scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SHARQIY SURXONDARYO IJTIMOIY LEKSIKASIGA XOS FRAZEOLOGIZMLARNING STRUKTUR-SEMANTIK TABIATI

Saidova Sayyora Eshonqulovna

Full text

663 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz SHARQIY SURXONDARYO IJTIMOIY LEKSIKASIGA XOS FRAZEOLOGIZMLARNING STRUKTUR-SEMANTIK TABIATI Saidova Sayyora Eshonqulovna Termiz Davlat Universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi o’qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17374151 Annotatsiya: Ushbu maqolada Sharqiy Surxondaryo-Denov, Sariosiyo va Uzun tumanlarida yashaydigan o‘zbek-tojik millati ijtimoiy leksikasiga xos frazeologizmlarni struktur-semantik tabiati to‘g‘risida so‘z ketadi. Shuningdek maqolada Sharqiy Surxondaryoda yashaydigan o‘zbek va tojik milatiga xos frazeologizm, so‘z turkumi, matal, ibora frazeologik birliklar, matal, ibora idioamalar haqida aytib o‘tilgan. СТРУКТУРНО-СЕМАНТИЧЕСКАЯ ПРИРОДА ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ, ХАРАКТЕРНЫХ ДЛЯ СОЦИАЛЬНОЙ ЛЕКСИКИ ВОСТОЧНОГО СУРХАНДАРЬИ Аннотация. В данной статье рассматривается структурно-семантическая природа фразеологизмов, характерных для социальной лексики узбеков и таджиков, проживающих в Восточном Сурхандарье — в Деновском, Сариосийском и Узунском районах. Кроме того, в статье упоминаются фразеологизмы, части речи, пословицы, выражения, фразеологические единицы и идиомы, присущие узбекскому и таджикскому населению Восточного Сурхандарьи. THE STRUCTURAL AND SEMANTIC NATURE OF PHRASEOLOGICAL UNITS SPECIFIC TO THE SOCIAL LEXICON OF EASTERN SURKHANDARYA Annotation. This article examines the structural and semantic nature of phraseological units specific to the social lexicon of Uzbeks and Tajiks living in Eastern Surkhandarya — in Denov, Sariosiyo, and Uzun districts. In addition, the article discusses phraseological expressions, parts of speech, proverbs, idioms, and other phraseological units characteristic of the Uzbek and Tajik communities in Eastern Surkhandarya. Kalit so‘zlar: Til, frazeologizm, frazeologik birliklar, struktur-semantik tabiati, so‘z turkumi, matal, ibora, idioma maqollar, aforizmlar. Tilning leksik qatlami murakkab bo‘lib, unda shakl va ma’no jihatidan turli birliklar muqim yoki vaqtincha yashashi mumkin. Frazeologik birliklar tilda muqim yashovchi birlik bo‘lib, tilning go‘zal va jozibador bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Frazeologik birliklar masalasida yondashuvlar turli til tizimlarida turlichadir. Xususan, rus tilshunos olimi V.Vinogradov frazeologik birliklarning asosiy xususiyati ularning shakl jihatdan barqarorligida bo‘lib, ular nutq jarayonida paydo bo‘lmay, balki, inson ongida tayyor holda shakllanadi va kaqmida ikkita mustaqil so‘zning yaxlit ma’no anglatishidan yuzaga kelishini aytib o‘tadi [2, 118-139]. U rus tili materiali asosida frazeologizmlar tasnifini ishlab chiqadi, ularni frazeologik chatishma, frazeologik birlik va frazeologik birikmalarga bo‘lib tasniflaydi. A.V.Kunin frazeologizmlarni to‘liq yoki qisman ko‘chma ma’no anglatuvchi barqaroq birikmalardir, deb ta’kidlaydi. 