MAKTABGACHA VA BOSHLANG'ICH TA'LIM TIZIMIDA O'QITISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI
Full text
696 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz MAKTABGACHA VA BOSHLANG'ICH TA'LIM TIZIMIDA O'QITISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI Normatov Begzod, Mengto‘rayeva Barfina Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 5-kurs talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.17374599 Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim sifatini oshirishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanishning vazifalari, muammolari haqida muhim ma'lumotlar xulosa va tavsiyalar keltirilgan. Kalit so'zlar: pedagogik texnologiya, axborot texnologiya, intellektual salohiyat, iqtidor, qobiliyat, multimediyali ta 'lim. Annotation. This article provides important information, conclusions and recommendations on the tasks and problems of using modern pedagogical and information technologies to improve the quality of education in preschool education. Keywords: pedagogical technology, information technology, intellectual potential, talent, ability, multimedia education. Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalashda yoshlarni intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarish va ularning har tomonlama rivojlangan shaxs etib voyaga yetkazish - davlatimiz siyosatini ustivor yo'nalishga aylangan. Mamlakatimizda Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida bir qator qonunlar va qonun osti hujjatlar qabul qilingan. Shulardan biri O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunining 10-moddasida ta'lim turlari sanab o'tilib, uning birinchi turi -"Maktabgacha ta'lim" ekanligi ta'kidlangan. Shuningdek, 11-moddasida: "Maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Bu ta'lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog'chasida va mulk shaklidan qat'iy nazar boshqa ta'lim muassasalarida olib boriladi", - deyilgan Chunki jismoniy sog'lom ma'naviy yetuk shaxslargina buyuk kelajakni yaratadi. Darhaqiqat, ta'lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa uning samarasi shunchalik erta namoyon bo'ladi va insonning butun hayot tarziga ijobiy ta'sir qiladi. «Maktabgacha ta'lim» atamasi 1997 yilda YUNESKO qarori bilan kiritilgan bo'lib, uzluksiz ta'lim tiziminining birinchi bosqichini tashkil etadi. Bu albatta quvonarli hol. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim sifatini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish bugungi kundagi dolzarb vazifa deb bejizga aytilmagan.Hozirgi davrimiz texnologiya asri bo'lganligi uchun har bir tarbiyalanuvchining zamon bilan hamnafas qilib o'stirish maqsadida "Kadrlar tayyorlash milliy dasturining 9-moddasida "Barcha bosqichdagi ta'lim jarayonlarini kompyuterlashtirish va
697 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz axborotlashtirish amalga oshiriladi", - deb aytilgan. Shuningdek YUNISEF tashkilotining «Bolaga yo'naltirilgan ta'lim dasturi"da MTTlarining ta'lim-tarbiya jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish dolzarb masala ekanligi ta'kidlangan. Yuqorida bayon qilingan dalillar MTT bolalarida kompyuter savodxonligini shakllantirish, ularni kompyuter bilan elementar tarzda muomala qilishga o'rgatish va maktab ta'limiga tayyorlash dolzarb masalalardan biri ekanligini ko'rsatadi. Yosh bolalar tevarak-atrofga, voqea va xodisalarga, narsa va buyumlarga qiziquvchan bo'ladi. Hamma narsani ushlab, paypaslab, yurgizib, harakatga keltirib ko'rishni yoqtiradilar. MTTlarida multimediali kompyuterli ta'limni amalga oshirishning asosiy talablaridan biri - bolalarning kompyuter savodxonligini shakllantirish va ularni kompyuterda mustaqil ishlashini ta'minlashdan iborat. Tarbiyalanuvchilarning kompyuter savodxonligini shakllantirilishdan asosiy maqsad ta'lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishda kompyuterdan foydalanishga qaratilgani sababli, tarbiyachi o'zining nazorati ostida "Sichqoncha" yordamida turli ta'lim o'yinlarini, matematik amallarni, ekologik topshiriqlarni va shularga o'xshash vazifalarni bajartirishga o'tadi. Tarbiyalanuvchilar "Sichqoncha"dan foydalanish bo'yicha to'la amaliy malaka va ko'nikma hosil qilganlaridan so'ng mustaqil ish bajara boshlaydilar. Bu holda ham tarbiyachi ularning ishini doimiy kuzatib turadi. MTT tarbiyalanuvchilarida kompyuter savodxonligini shakllantirishning yana bir qulay tomoni shundan iboratki, multimedia texnologiyasidan foydalanish jarayonida tarbiyalanuvchilarning bilimini baholash ham kompyuter xotirasiga kiritilgan test savollari, rasmlar, o'yinlar, mashqlar, taqdimotlar orqali amalga oshiriladi. Bu holda tarbiyalanuvchilar berilgan savollarga to'g'ri javob topishlari shart. Multimedia