YOSH AVLOD RUHIY VA MA'NAVIY DUNYOSINI BOYITISHDA QAHRAMONLIK EPOSINING OʻRNI
Full text
729 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz YOSH AVLOD RUHIY VA MA’NAVIY DUNYOSINI BOYITISHDA QAHRAMONLIK EPOSINING OʻRNI Erkinova Gulzoda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 4bosqich 3BTs -guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17375304 Annotatsiya: Maqolada maktabgacha ta’lim tizimida milliy epik dostonlarimizni oʻrgatish orqali yosh avlodning ruhiy va ma’naviy dunyosini boyitish masalasi bayon etilgan. Kalit soʻzlar: xalq ogʻzaki ijodi, folklor, ma’naviy, tarbiyashunos, hikmat, donolik, aqlzakovat, oqilona, yozma adabiyot, maqol, naql, otalar soʻzi, donolar soʻzi Аннотация: В статье рассматривается проблема обогащения духовного и духовного мира подрастающего поколения путем преподавания нашего национального эпоса в системе дошкольного образования. Ключевые слова: устное народное творчество, фолклор, духовный, воспитател, мудрост, ум, сообразителност, разумный, литература, пословица, афоризм, слово отцов, слово мудрецов. Annotation: The article addresses the issue of enriching the spiritual and spiritual world of the younger generation by teaching our national epic epics in the preschool education system. Kewwords: folklore, folklore, wise, spiritual, tutor, orally, wisdom, mind, ingenuity, reasonably, literature, proverb, aphorism, words of fathers, words of wise men Xalq ogʻzaki ijodi namunalari ma’naviy qadriyatlar tizimining asoslaridan boʻlib, xalqimizning uzoq asrlik oʻtmish tarixi, yashash tarzi, urf-odatlari, axloqiy qarashlari, tafakkuri, olamni badiiy-estetik idrok etishning oʻziga xos shakli sifatida beqiyos qadr-qimmatga ega. Folklor asarlari magʻzidagi hikmat har bir davrda yangidan anglanadi, zamon talablariga mos talqin topadi, xalqning ma'nan boyishiga xizmat qiladi. Xalqimizning mustaqillika erishgani va jahon hamjamiyatida munosib oʻrnini egalashi tarixiy voqea sifatida folklorshunoslik sohasining ham yangi bosqichga chiqishiga imkon yaratdi. Mamlakatimizda xalqimizning yuksak badiiy ijodiyoti asosida yaratilgan nomoddiy madaniy meros durdonalarini asrabavaylash, xalq ogʻzaki ijodining qadimiy an’analarini tiklash va milliy qadriyatlarni izchil rivojlantirish, ijodiy uyushmalar hamkorligida baxshi va dostonchilar ijodining eng yaxshi namunalarini targʻib qilish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori(304-26.04.2018) “Baxshichilik va dostonchilik san’atini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hujjat xalq dostonlarining oʻzbek madaniyati va san’atidagi oʻrni hamda ahamiyatini yanada oshirish, shuningdek, oʻquv-uslubiy adabiyotlar yaratish, baxshichilik va dostonchilik san’atini ommaviy axborot vositalari, internet tarmogʻi orqali mamlakatimizda hamda chet ellarda targʻib etish, ustoz baxshilar va dostonchilar, soha olimlari va mutaxassislari, iqtidorli yosh baxshilar hamda doston ijrochilari faoliyatini moddiy va ma’naviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, yosh avlodni mardlik, halollik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ona yurtga va ajdodlar merosiga yuksak sadoqat ruhida tarbiyalash koʻzda tutilgan. Oʼzbek folklorshunosligi, matnshunoslik, etnografiya yoʻnalishida ta’limning insonparvar, demokratik tamoyillari negizida shaxs ma’naviyatini erkinlashtirish hamda uning ustivor yoʻnalishlarini
730 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz amalga tatbiq etishga oid nazariy yondashuvlar; Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 13 maydagi «Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʼzbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish toʼgʼrisida»gi PF-4794-son Farmoni, 2017 yil 17 fevraldagi PQ-2728-son «Markazlar akademiyasi faoliyati, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi, 2017 yil 24 maydagi «PQ-2995-son «Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targʼib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi, 2017 yil 9 sentyabrdagi PQ-3261-son «Maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi, 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3271-son «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʼib qilish boʼyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʼgʼrisida»gi qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 oktyabrdagi «2010‒2020 yillarda nomoddiy madaniy meros obʼektlarini muhofaza qilish, asrash, targʼib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturini tasdiqlash toʼgʼrisida» 222-son qarori, 2018 yil 24 apreldagi 304-son «Baxshichilik va dostonchilik sanʼatini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi qarori, shuningdek mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda xizmat qiladi. Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida Maktabagcha ta’lim mazmuni tubdan oʻzgardi. Milliy va ma’naviy qadriyatlar asosida yangi dasturlar, mashgʻulotliklar, oʻquv metodik tavsiyalar, ilmiymetodik qoʻllanmalar yaratildi. Xalq ma’naviy dunyosi uning bebaho asarlariga bogʻliq. Ertangi yurt egalarining ma’naviyati yuksak, kelajagi porloq boʻlishi, xalqimiz tomonidan yaratilgan xalq dostonlari, oʻlmas oʻzbek qadriyat va an’analariga tayanishi shubhasiz. Milliy epik dostonlarimiz asrlar mobaynida xalqimizga juda katta ruhiy va ma’naviy quvvat berib kelayotir. Shuning uchun ular ma’naviy qadriyatlarimizning alohida tarkibiy qismi sanalanadi. Maktabgacha ta’lim tizimida bolalar adabiyoti, pedagogika, bolalar nutqini oʻstirish, bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga oʻrgatish sohalari boʻyicha koʻrsatilgan yo`nalishlarda tarbiyalanuvchilarning umummadaniy va axloqiy koʻnikmalari, savodxonlik malakalarini shakllantirish bilan birga bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, kommunikativ savodxonligini oshirishga, jismonan sogʻlom boʻlishga, moddiy borliq go`zalliklarini his etishga, go`zallik va nafosatdan zavqlana olishga, milliy urf - odatlarni iziga singdirishga va ardoqlashga, ularga rioya qilishga alohida ahamiyat berilgan. References: 1. Каримов И.А. "Алпомиш" достонининг 1000 йиллигига бағишланган тантанали маросимда сўзланган нутқ. – 1999 йил 6 ноябрь. 2. Алпомиш. Достон. Ўзбек халқ қаҳрамонлик эпоси / Айтувчи Фозил Йўлдош ўғли. Нашрга тайёрловчилар Ҳ.Зарифов ва Т.Мирзаев. – Т.: Шарқ, 1998. – 400 б. 3. Жўраев М. Ўзбек мавсумий маросим фольклори. – Т.: Фан, 2008.–290 б. 4. Жўраев М. Фольклоршунослик асослари.: Ўқув қўлланма. – Т.: Фан, 2009. – 192 б. 5. Ўраева Д. Яхшиларга ёндашиб // Охунжон Сафаров. Ижодий портрет. – Т.: Муҳаррир