664 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Tuzilishiga ko‘ra, so‘z birikmasi, gapga teng, bir butun, umumlashgan ma’no anglatadigan, nutq jarayonida yaratilmay nutqqa tayyor holda kiritiladigan lug‘aviy birliklar frazeologik birliklardir. Turg‘un birikmalarning obrazli, ko‘chma ma’noga ega turi [6, 124]. G‘arb olimlari orasida R.Glezer o‘zining tadqiqot ishlarida barqaror birikmalarning barcha turiga nisbatan “frazeologik birlik” terminini qo‘llaydi. Uning fikricha, kamida ikki va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lgan, sintaktik va semantik turg‘unlikka ega barqaror birikmalar frazeologik birliklardir[5, 13]. Biz ham yuqoridagi fikrlarga qo‘shilgan holda, aytishimiz mumkinki, frazeolgik birliklar asosan ko‘chma ma’no ifodalashga xoslangan. Biroq frazeologizmlar tadqiqiga keng yondashuvda qaralsa, unda ba’zi frazeologizmlar o‘z ma’nosida ham qo‘llanishi mumkinligini ham qayd etish mumkin. Ya’ni bu toifa yondashuv oʻzida jami turgʻun va barqaror birliklarni jamlaydi. Xususan, maqollar to‘liq yoki qisman o‘z ma’nosida ishlatiladi, bundan tashqari, birikmali nomlarning barchasi, qanotli jumlalar, aforizmlarni ham shu qatorga qoʻshish mumkin. Negaki bugungi tilshunoslik nuqtayi nazaridan frazeologiya yoki frazeologik birliklar keng va tor ma’noda anglanadi. Keng ma’noda tushunuvchi tilshunoslar frazeologik birliklarnning ichki turlariga maqol, matal, aforizmlar va shu kabi turg‘un tuzilishli va ibratli ma’noga ega birliklarni kiritadilar. Tor ma’no tarafdorlari esa ikki va undan ortiq so‘zdan iborat, ko‘chma ma’no anglatuvchi turg‘un birliklarni o‘rganish bilan chegaralanadilar. Aniq bir obyektni chuqur o‘rganish frazeologik birliklar tadqiqi uchun amaliy ahamiyatga ega. Frazeologizmlarning semantik xususiyatlarini tadqiq qilish orqali ularda frazeologik polisemiya, frazeologik sinonimiya, frazeologik antonimiya va paronimiya hodisalari borligi aniqlangan. Frazeologizmlarning variantlanishi, ularning komponentlari almashtirilishi, qo‘llanilishi, tushurib qoldirilishi, transformatsiya qilishga bog‘liq. Frazeologik birliklarda otlik, ravishlik, undovlik, frazeologizmlar farqlanadi. [1, 6]. Frazeologizmlar insonning ichki va tashqi ko‘rinishi, psixik xolati, histuyg‘ulari, voqea-hodisalar va xatti-harakatlarga munosabatini obrazli ifodalash asosida hosil bo‘ladi. Frazeologik birliklar tarkiban so‘zlardan tashkil topsa-da, morfologik jihatdan bo‘linmasdir. Frazeologizmlar xususiy sintaktik tuzilmalarga ega. Frazeologizmlarning strukturasi grammatik va semantik xususiylikka ega bo‘lgan bir-biri bilan uzviy bog‘langan leksemalardan tarkib topgan. Ular birgalikda butun bir ma’no ifodalaydi. Frazeologik birliklarning tarkibidan biror komponentni chiqarib tashlash bu birliklarni frazeologizmlar tarkibidan chiqib ketishiga sabab bo‘ladi. Frazeologizm emotsionalekspressiv hissiyotlarni uyg‘otish maqsadida obrazli ifoda sifatida qo’llaniladi. Frazeologik birliklar xususiy tarixiy qo‘llanish me’yorlariga, ega bo’lib, ularning ma’nolari muayyan nutqiy jarayonda oydinlashadi. Frazeologizm to’liq yoki qisman koʻchma ma’noga ega bo’lgan turgun soʻz birikmasidir. Frazeologizmlar soʻz birikmasi shaklini yoʻqotmagan holda bitta soʻz, bitta leksema boʻlishga intilayotgan leksikolizatsiyalashgan soʻz birikmasi. Frazeologik birliklar lugʻaviy birlik sifatida ma’noning yaxlitligi, tarkibning murakkabligi, komponentlar tarkibining barqarorligi, grammatik barqarorlik, soʻzga muqobillik, semantik