EKOLOGIK TA'LIM-TARBIYA VA UNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Abstract
Mazkur maqolada tarbiya jarayonida ekologik ta’lim va tarbiyaning o‘rni, ularning inson ongini shakllantirishdagi ahamiyati hamda samaradorlikni oshirish yo‘llari tahlil qilinadi. Ekologik madaniyatni rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari, o‘quvchi-yoshlarning tabiatga bo‘lgan mas’uliyat hissini kuchaytirish omillari yoritilgan.
Full text
IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 409 EKOLOGIK TA’LIM-TARBIYA VA UNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH Artikova Umidaxon Sodirjonovna Qarshi davlat texnika universiteti E-mail: [email protected] Annotatsiya: Mazkur maqolada tarbiya jarayonida ekologik ta’lim va tarbiyaning o‘rni, ularning inson ongini shakllantirishdagi ahamiyati hamda samaradorlikni oshirish yo‘llari tahlil qilinadi. Ekologik madaniyatni rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari, o‘quvchi-yoshlarning tabiatga bo‘lgan mas’uliyat hissini kuchaytirish omillari yoritilgan. Kalit so’zlar: Ekologiya, ekologik ta’lim, ekologik madaniyat, ekologik muammolar, atrof muhit, oila ekologiyasi, ekologik huquqiy ta’lim tarbiya. Аннотация: В статье анализируется роль экологического образования и воспитания в образовательном процессе, их значение в формировании сознания человека и пути повышения их эффективности. Раскрываются теоретические и практические основы развития экологической культуры, факторы, способствующие повышению ответственности учащихся и молодёжи за природу. Ключевые слова: Экология, экологическое образование, экологическая культура, экологические проблемы, окружающая среда, семейная экология, эколого-правовое воспитание. Abstract: This article analyzes the role of environmental education and upbringing in the educational process, their importance in the formation of human consciousness, and ways to increase their effectiveness. The theoretical and practical foundations of the development of ecological culture, factors for strengthening the sense of responsibility of students and young people for nature are highlighted. Keywords: Ecology, ecological education, ecological culture, ecological problems, environment, family ecology, ecological legal education. I. Kirish. Bugungi kunda ekologik muammolar butun dunyo miqyosida eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Atrof-muhit ifloslanishi, tabiiy resurslarning kamayishi va iqlim o‘zgarishi insoniyat hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois ta’lim jarayonida ekologik tarbiyani kuchaytirish, yosh avlodni tabiatni asrash, ekologik madaniyatni shakllantirish ruhida tarbiyalash zarur. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 49va 55-moddalarida ekologik muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish majburiyati belgilangan. Bu esa ekologik ta’limni har bir ta’lim bosqichida amalga oshirish zarurligini ko‘rsatadi.
IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 410 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 2030yilgacha bo’lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-16-son Farmoni ijrosini taʼminlash, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ushbu yoʻnalishda davlat organlarining fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlikdagi saʼy-harakatlarini hamda Oʻzbekiston ekologik partiyasining fuqarolar ekologik bilimlarini oshirishga qaratilgan tashabbuslarini qoʻllab -quvvatlash maqsadida qaror qabul qildi. Ekologik ta’lim — bu inson va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni tushunishga, tabiatni asrash va undan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayondir. Ekologik tarbiya esa yosh avlodda tabiatga muhabbat, mas’uliyat va ehtiyotkorlik tuyg‘usini singdirishdir. Ta’lim jarayonida ekologik yondashuv quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: O‘quv dasturlariga ekologik mavzularni kiritish; Amaliy mashg‘ulotlarda tabiatni asrashga oid faoliyatlar tashkil etish; Ekologik haftalik, viktorina va ko‘rgazmalar o‘tkazish; Mahalliy ekologik muammolarni muhokama qilish orqali o‘quvchilarni faollashtirish. Ekologik ta’limning samaradorligi quyidagi omillarga bog‘liq: Pedagogning ekologik savodxonligi va innovatsion