiya berish haqida bayon etilgan. Kalit so‘zlar: Yoshlar ma’naviy tarbiyasi, tarixiy obidalar,barkamol inson, pedagogik jarayon, zamonaviy ta’lim Аннотация В статье рассматривается современное образование и воспитание в гармонии с национальными и общечеловеческими ценностями узбекского народа в воспитании всесторонне развитой личности. Ключевые слова: Духовное воспитание молодежи, исторические памятники, совершенный человек, педагогический процесс, современное образование. Abstract: The article describes the modern education and upbringing in harmony with the national and universal values of the Uzbek people in raising a well-rounded person. Keywords: Spiritual education of youth, historical monuments, well-rounded person, pedagogical process, modern education. Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu tabiy hol. Odamzod borki, avlod ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o’zi tug’ilib, voyaga yetgan qishloq, shahar, xullas vatani tarixini bilishini istaydi. O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. O‘zbek xalqi o’zining uzoq tarixi davomida yaratilgan ta’lim-tarbiyaga oid boy merosga ega. Bundan tashqari, avlodlarda insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, do’stlik, iymon-e’tiqod, mehr-oqibat, odoblilik kabi umuminsoniy fazilatlarni shakllantirishning o’ziga xos tajribasini to’plagan. Yosh avlodda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir. Mamlakatimizda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Milliy dasturi”da
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 117 belgilangan vazifalarga muvofiq yoshlarning yuragidagi cho‘g‘ni alanga oldirgan holda, uni har tomonlama rivojlantirib, bilimdan-bilimga yetaklab olib chiqish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Shu boisdan ham alohida ta’kidlash kerakki har bir inson o’z vatani tarixi, madaniyati va ma’naviyati, uning ildizlarini chuqur bilishi kerak. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganidek, «modomiki, o’z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo’lmas ekan, bu haqqoniy tariximizni tiklanishimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirishimiz zarur. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o’zlikni anglash mumkin emas». Istiqlol sharoitida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning ajralmas qismini jamiyatni huquqiy demokratik asoslarda, ma’naviy jihatdan to’lik yangilashga xizmat qiladigan madaniy jarayon tashkil etadi. U, odamlar ongida sho’rolar davri mafkuraviy sarqitlarini chiqarib tashlash, ularda milliy dunyoqarash, yangicha axloqiy sifatlarni shakllantirish orqali mustaqillik g’oyalariga sodiq erkin, faol shaxsni, komil insonni shakllantirishni o’z ichiga oladi. Komillik sifatlari o’z vataniga, millatiga sodiqlik, ajdodlari madaniy merosidan g’ururlanish, milliy o’z-o’zini anglashda aks etadi. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov O’zbekistonning rivojlanish istiqbollarini ochib berar ekan, jamiyatimizni ma’naviy jihatdan yangilashni davom ettirish zarurligini ta’kidladi: «Erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Boshqacha aytganda, biz o’z haq-huquqlarini taniydigan, o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak». Darhaqiqat, shaxs ma’naviyatining tiklanishi, uning tug’ilib o’sgan mamlakatida o’zini mag’rur, erkin his etishi uchun, shubhasiz unga tarixiy xotira zarur ekanligini hech qachon unutmasligimiz kerak. Shu ma’noda tarixiy obidalar, yozma manbalar, ajdodlarimizdan qolgan yodgorlik-xotira hisoblanadi. Tarixiy yodgorliklar xalqimiz, mamlakatimiz tarixida madaniy-ma’rifiy rivojlanishdagi vorisiylikning, ajdodlardan avlodlarga qoldirilgan madaniy meros asosining ashyoviy dalilidir. Tarixiy yodgorliklarni asrab avaylash va qo’riqlash-qadimiylikka qiziqishning bir ko’rinishigina emas, balki ommani avvalo yosh avlodni axloqiy tarbiyalashning eng muhim vositalaridan biri, chunki ularda millatimiz va davlatchiligimiz rivojining tarixi va xalqimizning eng yahshi an’analari mujassamlashgan. Yozma manbalar va me’moriy yodgorliklar xalqning, millatning ma’naviy merosi hisoblanadi. Bu meros jahon xalqining donishmandligi, fan taraqqiyoti badiy iste’dodi, manbalari bilan chambarchas bog’liqdir. Har bir jamiyatning, siyosiy tizimning barqarorligi, taraqqiyoti uning o’tmish qadriyatlariga bo’lgan munosabati bilan belgilanadi. Insoniyat tarixining barcha davrlariga xos yuzlab tarixiy-me’moriy yodgorliklari
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 118 fikrimizning dalilidir. Vaqt esa ulardagi shakl va naqshlar go’zalligini o’chirishga ojiz. Yuqorida ta’kidlanganidek, me’moriy yodgorliklar o’tmish qadriyatlari, xalqning bebaho madaniy merosi sifatida ularda asrlar tajribasi, bobolarimiz tafakkur mahsuli, madaniy merosi mujassamlashgan. Insoniyatning asrlar davomida to’plagan tajribalarini o’rganish asosida taraqqiyotga intilar ekanmiz, mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ajdodlar merosini asrabavaylash, ularni ilmiy o’rganishga e’tibor kuchaydi. Istiqlol yillarida Samarqand, Buxoro, Karmana, Termiz, Xiva, Qarshi, Andijon, Farg’ona, Marg’ilon kabi shaharlardagi tarixiy yodgorliklar ulug’ avliyolar nomi bilan bog’liq qutlug’ qadamjolar qayta tiklanib, ularning ma’naviy merosi bilan bog’liq tarixiy manbalar ilmiy jihatdan o’rganilmoqda. Jumladan, Quyi Zarafshon vohasi yuksak madaniyatini o’zida jo qilgan ana shunday tabarruk qadamjolardan biri, ulug’ avliyo Mavlono Orif nomi bilan bog’liq Deggaron masjidi ham qayta ta’mirlanib, ilmiy jihatdan o’rganilmoqda. Bu noyob me’moriy yodgorlik haqida manbalar juda kam bo’lib, faylasuf M. M. Xayrullayevning "O’rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy taraqqiyot" nomli asarida shunday ma’lumotlar o’rin olganligining guvohi bo’lamiz. "O’rta Osiyoning monumental me’morchilik tarixini o’rganishda o’sha davr masjid, minora, Shoh saroylari, turli ijtimoiy binolarning qoldiqlarini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Ular ilk o’rta asrlarda arxitektura rivoj topganligidan dalolat beradi. Eski Termizdagi CHorustun, Buxoro yaqinidagi Deggaron, yozma manbalarda eslatiladigan Xo’jand, Marv, Samarqanddagi masjid va minoralar shular jumlasidandir". Zarafshon vohasi tarixi ham qadimiy vatanimiz tarixining uzviy bir bo’lagi hisoblanadi. Shu ma’noda bu yerdagi har bir obida, karvonsaroy va rabot biz uchun mo’’tabar bo’lib, ularni asrab-avaylashimiz, o’rganishimizga da’vat etadi. Viloyat hududidagi