transformatsiya (semantik qayta shakllanish) kabi alohida belgilari ularni boshqa til birliklaridan farqlaydi. [4, 133]. Hududlar doirasida amal qiluvchi birlik boʻlgan dialektizmlar doirasida ham frazeologik birliklar mavjud boʻlib, ularning shakli, mazmuni adabiy tildagidan tubdan farq qilishi va aksincha, fonetik yoki leksik jihatdan biroz farqlanishi mumkin. Frazeologik birliklar turiga va xususiyatiga koʻra bir necha turgʻun birliklarga boʻlinadi. Xususan, maqol, matal, ibora, idioma va shu kabilar. 665 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Ularning har birini dialektal jihatdan alohida-alohida tahlilga tortish ahamiyat kasb etadi. Frazeologizmlar ham soʻzlar singari semantik, grammatik va fonetik jihatdan tarkibiysemantik, tarkibiy-grammatik xoslangan tabiatni namoyon qiladi. Shunga qaramay, bu alohidalik ularni soʻz singari, yaxlit, semantik-grammatik butun lugʻaviy birlik sifatida koʻrib chiqishga monelik koʻrsatmaydi. Chunki tor ma’noda frazelogizmlar – ma’nosi bitta leksemaga teng lugʻaviy birliklardir. Keng ma’noda esa frazeologizmlar – tuzilishi, semantikasiga koʻra farqli, ammo turgʻun birikmalardir. Fanda areal frazeologizmlarning modellarini aniqlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar deyarli hyech qanchani tashkil qiladi. Shunga qaramay, ayrim tadqiqotchilar tomonidan bu masalaga qo‘l urilayotganini ko‘rish mumkin[3]. Jumladan, S.M.Kolesnikova, N.N.Kobyakova Mordoviya rus shevalariga oid quyidagi areal modellarni aniqlaydilar: 1. “Sukut qilmoq”, “jim turmoq” gipersemali areal makromodel. 2. “So‘zlamoq” gipersemali areal makromodel[3]. Lugʻaviy birliklar oʻzbek tili leksikasi va frazeologiyasining asosiy negizini tashkil etuvchi qadimiy qatlamdir. Huddi leksikadagi kabi frazeologiyada ham oʻz va oʻzlashma qatlamlar mavjud. Shu jihatdan kelib chiqilsa, Sharqiy Surxondaryo arealiga taalluqli frazeologik birliklarning quyidagi areal modellarini ajratish mumkin bo‘ladi. Umumiy holda bu modellarni: 1) semantik-aksiologik xususiyatiga koʻra hamda 2) grammatik-shakliy xusuiyatiga koʻra koʻrib chiqish zarur boʻladi. Tojik va oʻzbeklar aralash yashaydigan ikki tilli hududlarda toʻliq tojik tilidagi maqol yoki tojik tilidagi maqolning oʻzbekcha varianti ishlatilish holatlari keng tarqalgan. Semantikaksiologik xususiyatiga koʻra hudud frazeologizmlarini 1) “So‘zlamoq” gipersemali areal makromodellarga ajratish oʻrinli. Masalan, “rad qilmoq” gipersemali areal modelning Дили нохоҳама узраш бисёр – istamaganning uzri koʻp singari shakli mavjud. Lingvomadaniy jihatdan qaralsa, ochiq-oshkora e’tiroz bildirish etnomadaniy makon aksiologik tamoyillariga xos boʻlmaganidan, rad qilishning uzr variantini qoʻllash Sharqiy Surxondaryo arealida keng tarqalgan usul sanaladi. Sаriosiyo tumani Xufar, Nodirabegim, Ehtirom, Gulobod, Nurobod mahallalari arealidan farqli, oʻzga arealda “nasihat qilmoq”, “maslahat solmoq” semali maqollar modeli u qadar keng tarqalmaganligini, shunga qaramay bu turdagi birikmalar uchrashini kuzatish mumkin. Chunki bu mahallalarda asosan xufarliklar yashaydilar va ularni xupariho deb ataydilar. Xufarliklar Sariosiyo tumanida yashaydigan tojiklarning katta miqdorini tashkil etadi. Masalan, 1) Кӯрпета дида пота дароз кун – koʻrpangga qarab oyoq uzat; 2) Шаҳри якчашма равӣ, якчашма