yondashuvi; O‘quvchilarning amaliy faoliyatga jalb etilishi; Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalar (multimedia, interaktiv xaritalar, ekologik loyihalar)dan foydalanish; Oilaviy va jamoaviy ekologik madaniyatni rivojlantirish. Tabiat, atrof-muhitda ro’y berayotgan xavfli ekologik o’zgarishlar tabiiy qonuniyatlarga muvofiq ro’y bersa-da, biroq ko’p jihatdan inson faoliyati bilan bog’liq bo’lgan antropogen omillar ta’sirining natijasi sifatida namoyon bo’lmoqda. Ekologik muammolarning yuzaga kelishiga sabab – insonlarning tobora oshib borayotgan ehtiyojlari, ularning tabiat va atrof-muhitga nisbatan iste’molchi sifatida munosabatda bo’lishlari, yetarli darajada ilmiy va amaliy ekologik bilimlarga ega emasliklari hamda umumiy ekologik madaniyatining pastligi bilan izohlanadi. Ekologik muammolar keskinlashgan sharoitda inson hamda tabiat o’rtasidagi munosabatning yangicha mazmun kasb etishiga erishish, o’quvchilarda atrof-muhitga nisbatan ekologik mas’ullikni qaror toptirish va ekologik madaniyatni shakllantirish o’ta dolzarb pedagogik muammo hisoblanadi. Mazkur muammoni bartaraf etish Yer sayyorasidagi hayotning barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu sababli,
IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 411 insoniyat oldiga umumbashariy ahamiyatga molik bo’lgan ekologik xavfni bartaraf etish vazifasi qo’yilmoqda. Mazkur muammoning ijobiy hal etilishi, eng avvalo, har bir fuqaroda tabiatga, atrof-muhitga nisbatan ongli, mas’uliyatli munosabat va ekologik madaniyatning shakllanganlik darajasiga bog’liq. Abu Ali ibn Sino o’zining quyidagi asarlari bo’yicha ma’rifatimiz, madaniyatimiz va ma’naviyatimiz tarixiga katta hissa qo’shdi: • falsafa, tibbiyot va tabiatshunoslik sohalariga oid «Qonun fit tib» («Tib ilmlari qonuni»); «Kitob ash shifo» («Jonni saqlash kitobi»); «Kitob an-najot» («Najot kitobi»); «Kitob an-insof» («Insof kitobi») va shu kabi asarlar yaratdi; axloqqa va ma’rifatga oid «Risola fi ilm al-axloq» («Axloqqa oid risola»); «Risola fi fazilat annafs» («Nafsni pokiza tutish haqida risola»); «Risola fi al-ahd» («Burch haqida risola»); «Kitob an-insof» («Adolat haqida kitob») va shunga o’xshash ta’limtarbiyaga oid boy ma’naviy merosni kelajak avlodga qoldirdi. Yoshlarda, shu jumladan o’quvchilar va talabalarda ekologik tushunchalarni shakllantirishda Abu Ali ibn Sino asarlarining ahamiyati katta. Alloma tomonidan yaratilgan asarlarning soni 450 dan ortiq bo’lib, ularning 80 dan ortig’i tabiat va insonning unga bo’lgan munosabati masalasiga bag’ishlangan 27 . Tashqi muhitning odamlar tanasiga ko’rsatadigan ta’siri, ular sog’ligini saqlash, parhez, shaxsiy gigiena to’g’risidagi fikrlar alloma tomonidan yaratilgan “Tib qonunlari” asarining bosh g’oyalari sanaladi. Allomaning inson tanasida kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omillardan biri suv, yer va havoda mo’tadillikning buzilishi bilan bog’liqligi, yashash joylarining torligi, ozoda bo’lmasligi, yuqumli ( chechak, vabo isitmasi, yiring, toshma kabi) kasalliklarning tez tarqalishi uchun qulay sharoit yaratishi, yuqumli kasalliklarning aholi zich joylashgan joylarda havo va boshqa omillar orqali yuqishiga doir o’gitlari bugungi kunda ham muhim ijtimoiy-tibbiy ahamiyatga egadir. Mutafakkirning “Agar havoda chang va g’ubor bo’lmaganida edi, inson ming yil umr ko’rgan bo’lar edi” degan mashhur iborasi esa o’quvchilarda havoni ifloslantirmaslik, atrof-muhitni ozoda saqlash va tabiatga ziyon yetkazmaslik ko’nikma va malakalariga ega bo’lishlariga yordam beradi. Olimning fikricha, inson tabiatdan moddiy hayot manbalarini o’zlashtiribgina qolmay, balki ruhiy va jismoniy quvvat ham oladi. Shuningdek, u ayrim kasalliklarni davolashda tabiiy manbalar, xususan, qum, tuproq, suv va o’simliklardan foydalanish zarurligini uqtirib, zarur tavsiyalar beradi. Bugungi kunda ekologik inqirozning oldini olishda aholining, ayniqsa, o’sib kelayotgan yosh avlodning ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiyasi, madaniyati va ma’naviyati hal qiluvchi omillardan biri sanaladi. Oilada huquqiy ekologik ta’lim quyidagi talablarni o’z ichiga oladi: 27 Qarang:Xayrullaev M.M. Ma’naviyat yulduzlari. – T.: A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 2001. - 406 b.
IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 412 • bolalarni tabiat go’zalliklaridan estetik zavq olish ruhida tarbiyalash; • ota-onaning g’amxo’rligi va bevosita harakati ostida bolalarning huquqiyekologik madaniyatini oshirish; • inson tabiatning ongli bir mahsuli ekanligi va barcha qonunlarga amal qilishi lozimligini; • barcha tabiat boyliklari bo’lgan yer, yer osti boyliklari, suv, hayvonot va o’simliklar dunyosi, o’rmon va havodan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza etish zarurligini; • sodir etilgan yoki sodir etilishi mumkin bo’lgan huquqiy-ekologik huquqbuzarliklarga qarshi kurashish hamda ularning oldini olish shart ekanligini; «Oila ekologiya»si, «Inson ekologiya»si, «Yoshlar ekologiya»si nima ekanligini keng tushuntirish, maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiya berish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda “Respublikada ekologik ta’limni rivojlantirish va ekolog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish istiqbollari” Dasturi va Kontseptsiyasi ishlab chiqilgan. Bu davrda yoshlarimiz “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida”gi, “O’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida”gi, “Ekologik ekspertiza to’g’risida”gi, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida”gi, “O’rmon to’g’risida”gi va “Chiqindilar to’g’risida”gi qonunlar hamda Yer kodeksining mohiyati va mazmunini kengroq o’rganadilar. Bu davrda talaba yoshlarimiz olgan bilimlarini amaliyot bilan bog’lash jarayoniga ham ega bo’ladilar. Oliy o’quv muassasalarida yoshlarimiz bevosita aniq yo’nalish va mutaxassisliklarga ega bo’lib, ekologik-huquqiy bilim saviyalarini o’z sohalari asosida o’zlashtiradilar. Bugungi kunda respublikamizda biolog-ekolog, yurist-ekolog, pedagog-ekolog, ekolog-texnolog, ekolog-muhandis, ekolog-ximik, ekolog-auditor va boshqa mutaxassislar tayyorlanmoqda. Hozirgi davrga kelib ekologik muammolar umumjahon (umuminsoniyat, umumbashariyat) muammosiga aylangan. Shu sababli bu masala yechimiga bir, ikki davlat emas, balki o’z atrofimizdagi olam muvozanatini o’ylayotgan ko’pgina davlatlar e’tibor bermoqda. Jumladan, bu muammo yechimi Respublikamizda ham davlat siyosati darajasigacha ko’tarilgan. O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 – dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonuni, “Ekologik ta’lim–tarbiya kontseptsiyasi”ning ishlab chiqilishi, “Ekosan” jamg’armasining tuzilishi mamlakatda ekologik muammolarni bartaraf etishga davlatimiz hukumatining g’amxo’rligidan dalolatdir.
IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 413 Xulosa. Hozirgi ekologik muammolar keskinlashib borayotgan sharoitda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, tabiat boyliklarini kelajak avlodga qoldirish, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, bu maqsadda qonunchilikni takomillashtirib borish, ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiyani oilada yanada kuchaytirish ustuvor vazifamiz bo’lib qoladi. Bu esa, mamlakatimizdagi mavjud tabiiy boyliklarni kelajak avlod uchun busbutun qoldirishga, ularni asrab-avaylashga, e’zozlashga hamda ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishga xizmat qiladi. Ekologik ta’lim va tarbiyani samarali tashkil etish yosh avlodda tabiatga nisbatan to‘g‘ri munosabatni shakllantirish, ekologik madaniyatni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ekologik tarbiya faqat maktab yoki oliy ta’lim muassasasining vazifasi emas, balki jamiyat, oila va davlatning hamkorlikdagi sa’y-harakatlari orqali amalga oshirilishi lozim. Shu bois pedagoglar ekologik ta’limga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, o‘quvchilarda ekologik tafakkurni rivojlantirish va bu jarayonning samaradorligini doimiy oshirib borishlari kerak. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 15maydagi PQ-184-son qarori. 2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 2023 yil tahriri. 3. Hakinov N. H., Abirkulov Q. N. “ Atrof muhit muhofasa qilish” Darslik. TDIU 2009. 4. Xayrullaev M.M. Ma’naviyat yulduzlari. – T.: A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 2001. - 406 b. 5. Xolmatova, D. (2021). Ta’limda ekologik tarbiya masalalari. O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti. 6. UNESCO. (2020). Education for Sustainable Development Goals. Paris.