hazrati Qosim Shayx maqbarasi, Nurotadagi CHashma majmuining ta’mirlanib, obod ziyoratgohga aylantirilgani bu boradagi xayrli ishlarning boshlanishi bo’ldi. Navoiy viloyatida bunday tarixiy yodgorliklar, muqaddas qadamjolar ko’p. Mir Sayyid Bahrom, Shayx Xo’ja Xusrav maqbaralari, Mirzachorbog’ tarixiy yodgorligi, Raboti Malik shular jumlasidandir. Ishonchim komilki, xalqimizning ma’naviy mulki bo’lgan bu yodgorliklar el-yurtimiz, davlatimiz, jamiyatimiz e’tiboridan chetda qolmaydi. Biz hamisha ulug’ ajdodlarimiz bilan iftixor qilamiz. Ularning xotirasi hozir ham ona zaminimizni sharafga burkab turibdi». Raboti Malik Markaziy Osiyodagi eng qadimgi monumental ar-xitektura yodgorligi hisoblanadi. U karvonsaroydan tashqari, atrof va chegarani qo’riqlash istehkomi vazifalarini ham bajargan. Karmana va Tavois o’rtasida Buyuk Ipak yo’lidan o’tuvchi yo’lovchilar uchun muhim va zaruriy qo’nalg’a xizmatini ado etgan. Raboti Malik 1069-1079 yillar orasida Buxoroda hukmronlik qilgan qoraxoniy sultonlardan bo’lgan Tamg’ochxon Ibrohim (1046-1068) ning o’g’li Shamsulmulk Nosir ibn Ibrohim (1068-1080) davrida qurilgan. Rus Sharqshunosi V. V. Bartold: «Qoraxoniylar ko’chmanchi hayot ke chirishlariga qaramay, mamlakat hukmdorlari zimmasida bo’lgan shaharlarni
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 119 yuksak va go’zal imoratlar bilan bezash, katta yo’l bo’ylarida rabotlar qurishda o’z ifodasini topadigan yumushlarni bajarganlar», -deb yozgan edi. Demak, Shamsulmulk ham Buxoro va unga qarashli hududlar atrofida qator imoratlar qurdirgan. Raboti Malik chorsi hovli va atrofini o’ragan xona-hujralardan iborat bo’lib, unga janub tomondagi peshtoqli darvoza orqali kirilgan. Bino tashqi kungurador devorlarining uzunligi 100 metrga yaqin bo’lib, balandligi 12 metrgacha bo’lgan. Devorning balandligi uning orqasidagi xonalar ikki qavatli bo’lganligidan darak beradi. Rabotning o’rtasida o’lkan peshtoq bo’lib, uning bo’yi 18 metr, eni 12 metrni egallagan. Darvoza qurilishi jihatdan Markaziy Osiyodagi qadimgi me’moriy bino hisoblanib, unda sakkiz qirrali yulduzlar, turli geometrik shakllar mavjud. Peshtoq chekkasida ikki burj yasalib, ular o’zaro baland devor bilan o’ralgan. Devor o’rtasida piltovar burjlar qatori tepasi kichrayuvchi ravoqlar bilan bog’langan. Professor I. I. Umnyakovning ta’kidlashicha, devor yuqorisida forscha yozuv bo’lib, unda «Jahon Sultoni tomonidan qurilgan bu bino Allohning ijobati bilan jannatga aylanur» so’zlari bitilgan. Janubi-g’arbdagi minora yozuvida esa Qur’oni Karimning 3-surasidan oyat bitilgan. Shuningdek, ko’shk ostida ganchdan yasalgan ikki qator yirik sharafa kufiy xat halqasi ko’zga tashlanadi. Rabot devorlari o’zagi xom g’ishtdan (28x28x6, 5 sm) terilgan, tashqarisi pishiq g’isht (24x24x4 sm) bilan qoplangan. Raboti Malikda katta karvonsaroy bo’lib, uning maydoni 400 kv. m. atrofida bo’lgan. Unda 10 qator qilib, oltitadan diametri 1 mm baland eshik ustunlar o’rnatilgan, ustunlar o’rni hozirga qadar saqlanib qolgan. Oltmish ustunli bunday saroy Markaziy Osiyodagi eng katta karvonsaroylardan bo’lib, taxmin qilinishicha, bu yerda tuya, ot va ularning yuklari saqlangan. Karvonsaroy devorlarining to’rtta burchagida 18 metrli 4 ta minora bo’lgan