шав – biror joyga borsang, oʻsha joyning udumi bilan bor; 3) Гӯшта аз нохун ҷудо кардан намеша – etni tirnoqdan ajratib boʻlmaydi; 4) Об агар садпора гардад, боз бо ҳам ошност – suvni ming boʻlak qilsang ham birlashaveradi (yaqin insonlarni ajratib boʻlmasligi haqidagi maqol); 5) Бо моҳ шинӣ, моҳ шавӣ, бо дег шинӣ, сиёҳ шавӣ – qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi; 6) Об аз боло лой – baliq boshidan sasiydi; 7) Келини хушдоманнок деги басарпӯш – qaynonali kelin qarqara kelin; 8) Сихам насўзаю кабобам – six ham kuymasin kabob ham singari. Ammo qayd etish kerakki, 3-, 4-, 5-, 6-, 7-, 8-maqollarda, garchi “nasihat qilmoq”, “maslahat solmoq” semalari aniq biror fe’l orqali namoyon boʻlmagan boʻlsa-da, ularning bu tarzagi ifodasi mazkur frazeologizmlarni semantikaksiologik xususiyatiga koʻra makromodellar tarkibiga kiritishga monelik qilmaydi. Bu frazeologik birliklarni Uzun 666 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz tumanidagi “Mehnat” mahallasi aholisi ham ishlatadi. Sababi ularning kelib chiqishi ham xufarlik boʻlib, toglik Xufar qishlogʻidan Uzunga koʻchib borishgan. Ularni ham xupar, yo xufar deb atashadi. Shu kabi, Хор аз ҷои задагеш мебаро – haqiqatning bir kuni oshkor boʻlishi (garchi bu modelda demoq, aytmoq fe’llari ishtirok etgan boʻlmasa ham, ular semantik (implitsit) tarzda ifoda topgan); Диги айб наёфтӣки бинни сагат каҷ гуфтӣ – boshqa ayb topolmay itingning burni egri demoq kabi frazeologik birikmalarni ham mazkur makromodel tarkibiga qoʻshish mumkin. Shuningdek, tekshirilgan Sаriosiyo tumani Xufar, Nodirabegim, Ehtirom, Gulobod, Nurobod mahallalari arealida duo va qargʻish matnlari ham mavjud boʻlib, ular frazeologik birliklarning ajralmas qismidir. 1. Решет реши ажриқ шава – avloding ajriq tomiriday koʻp boʻlsin. 2. Хонет да баландӣ шава – martabang ulugʻ boʻlsin. 3. Тухмат тухми мӯрчак шава – urugʻining chumoli urugʻday koʻp boʻlsin. 4. Хока гирӣ, зарр гарда – olgan tuprogʻing oltin boʻlsin. Tabiiyki, har bir areal oʻz lingvomadaniy manzarasi bilan oʻzga hudud lisoniy manzarasidan farq qiladi, shunga muvofiq, S.M.Kolesnikova, N.N.Kobyakova taklif etgan makromodellardan farqli, yana “ezgu amalga chorlov, yomonlikdan tiyilish” va “yaxshi va yomon amallar, xil-xususiyatlar” (Masalan, toj.: Да сараш об рехт – tagidan suv quymoq yoki oʻzb.: Etni tirnoqdan ajratib boʻlmaydi; Ishlaganda qulday ishla, otlanganda bekday otlan kabi) gipersemali makromodellarni farqlash lozim, degan fikrdamiz. Chunki turkiy hamda fors-tojik madaniyatlari chatishgan areal oʻzining boy qadriyatiy an’analari bilan keskin ajralib turadiki, bu xususiyat ikki tilli hududlarda faol qoʻllaniluvchi idiomalar misolida, shuningdek, “Qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit” maqolida boʻlgani kabi, aybni “kosa ichida nim kosa” usulida oydinlashtirish harakatlarida koʻzga tashlanadi: Худаша тарозуда анохсодай – oʻzini taroziga solmoq; Димоғаш дар ҳаво – dimogʻiga havo toʻlgan; Чашмаша равған гирифтай – koʻzini yogʻ bosgan; Дар тана зани, шох меларза – tovoniga ursang shoxi zirqiraydi; Mурдаи тайёр, балои чон – tirik tovon; Биринчаш обнобардор – sirkasi suv koʻtarmaydi kabi. Areal jihatdan frazeologizmlar olam manzarasini uning bevosita obraz siftida aks etuvchi belgilari bilan rangin koʻrinishga