MUAMMOLI TA'LIM ORQALI O`QUVCHILAR KREATIV TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH
Full text
731 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz MUAMMOLI TA’LIM ORQALI O`QUVCHILAR KREATIV TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH Halimova Muxlisa Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 4bosqich 3BTs -guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17375329 Annotatsiya: Ushbu maqolada muammoli ta’limning mohiyati, uning oʻquvchilarda kreativ (ijodiy) tafakkurni shakllantirishdagi oʻrni va ahamiyati yoritilgan. Muammoli vaziyatlar asosida oʻquv jarayonini tashkil etish, oʻquvchilarning mustaqil fikrlashini, tahliliy yondashuvini hamda yangi gʻoyalarni ilgari surish koʻnikmalarini rivojlantirishning samarali usullari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada muammoli ta’limning bosqichlari, oʻqituvchining yoʻnaltiruvchi roli, ijodiy muhitni yaratish omillari va oʻquvchilarning kognitiv faoliyatini faollashtirish imkoniyatlari koʻrsatib berilgan. Tadqiqotda oʻqitish jarayonida muammoli yondashuvdan foydalanish oʻquvchilarda kreativ tafakkur, mustaqillik va mas’uliyatni shakllantirishda muhim vosita ekani ilmiy asosda yoritilgan. Kalit soʻzlar: muammoli ta’lim, kreativ tafakkur, ijodkorlik, muammoli vaziyat, mustaqil fikrlash, innovatsion yondashuv, oʻquv faoliyati, pedagogik texnologiya. Abstract: This article highlights the essence of problem-based learning, its role and importance in the formation of creative thinking in students. Effective methods of organizing the educational process based on problem situations, developing students' independent thinking, analytical approach and skills in putting forward new ideas are analyzed. The article also shows the stages of problem-based learning, the guiding role of the teacher, factors for creating a creative environment and opportunities for activating students' cognitive activity. The study scientifically demonstrates that the use of a problem-based approach in the teaching process is an important tool for forming creative thinking, independence and responsibility in students. Keywords: problem-based learning, creative thinking, creativity, problem situation, independent thinking, innovative approach, educational activity, pedagogical technology. Oʻqitishda muammoli ta’limdan foydalanish ham kreativ faoliyatni shakllantirishda samarali hisoblanadi. Oʻquvchilarning biror-bir haqiqatni mustaqil izlashi va kashf etishi bilan bogʻliq boʻlgan ta’lim metodlaridan evristik yoki tadqiqotchilik metodlari bilan birga oʻquvchilarni ijodiy fikr “laboratoriyasi”ga olib kiradigan jarayon ham asosiy ahamiyatga egadir. Muammoli ta’lim shu jihatdan bir qancha afzalliklarga ega: 1. U oʻquvchilarni mantiqiy, ilmiy, didaktik, ijodiy fikrlashga oʻrgatadi. 2. U oʻquv materialini ishonarli qiladi, bu bilan bilimlarning e’tiqodga aylanishiga koʻmaklashadi. 3. U odatda, ancha ta’sirchan boʻlib, chuqur intellektual his-tuygʻular, shu jumladan koʻtarinki ruh, hissini oʻz imkoniyatlari va kuchiga ishonch tuygʻusini vujudga keltiradi, shuning uchun u oʻquvchilarni qiziqtiradi, oʻquvchilarda ilmiy bilishga jiddiy qiziqishni tarkib toptiradi. 4. Haqiqat qonuniyatining mustaqil “kashf etilishi” olingan bilimlarni unutmasligi aniqlab chiqilgan, mustaqil hosil qilingan bilimlar unutilgan taqdirda ham ularni tezda qayta tiklash mumkin. Oʻquvchilarining yosh xususiyati bilim saviyasidan kelib chiqqan holda muammoli vaziyatlar yaratishning quyidagi usullaridan foydalanish mumkin: 1. Ona tili darsligida berilgan mavzularni qiyoslab oʻrgatish orqali muammoli vaziyat yaratish, chunonchi oʻrganilayotgan har bir mavzu oʻquvchilardan
