BOSHLANG'ICH SINFLARDA FANLARARO INTEGRATSIYA ASOSIDA STEM DARSLARINI TASHKIL ETISH
Full text
711 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANG‘ICH SINFLARDA FANLARARO INTEGRATSIYA ASOSIDA STEM DARSLARINI TASHKIL ETISH Abrayeva Muyassar Baxtiyorovna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika Fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabasi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17374880 Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’limda fanlararo integratsiya asosida STEM yondashuvini joriy etishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Unda integratsiyalashgan darslarning o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini, ijodkorlik va muammoli vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, STEM darslarini tashkil etish bosqichlari, o‘qituvchining roli va zamonaviy ta’limda bu yondashuvning samaradorlik omillari haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: Boshlang‘ich ta’lim, fanlararo integratsiya, STEM yondashuvi, innovatsion ta’lim, ijodkorlik, muammoli vaziyat, integratsiyalashgan dars, o‘qituvchi faoliyati. ОРГАНИЗАЦИЯ УРОКОВ STEM НА ОСНОВЕ МЕЖДИСЦИПЛИНАРНОЙ ИНТЕГРАЦИИ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ. Аннотация: В данной статье освещаются теоретические и практические аспекты внедрения STEM-подхода в начальном образовании на основе междисциплинарной интеграции. В нем анализируется роль интегрированных занятий в развитии логического мышления учащихся, творческих способностей и навыков решения проблемных ситуаций. В нем также упоминаются этапы организации уроков STEM, роль учителя и факторы эффективности этого подхода в современном образовании. Ключевые слова: начальное образование, междисциплинарная интеграция, STEM-подход, инновационное образование, креативность, проблемная ситуация, интегрированный урок, деятельность учителя. ORGANIZING STEM LESSONS BASED ON INTERDISCIPLINARY INTEGRATION IN PRIMARY GRADES Annotation. This article covers theoretical and practical aspects of the introduction of the STEM approach based on interdisciplinary integration in primary education. It analyzes the role of integrated lessons in the development of students ' logical thinking, creativity and skills for solving problem situations. Also mentioned are the stages of organizing STEM classes, the role of the teacher and the effectiveness factors of this approach in modern education. Keywords: primary education, interdisciplinary integration, STEM approach, innovative education, creativity, problem situation, integrated lesson, teacher activity. KIRISH. Bugungi kunda ta’lim jarayonida o‘quvchilarda amaliy fikrlash, ijodkorlik, muammoli vaziyatlarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirish dolzarb vazifaga aylangan. Shu nuqtai nazardan STEM ta’lim (Science — ilm-fan, Technology — texnologiya, Engineering — muhandislik, Mathematics — matematika) yondashuvi boshlang‘ich sinflarda o‘qitish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. STEM darslari o‘quvchilarda nazariy
712 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash, mustaqil fikrlash, izlanish va kashf etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Asosiy qism . Fanlararo integratsiyaning mohiyati. Fanlararo integratsiya — bu o‘quv fanlari o‘rtasidagi aloqadorlikni ta’minlab, bilimlarni yagona tizimda idrok etishga imkon beruvchi yondashuvdir. Integratsiyalashgan darslar orqali o‘quvchi bir vaqtning o‘zida bir nechta fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni uyg‘un holda egallaydi. Masalan, “Tabiatdagi suv aylanishi” mavzusida o‘qituvchi, tabiatshunoslik orqali jarayon mohiyatini tushuntiradi, matematika darsida suv miqdorini o‘lchash yoki hisoblash mashqlarini bajaradi, texnologiya darsida suv aylanishi modelini yasaydi, o‘qish darsida esa shu mavzuga oid hikoyani o‘qib, tahlil qiladi. Bu esa o‘quvchilar tafakkurini kengaytiradi va ularni real hayotiy tajribaga yaqinlashtiradi. STEM yondashuvi va boshlang‘ich ta’lim integratsiyasi. Boshlang‘ich sinflarda STEM yondashuvi o‘quvchilarning, mantiqiy va tanqidiy fikrlashini, muammoni hal etish ko‘nikmasini, jamoada ishlash madaniyatini,ijodkorlik va tashabbuskorlikni rivojlantiradi. STEM darslari o‘quvchilarni “tayyor javob” emas, balki yechimni topishga yo‘naltiruvchi faol subyekt sifatida shakllantiradi. Bunda o‘qituvchi yo‘naltiruvchi, maslahat beruvchi, sharoit yaratuvchi rolini bajaradi. 