keltiradi. Jumladan, Дилам хунук шудагӣ – biror ishga koʻngli chopmaslik ma’nosida; Кӯзаҳои оби хунук аз таги пом гузашт; Дилам монд – biror kishidan koʻngli qolish ma’nosidagi frazeologizmlar. Frazeologizmlar oʻziga xos obrazlilik, jonlilik, hamma uchun tushunarlilik va ta’sirchanlik xususiyati bilan ajralib turadi. Frazeologizmlar kuchli, obrazli va emotsional-ekspressiv ma’no ifodalovchi til birliklaridir. Shuning uchun ularning konnotatsiyasini aniqlash uchun unga ma’nodosh boʻlgan soʻzlarning semantikasi bilan qiyoslash kerak. Masalan, terisiga sigʻmadi, ogʻzi qulogʻida frazeologizmlari «xursand» ma’nosini ifodalaydi. Frazeologizmlar mazmunidagi xursandchilik oddiy quvonch boʻlmay xursandchilikning yuksak darajasini ifodalagan. Shuni aytish mumkinki, frazeologizmlarning semantik konnotatsiyasida emotsionallik va ekspessivlikdan tashqari baholash semasi mavjudligini ham kuzatish mumkin. Sodir boʻlgan voqeahodisaga soʻzlovchining munosabati ham qoʻshiladi. 667 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Frazeologizmlarni konnotativ va polisemantik ma’nolariga koʻra, ya’ni, baho munosabati va polisemantik jihatdan tasniflash toʻgʻri boʻladi. 1. Baholash munosabatini ifodalovchi frazeologizmlar; 2. Polisemantik frazeologizmlar. Frazeologizmlar biror narsa-hodisaning nomini koʻchma ma’noda atashdan tashqari salbiy yoki ijobiy baho ifodalashi mumkin. Quyidagi frazeologizmlarni Denov tumanidagi “Sina” mahallasida va Uzun tumanidagi “Malandien”, “Mehnat” mahallarida yashaydigan tojiklar ham ishlatadilalar: a) Ijobiy baho ifodalovchi frazeologizmlar: ogʻzi qulogʻida; terisiga sigʻmadi; boshi koʻkka yetdi. Ijobiy baho ifodalovchi frazeologizmlarga shodlik, baxt, bilimdonlik, xursandchilik, quvonch, boylikni ifodalovchi frazeologizmlarni ham kiritish mumkin. Salbiy baho ifodalovchi frazeologizmlar: Denov tumanidagi “Sina” mahallasida va Uzun tumanidagi “Malandien”, “Mehnat” mahallarida yashaydigan tojiklar nutqida: olasi ichida; sirkasi suv koʻtarmaydi; tirik tovon; oʻzini taroziga solmoq; koʻzini yogʻ bosgan; burni koʻtarilgan; алеш дар дурунаш – olasi ichida. Salbiy baho ifodalovchi frazeologizmlar takabburlik, manmanlik, urushqoqlik, xafagarchilik, nafrat, kamsitish, qargʻash, soʻkish, qoʻrquv, qattiq gʻazablanish, uddaburonlik, shumlik va shu kabi salbiy ma’no ifodalovchi leksemalar bilan ma’nodoshlik qiladi. Polisemantiklikni ifodalovchi frazeologizmlar. Jonli nutqqa xos frazeologizmlar asosan koʻchma ma’noni ifodalaydi. Shu xususiyatiga koʻra ular birdan ortiq ma’no ifodalashi ham mumkin. Masalan, terisiga sigʻmadi frazeologizmi bir paytning oʻzida xursandchilik ma’nosini ham, jahl ma’nosini ham ifodalashi mumkin. Baholash va polisemantik munosabatiga koʻra frazeologizmlar sinonimlik, omonimlik, antonimlik xususiyatlariga ega boʻladi. Sinonim frazeologizmlar: Qarmogʻiga ilinmoq – domiga tushmoq; Uzumini yegin-u bogʻini surishtirma – Sutini ichgin-u sigirini surishtirma; Ogʻzi qulogʻida – terisiga sigʻmadi; olasi ichida – ichidan pishgan; igna yutgan – qulogʻidan quyosh koʻrinadi; oʻzini taroziga solmoq – oʻzini laliga solmoq; Arpaning doni boʻlguncha, bugʻdoyning somoni boʻl – Oʻzga yurtda shoh boʻlguncha, oʻz yurtingda gado boʻl; soyangga qarab boʻy oʻlchama – soyaga qarab toʻn bichma, Mevali daraxt koʻp kaltak