scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH TA'LIM TIZIMIDA O'QITISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI

Xaydarova Mahbuba G'aybullo qizi

Full text

621 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANG‘ICH TA’LIM TIZIMIDA O‘QITISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI Xaydarova Mahbuba G‘aybullo qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim 5-kurs talabasi e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17372163 Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘qitish jarayonini samarali tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalasi yoritilgan. Ta’lim jarayonida interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv hamda innovatsion pedagogik usullarning ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida boshlang‘ich ta’lim tizimida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari ko‘rsatib berilgan. Maqolada o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi, moddiy-texnik baza imkoniyatlari va o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos metodlarni qo‘llash bo‘yicha muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsion yondashuv, ta’lim samaradorligi. Annotation. This article highlights the issue of utilizing modern pedagogical technologies in organizing the teaching process effectively in primary education. The significance of interactive methods, information and communication technologies, learner-centered approaches, and innovative pedagogical practices in the educational process is analyzed. Furthermore, the advantages of applying modern technologies in primary education are demonstrated based on advanced international experiences. The article also addresses the challenges related to teachers’ professional preparedness, the availability of material and technical resources, and the application of methods appropriate to pupils’ age characteristics, while offering recommendations for overcoming these issues. The research findings contribute to improving the quality of primary education and fostering independent thinking and creative approaches among pupils. Keywords: primary education, modern pedagogical technologies, interactive methods, information and communication technologies, innovative approach, educational effectiveness. Аннотация. В данной статье освещается вопрос использования современных педагогических технологий для эффективной организации учебного процесса в начальном образовании. Анализируется значение интерактивных методов, информационно-коммуникационных технологий, личностно-ориентированного подхода и инновационных педагогических практик в образовательном процессе. Кроме того, на основе передового международного опыта показаны преимущества применения современных технологий в начальной школе. В статье также рассматриваются проблемы, связанные с профессиональной подготовкой учителей, обеспеченностью материально-технической базы и использованием методов, соответствующих возрастным особенностям учащихся, а также предлагаются рекомендации по их преодолению. Результаты исследования способствуют повышению 622 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz качества начального образования и формированию у учащихся самостоятельного мышления и творческого подхода. Ключевые слова: начальное образование, современные педагогические технологии, интерактивные методы, информационно-коммуникационные технологии, инновационный подход, эффективность образования. KIRISH Hozirgi davrda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi – barkamol, bilimli, ijodkor va raqobatbardosh avlodni tarbiyalashdan iborat. Boshlang‘ich ta’lim esa bu jarayonning eng muhim bo‘g‘ini hisoblanadi, chunki aynan shu bosqichda o‘quvchilarda bilim olishga qiziqish, o‘qish va fikrlash ko‘nikmalari, mustaqil o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj shakllanadi. Shu bois boshlang‘ich ta’limda o‘qitish uslublarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish masalasi dolzarb hisoblanadi 1 [1]. Pedagogik texnologiya tushunchasi o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv – tarbiya jarayonini loyihalash, amalga oshirish va natijasini kafolatlashga xizmat qiluvchi tizimli yondashuvni anglatadi. Bugungi kunda ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalarining kirib kelishi, interfaol metodlarning keng qo‘llanilishi, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning ustuvorligi boshlang‘ich ta’lim samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini bermoqda 2 [8]. Shu bilan birga, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish ham shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayoniga integratsiyalashgan holda tatbiq etilganda o‘quvchilarda kreativ fikrlash, muloqotga kirishish, muammoli vaziyatlarni hal etish va hamkorlikda ishlash ko‘nikmalari shakllanadi. Bu esa nafaqat bilimni mustahkamlash, balki kelgusida shaxs sifatida rivojlanishiga ham asos bo‘ladi. Pedagogik texnologiyalar, xususan interfaol metodlar (aqliy hujum, klaster, rolli o‘yinlar, muammoli vaziyatlar yechimi) va axborot – kommunikatsiya vositalaridan foydalanish kreativ fikrlashni rivojlantirishda samarali vosita hisoblanadi. Shuningdek, STEAM–ta’lim elementlarini dars jarayoniga kiritish o‘quvchilarning ijodiy izlanishlarini rag‘batlantiradi 3 . Adabiyotlar tahlili. Boshlang‘ich ta’limda pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalasi ko‘plab mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan tadqiq qilingan. Ularning ilmiy izlanishlari shuni ko‘rsatadiki, ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni integratsiyalash o‘quvchilarning bilim olish faolligini oshiradi, shaxsiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda ta’lim samaradorligini kafolatlaydi. Pedagogik texnologiya tushunchasini ilk bor tizimli ravishda ilmiy muomalaga kiritgan olimlardan biri V.P. Bespalko bo‘lib, u o‘quv jarayonini loyihalash, boshqarish va natijalarni kafolatlashga qaratilgan didaktik yondashuvlarni asoslab bergan. Uning ta’kidlashicha, pedagogik texnologiya - bu “pedagogik jarayonni to‘liq amalga oshirish va yakuniy natijani kafolatlash tizimi”dir 4 . 1 Zaripov N.N. Informatika o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2019. 2 UNESCO (2020). ICT in Education: A Critical Literature Review and Its Implications. Paris: UNESCO. 3 Bahodirova, N. (2021). Boshlang‘ich ta’limda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari. TDPU ilmiy jurnali, №2, 55–61. 4 Беспалько В.П. Слагаемые педагогической технологии. – Москва: Педагогика, 1989. – 192 с. 623 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Shuningdek, N.F. Talyzina, I.P. Podlasiy, Yu.K. Babanskiy kabi rus olimlari ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda texnologik yondashuvning nazariy asoslarini ishlab chiqqan. Ularning ishlarida ta’lim jarayonida o‘quvchilar faolligi, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi interfaol muloqot alohida o‘rin olgan 5 . O‘zbek olimlaridan N.Zaripov, U.Nishonov, A.Ochilov, Sh.Abdullaevalarning tadqiqotlarida esa boshlang‘ich ta’limda interfaol metodlardan foydalanishning amaliy jihatlari keng yoritilgan. Xususan, N.Zaripov boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda interfaol metodlarni qo‘llash samaradorligini asoslab bergan. Xorijiy adabiyotlarda ham bu borada qimmatli tadqiqotlar mavjud. Masalan, J. Deweyning ta’lim falsafasi o‘quvchilarning faol ishtirokiga asoslangan bo‘lib, u ta’limni hayotiy tajriba bilan bog‘lash zarurligini ta’kidlagan. Howard Gardnerning “ko‘p qirrali intellekt nazariyasi” esa boshlang‘ich ta’limda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning nazariy asosini yaratgan. Shuningdek, Tony Wagnerning 21–asr ko‘nikmalari haqidagi ishlari kreativ fikrlash, hamkorlik va kommunikativ ko‘nikmalarning boshlang‘ich ta’limdan boshlab shakllantirilishi zarurligini ko‘rsatadi 6 . Yevropa va Osiyo mamlakatlari tajribasida ham zamonaviy pedagogik texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Masalan, Finlyandiya ta’lim tizimi o‘quvchiga yo‘naltirilganligi va mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgani bilan mashhur. Singapur va Janubiy Koreya esa boshlang‘ich ta’limda raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ilg‘or tajribaga ega. Yuqoridagi adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy pedagogik texnologiyalar boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishda hal qiluvchi omil bo‘lib, ularni tatbiq etishda milliy va xorijiy tajribalarni uyg‘unlashtirish muhim hisoblanadi. Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur tadqiqotda boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo‘llash samaradorligini o‘rganish maqsad qilingan. Shu bois metodologik asos sifatida ta’lim jarayonini tizimli tahlil qilish, pedagogik jarayonlarni nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalarni mahalliy sharoitda qo‘llash imkoniyatlarini aniqlashga alohida e’tibor qaratildi. Tadqiqot quyidagi metodlarga asoslandi: 1. Nazariy tahlil metodi – pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalariga oid ilmiy adabiyotlar, maqolalar, davlat dasturlari hamda me’yoriy hujjatlar tahlil qilindi. 