va «Guldasta» deb atalgan. Karvonsaroy ichida sopoldan yasalgan quvurlar orqali sardobadan quvur o’tqazilib, yo’lovchilar suv bilan ta’minlangan. Raboti Malikdagi karvonsaroyda hududimiz aholisi ham o’zining hunarmandchilik, zargarlik, tosh va marmar buyumlari orqali chet el savdogarlari bilan tovar ayirboshlab, savdo-sotiq ishlarini olib borgan. Raboti Malikdagi ba’zi me’morchilik motivlari Arabota maqbarasi, Mog’oki Attori masjidi (9-10 asrlar) bezaklarida uchraydi. Raboti Malikda mo’g’ul istilochilari ustidan 1238 yilda Mahmud Torobiy g’alaba qozongan. U Buxoro ruhoniylarining boshlig’i Shamsiddin Mahbubiy bilan dushmanlarni Karmanadan nariga haydab yuboradi. Ammo, yangi madad kuchlarini olgan mo’g’ullar tez fursatda Mahmud Torobiy boshchiligidagi qasoskorlarga qarshi hujumga o’tadilar. Mahmud Torobiy va uning ko’pgina safdoshlari Karmana yaqinidagi Raboti Malikda shahid bo’ladilar. Ahmad ibn Mahmud o’zining «Kitobi Mullazoda», Hofiz Tanish Buxoriy «Abdullanoma» asarida Raboti Malikning Qoraxoniy sultonlar davrida qurilib, o’z davrida alohida ahamiyatga molik bo’lganligini ko’rsatganlar. Demak, Raboti Malikning o’lkan hududda qoraxoniylar davrida tashkil topishi, bir tomondan, Balasog’un bilan uzoq va yaqin viloyatlar o’rtasida aloqalarning mutassil ravishda olib borilishiga hamda savdo-karvon yo’lining
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 120 jonlanishiga olib kelgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, xon va eloqxonlarning bunday yo’llar orqali yurishlarining uzluksiz bo’lib turishi shubhasiz karvon yo’lida nafaqat oddiy rabotu karvonsaroylarning qad ko’tarishiga, balki yirik shaharlarga yaqin joylarda podshohlar uchun ham maxsus Shohona, muhtasham rabotlar va sardobalar qurilishini talab etardi. Shularni nazarga olsak, Raboti Malik podshohlar qo’nalg’asi sifatida talqin etilsa, shubhaga o’rin qolmaydi. Chunki Raboti Malik toponimi etimologiyasining o’zi «Podshoh Raboti» ma’nosini anglatadi. Istiqlol sharoitida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning ajralmas qismini jamiyatni xuquqiy demokratik asoslarda, ma’naviy jihatdan to’lik yangilashga xizmat qiladigan madaniy jarayon tashkil etadi. U, odamlar ongida sho’rolar davri mafkuraviy sarqitlarini chiqarib tashlash, ularda milliy dunyoqarash, yangicha axloqiy sifatlarni shakllantirish orqali mustaqillik g’oyalariga sodiq erkin, faol shaxsni, komil insonni shakllantirishni o’z ichiga oladi. Komillik sifatlari o’z vataniga, millatiga sodiqlik, ajdodlari madaniy merosidan g’ururlanish, milliy o’z-o’zini anglashda aks etadi. Birinchi Prezident I. A. Karimov O’zbekistonning rivojlanish istiqbollarini ochib berar ekan, jamiyatimizni ma’naviy jihatdan yangilashni davom ettirish zarurligini ta’kidladi: «Erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Boshqacha aytganda, biz o’z haq xuquqlarini taniydigan, o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak». Ko’hna obidalar tarixdan so’zlar. Tarixni o’rganmay turib esa, kelajakni ham qurib bo’lmaydi, milliy o’zlikni anglab ham. Milliy o’zlikni anglash har bir millatning haqiqatdan mavjudligini ifodalovchi moddiy va ma’naviyya. madaniy va ma’rifiy boyliklari, faqatgina shu millatga mansub