yeydi – Mevali daraxtga tosh otiladi; Ангура хӯру богаша напурс – uzumini yegin-u, bogʻini surishtirma; Такка бошаду шир диҳад – Taka bqlsin, sut bersin; Ба дарахти меванок ҳама санг мепарто – Mevali daraxtga tosh otiladi (Denov tumanidagi “Sina” mahallasida va Uzun tumanidagi “Malandien”, “Mehnat” mahallarida yashaydigan tojiklar nutqida). Antonim frazeologizmlar: Burni koʻtarilmoq – yer chizmoq; Qoqqan qoziq – oʻpkasi qoʻlida; Koʻkka koʻtarmoq – tagidan suv quymoq (Denov tumanidagi “Sina” mahallasida va Uzun tumanidagi “Malandien”, “Mehnat” mahallarida yashaydigan tojiklar nutqida). Guvoh bo‘lganimizdek, frazeologizmlar orasida sinonim xususiyatga ega frazeologizmlar son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etadi. Omonim xususiyatga ega frazeologizmlar esa nutq jarayonidagi anglatgan mazmuniga ko‘ra hosil bo‘laveradi. 668 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Frazeologizmlar nominativ va qoʻshimcha ma’nolar ifodalaydi. Qoʻshimcha ma’nolar sifatida kesatish, soʻkish, qargʻish kabi salbiy; erkalash, ragʻbatlantirish, hazil kabi ijobiy ma’nolar ifodalanishi mumkin. Ma’lum hududda qoʻllanuvchi frazeologizmlar adabiy tildagi frazeologizmlarga grammatik va sintaktik jihatdan oʻxshashdir, biroq quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi: 1) hududiy frazeologizmlar soʻzlashuv nutqiga xos birliklardir; 2) leksik va semantik jihatdan monolit birliklardir; 3) obrazlilik jihatidan xilma-xillikka ega; 4) baho munosabati turlicha; 5) bir necha soʻz ekvivalent boʻla oladi; 6) tarkibidagi ba’zi soʻzlar yakka holda qoʻllanilmaydi; 7) polisemantik xususiyatlarga ega. Frazeologizmlarning turli xususiyatlari ularning tashqi shakli asosida oydinlashadi. Frazeologizmlar tarkibiga koʻra bir, ikki, uch va toʻrt komponentli boʻlishi mumkin. Frazeologizmlarni grammatik jihatdan tasniflaganda ularga grammatik tizim nuqtayi nazaridan yondoshish toʻgʻri boʻladi. Frazeologizmlar orasidagi mutanosiblik va nomutanosiblik darajasi, kategorial ma’nosi va semantik ma’nosi, qaysi soʻz turkumiga mansub tayanch birliklar bilan ifodalanishiga koʻra ot, fe’l, ravish va boshqa soʻz turkumlari bilan shakllangan frazeologizmlarga boʻlib oʻrganish mumkin. Semantika murakkab jarayon boʻlib, frazeologik birliklar mazmun jihatidan turli xillikka ega. Sharqiy Surxondaryo viloyatida qoʻllaniladigan frazeologizmlarni semantik tadqiqi quyidagi mazmuniy guruhlar asosida tahlilga tortildi. 1. Insonning tashqi koʻrinishi tasvirlash uchun ishtiluvchi frazeologizmlar: igna yutgan; qulogʻidan quyosh koʻrinadi; 2. Insonning xarakteri bilan bogʻliq frazeologizmlar: olasi ichida; sirkasi suv koʻtarmaydi; tirik tovon; oʻzini taroziga solmoq; koʻzini yogʻ bosgan; burni koʻtarilgan; katta ogʻiz. 3. Insonning ijtimoiy holatini ifodalovchi frazeologizmlar: Oyogʻiga ursa shoxi zirqiraydi. 