2. Qiyosiy tahlil metodi – mahalliy va xorijiy tajribalar o‘rganilib, ularning samarali jihatlari taqqoslandi. 3. Kuzatish metodi – boshlang‘ich ta’lim dars jarayonlarida zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanishi amalda kuzatildi. 4. So‘rov va suhbat metodi – boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, metodistlar va o‘quvchilar bilan suhbatlar olib borilib, ularning tajribasi va fikrlari tahlil qilindi. 5. Eksperimental metod – ayrim darslarda interfaol metodlar, AKT vositalari, hamkorlik asosidagi o‘qitish texnologiyalari sinovdan o‘tkazildi. 6. Statistik tahlil metodi – olingan natijalar raqamli ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilinib, ilmiy xulosalar chiqarildi. 5 Талызина, 1984; Подласый, 1999; Бабанский, 1977 6 Wagner, T. (2008). The Global Achievement Gap: Why Even Our Best Schools Don’t Teach the New Survival Skills Our Children Need—and What We Can Do About It. New York: Basic Books. 624 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Tadqiqotning metodologik poydevorini ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, konstruktivizm nazariyasi, interfaol pedagogika tamoyillari hamda 21-asr kompetensiyalariga asoslangan ta’lim konsepsiyasi tashkil etadi. Tadqiqot metodlari (1-rasm) keltirilgan. 1-rasm. Tadqiqot metodlari qo‘llanishi Tadqiqot jarayonida qo‘llangan metodlarning samaradorligi turlicha namoyon bo‘ldi. Nazariy tahlil metodi yordamida pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalariga oid ilmiy manbalar o‘rganildi hamda nazariy asoslar mustahkamlandi. Bu metod umumiy konseptual yondashuvni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Qiyosiy tahlil metodi orqali mahalliy va xorijiy tajribalar taqqoslanib, boshlang‘ich ta’limda qo‘llash mumkin bo‘lgan eng samarali usullar ajratib olindi. Bu esa tajriba-sinov ishlari uchun nazariy va amaliy asos yaratdi. Kuzatish metodi dars jarayonida bevosita qo‘llanilib, o‘qituvchilarning interfaol metodlardan foydalanishdagi yondashuvlari, o‘quvchilarning ishtirok faolligi hamda texnologiyalardan foydalanish samarasi tahlil qilindi. So‘rov va suhbat metodlari orqali o‘qituvchilar, metodistlar va o‘quvchilar fikrlari o‘rganilib, ularning real ehtiyojlari, muammolari va takliflari asosida xulosalar chiqarildi. Bu metodlarning ahamiyati amaliy dalillarga tayangan holda tadqiqotga yangicha mazmun berdi. Eksperimental metod sinf darslarida qo‘llanilib, interfaol metodlar, AKT vositalari hamda hamkorlik asosidagi o‘qitish texnologiyalarining ta’siri tajribada tekshirildi. Olingan natijalar zamonaviy pedagogik texnologiyalarning boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishda yuqori imkoniyatlarga ega ekanini ko‘rsatdi. Statistik tahlil metodi yordamida olingan natijalar raqamli ko‘rsatkichlar asosida qayta ishlanib, ilmiy asoslangan xulosalar chiqarildi. Shu orqali metodlarning qo‘llanish samaradorligi aniq ko‘rsatkichlar bilan asoslab berildi. Yuqoridagi metodlar o‘zaro uyg‘un qo‘llanganda, tadqiqotning ilmiy qiymati va natijaviyligi yanada oshadi. Grafikda metodlarning nisbiy samaradorligi foizlarda ifodalangan bo‘lib, ayniqsa eksperimental, nazariy va kuzatish metodlari ustunlik qilgani ko‘rinadi. Bu esa zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tadqiq etishda kompleks yondashuv zarurligini tasdiqlaydi. Tadqiqot vazifalari. Shunday qilib, tadqiqot vazifalarini umumlashtirgan holda quyidagicha xulosa qilish mumkin: 625 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz 1. Boshlang‘ich ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariy asoslarini tahlil qilish. 2. Mahalliy va xorijiy tajribalarni qiyosiy o‘rganib, samarali usullarini aniqlash hamda ularni milliy ta’lim amaliyotiga moslashtirish. 3. Boshlang‘ich sinf darslarida interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va hamkorlikda o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlarini aniqlash. 4. O‘quvchilarda kreativ fikrlash, muloqotga kirishish, muammoli vaziyatlarni hal etish va hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish omillarini tadqiq etish. 5. Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashga tayyorgarlik darajasini aniqlash va ularni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. 6. Tadqiqot natijalarini tajriba-sinov ishlari asosida amalda tekshirish va samaradorligini statistik tahlil orqali asoslash. 7. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Tahlil va natijalar. O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ta’lim samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Nazariy tahlillar davomida mahalliy va xorijiy adabiyotlar o‘rganildi va ularning mazmuniy jihatlari qiyoslandi. Natijada, xorijiy tajribalarda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgani aniqlandi. Mahalliy amaliyotda esa, asosan, interfaol metodlar va AKT vositalaridan foydalanishning dastlabki bosqichlari kuzatildi. Kuzatish metodlari asosida o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, interfaol usullar (klaster, aqliy hujum, rolli o‘yinlar) va AKT vositalarini qo‘llash orqali o‘quvchilarning darsga qiziqishi ortdi, o‘z fikrini erkin ifodalash, muloqotga kirishish, muammoli vaziyatlarda yechim topish hamda guruh bo‘lib ishlash ko‘nikmalari shakllandi. So‘rov va suhbat metodlari orqali aniqlanishicha, o‘qituvchilarning aksariyati zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashga intilmoqda, biroq ularning bir qismi metodik bilimlarning yetishmasligi va moddiy-texnik bazaning cheklanganligi sababli qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Eksperimental metod asosida o‘tkazilgan tajriba darslari natijalari ham ijobiy samara berdi. Jumladan, tajriba guruhida o‘quvchilar bilimini baholashda o‘rtacha ko‘rsatkich 18–20% ga yuqori bo‘lgani kuzatildi. Statistik tahlil esa qo‘llangan pedagogik texnologiyalarning samaradorligini raqamli ko‘rsatkichlar orqali tasdiqladi. Nazorat va tajriba guruhlarining taqqoslanishi (2-rasm) keltirilgan. 626 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz 2-rasm. Nazorat va tajriba guruhlarining taqqoslanishi Umuman olganda, tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tizimli ravishda qo‘llash boshlang‘ich ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilarda kreativ fikrlash, ijodkorlik va hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Xulosa. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida boshlang‘ich ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ta’lim jarayonining samaradorligini sezilarli darajada oshirishi aniqlandi. Interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda hamkorlik asosidagi o‘qitish usullarini qo‘llash orqali o‘quvchilarda kreativ fikrlash, muloqotga kirishish, muammoli vaziyatlarni hal etish va hamkorlikda ishlash ko‘nikmalari rivojlandi. Qiyosiy tahlil shuni ko‘rsatdiki, xorijiy tajribada shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv keng qo‘llanilmoqda va bu o‘quvchilar bilim sifati hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Mahalliy amaliyotda ham bu yondashuvni qo‘llash imkoniyatlari mavjud bo‘lib, ularni metodik jihatdan takomillashtirish zarur. Eksperimental va statistik tahlil natijalari esa tajriba guruhida o‘quvchilarning bilim darajasi nazorat guruhiga nisbatan 18–20% yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Bu esa zamonaviy pedagogik texnologiyalarning samaradorligini ilmiy asosda tasdiqlaydi. Shunday qilib, tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirish va o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos metodlarni tanlash ta’lim sifatini oshirishning muhim omili ekanligini ko‘rsatdi. References: 1. Zaripov N.N. Informatika o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2019. – 215 b. 2. Xoliqov A.A., G‘ulomova N.M. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi va texnologiyalari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. – 187 b. 3. Shodiev A., Usmonov B. Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish. – Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2018. – 164 b. 4. Bahodirova N. Boshlang‘ich ta’limda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari. – Toshkent: TDPU ilmiy jurnali, 2021. – №2. – B. 55–61. 627 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz 5. Дьюи Дж. Демократия и образование. – Москва: Педагогика-Пресс, 2000. – 384 с. 6. Vygotsky L.S. Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. – Harvard University Press, 1978. 7. Bruner J. The Process of Education. – Harvard University Press, 1960. 8. UNESCO. ICT in Education: A Critical Literature Review and Its Implications. – Paris: UNESCO, 2020. 9. Anderson R., Krathwohl D. A Taxonomy for Learning, Teaching, and Assessing: A Revision of Bloom’s Taxonomy of Educational Objectives. – New York: Longman, 2001. 10. OECD. Future of Education and Skills 2030: OECD Learning Compass. – Paris: OECD Publishing, 2019.