til, an’analar, qadriyatlar, shuningdek, ehtiyojlar umumiyligini to’la anglab yetish hisoblanib, ko’hna obidalar-u qadamjolarga e’tibor qaratish, ular shu elning buyuk o’tmishi, ajdodlari xotirasi ekanligini anglab yetish-milliy o’zlikni anglashning ko’rinishlaridan biridir. Darhaqiqat, shaxs ma’naviyatining tiklanishi, uning tug’ilib o’sgan mamlakatida o’zini mag’rur, erkin his etishi uchun, shubhasiz unga tarixiy xotira zarur ekanligini hech qachon unutmasligimiz kerak. Shu ma’noda tarixiy obidalar, yozma manbalar, ajdodlarimizdan qolgan yodgorlik-xotira hisoblanadi. Tarixiy yodgorliklar xalqimiz, mamlakatimiz tarixida madaniy-ma’rifiy rivojlanishdagi vorisiylikning, ajdodlardan avlodlarga qoldirilgan madaniy meros asosining ashyoviy dalilidir. Tarixiy yodgorliklarni asrab avaylash va qo’riqlash - qadimiylikka qiziqishning bir ko’rinishigina emas, balki ommani avvalo yosh avlodni axloqiy tarbiyalashning eng muhim vositalaridan biri, chunki ularda millatimiz va davlatchiligimiz rivojining tarixi va xalqimizning eng yaxshi an’analari mujassamlashgan. Yozma manbalar va me’moriy yodgorliklar xalqning, millatning ma’naviy merosi hisoblanadi. Bu meros jahon xalqining donishmandligi, fan taraqqiyoti badIIy iste’dodi, manbalari bilan chambarchas
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 121 bog’liqdir. Har bir jamiyatning, siyosiy tizimning barqarorligi, taraqqiyoti uning o’tmish qadriyatlariga bo’lgan munosabati bilan belgilanadi. Insoniyat tarixining barcha davrlariga xos yuzlab tarixiy-me’moriy yodgorliklari fikrimizning dalilidir. Vaqt esa ulardagi shakl va naqshlar go’zalligini o’chirishga ojiz. Xulosa qilib aytganda, me’moriy yodgorliklar o’tmish qadriyatlari, xalqning bebaho madaniy merosi sifatida ularda asrlar tajribasi, bobolarimiz tafakkur mahsuli, madaniy merosi mujassamlashgan. Insoniyatning asrlar davomida to’plagan tajribalarini o’rganish asosida taraqqiyotga intilar ekanmiz, mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ajdodlar merosini asrabavaylash, ularni ilmiy o’rganishga e’tibor kuchaydi. Istiqlol yillarida Samarqand, Buxoro, Karmana, Termiz, Xiva, Qarshi, Andijon, Farg’ona, Marg’ilon kabi shaharlardagi tarixiy yodgorliklar ulug’ avliyolar nomi bilan bog’liq qutlug’ qadamjolar qayta tiklanib, ularning ma’naviy merosi bilan bog’liq tarixiy manbalar ilmiy jihatdan o’rganilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-637-son. 2020-yil 23 sentabr.https://lex.uz/ 2. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. T. 1.-Toshkent: O‘zbekiston. 2017. 3. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.- Toshkent: O‘zbekiston. 2017. 4. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T.,. «O‘zbekiston», T. 7.1999. 5. Bu muqaddas zaminda azizdir inson. T., 2010. 6. Qosimov F. Alisher Navoiyning tarixiy qarashlari//O‘zbekiston tarixi. 2001.№1 7. Quroni Karim. Nahl surasi, 92oyat.(Tarjima va izohlar muallifi Alouddin Mansur) –T.: “CHo‘lpon”, 1992. 186-bet. 8. Karimov I.A O‘zbekiston XX asrga intilmoqda. T., «O‘zbekiston», 2000. 9. Mustaqil O‘zbekiston tarixi. T.: «SHarq», 2000. T.3. 10. Odinayeva Z. O‘zbek xalqi tarixida islomgacha bo‘lgan davrdagi identifikatsion xususiyatlar//Oila manaviyati – jamiyat taraqqiyotining tayanchi. T., 2012.