4. Maslahat va buyruq ma’nosidagi frazeologizmlar: Six ham kuymasin kabob ham; Arpaning doni boʻlguncha, bugʻdoyning somoni boʻl; Sutini ich-u sigirini surishtirma; Soyangga qarab boʻy oʻlchama; Koʻrpangga qarab oyoq uzat; Suvni ich, chashmani bulgʻama; Ishlaganda qulday ishla, otlanganda bekday otlan; Suvni sep singar yerga, soʻzni qil sigʻar yerga; Soʻz aytganda oʻylab ayt, oqibatin boʻylab ayt; Suymaganga suykalma, bahong ketar, Ming tillolik boshingni bir pul etar; Gap bilan va’da berma, ish bilan va’da ber. 5. Bilimsizlikni ifodalovchi frazeologizmlar: Soʻqir tovuqqa hammasi tariq; Puchak pista ogʻiz ochsa, oʻz aybini oshkor etar. 6. Odob, axloq haqidagi frazeologizmlar: Ota bilan orsiz talashar. Frazeologik birliklar, agar keng yondashuvga asoslanilsa, oʻzining shakl (tuzilish) xususiyatiga koʻra ham turlichalik kasb etadi. Gap shaklidagi frazeologizmlar: Arpaning doni boʻlguncha, bugʻdoyning somoni boʻl; Sutini ich-u sigirini surishtirma; Soyangga qarab boʻy oʻlchama; Koʻrpangga qarab oyoq uzat; Suvni ich, chashmani bulgʻama; Ishlaganda qulday ishla, otlanganda bekday otlan; Suvni sep singar yerga, soʻzni qil sigʻar yerga; Soʻz aytganda oʻylab ayt, oqibatin boʻylab ayt; Suymaganga suykalma, bahong ketar, Ming tillolik boshingni bir pul etar; Gap bilan va’da berma, ish bilan va’da ber; Ota bilan orsiz talashar; Tagidan suv quymoq; Oyogʻiga ursa shoxi zirqiraydi. Soʻz birikmasi shaklidagi frazeologizmlar: olasi ichida; tirik tovon; qoqqan qoziq; katta ogʻiz; igna yutgan; гурдакаф шудан; мехи рост карда мондагӣ (Denov tumanidagi “Sina” 669 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz mahallasida va Uzun tumanidagi “Malandien”, “Mehnat” mahallarida yashaydigan tojiklar nutqida) va boshqalar. Bugungi kunda tilimizda frazeologik birlik sifatida ishlatiladigan birliklar qachonlardir nutq jarayonida yuzaga kelgan, vaqt oʻtishi bilan ular turgʻun birlik sifatida nutqdan muqim oʻrin egallagan. Ular davr oʻtishi natijasida silliqlashgan, takomillashgan va bir butun holiga kelgan, shuning uchun frazeologizmlar tarkibidagi biror soʻzni oʻzgartirish uning mazmunining yaxlitligiga putur yetkazadi. Frazeologizmlar ogʻzaki nutqda ham, yozma nutqda ham davr va hudud talabiga koʻra butunlay yoki qisman oʻzgarishga uchrashi mumkin. Frazeologizmlar semantik jihatdan so‘zga yaqin tursa, shakl jihatidan sintaktik birikmalardir. Biroq frazeologik birikmalar so‘zga ham, so‘z birikmasiga ham, gapga ham o‘xshash bo‘lmagan alohida birliklardir. Tilning frazeologik qatlami ko‘plab tadqiqot ishlarining obyekti bo‘lgan bo‘lsa-da, hali o‘rganilmagan qirralari ko‘plab topiladi. Xususan, dialektal xususiyatga ega frazeologizmlar to‘liq o‘rganilmagan. Har bir hududning o‘ziga xos frazeologik birliklarini to‘plash va ularning leksik, semantik, sintaktik xususiyatlarini o‘rganishning o‘zi ko‘plab ilmiy ishlar uchun asos bo‘lishi shubhasizdir. References: 1. Berdiyorov H., Rasulov R. Oʻzbek tilining paremiologik lug‘ati. – T:. O‘qituvchi. 1984. – 315 b. 2. Виноградов В.В. Основные понятия русской фразеологии как лингвистической дисциплины. Избраннные труды. Лексикология и лексикография. – Москва, 1977. – С. 118-139 3. Колесникова С.М., Кобякова Н.Н. Ареальные модели фразеологизмов в русских говорах Республики Мордовия // Преподаватель XXI век. 2023. № 3. Часть 2. – С. 375–381 4. Маматов А.Э. Ўзбек тили фразеологияси. – Т: 2019. –Б. 133. – 266 б. 5. Раджабова М.A. Oномастик компонентли фразеологик бирликларнинг лингвомаданий жиҳати ва таржима муаммолари (инглиз, ўзбек ва рус тиллари материалида). Филол. Фан. фалсафа доктори (PhD) дисс. автореф. – Бухоро, 2020. – 56 б. 6. Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Тошкент. Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. 2002. – 159 б.