scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AQSHNING DASTLABKI KORPORATIV QONUNLARI VA ULARNING KORPORATIV HUQUQ SHAKLLANISHIDAGI ROLI

Abdumurodova, Guliruxsor Abdumalik qizi

Abstract

Mazkur maqolada Amerika Qo‘shma Shtatlarida korporativ huquq tizimining shakllanish bosqichlari, xususan, XIX asr boshlarida qabul qilingan Nyu-York, Nyu Jersi va Delaver shtatlarining korporativ qonunlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda dastlabki ishlab chiqarish kompaniyalari uchun yaratilgan huquqiy asoslar, erkin inkorporatsiya tamoyilining paydo bo‘lishi hamda zamonaviy korporativ boshqaruvning huquqiy ildizlari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, shtatlar korporativ qonunlarining AQSh korporativ huquqining keyingi evolyutsiyasiga ta’siri yoritilgan.

Full text

“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 107 DOI: https://10.5281/zenodo.17372670 AQSHNING DASTLABKI KORPORATIV QONUNLARI VA ULARNING KORPORATIV HUQUQ SHAKLLANISHIDAGI ROLI Abdumurodova Guliruxsor Abdumalik qizi E-mail: [email protected] ANNOTATSIYA Mazkur maqolada Amerika Qo‘shma Shtatlarida korporativ huquq tizimining shakllanish bosqichlari, xususan, XIX asr boshlarida qabul qilingan Nyu-York, Nyu Jersi va Delaver shtatlarining korporativ qonunlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda dastlabki ishlab chiqarish kompaniyalari uchun yaratilgan huquqiy asoslar, erkin inkorporatsiya tamoyilining paydo bo‘lishi hamda zamonaviy korporativ boshqaruvning huquqiy ildizlari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, shtatlar korporativ qonunlarining AQSh korporativ huquqining keyingi evolyutsiyasiga ta’siri yoritilgan. Kalit so‘zlar: korporativ huquq, inkorporatsiya, cheklangan javobgarlik, NyuYork, Nyu Jersi, Delaver shtatlari. Korporatsiya tushunchasi va uning huquqiy asoslari insoniyat tarixida iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasi sifatida shakllangan. Xususan, AQShda korporativ huquqning shakllanishi mustamlakachilik davridan boshlab XX asr boshlariga qadar murakkab huquqiy va iqtisodiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Dastlabki korporativ qonunlar nafaqat Amerika iqtisodiy hayotida, balki butun dunyo biznes huquqida tub burilish yasagan. Biznes qilish g‘oyasi insoniyat tarixida juda qadimiy bo‘lib, odamlar uning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatini qadimdan anglab kelishgan. Mustamlaka davrida Shimoliy Amerikadagi ingliz koloniyalari turli xil biznes shakllariga guvoh bo‘ldi va har bir mustamlaka o‘z iqtisodiy hayotini tartibga solishga, nazorat qilishga hamda “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 108 boshqarishga intildi. Biroq, bu davrda korporatsiyalar tushunchasi hali huquqiy shaklda shakllanmagan edi. Amerika koloniyalarida va mustaqil AQShning XVIII asrida ham korporatsiyalar ko‘pincha monarxiyalardan olingan yoki shtat qonunlari tomonidan tasdiqlangan maxsus ruxsatnomalar (charter) asosida tashkil etilgan. Amerika mustaqillikka erishgan bo‘lishiga qaramay, korporativ huquq sohasida hali mustaqil qonunchilik tizimi shakllanmaganligi sababli dastlabki yillarda korporatsiyalarni tashkil etishda ingliz huquqi va Britaniya parlamenti amaliyoti muhim manba bo‘lib xizmat qilgan. Ushbu charterlar korporatsiyaga faoliyat yuritish uchun aniq muddati, maqsadi va vakolatlar doirasini belgilab berardi. Bunday tartib korporatsiyalar sonini cheklash, ularni jamoat manfaatlariga xizmat qilishga yo‘naltirish va hukumat nazoratini ta’minlash maqsadida joriy etilgan edi. Masalan, infratuzilma qurilishida faoliyat yurituvchi kompaniyalar yoki xayriya tashkilotlari ushbu usul orqali tashkil etilgan. Ammo ushbu maxsus tizimda muammolar yuzaga keldi: charter olish jarayoni sekin-asta korrupsiyagaolib keldi. Shuningdek, iqtisodiy faoliyat kengaygach, sanoat korxonalari uchun yangi tez va samarali inkorporatsiya mexanizmi zarur bo‘ldi. Mustaqillikka erishgach, yangi jamiyatda iqtisodiyotni rivojlantirish va tartibga solish masalasi dolzarb bo‘lib