vositalarini tayyorlash va bolalarning kompyuter savodxonligini shakllantirish metodikasi shaxsiy kompyuterlar multimedia texnologiyasining asosiy texnik vositasi hisoblanadi Zamonaviy jamiyatning rivojlanishi pedagogik yangiliklar tajribasini, psixologik va pedagogik tadqiqotlar natijalarini umumlashtirish va tizimlashtirishni talab qiladi. Bu muammoni hal qilish usullaridan biri bu bolalar bilan ta'limiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning texnologik yondashuvidir. Maktabgacha ta'limda pedagogik texnologiya - ta'lim jarayonini amalga oshirish uchun shakllar, usullar, texnikalar, o'quv vositalarining kompleksini anglatadi. Pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarurati quyidagi sabablarga bog'liq: - Pedagogik texnologiyaning ahamiyati shundaki, maktabgacha yoshdagi bolalarning yutuqlarini baholashning zamonaviy yondashuvlarini aniqlaydi; -Shaxsiy va tabaqalashtirilgan vazifalar uchun sharoit yaratadi. Bugungi kunda ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta'lim sifatini oshirish, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo'llaniladigan zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, maktabgacha ta'lim tashkilotlariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat dolzarb vazifalar qo'yilgan. Maktabgacha yosh-bu shaxsning poydevori qo'yilgan, irodasi rivojlangan va ijtimoiy kompetentsiyasi shakllanadigan o'ziga xos va hal qiluvchi davr.
698 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Ma'lumki, maktabgacha ta'limning asosiy maqsadi bola shaxsini sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshrishda hozirgi asr-axborot asri ekanligidan kelib chiqqan holda maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish davr taqozasidir. Bugungi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarining asosiy vazifalari bolalarda iqtidor va qobiliyatni yanada o'stirish, ularning bilim olish istiqbolini rivojlantirishdan iborat. Shunga ko'ra, tarbiyachi mashg'ulotlarda turli o'quv pedagogik dasturlardan, elektron qo'llanmalardan, pedagogik o'yinlardan foydalansa tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o'rtasidagi to'siq yo'qoladi, bolalarning xarakteri kengroq ochiladi. Bolalarda kuzatuvchanlik, xotira diqqati kuchayadi chunki, mashg'ulotda majburiy bilim berish bo'lmaydi, bilimni ixtiyoriy qabul qilish orqali ijobiy natijaga erishadi. MTTlarda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish kunning dolzarb muammolaridan biri bo'lib hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog'lom va rivojlangan shaxs bo'lib shakllanishini ta'minlab, o'qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg'otib, tizimli o'qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo'lgan maktabgacha ta'lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta'lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'limning maqsadi - bolalarni maktabdagi o'qishga tayyorlash, bolani sog'lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo'lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o'qishga, tizimli ta'limga bo'lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Bunda esa bizga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish zarurati paydo bo'lar ekan.Biz yuqorida sanab o'tgan barcha jabhalarda ta'lim sifatini oshirishda ulardan foydalanish eng sifatli samarali va yagona usul ekanligiga amin bo'ldik. References: 1. O'RQning 595-sonli "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi qonuni. 16.12.2019 yil. 2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 802-sonli "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning DAVLAT STANDARTI" 22.12.2020 yil. 3. F.R. Qodirova, Sh.Q. Toshpo'latova, N.M. Qayumova, M.N.A'zamova " Maktabgacha pedagogika" T-2019 132-133 b 4. Murodova, M. F., Sattorova, F., & Jumayeva, Z. M. (2025). Bolalar mehribonlik uylarida amalga oshirilayotgan taʼlim va tarbiya jarayonlari. Shokh library. 5. Jumayeva, Z., Choriyeva, D., & Berdimurodova, M. (2024). Yangi Oʻzbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib borilayotgan ijtimoiy-pedagogik jarayonlarning mazmun va mohiyati. молодые ученые, 2(36), 78-81. 6. Jumayeva, Z. (2022, october). Yoshlarni milliy tarbiya asosida tarbiyalash. in archive of conferences (pp. 9-19).bo’lajak o’qituvchilarda innovatsion pedagogik-faoliyatni shakllantirishning nazariy asoslari 7. 7Jumayeva, Z., Abdullayeva, Z., & Abdullayeva, N. (2024). Imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat. молодые ученые, 2(36), 135-138.
699 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz 8. Jummayeva, Z., Salomova, U., & Joʻrayeva, K. (2024). Yangi Oʻzbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat mazmun va mohiyati. молодые ученые, 2(37), 27-30.