scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH TA'LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY YONDASHUVLARNING AHAMIYATI

Qurbonova Gulnora Murtaza qizi

Full text

647 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANG'ICH TA'LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY YONDASHUVLARNING AHAMIYATI Qurbonova Gulnora Murtaza qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Pedagogika fakultiteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 2-BT-S-21 guruh 5-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17374112 Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kundagi ta’limda bo‘layotgan islohotlar va zamonaviy maktablarda rivojlanish jarayonlari, O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’limga zamonaviy yondashuvlarning o‘ziga xos xususiyatlari, yutuq va kamchiliklari, afzalliklari, ta’lim jarayonini aniq vositalar yordamida samarali tashkil etish lozimligi, “Milliy o‘quv dasturi” asosida tuzilgan yangi avlod darsliklarining amaldagi qiyosiy tahlili, kompetensiya, tinglab tushunish,o‘qib tushunish va yozma nutqning o‘quvchilarda qay tarzda rivojlanishi, ahamiyatliligi, rivojlangan xorijiy davlatlar ta’lim tizimi mohiyatlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: Boshlang‘ich ta’lim, kompetensiya, tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qib tushunish, yozma nutq, zamonaviy ta’lim, xorijiy tajriba, darslik, dastur, milliy o‘quv dasturi. Abstract. In this article, today's educational reforms and development processes in modern schools, specific features, achievements and disadvantages, advantages of modern approaches to primary education in Uzbekistan, effective organization of the educational process using specific tools Necessity, practical comparative analysis of new generation textbooks based on the "National Curriculum", how competence, listening comprehension, reading comprehension and written speech develop in students, their significance, the essence of the educational system of developed foreign countries are highlighted. Key words: primary education, competence, listening comprehension, speaking, reading comprehension, written speech, modern education, foreign experience, textbook, program, national curriculum. Аннотация. В данной статье рассматриваются реформы образования сегодня и процессы развития в современной школе, характеристики, достижения и недостатки, преимущества современных подходов к начальному образованию в Узбекистане, эффективность образовательного процесса с использованием конкретных инструментов, необходимость организации, практическая направленность. Сравнительный анализ учебников нового поколения на основе «Национальной учебной программы», как развиваются у учащихся компетентность, понимание на слух, понимание прочитанного и письменная речь, их значение, сущность образовательной системы развитых зарубежных стран. Ключевые слова: начальное образование, компетентность, аудирование, говорение, понимание прочитанного, письменная речь, современное образование, зарубежный опыт, учебник, программа, национальная учебная программа. KIRISH: Davlatimiz rahbari “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan soha vakillariga yo‘llagan tabrik nutqida ta’kidlaganidek, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Aynan, shuning uchun ham, prezident: “Maktabda o‘qitish metodikasi o‘zgarmasa, ta’lim sifati ham, mazmuni ham, muhit 648 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz ham o‘zgarmaydi”,–deb ta’kidlaganlarida “Uchinchi Renessans poydevori”ni ta’lim islohotlarida ko‘rdi. Ta’lim jarayoni uzluksiz bo‘lib, uning shakllanishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan sifatli natijalarga olib keladigan islohotlarga bog‘liqdir. Ushbu maqolada biz asosan umumiy o‘rta ta’limning ilk bo‘g‘ini hisoblangan boshlang‘ich ta’lim haqidagi fikrlarga alohida e’tibor qaratamiz. Haqiqatan ham, ta’limga zamonaviy yondashuvlar ta’lim jarayonini aniq vositalar yordamida samarali tashkil qilish va qo‘yilgan o‘quv dasturlariga muvaffaqiyatli erishish natijalarini kafolatlaydi. Davlatimiz rahbari avvalo maktablarda o‘quv yuklamasi va darslar sonini qayta ko‘rib chiqish, o‘quvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarurligini ta’kidladi. Bu borada Finlandiya tajribasi misol qilib keltirildi. Ushbu mamlakat umumiy savodxonlik, tabiiy fanlar va matematika bo‘yicha dunyoda eng ilg‘orlardan biri. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Ta’limni isloh qilish haqida fikr yuritar ekanmiz, ta’lim olishning asosiy vositasi bo‘lgan darsliklarni yangilamay turib, o‘quvchi va o‘qituvchi mustaqilligiga erishmasdan natijaga erishib bo‘lmaydi. Bu haqda Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning:“Darsliklar masalasida ham ancha muammo borligi uning ichiga kirgach bilindi. Ularning saviyasi haqida katta muhokamalar bo‘ldi. Finlandiya standarti bilan 14 -sinflar uchun darsliklar qiladigan bo‘ldik. Finlandiya xalq ta’limi Yevropa miqyosida, umuman, dunyoda raqobatbardosh hisoblanadi”, - degan fikrlari bu sohaga yuksak iqtidorga ega soha vakillarini jalb qilishni anglatadi. Barcha maktablarda “Milliy o‘quv dasturi”ni to‘laqonli joriy etish hamda mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan yaratilgan zamonaviy darsliklarni amaliyotga kiritish amalga oshirildi. Boshlang‘ich maktab o‘quvchining umumiy ta’lim jarayonidagi eng muhim bosqichdir. To‘rt yil ichida u nafaqat fan fanlarining dasturiy materialini o‘zlashtirishi, balki qanday o‘rganishni – “professional talaba” bo‘lishni ham o‘rganishi kerak. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining mas’uliyati doimo eksklyuziv bo‘lgan. Boshlang‘ich maktabda olingan ta’lim keyingi ta’lim uchun asos, poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Boshlang‘ich ta’lim boshlang‘ich maktabning sifat jihatidan yangi shaxsga yo‘naltirilgan rivojlanish modelini belgilaydi, u quyidagi asosiy maqsadlarga erishish uchun mo‘ljallangan:o‘quvchi shaxsini rivojlantirish, uning ijodiy qobiliyatlari, o‘qishga qiziqish, o‘rganishga intilish va qobiliyatni shakllantirish; ma’naviyaxloqiy va estetik tarbiya; turli tadbirlarni amalga oshirishda bilim, ko‘nikma, tajriba tizimini o‘zlashtirish; bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash; bolaning individualligini saqlash va qo‘llab-quvvatlash. Jahon ta’lim tizimini kuzatar ekanmiz, har bir rivojlangan davlatning boshlang‘ich ta’limida alohida ustivorlikka ega jihatlar mavjud. Jumladan, Xitoyda 6 yoshga to‘lgan bolalar boshlang‘ich maktab yoki o‘rta maktabga kiradilar va u yerda 6 yil o‘qiydilar. Boshlang‘ich maktabda bolaning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga katta e’tibor beriladi. Bolalar jismoniy tarbiya darslariga ko‘p vaqt ajratadilar, cholg‘u asboblarini chalishni o‘rganadilar, ingliz va rus tillaridagi bilimlarini oshiradilar. Darslar 7:00 da boshlanadi. Har kuni ertalab barcha o‘quvchilar o‘qituvchilar bilan birgalikda jismoniy mashqlar qiladilar. Keyin soat 8.00 dan 12.00 gacha tabiiy va matematika fanlari o‘rganiladi. Soat 12.00 dan 13.00 gacha tushlik tanaffusi mavjud bo‘lib, unda bolalar maktabda uxlashlari mumkin, tushdan keyin esa gumanitar fanlar bo‘yicha yana uchta dars o‘tkaziladi. Keyin bolalar uy vazifalarini bajaradilar va faqat soat 16.00 da uyga qaytishlari mumkin. Turkiya boshlang‘ich ta’lim tizimida ekologiyaga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, 2005-yilda joriy qilina 649 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz boshlagan boshlang‘ich maktab o‘quv dasturida u yoki bu tarzda ekologik muammolarga ta’sir etuvchi mavzular “Hayot xavfsizligi (atrof-muhit)”, “Tabiiy fanlar va texnologiya” fanlari materiallariga kiritilgan. Ta’lim muassasasi qoidalariga ko‘ra, ushbu fanlar quyidagi funksiyalarni bajaradi: o‘z-o‘zini bilish, tabiat va unda sodir bo‘layotgan jarayonlarni tushunish qobiliyati, hayot sifatini yaxshilash yo‘llarini topish, tabiiy resurslardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganish. Finlandiya 2014-yilda asosiy ta’lim bo‘yicha yangi milliy tayanch o‘quv dasturini ishlab chiqdi va u 2016-yil avgust oyidan boshlab Finlandiya maktablarida amaliyotga joriy qilina boshlandi. O‘quv dasturini isloh qilishdan maqsad o‘qituvchilar va pedagoglarga bolalar va yoshlarning hayotida zarur bo‘lgan narsalarni o‘rgatishda yordam berishdir. (Sahlberg 2015.) Finlandiya ta’limining oliy maqsadi farzandlarimizni hayotga tayyorlashdir. Biz farzandlarimiz kelajakda ularning hayotida yordam beradigan bilim, ko‘nikma, munosabat va qadriyatlarni o‘rganishlarini xohlaymiz. Shuning uchun biz bugungi tez o‘zgaruvchan dunyoda ularga qanday muhim kompetensiyalar kerak bo‘lishi haqida o‘ylashimiz kerak. Boshlang‘ich ta’limda o‘qish savodxonligi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yangi yaratilgan “Milliy o‘quv dasturi” asosida chiqarilgan darslikda o‘quvchilarning og‘zaki bilim ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratilgan.O‘qish (umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinflari o‘quv rejasidagi adabiyot) fani og‘zaki va izchil nutqni o‘stirish, so‘z boyligini oshirish, to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o‘rgatish