3. Integratsiyalashgan STEM darslarini tashkil etish bosqichlari 1. Mavzuni tanlash va bog‘lanishlarni aniqlash. (Masalan, “Quyosh energiyasi” mavzusi – tabiatshunoslik, matematika, texnologiya bilan integratsiya qilinadi.) 2. Loyihaviy faoliyatni tashkil etish. O‘quvchilar guruh bo‘lib muayyan muammoga yechim topishadi (masalan, kichik quyosh panellarini yasash). 3. Amaliy faoliyat va kuzatuv. Tajriba, o‘lchov, model yasash, chizma chizish orqali o‘quvchilar faol ishtirok etadi. 4. Tahlil va xulosa. O‘quvchilar o‘z loyihalarini himoya qiladi, xulosalar chiqaradi. 4.Integratsiyalashgan STEM darslarining afzalliklari, o‘quvchilarning fanga qiziqishini oshiradi, mustaqil fikrlash va muammoli vaziyatlarni hal qilishga o‘rgatadi, bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkonini yaratadi, dars jarayonida o‘quvchi faol ishtirokchi bo‘ladi, o‘qituvchi uchun innovatsion metodlarni qo‘llash imkonini beradi. Fanlararo aloqadorlik va STEAM dasturiga misol sifatida, “Qushlar uchun uya loyihasi”– biologiya (hayvonlar harakati) + muhandislik (qurilish), 5–12 yoshda miyaning plastikligi yuqori bo‘lgani uchun fanlararo integratsiya kognitiv moslashuvchanlikni oshiradi (OECD, 2022)[6], matematika+san’atda geometrik shakllarni rangli origami yasash orqali o‘rganish, raqamli san’at: Pixel art yordamida kasrlar tushunchasi (masalan, ¼ qismini bo‘yash), fan (Science) + texnologiyada tabiat hodisalari: “O‘simliklar fotosintezi” loyihasi – har bir kun davomida o‘simlik o‘sishini kuzatish (ilmiy usul) + timelapse video yaratish (texnologiya), “Robot yordamchi”: o‘quvchilar Arduino yordamida suvni avtomatik sug‘oradigan qurilma yasaydilar, 7 yoshdan boshlab dasturlashni san’at va matematika bilan o‘rgatish (Scratch yordamida multfilm yaratish), muhandislik+fanda qurilish loyihalari(qog‘ozdan minoralar qurib, ularning barqarorligini tekshirish (gravitatsiya va muvozanat)) kabilarni misol qilish mumkin. Bu bog‘liqlik shuningdek guruh loyihalari asosida o‘quvchilarning kommunikatsiya va liderligini oshiradi (PISA, 2022). Ushbu jarayonlardan ko‘zlangan natija o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash ko‘nikmalari 35% oshirgan. Zero, boshlang‘ich ta’limda STEAMni joriy etish
713 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz bolalarni tadqiqotchi, innovator va kreativ mutaxassislar sifatida shakllantiradi. Asosiy muvaffaqiyat kaliti – o‘yin, loyihalar va real hayot misollari orqali o‘qitish hisoblanadi. Aniqlangan fanlararo aloqadorliklar sxematik, jadval, verbal shakllarda qayd etiladi. Biroq, fanlararo aloqadorlikning qanday shaklda qayd etilishi undan foydalanuvchining imkoniyatlariga bog'liq holda shakllantirish lozim. Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinflarda fanlararo integratsiya asosida STEM darslarini tashkil etish o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi. Bunday yondashuv orqali o‘quvchi nafaqat bilim oladi, balki uni amaliyotda qo‘llashni o‘rganadi. Demak, zamonaviy boshlang‘ich ta’limda o‘qituvchi STEM yondashuvini o‘z faoliyatiga joriy etish orqali o‘quvchilarda mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlovchi shaxsni shakllantiradi. References: 1. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent: Adolat, 2020. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022–2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risidagi PQ–4936-son qarori. – Toshkent, 2022. 3. Mavlonova R.A., Qodirova F.R. Boshlang‘ich ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. 4. Karimova V.M. Pedagogik mahorat asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2022. 5. Xolbekov A., Yuldasheva S. STEM yondashuvi asosida darslarni tashkil etish metodikasi. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2023. 6. Yo‘ldosheva M. Fanlararo integratsiya – ta’lim sifatini oshirish omili. // “Ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalar” jurnali. – 2022. – №3. – B. 45–49.