scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OROLBO'YI HUDUDLARIDA DORIVOR NA'MATAK YETISHTIRISHDA "BIOAZOT" PREPARATINING ROLI

Oxunjonova, N.K.; Pattaeva, М.А.; Normurodova, Q.T.; Rasulov, B.А.

Abstract

Ushbu maqolada Orolbo‘yi hududlarida yetishtiriladigan na’matak o‘simligiga “Вioazot” preparatini qo‘llanilib, o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganildi. “Bioazot”dan foydalanish na’matakning, ildiz tizimi rivojlanishini kuchaytirib tuproq unumdorligini oshirishi hamda o‘simlikning dorivorlik xususiyatlarini yaxshilashi ko‘rsatib o‘tilgan. Natijalar mazkur hududda “Bioazot”dan foydalanish na’matakning o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib mintaqada barqaror agrotexnologiyalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.

Full text

Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 114 DOI: https://10.5281/zenodo.17372089 УДК: 579.24.26:58.009 OROLBO‘YI HUDUDLARIDA DORIVOR NA’MATAK YETISHTIRISHDA “BIOAZOT” PREPARATINING ROLI N.K. Oxunjonova, М.А. Pattaeva, Q.T. Normurodova, B.А. Rasulov ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Orolbo‘yi hududlarida yetishtiriladigan na’matak o‘simligiga “Вioazot” preparatini qo‘llanilib, o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganildi. “Bioazot”dan foydalanish na’matakning, ildiz tizimi rivojlanishini kuchaytirib tuproq unumdorligini oshirishi hamda o‘simlikning dorivorlik xususiyatlarini yaxshilashi ko‘rsatib o‘tilgan. Natijalar mazkur hududda “Bioazot”dan foydalanish na’matakning o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib mintaqada barqaror agrotexnologiyalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: na’matak, “Bioazot”, tuproq, stress omil. АННОТАЦИЯ В данной статье изучено влияние применения препарата «Биоазот»а на рост и развитие шиповника, выращиваемого в Приаралье. Показано, что использование “Биоазот”ных удобрений способствует укреплению корневой системы, повышению плодородия почвы, а также улучшению лекарственных свойств растения. Результаты исследования свидетельствуют о том, что применение “Bioazot”а оказывает положительное влияние на рост и развитие шиповника и имеет важное значение для развития устойчивых агротехнологий в данном регионе. Ключевые слова: шиповник, “Биоазот”, почва, cтрессовый фактор. Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 115 ABSTRACT This article examines the effect of applying a “Bioazot” preparation on the growth and development of rosehip cultivated in the Aral Sea region. The study shows that the use of “Bioazot” fertilizers enhances root system development, increases soil fertility, and improves the medicinal properties of the plant. The results indicate that “Bioazot” application positively influences the growth and development of rosehip and plays an important role in promoting sustainable agro-technologies in the region. Keywords: rosehip, “Bioazot”, soil, stress factor. Jahon miqyosida dorivor o‘simliklar o‘sadigan hududlarni muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dunyoda 10-12 ming turdagi dorivor o‘simliklar mavjud bo‘lib, O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 577 turni tashkil etadi. Rasmiy tibbiyotda 112 ta turdan foydalanish tavsiya etilgan. Ayni paytda dunyoda na’matak plantatsiyalari maydoni va undan olinadigan xomashyo miqdori ortib bormoqda [1]. Na’matak – Rosa turkumi 1-3 m balandlikdagi tikanli butalardan tashkil topgan. Barglari toq, patsimon, murakkab, yonbargchali. Gullari aktinomorf, 2 jinsli, yirik, oq pushti, sariq rangli, gulqo‘rg‘oni murakkab. Gulkosacha va gultojibarglari 5 tadan, changchi va urug‘chilari ko‘p. Mevasi soxta meva. Turkum 120 ga yaqin turni birlashtiradi. Shulardan O‘zbekistonda 13 turi tabiiy holda o‘sadi va bir nechta turlari manzarali o‘simlik sifatida ekiladi Na’mataklar ichida itburun na’matak (R. canina) O‘zbekistonda keng tarqalgan Mevasi (gipantiya)dan dorivor xomashyo sifatida, urug‘idan o‘stirilgan ko‘chatlaridan atirgullarni payvand qilish uchun payvandtag sifatida foydalaniladi. Na’mataklar atirgullarning kelib chiqishidagi asosiy manba hisoblanadi Na’matak mevasi tarkibida 4-6 %, ba’zan 18% gacha vitamin C, 0,3 mg % vitamin B2, K1, 12-18 mg % karotin, 18 % qandlar, 