bilan birga ularda kitobxonlik va nutq madaniyati hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. O‘qish darslari oldiga qo‘yilgan tarbiyaviy vazifaning muvaffaqiyatli hal etilishi darsda badiiy asar matni ustida ishlash bilangina bog‘liq bo‘lib qolmay, balki bolani qurshab olgan hayot, tabiatdagi o‘zgarishlar, ekologik vaziyat, ijtimoiy foydali mehnat bilan ham o‘zaro bog‘liq bo‘lishi lozim. MUHOKAMA VA NATIJALAR O‘quvchini o‘qishga o‘rgatishda hayot tajribalariga tayanib ish ko‘riladi. O‘qish darslari bolalarda go‘zallikka muhabbat uyg‘otadigan, poklik tuyg‘ulariga ozuqa beradigan, hissiyotni o‘tkirlashtiradigan, aqlni charxlaydigan, tasavvurlarni boyitadigan, estetik didni o‘stiradigan musiqa va tasviriy san’at fanlari bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi kerak. O‘qish, musiqa va tasviriy san’at darslarini o‘zaro bog‘lab uyushtirish bolalarda san’at asarlarini to‘g‘ri tushunish va qadrlash ko‘nikmalarini o‘stiradi, o‘quvchining shaxs sifatida ma’naviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiladi. “Ona tili va o‘qish savodxonligi” fanida (milliy o‘quv dasturida boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish bitta fanga birlashtirilgan) grammatik qoidalarga emas, nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga urg‘u berilgan. Ona tili o‘qitish orqali shu til bo‘yicha egallanadigan nutqiy faoliyatning asosiy turi: nutqni tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish amallari bo‘yicha har bir sinfda taqazo etiladigan malaka va ko‘nikmalar me’yorini rivojlantirish, bunda o‘qish hamda mehnat jarayonida ,oila va jamoat joylarida yuzaga keladigan turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikr almasha olish va fikr bayon eta bilish, eshitilgan materialni idrok etish, shuningdek, yozma manbalarni o‘qish orqali axborot olish, voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirish tarzida muloqotga kirishish malakasini egallab borish dinamikasi nazarda tutiladi. Bugungi kunda boshlang‘ich ta’limga zamonaviy yondashuvlarni o‘rinli deb hisoblaymiz. Milliy o‘quv dasturi asosida yangi darsliklarning yaratilishi, xorijiy dasturlarning ta’lim tizimiga joriy qilinishi fikrimizning dalilidir. O‘zbekistonda jumladan, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi hamkorligida “Ona tili va o‘qish savodxonligi” 650 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz hamda “Matematika” fanlaridan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun yangi darslik va qo‘llanmalar ishlab chiqildi. 2022−2023-o‘quv yilida Namangan va Sirdaryo viloyatlaridagi 918 ta maktabda “Ona tili va o‘qish savodxonligi” hamda “Matematika” fanlaridan boshlang‘ich sinflar uchun yangi darsliklar sinovdan o‘tkazilmoqda. K.D. Ushinskiyning fikricha, bolaga ta’lim va tarbiya berishda tilning qimmati dastlab ijtimoiy hodisaning chuqur xalqchilligi bilan, uning milliy xarakteri bilan belgilanadi. U “tilda chuqur ma’noli ko‘pdan ko‘p falsafiy fikrlar, chinakam nafis his-tuyg‘ular, nihoyatda to‘g‘ri, ko‘rkam did, fikrni bir yerga to‘plab, zo‘r diqqat bilan qilingan mehnat izlari, tabiat hodisalarini va ulardagi eng nozik rang-barangliklarni g‘oyat darajada ziyraklik bilan his etish, kuzatuvchanlik, zo‘r mantiqiylik ... bor”, deb ta’riflaydi. K.D.Ushinskiy o‘zining “Ona tili masalasini qo‘ydi. Chunki xalqchillik dastlab ona tilida o‘z ifodasini topadi. Bolaning shaxsiyati, bilimi, malakasi, ma’naviy qiyofasi ana shu til ta’sirida shakllanadi. XULOSA: Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Zamonaviy boshlang‘ich ta’lim uchun istiqbolli, ustuvor yo‘nalishlardan biri bu – o‘quvchilarning yetuk shaxs sifatida rivojlanishi hamda milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash asosidan iboratdir. Zamonaviy ta’lim O‘zbekiston yoshlarini istibolli kelajakka eltadi. Ta’limtarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo‘q. Qanchalik murakkab bo‘lmasin, maktab ta’limida poydevorni bugundan mustahkam qo‘yishimiz kerak. References: 1. Prezident Sh.Mirziyoyevning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tabrik nutqi. Toshkent, 2020 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi 3. Ona tili fani bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari. Toshkent, 2021. 4. https://kun.uz/uz/news/2022/10/08/ 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.05.2022 yildagi PF-134-son 9. 6. Ona tili ta’limi mazmunidagi takomillashuv. Ma’rifat. 2022-yil 27-iyul. №29 (9406). 7. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Ta’lim to‘g‘risida. 23.09.2020 yildagi O‘RQ637son.