BOSHLANG'ICH TA'LIMDA INNOVATSIYA VA INTEGRATSIYANING O'RNI VA SAMARADORLIGI
Full text
600 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANG‘ICH TA‘LIMDA INNOVATSIYA VA INTEGRATSIYANING O‘RNI VA SAMARADORLIGI Eshmamatova Asolat Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta‘lim yo‘nalishi 5 kurs 2bt21 guruhi talabasi Tel +99891 517 25 95 https://doi.org/10.5281/zenodo.17371909 Annotatsiya: bu o‘qitishning yangi usullariga (innovatsiya) va turli fanlarni bir-biriga bog‘lash hamda o‘quvchilarni umumiy ta‘limga birlashtirish (integratsiya) orqali ta‘lim sifatini oshirishga qaratilgan jarayondir. Kalit so‘zlar: integratsiya, fanlararo integratsiya, ta'lim samaradorligi, boshlang 'ich ta 'lim, integratsion darslar. Boshlang‘ich ta‘limda innovatsiya:Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish: Darslarda kompyuterlar, planshetlar, interaktiv doskalar va ta‘limiy dasturlardan foydalanish o‘quvchilarni o‘qish jarayoniga yanada faolroq jalb qiladi. Yangi pedagogik usullar: Loyihaviy ta‘lim, o‘yinlarga asoslangan o‘qitish, individual yondashuv kabi usullar o‘quvchilarning har birining o‘ziga xos qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Ijodiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish: O‘quvchilarni savol berishga, muammolarni hal qilishga va o‘z fikrlarini mustaqil ifodalashga undash innovatsiya hisoblanadi. Boshlang‘ich ta‘limda integratsiya: Fanlararo bog‘liqlik: Bir fan bo‘yicha o‘rganilgan bilimlarni boshqa fanlar bilan bog‘lash orqali o‘quvchilar dunyoni yaxlit holda tushunishadi. Masalan, matematika darsida o‘rganilgan amaliy ko‘nikmalarni tabiatshunoslik darsida geometrik shakllarni aniqlashda qo‘llash mumkin. 1. R.Mavlyanova, N.Raxmankulova. "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi, Toshkent "Voris nashriyot", 2013. O‘quvchilarni birlashtirish: Sinfdagi turli qobiliyatli o‘quvchilarni bir jamoada ishlashga o‘rgatish, ularning hamkorligini rivojlantirish orqali umumiy maqsadlarga erishish integratsiyaning muhim jihatidir. O‘zaro aloqa va tushunish: Turli madaniyatlar va millat vakili bo‘lgan o‘quvchilarni bir-birini hurmat qilish va tushunishga o‘rgatish ham keng ma‘nodagi integratsiya hisoblanadi. Innovatsiya va integratsiyaning ahamiyati: Ta‘lim sifatini oshiradi: Yangi usullar va fanlararo bog‘liqlik o‘quvchilarga bilimlarni chuqurroq va samaraliroq o‘zlashtirish imkonini beradi. O‘quvchilarning motivatsiyasini oshiradi: Qiziqarli va amaliy mashg‘ulotlar o‘quvchilarni o‘qishga yanada rag‘batlantiradi. Ushbu jarayonlar o‘quvchilarni o‘zgaruvchan dunyoga moslashishga, ijodiy fikrlashga va muammolarni hal qilishga o‘rgatadi, bu esa ularning kelajakdagi muvaffaqiyatiga zamin yaratadi. Hozirgi kunda boshlang‘ich maktab ta’limini integratsiya qilish haqida ko‘p
601 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz gapirilmoqda. Bu tushuncha kichik maktab o‘quvchisi atrofidagi olamni bir butunligicha qabul qilish, uning uchun tabiatshunoslik, rustili, musiqa va boshqa o‘quv fanlari nomi emas, balki atrofidagi olam obyektlarining tovushlar, ranglar, hajmlarning turli-tumanligining qiziqarliligi bilan harakterlanadi. Bolalarning tabiat va kundalik hayotdagi barcha narsalarning bog‘liqligini ko‘rishga o‘rgatish kerakligini o‘qituvchi sezadi, biladi. Shunday ekan, ta’lim integratsiyasi hozirgi zamon talabiga javob beradimi, uni qanday tashkil etish kerak kabi savollar dolzarb ahamiyat kasb etmoqdaTa'limni integratsiyalash fikri xalq ta'limida tabaqalashtirish va individuallashtirish bilan birga muhokama qilina boshlandi. Agar kichik maktab ta'limini tabaqalashtirish asosida kitob, darslik va boshqa adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga tayyorgarlik darajasi hamda kichik maktab yoshida qiziqishlarni faol shakllantirishni taqozo etsa, integratsiyaning asosi qilib, turli fanlarni o'rganish obyektlari bo'lgan ba'zi umumiy tushunchalarni chuqurlashtirish, aniqlashtirish va kengaytirish mumkin. Ta'limni integratsiyalashtirishdan ko'zlangan asosiy maqsad boshlang'ich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurni yaxshi shakllantirish va ularning rivojlanishi qonunlariga o'z munosabatini bildirishga yo'naltirishdan iboratdir. Shuning uchun ham kichik maktab o'quvchisi predmet yoki voqea-hodisalarni bir necha tomondan ko'rishi muhimdir. Asosiy fanlarni o'zlashtirish va olamdagi