4-5% oshlovchi moddalar, 2 % atrofida limon va olma kislotalari, 3,7 % pektin va boshqa moddalar bo‘ladi. Na’matak urug‘ida moy, ildizi va bargida esa oshlovchi moddalar bo‘ladi. Na’matak o‘simligining mevasi tarkibida bir necha xil vitaminlar aralashmasi bor, shu sababli preparatlari avitaminoz kasalliklarini davolashda va oldini olishda ishlatiladi [2]. Mazkur tadqiqot ishidan maqsad Orolbo‘yi hududlarida yetishtirilayotgan na’matak o‘simligiga bioazot preparatini qo‘llash orqali ushbu preparatning o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganishdan iborat. Bugungi kunda, Orolbo‘yi hududlarining sho‘rlangan tuproqlarining unumdorligini oshirish, o‘simliklar florasini qayta tiklash va ularning ildiz rivojlanishi hamda turli xil stresslarga chidamliligini ta’minlash bilan birga, har xil fitopatogen Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 116 kasallilardan himoya qilish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Qurg‘oqchilik, sho‘rlanish, yuqori yoki past harorat, shuningdek tuproqdagi zaharli organik birikmalar va og‘ir metallarning tarkibi kabi abiotik stresslar holatida ham yashay oladigan, o‘simliklar uchun azot va fosforni onson o‘zlashtiradigan mikroorganizmlarni ajratib olish, ularning antibiotiklar, surunkali, kolistin va polimiksin kabi moddalar va har xil fitogormonlar sintezlaydigan turlari asosida yangi mikrobiologik preparatlar yaratish amaliy-ilmiy ahamiyatga egadir [3]. Tadqiqot hududidagi na’matak o‘simligiga bioazot preparati qo‘llashdan avval o‘simlikning atrofidagi begona o‘tlardan tozalandi va o‘simlikning uzunligi, shoxlari va shoxchalari soni, poyasining qalinligi va bargining uzunligi kabilar o‘lchandi va yozib olindi. 1-rasm. Orolbo‘yi hududida yetishtirilayotgan na’matak o‘simligi (“Bioazot” preparati qo‘llashdan avvalgi holati) “Bioazot”preparati qo‘llash uchun na’matak o‘simligi ekilgan 3 ta qator tanlab olindi. Tajribalar 3 xil variant asosida: 1-qator nazorat; 2-variantda preparat na’matakning faqat ildiz qismiga; 3-variantda preparat na’matakning ildizi va bargiga qo‘llandi. Tajriba qatorlaridan 12 ta na’matakni har biriga 800 mldan preparat qo‘llandi 3-qatorga ildiz ba barg qismiga qo‘llangani uchun 1600 mldan ishlatildi. Tanlab olingan 3 ta qator belgilar bilan ajratib qo‘yildi (2-rasm). 2-rasm. “Bioazot” preparati qo‘llangan dala maydoni Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 117 O‘tkazilgan kuzatuvlarga ko‘ra, na’matak butalari parametrlariga Bioazot preparati ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Nazoratda na’matakning bo‘yi 0,94smni, barg sathi 4smni va shoxlar soni 10tani tashlik qilgan. Preparat o‘simlikning bargi va ildiziga qo‘llanganda barg sathi 4,7smni shoxlar va shoxchalari soni 10, 20 donani, uzunligi esa 1,5 m ni tashkil etgan (1-jadval). Jadval natijalaridan ko‘rinib turibdiki, biopreparat o‘simlikning ildiz va barg qismiga qo‘llanganda ko‘proq ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. 1-jadval. Preparat qo‘llashdan avvalgi va preparat qo‘llangandsan keyingi na’matakning umumiy parametrlari Na’matak o’simligi Uzunligi (m) Shoxlari soni, (dona) Shoxchalari soni Bargining sathi (sm) Poyasining qalinligi (sm) Nazorat 1 0,9 0,94 5 6 13 15 3,8 4 2,4 2,5 Nazorat 2 1 1,03 6 7 14 15 4 4,1 2,9 3 Nazorat 3 1 1,02 5 6 12 14 3,8 4 3,1 3,2 Tajriba 1.1 1 1,09 6 8 13 15 4 4,3 3,3 3,5 Tajriba 1.2 1,1 1,17 5 8 14 18 4 4,3 3,1 3,4 Tajriba 1.3 1 1,2 6 9 14 16 3,9 4,.3 3,1 3,3 Tajriba 2.1 1,3 1,5 7 10 17 20 4,3 4,7 3,5 3,8 Tajriba 2.2 1,2 1.3 5 8 15 19 4 4,3 3,1 3,4 Tajriba 2.3 1,2 1,4 6 9 14 19 4,1 4,4 3,6 4 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Sayfullayeva N., Jamoliddinova G., Abduqaxarova S. «Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi» Na’matak o‘simligining dorivorlik xususiyatlari. “INNOVATIVE ACHIEVEMENTS IN SCIENCE 2024” 124-bet. 2. Sodiqova D.G‘., Rahimova D. Na’matak (Rosa Canina) o‘simligining ahamiyati.International scientific journal «MODERN SISSN: 2181-3906 2024 77bet. 3. Q.T.Normurodova, T.Abduraxmanov, B.Tojiev, M.N.Shoxiddinova, X.f..G‘affarova “Orolbo‘yi hududlarining sho‘rlangan tuproqlarida mikroorganizmlar florasini o‘rganish. “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI MA’RUZALARI” 83-bet.