qoldi. Endi davlat o‘zining milliy korporativ huquqini yaratishi zarur edi. XVIII asr oxiri — XIX asr boshlarida Amerika iqtisodiyoti mustaqil rivojlana boshlagan davrda davlat hokimiyatining korporatsiyalar ustidan nazorati kuchli bo‘lgan. Har bir korporatsiyani tashkil etish uchun alohida qonun yoki hukumat ruxsati talab etilgan. Bu tizim vaqt o‘tishi bilan erkin tadbirkorlik tamoyillariga zid bo‘lib qoldi. Shu davrdan boshlab AQShda birinchi korporativ qonunlar ishlab chiqila boshladi. Amerika tarixida birinchi umumiy korporativ qonun sifatida tan olingan New York Manufacturing Incorporation Act (1811) iqtisodiy hayotda yangi bosqichni boshlab berdi. Unga ko‘ra, ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar shtat parlamentining maxsus ruxsatisiz korporatsiya tuzish huquqiga ega bo‘ldilar. Ushbu huquqiy yangilik korporatsiya tashkil etish jarayonini sezilarli darajada soddalashtirdi va iqtisodiy o‘sish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Eng avvalo, 1811-yilgi Nyu-York “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 109 qonuni korporatsiyalarni parlamentning alohida ruxsatisiz tashkil etish imkonini bergan bo‘lib, bu tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga kuchli turtki bo‘ldi. Mazkur qonun ishlab chiqarish korxonalarining mustaqil ravishda tashkil topishiga huquqiy asos yaratgan bo‘lsa-da, ularning faoliyatiga ma’lum cheklovlar ham qo‘yilgan edi. Jumladan, korporatsiya faoliyat muddati 20 yil bilan chegaralangan va ustav kapitalining maksimal miqdori 100 ming AQSh dollaridan oshmasligi belgilangan 20 . Shunga qaramasdan, ushbu qonun Amerika korporativ huquqi tarixida muhim burilish yasab, yangi huquqiy tamoyil — cheklangan javobgarlik prinsipini huquqiy jihatdan mustahkamladi. Unga ko‘ra, aksiyadorlar korporatsiyaning majburiyatlari uchun faqat o‘zlari kiritgan kapital miqdorida javobgar bo‘lishlari nazarda tutilgan edi. Qonunning matnida bu holat quyidagicha ifoda etilgan: “Jamiyat tarqatib yuborilgan paytda uning zimmasida bo‘lgan va to‘lanishi lozim bo‘lgan barcha qarzlar bo‘yicha bunday jamiyatni tashkil etgan shaxslar mazkur jamiyatdagi o‘zlariga tegishli aksiyalar paketi doirasida yakka tartibda javobgar bo‘ladilar” 21 . Mazkur norma tadbirkorlik xavfini kamaytirdi, investorlarning moliyaviy ishonchini mustahkamladi va natijada korporativ kapitalni jalb qilish imkoniyatlarini keskin kengaytirdi. Bu qonun boshqa shtatlarga ham o‘rnak bo‘lib, qisqa vaqt ichida o‘nlab shtatlar shunga o‘xshash inkorporatsiya qonunlarini qabul qildilar. Nyu-York qonunidan besh yil o‘tib, 1816-yilda Nyu-Jersi shtati ham o‘zining ilk korporativ qonunini qabul qildi. Ushbu qonun dastlab Nyu-Yorkdagi huquqiy modelga tayanib ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, u ko‘proq iqtisodiy rag‘batlantirish elementlarini o‘z ichiga olgan edi. Nyu-Jersi hukumati o‘z hududiga sarmoya jalb etish maqsadida korporatsiyalarni tuzish tartibini soddalashtirdi. XIX asr oxiriga kelib, 1896-yilda Nyu-Jersi korporativ qonunchiligi tubdan yangilandi. Mazkur hujjat “Modern Corporation Act of 1896” nomi bilan tanilgan bo‘lib, u korporatsiyalarga keng avtonomiya va boshqaruv erkinligi berdi: ular o‘z 20 Eric Hilt, Organizations, Civil Society, and the Roots of Development (University of Chicago Press, 2016), chap. 5, https://www.nber.org/books-and-chapters/organizations-civil-society-and-roots-development/corporation-law-and-shifttoward-open-access-antebellum-united-states. 21 Frederick G. Kempin, Jr., Limited Liability in Historical Perspective, 4 AM. BUS. L. ASS’N BULL. 24p. (1960). “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 110 ustavlarini erkin belgilash, boshqa korporatsiyalarni sotib olish va filiallar ochish huquqiga ega bo‘ldilar. Bu qonun aksiyadorlar va direktorlar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni aniq belgilab, kompaniyalarga turli turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish imkonini yaratdi. Natijada, Nyu-Jersi qisqa muddatda “korporatsiyalar uchun boshpana” (haven for corporations) sifatida tanildi va ko‘plab yirik kompaniyalar o‘z faoliyatini aynan shu shtatda ro‘yxatdan o‘tkazdi. Biroq, bu jarayon tanqidchilarsiz kechmadi. Ba’zi huquqshunoslar (Adolf A. Berle va Gardiner Means) Nyu-Jersi qonunlarini “korporativ hokimiyatni haddan ortiq kengaytirgan” deb baholagan. Shunga qaramay, Nyu Jersi tajribasi korporatsiyalarni markazlashtirish va iqtisodiy raqobatni kuchaytirishda muhim rol o‘ynadi. Nyu-Jersining ustun mavqei uzoq davom etmadi. 