scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INTEGRATSIYALASHGAN TA'LIMNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Muhammadiyeva Bibisora

Full text

603 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz INTEGRATSIYALASHGAN TAʼLIMNING PEDAGOGIK ASOSLARI Muhammadiyeva Bibisora 2BTS21 guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17371999 Annotatsiya: Ushbu maqolada ta'lim jarayonini integratsiyalash pedagogik muammolari haqida so'z borgan. Kalit so'zlar: aloqadorlik, barkamol shaxs, integratsiya, yaxlit, shaxsni shakllantirish, mantiqiy va emotsional, ABSTRACT: This article discusses the pedagogical problems of integrating the educational process. Keywords: relevance, harmonious personality, integration, integrity, personality formation, logical and emotional, Jamiyatdagi integratsiya jarayonida insonning integratsiya - alohida elementlarni yig'ib, ularni birlashtirish, yaxlit holga keltirish deb tushunish mumkin. Shuningdek, ko'pchilik olim va metodistlar integratsiya muammosining mazmun-mohiyatini aniqlash bo'yicha fikr berganlar Hozirgi kunda "Integratsiya" tushunchasining aniq ta'rifi metodik adabiyotlarda, bu muammo bo'yicha shug'ullangan olimlar tomonidan bir-biriga yaqin bo'lgan ta'riflarda berilgan. Ta'limni integratsiyalashning asosiy maqsadi boshlang'ich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqida yaxshi tasavvur asoslarini qo'yish va ularning rivojlanishi qonunlariga o'z munosabatini shakllantirishdir. Mana shuning uchun kichik maktab o'quvchisi predmet yoki voqea hodisalarni bir necha tomondan ko'rishi muhim: mantiqiy va emotsional tomondan badiiy asarda hamda ilmiy-ommabop maqolada biolog, so'z ustasi, rassom, musiqachi nuqtai nazaridan va boshqalar. Zamonaviy sharoitlarda fanlarni o'qitishda ularning integratsiyasini ta'minlashga yetarli e'tibor berilmay kelmoqda. Hatto, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi o'quv rejalaridagi fizika va elektrotexnika, kimyo va materialshunoslik kabi fanlar ham tizimli o'zaro bog'liqlikni ta'minmagan holda o'qitilmoqda. Muammoni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar esa tegishli o'quv rejalarida ushbu fanlarni o'qitishning vaqt bo'yicha muvofiqlashtirilishi yoki fanlar mazmunini qisman uyg'unlashtirishga oid tadbirlar bilan cheklanmoqda. Uni tubdan hal qilish uchun esa, talabalar egallaydigan bilimlari yuqori sifat darajasini ta'minlovchi o'quv fanlari integratsiyasining zaruriy shart-sharoitlari, shakl, mazmun va vositalarini ishlab chiqish talab etilmoqda. Didaktika o'quv fanlarini integratsiyalashga bir qancha yondashuvlarni taklif qiladi, biroq hali bu jarayonning umume'tirof etilgan mazmuni, shakl va vositalari yaratilgan emas. Ko'pchilik pedagog olimlar ta'limdagi integratsion jarayonlarni o'rganishda fundamental fanlarni integratsiyalashdagi tasavvurlardan kelib chiqqan holda ish ko'radilar. So'nggi yillarda ta'lim-tarbiya tizimida yangi avlod tarbiyasida jahon fani va madaniyatinig ilg'or yutuqlarini jamlagan, o'tmish ajdodlarimiz aql-zakovoti mahsuli sifatida yaratilgan milliy va ma'naviy qadriyatlarimizga tayangan holda zamonaviy ta'lim-tarbiya berish uslublarini shakllartirish muammosi vujudga keldi. Barkamol avlod jamiyat taraqqiyotining asosi. Shu bois mamlakatimizda ham jismonan, ham ma'nan barkamol avlodga ta'lim-tarbiya berish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Zero, mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning "biz ta'lim va tarbiya tizimining barcha bo'g'inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillash - tirishni o'zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz" degan fikri muhim ahamiyat kasb 604 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz etadi. Ta'lim amaliyoti ko'rsatishicha, maktab ta'limida fanlararo aloqadorlikni yo'lga qo'yish fan va jamiyat hayotida bugungi kunda sodir bo'layotgan integratsion jarayonlarning yorqin ifodasidir. Ushbu aloqadorlik o'quvchilarning bilimlarni ongli o'zlashtirishi, dunyo haqidagi yaxlit tasavvurlarini rivojlantirish va amaliy va ilmiy-metodik tayyorgarligini oshirishda muhim o'rinni egallaydi. Bunday tayyorgarlik umumiy o'rta ta'lim bitiruvchilarini darsda va darsdan tashqari mashg'ulotlarda, ishlab chiqarishda va umuman har qanday faoliyatda o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini erkin qo'llash imkoniyatini beradi. Xulosa Ta'lim jarayonida yangi bilimlarning fanlararo sintez jarayoni juda sekin kechib, ba'zida u bir qancha o'n yilliklarga teng davrni qamrab oladi. O'quv jarayonida o'qituvchi bir yoki bir necha mashg'ulot, yoki hatto bir necha daqiqa ichida talabani ilgari turli fanlariga oid o'zlashtirilgan bilimlarga tayanuvchi sub'ektiv yangi bilimga "olib kelishi" kerak bo'ladi. Ya'ni, bilimlarni tayyor holatida berish emas, balki ularning sintezi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilishi kerak. Bu vazifani amalga oshirishning texnologik usullaridan biri bir sohaga oid bilimlarni boshqasiga olib o'tish bilan bog'liq bo'lib, u fanlararo aloqalarni o'rnatishning asosiy mexanizmi hisoblanadi desak mubolag'a bo'lmaydi. References: 1. Sh. Mirziyoyev. Erkin va farovon, demakratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T. 2016. 2. Panfilova A.P. Innovatsion pedagogik texnologiyalar: Faol o'rganish: Oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darslik / A.P. Panfilov. - M., Akademiya