TIL TA'LIMIDA MULTIMEDIA IMKONIYATLARI
Abstract
Hozirgi vaqtda axborot texnologiyalari axborotning asosiy manbalaridan biri bo‘lib, darsliklardan farqli o‘laroq, interfaollik, multimedialilik darajasi nihoyatda yuqori bo‘lib, o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadigan va o‘quv materiallarini muvaffaqiyatli egallashga hissa qo‘shadigan vosita hisoblanadi.
Full text
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 09, 2025 14 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com TIL TA’LIMIDA MULTIMEDIA IMKONIYATLARI O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Mirkasimova Zilola Alisherovna zilolaxakimova00[email protected]om ANNOTASIYA Hozirgi vaqtda axborot texnologiyalari axborotning asosiy manbalaridan biri bo‘lib, darsliklardan farqli o‘laroq, interfaollik, multimedialilik darajasi nihoyatda yuqori bo‘lib, o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadigan va o‘quv materiallarini muvaffaqiyatli egallashga hissa qo‘shadigan vosita hisoblanadi. Kalit so‘zlar. Til o‘rgatish imkoniytalari, maktabgacha ta’lim, so‘z boyligi, nutq madaniyati, grafika, animatsiya. Multimedia lotincha multi - ko‘p, media – axborot tashuvchi, vositachi, ma’nolarini anglatadi. Kompyuterning matn, grafika, tovushli va videoma’lumotlar bilan ishlashga imkon beruvchi qurilma. Bugungi kunda ta’lim jarayonida kommunikativ axborot vositalari, xususan, multimedia resurslaridan foydalanish zaruriy ehtiyojga aylandi. Multimedia - bu zamonaviy texnik va dasturiy vositalardan foydalanib, interfaol dasturiy ta’minot ostida boshqariladigan video va audio effektlarning o‘zaro bog‘liqligi bo‘lib, matn, tovush, grafika, tasvir, videoni birlashtiradi. Bunda ma’lumot turli axborot tashuvchilarida (magnit va optik disklar, audio va video tasmalar) mavjud bo‘lishi mumkin. Multimedia tushunchasi mutaxassislar tomonidan turlicha ta’riflanadi. Jumladan, U.Xodjayev ta’rificha, multimedia (multimedia - ko‘p muhitlilik) vositalari bu texnik va dasturlar to‘plami bo‘lib, u insonga o‘zi uchun tabiiy bo‘lgan juda turli-tuman muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiyalarni ishlatgan holda zamonaviy texnologiya vositasida, biror axborotni insonga odatdagidan ko‘ra ko‘proq olish imkonini beradi. G.Sobirova fikricha esa, multimedia (multi - ko‘p, media - muhit) - bu kompyuter texnologiyalarining sohasi bo‘lib, turli axborot saqlovchi vositalaridagi turli fizik ko‘rinishda ifodalangan axborotlarga ishlov beradi. Multimedia AKT ning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarga mashg‘ulotlar o‘tish, til o‘rgatish faoliyati jarayonida keng foydalanib kelinmoqda. Mutaxassislar ta’kidicha, agar bolalar berilayotgan materiallarni ko‘rish (video) asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlab qolishi 2530 % ga oshadi. Bunga qo‘shimcha sifatida o‘quv materiallari audio, video va grafika ko‘rinishida mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab borish 75 %
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 09, 2025 15 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com ga ortadi. Multimedia vositasi imkoniyatlari orqali bolalar tillarni samarali o‘zlashtiradilar (2.3.2-rasmga qarang): 2.3.2-rasm. Multimedia vositalari orqali MTTlarda til o‘rgatish va bilingvallikni shakllantirish imkoniyatlari Yuqorida qayd etilganidek, maktabgacha yoshda yangi bilimlarni o‘zlashtirishda bolalar uchun ko‘rgazmali vositalar juda muhim ahamiyat kasb etadi. Keyingi yillarda ko‘rgazmali vositalar safiga multimedia vositalari ham qo‘shildi. Agar katta yoshdagi kishilar yangi so‘zlarni og‘zaki tarjima va tushuntirish vositasida, so‘zlar assotsiatsiyalari, obrazlar va ko‘rgazmali rasmlar asosida birdek o‘zlashtirsalar, bolalar uchun vaziyatning ko‘rgazmaliligi, ya’ni real ob’ektlar eng muhim vosita. Multimedia vositasida bolalar lug‘at boyligining sekin-asta o‘sib borishi natijasida uning rivojlanishi va ichki leksikasi darajasidagi aloqalari ancha yuqoriroq darajaga ko‘tariladi. Tillarning ta’limi faoliyati jarayonida bolalar va kichik yoshdagi o‘quvchilarning lug‘at boyligini va nutq madaniyatini o‘stirishda audio va video vositalar, multimedilardan foydalanishning ham ta’limiy, ham tarbiyaviy samarasi katta. Xususan, xorijiy tillarni o‘rgatish va o‘rganishda texnika vositalari ma’lumotlarini kengaytirish uchun qo‘shimcha resurslar va vositalarni taqdim etadi, eng muhimi, barcha o‘quvchilarni birdek jalb eta oladi. FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. G‘ulomov S.S., Shermuhammedov A.T., Begalov B.A. Iqtisodiy informatika. – T.: O‘zbekiston, 1999. – 527 b. 2. https://infourok.ru/multimedia_tizimlari_va_tehnologiyalariningasosiy tushunchalari_mavzusida_maruza437053.htm
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 09, 2025 16 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com 3. Prensky M., Digital Natives, Digital Immigrants Part 2: Do They Really Think Differently?. // On the Horizon, 9 (6) 1. 2001 b. – 6 doi: http://dx.doi.org/10.1108/10748120110424843. 4. Xodjaev O‘.O‘. Multimedia vositalari turlari va ta’lim tizimida qo‘llanilishi. https://multiurok.ru/blog/mul-timiedia-vositalari-turlari-va-talim-tizimida-kullanilishi.html 5. Коряковсева О.В. Методика обучения английскому языку детей предшкольного возраста: Дис… канд. пед. наук. – М. – С. 73. 6. Собирова Г.С. Мулътимедиа в обучении грамматике английского языка учашихся общеобразовательних школ. Монография. – Т., 2020. – 152 с.