1899-yilda Delaver shtati “General Corporation Law”ni qabul qildi. Ushbu qonun Nyu Jersi tajribasiga asoslangan bo‘lsa-da, yanada moslashuvchan, soddalashtirilgan va biznesga qulay bo‘lgan me’yorlarni o‘z ichiga olgan edi. Delawer General Corporation Law (DGCL) soddaligi, aniqligi va korporatsiyalar manfaatlarini himoya qiluvchi yondashuvi bilan tez orada milliy va xalqaro miqyosda e’tirof etildi. Delaver Umumiy korporatsiya qonunining muvaffaqiyati uchta omilga tayanadi: Huquqiy aniqlik – DGCL soddaligi bilan boshqa qonunlaridan ajralib turadi. Sud amaliyoti – Delawer Chancery Court jury (hay’at) ishtirokisiz, faqat sudya tomonidan ish ko‘rib, korporativ nizolarni tez va professional hal etadi. Delawer Chancery Court AQSh korporativ huquqi bo‘yicha boy pretsedentlar tizimini yaratgan. Qulay soliqqa tortish tizimi – Delaverda korporatsiyalarga nisbatan soliq siyosati boshqa shtatlarga nisbatan eng yumshoq tizim hisoblanadi. Delaver shtati AQSh fond birjalarida ro‘yxatga olingan aksariyat ochiq aksiyadorlik jamiyatlari uchun yetakchi yurisdiksiya hisoblanadi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bunday korporatsiyalarning yarmidan ko‘pi, jumladan, Fortune 500 kompaniyalarining 67,7 foizi, aynan Delaverda inkorporatsiya qilingan. Shu bilan birga, Delaver boshqa shtatlarda joylashgan kompaniyalar o‘z huquqiy manzilini bu shtatda ro‘yxatdan o‘tkazishni afzal ko‘radigan asosiy “tashqi inkorporatsiya” markazi sifatida ham tanilgan. Garchi ayrim shtatlarda ro‘yxatdan o‘tgan biznes “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 111 subyektlari soni ko‘proq bo‘lsa-da, Delaver yildan-yilga tashkil etilayotgan yangi korporatsiyalar soni bo‘yicha Nyu-York, Ogayo, Virjiniya va Pensilvaniya bilan bir qatorda doimiy ravishda eng yuqori beshlikdan joy oladi 22 . Shuningdek, huquqshunos Uilliam Kery ham o’z maqolasida Delaver qonunlarini “eng mukammal korporativ o‘zini-o‘zi boshqarish modeli” sifatida e’tirof etadi 23 . Xulosa qilib aytganda, XIX asrning boshlarida Nyu-york, Nyu-Jersi va Delaver shtatlarida qabul qilingan qonunlar korporativ huquq tarixida burilish yasadi. NyuYorkning 1811-yildagi qonuni korporatsiyalar uchun huquqiy poydevor yaratgan bo‘lsa, Nyu-Jersining 1816 va 1896-yillardagi qonunlari ushbu tizimni kengaytirib, iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy qildi. Delaver esa 1899-yilda korporativ huquqni yanada moslashuvchan va investorlar uchun qulay shaklga keltirib, nafaqat AQShda korporativ huquqining, balki umumiy korporativ huquqning zamonaviy modelini yaratdi. Huquqiy nuqtai nazardan erkin inkorporatsiya, cheklangan javobgarlik, korporativ mustaqillik va umumiy inkorporatsiya qonunlari korporatsiyani muhim huquqiy institutga aylantirdi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. H.R.Rahmonqulov, S.S.Gulyamov. Korporativ huquq. Huquqshunoslik oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. – T.: TDYl nashriyoti, 2008. 448-bet. 2. Eric Hilt, Organizations, Civil Society, and the Roots of Development (University of Chicago Press, 2016), chap. 5. 3. Frederick G. Kempin, Jr., Limited Liability in Historical Perspective, 4 AM. BUS. L. ASS’N BULL. 24p. (1960). 4. Cary, W. L. (1974). Federalism and Corporate Law: Reflections Upon Delaware. Yale Law Journal, 83(4), 663–705. 5. Romano, R. (1993). The Genius of American Corporate Law. AEI Press. 22 https://corplaw.delaware.gov/facts-and-myths/?utm_source 23 Cary, W. L. (1974). Federalism and Corporate Law: Reflections Upon Delaware. Yale Law Journal, 83(4), 663–705.