scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH TALIM TIZIMIDA OQITISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

O'rolova Hayitgul Abdugʻafforovna

Full text

576 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANG’ICH TALIM TIZIMIDA OQITISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR O‘rolova Hayitgul Abdugʻafforovna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim yonalish 1-BTS-21-guruh 5-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17371649 Annotatsiya: Mazkur maqola boshlang’ich ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning dolzarbligi, ularning o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishdagi roli tahlil etilgan. O’zbekistonda ta’lim tizimini isloh qilish borasida olib borilayotgan tub o’zgarishlar xususan Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’limga doir nutq va tashabbuslari asosida, boshlang’ich sinflarda ta’lim sifatini oshirishda zamonaviy pedagogic texnologiyalarning ahamiyati ochib berilgan. Yangi pedagogik yondashuvlar, interaktiv metodlar, AKT vositalaridan foydalanish, differensial va individual yondashuvlar haqida amaliy misollar bilan to’ldirilgan. Kalit so’zlar: boshlang’ich ta’lim, pedagogik texnologiyalar, innovatsiya, interaktiv metodlar, ta’lim sifati, raqamli texnologiyalar Annotation Thi article analyzes the relevance of using moder pedagogical technojogies in the primary education system, their role in forming students’ knowledge, skills, and competencies. It highlights the significancs of modern pedagogical technologies inimproving the qualite of education in primary grades, based on the maroj reforms currently underway in Uzbekistan’s edikation system in particular, President Shavkat Mirziyoyev’s speeches and initiatives on education. The article also emphasizes the importance of new pedagogical approaches, interactive methods, the use of ICT tools, as well as differential and individual approaches, illustrated with practical examples. Keywords: primary edication, pedagogical technologies, innovation interactive methods, quality of education, digital technolngies. Аннотация: В данной статье рассматрвается роль и значенние соврименных педагогических технологий в системе начального образования, а также пути их эффиктивногоприменения. На основе высказываний Президента Республики Узбекистан Ш. М. Мирзиёев освещается значение инновационного подхода в повышении качества начального образования. Встатье анализируются виды современних технолгий, их преимущества, а также роль в повышении профессиональной компетентности учителя на основе отечественного и зарубежного опыта. Ключевые слова: Начальное образавание, современные педагогические технологии, интерактивные методы, инновации, компетентность, качиство образования. Bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar asrida ta’lim tizimida qo’yilayotgan talablar tobaro ortib bormoqda. Ayniqsa, boshlang’ich ta’lim bosqichibu shaxs kamolotining poydeviri qo’yiladigan eng muhim davridir. Shu boisdan, zamonaviy pedagogic texnologiyalarni joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb 577 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz emoqda. President Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “ Ta’lim sohasi e’tibor – bu avvalo kelajagimizga sarmoya kiritish demakdir. Bugungi bola – ertangi yetuk mutaxassis Vatan ravnaqi uchun mas’ul shaxsdir.” Shu nuqtaye nazardan olib qaraganda, boshlang’ich ta’limda foydalaniladigan metod va texnologiyalar bevosita butun ta’lim tizimining istiqbolini belgilab beradi. 1.Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mohiyati Pedagogik texnologiyalarbu o’qitish jarayonini maqsadga muvofiq, samarali tashkil etishning ilmiy asoslangan tizimdir. Bugungi kunda foydalanilayotgan zamonaviy texnologiyalar quyidagilardan iborat: . modulli o’qitish texnologiyasi . klasterli yondoshuv . muammoli ta’lim . ijtimoi faol o’qitish ( kooperativ o’qitish) . AKT ( axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) asosida o’qitish . STEAM yondashuvi Shu texnologiyalar o’quvchilarni faollikka undaydi, mustaqil fikrlash, tahliliy qobiliyatlarini rivojlantiradi. 2. Boshlang’ich ta’limdainteraktiv metodlar roli Interaktiv metodlar o’quvchilarning bilim olishdagi passiv rolni yo’q qolib, uni faol ishtirokchiga aylantiradi. Boshlang’ich ta’limda quyedagi metodlar keng qo’llanilmoqda: “Aqliy hujum”, “ Klaster”, “Insert”, “Freshbone” ( baliq skelet), “Blits-so’rov” va “Fkirlar jadvali”. Bu metodlar dars jarayonini qiziqarli va mazmunli qiladi. Ayniqsa, 1-4sinflarda bola tabiatiga mos faoliyatga asoslangan yondashuvlar samarali hisoblanadi 3. Prezident tashabbuslari va amaliy natijalar So’nggi yillarda O’zbekistonda ta’lim sohasida tub islohatlar amalga oshirilmoqda. Jumladan 2012-2025yillarga mo’ljallangan” Yalimni rivojlantirish strategiyasida boshlangich” president Shavkat Mirziyoyev 2021-yilda o’qituvchilar bilan uchrashuvda shunday degan edi: “Bugungi o’quvchi –bu zamonaviy texnologiyalarni yaxshi biluvchi, ijtimoiy faollikka ega , kreativ fikrlay oladigan shaxs bo’lishi kerak. Shunday shaxslarni biz o’zimiz, ya’ni o’qituvchilar tarbiyalashimiz lozim.” Mazkur fikr zamonaviy pedagogning roli va pedagogic texnologiyalarni oz’lashtirish darajasining naqadar muhimligini ko’rsatadi. 4. Raqamli texnologiyalar va masofaviy ta’lim, ilg’or tajribalardan namunalar COVID-19 pandemiya sharoitida raqamli ta’limning imkoniyatlari kengaytirildi. Elektron platformalar (edi.uz, ZiyoNET, Coogle Classroom, Moodle) orqali masofaviy ta’lim berish imkoniyatlari yaratilmoqda. Bu esa o’qituvchidan nafaqat pedagogik, balki texnologik kompetensiyalarini ham talab etadi. Jahon tajribasida, xuxusan, Finlandiya, Yaponiya va Singapurda boshlang’ich ta’limda interfaol va individual yondoshuvlar keng qo’llaniladi. O’zbekiston tajribasida esa Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tizimida zamonaviy texnologiyalarning muvaffaqiyati joriy qilinayotganini ko’rish mumkin. Xulasa qilib aytganda, boshlang’ich ta’lim zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish bugungi kunda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda muhim omil bo’lib hisoblanadi. Bu texnologiyalar o’quvchilarni darsga bo’lgan qiziqishini oshiradi, ularni 578 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanishga undaydi. President Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan ta’lim islohatlari esa zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishga keng yo’l ochmoqda. Bu o’z o’rinda o’qituvchilarni doimiy malaka oshirishi, dars jarayonlarida interfaol usullarni ko’roq qo’llash, darslik va metodik qollanmalarni innovatsion yondoshuvlar asosida yangilash kabi chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi O’qituvchi sifatida har bir pedagog doimo o’z ustida ishlashi, yangi metod va vositalarni o’zlashtirishi, innovatsion yondashuvlarni qo’llashi ta’lim taraqqiyotining garovidir. References: 1. Mirziyoyev SH.m(2022). Yangi O’zbekiston strategiyasi. Toshkent: “O’zbekiston” 2. O’zbekiston Resoublikasi Prezidentining 2021-yil 6-noyabrdagi OF-6108-son Farmoni - 2022-2026-yillarda Yangi O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. 3. Pedagogik texnologiyalarasoslari(2020). Darslik. Toshkent: TDPU nashriyoti 4. Hasanboyeva N. (2021). Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Toshkent: Fan va texnologiyalar 5. Hasanboyeva O. “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” –Toshkent: 2022 6. Qodirov A, Qayumova D. “Zamonaviy pedagogik texnologiyalar”. –Samarqand, 2020 7. Internet manbalari: www.ziyonet.uz , www.edu.uz, www.lex.uz.