bor narsalar qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarini o'rgatish ta'limni integratsiyalashga yondashuvning metodik asosidir. Boshlang'ich ta'limda integratsiyani amalga oshiruvchi bo'g'in vazifasinio'qituvchining o'zi amalga oshiradi. U bolalarning arifmetikaga, yozishga, tabiat va ko'pgina boshlang'ich tushunchalarga o'rgatadi. O'z kuch va imkoniyatlari darajasida bu ishni amalga oshiradi. Boshlang'ich ta'limda integratsiyani bir-biriga nisbatan yaqin fanlarni birlashtirish asosida ko'rish maqsadga muvofiq. Talimning keyingi pog'onalarida u asosiy fanlarning chegaralarini birlashtirishga harakat qiladi. Boshlang'ich talim-tarbiyani integratsiyalashda ijobiy va salbiy omillar mavjudligini hisobga olish kerak. Bu omillar integratsiyaning usullarini belgilab beradi. Y.M.Kolegin va O.L.Aleksenko integratsiyaning salbiy omillarini ko'rsatib beradilar: o'quv predmetlarining chegaralangan soni - olinayotgan katta hajmdagi bilimlarning mazmuni olamning haqiqiy ko'rinishini, qismlarining o'zaro bog'liqligini aks ettirish bilan to'ldirish mumkin. Juda muhim bo'lgan o'qish, yozish va sanoq ko'nikmalarini shakllantirish zarurati. Bu narsalar xuddi fanlarga bo'linib o'qitishni talab qiladiganga o'xshaydi. Lekin o'qish va matematikani o'qitishning ananaviy tajribasi ham keng integratsion imkoniyatlar haqida dalolat beradi. Bunda o'qish fan sifatida o'z ichiga faqat badiiy matnlarni emas, tarix, tabiatshunoslik bo'yicha materiallarni oladi. Matematika, arifmetika, algebraik va geometrik materiallarni o'z ichiga oladi. Bunday integratsiya muhim ko'nikmalar hosil qilishga halaqit bermaslik, aksincha, ularni shakllantirishga kafolat beradi. Fanlararo integratsiyaning asosiy maqsadlari: Tizimli tafakkurni shakllantirish: Fanlar orasidagi bogʻliqlikni koʻrsatish orqali oʻquvchilarning dunyo haqidagi yaxlit tasavvurini shakllantirish. Bilimlarni chuqurlashtirish: Bir fan haqidagi bilimlarni boshqa fanlar bilan bogʻlab, mavzularni yanada yaxshiroq tushunishni taʼminlash. Koʻnikmalarni rivojlantirish:Oʻquvchilarda turli fanlardan olingan koʻnikmalarni amaliy vazifalarda birgalikda qoʻllash imkoniyatini yaratish.
602 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Oʻquvchi qiziqishini oshirish: Dars jarayonini qiziqarliroq va mazmunliroq qilish orqali oʻquvchilarning fanga boʻlgan qiziqishini orttirish. Misollar: "Atrof-olam" va "Tasviriy sanʼat" fanlarida: Tasviriy sanʼat darsida tabiat manzaralarini chizish, undagi ranglar va shakllarni oʻrganish orqali atrof-olam haqidagi bilimlarni mustahkamlash. "Oʻqish" va "Matematika" fanlarida: Matnli masalalar yechish orqali oʻquvchilarda oʻqish savodxonligini va matematik tasavvurlarini birgalikda rivojlantirish. Fanlararo integratsiya oʻqituvchilarga taʼlim jarayonini yanada samarali tashkil etish va oʻquvchilarda hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishga imkoniyat yaratadi. Chet el ta'limi tajribasi shuni ko'rsatdiki, tabiat va jamiyat haqidagi bilimlarni rivojlantirish uchun asos bo'luvchi integratsiyalashgan fanlar ko'pgina mamlakatlar o'quv dasturlaridan allaqachon joy olgan. Ularda asosiy e'tibor o'quvchilarga boshlang'ich ta'lim orqali faqat o'quv predmetlari asosida bilim berishni emas, balki ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan ko'pgina xorijiy mamlakatlar boshlang'ich maktablarining o'ziga xos xususiyati integratsiyalangan kurslar bo'yicha ta'lim bo'lib qoldiDarhaqiqat, integratsiyalashgan texnologiyadan foydalanish natijasida pedagogik, psixologik jihatdan ta'lim maqsadlarini amalga oshirishda qulay shartsharoit vujudga keladi; umumdidaktik talablar uzviylikda bajariladi; o'quvchining vaqti, kuchi tejaladi; ortiqcha ruhiy va jismoniy zo'riqishlarning oldi olinadi, ta'lim samaradorligi oshadi. O'quvchilar zarur ko'nikma va malakalarni, tushunchalar hamda bilimlarni o'quv predmetlari mazmunini uyg'unlashtirish natijasida har tomonlama chuqur o'zlashtirish imkoniga ega bo'ladilar. References: 1. Mavlonova R., Rahmonqulova R. Boshlang'ich ta'limning integratsiyalashgan pedagogikasi. T., Ilm ziyo, - 2009. 49-bet. 2. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha "Harakatlar strategiyasi"2017.yil.02.07 3. Asaulyuk E.P. Integrirovanntiy podxod v obuchenii mladshix shkolnikov // Perspektive nauki. 2011. №10 str.222-226 4. https://lex.uz/acts/-31070367 5. ZiyoNet.uz