732 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz tovushlar, soʻzlar va gaplarni qiyoslashni shu asosda umumlashmalar hosil qilishni talab etadi. Bu ham oʻz-oʻzidan ravshanki, muammoli vaziyatni yuzaga keltiradi. Oʻquvchilarda “Nima uchun?” degan savolga javob izlashga ehtiyoj tugʻiladi. Masalan “unli va undosh tovushlar” mavzusi oʻrganilayotganda oʻquvchi avval unli va undosh tovushlarni toʻgʻri nomlashni, keyin qiyoslashni, unli va undoshlar ishtirokida soʻzlar, soʻzlardan esa gaplar hosil qilishni, ularning bir-biridan farqlarini aniqlashni talab etadi. 2. Muammoli savollar berish orqali muammoli vaziyat yaratish. Oʻqituvchi dars mashgʻulotini muammoli savolni oʻrtaga tashlash bilan boshlaydi: 1. Unli va undosh tovushlarni alohida aytib koʻring. Ularni talaffuz qilishda qanday farqni sezayapsiz? 2. Oltita unli va harf ishtirok etgan soʻz yozing. Ulardagi unlini boshqa unli bilan almashtirib koʻring, qanday oʻzgarishlarni sezayapsiz? 3. Undosh tovushlarning talaffuz etib koʻring. SHovqin ovozdan hosil boʻlgan undoshlarni alohida, faqat shovqindan hosil boʻlgan undoshlarni alohida yozing. Agar topshiriqlarni bajarish muayyan qiyinchilik tugʻdirsagina, namuna koʻrsatadi. 4. Ramziy tasvirlar orqali muammoli vaziyatlar yaratish. Muammoli vaziyat yaratishning bu usulida ramziy tasvirlardan foydalaniladi. Masalan, “Oʻzbekiston qovunlari” rasmlari va nomini berib, mavzuda matn yaratish topshirilishi mumkin. 5. Muammoli vaziyat yaoratishda til hodisalarini guruhlash, ajratish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, soʻzlarni muayyan uyalarga birlashtirib, umumiy ma’noli soʻzning xususiy ma’nosini yoki xususiy ma’noli soʻzlarning umumiy ma’nosini topishini talab qilish muammoli vaziyat yaratish imkonini beradi. Masalan, oʻquv qurollari, mevalar, sabzavotlar, daraxtlar va gullarning oʻnlab hatto yuzlab uyadoshlari borki, oʻqituvchi umumiy ma’noli soʻzni oʻquvchi hukmiga havola etadi va qolgan soʻzlarni topishni oʻquvchilarga topshiradi. 1. Sabzavotlar: sabzi, ... 2. Oʻquv qurollari: kitob, ... va hokazolar. An’anaviy ta’limda oʻquvchi ta’lim mazmunini saralashda amalda ishtirok etmaydi. Ijodkorlik faoliyatida esa ta’limda oʻquvchi ta’limiy samarasi ta’limning yangi mazmunini saralashda ishtirok etadi; bilimning hajmi,malakasi, faoliyat turlari hamda oʻquvchining foydalaniladigan usullari cheklanmagan boʻladi. Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil rivojlantirilib boriladi. Xoʼsh, shaxs faoliyatida kreativlik xususiyatlari qachondan namoyon boʼladi? Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga eʼtibor qaratish zarur: 1) ular tomonidan koʼp savollar berilishini ragʼbatlantirish va bu odatni qoʼllab-quvvatlash; 2) bolalarning mustaqilligini ragʼbatlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish; 3) bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish; 4) bolalarning qiziqishlariga eʼtibor qaratish 5) Bolalarda toʻgʻri savol berish koʻnikmasini shakllantirish. Zero, savol tarkibidagi “taʼriflab bering” tushunchasi oʼz mohiyatiga koʼra “mavjud bilimlaringizni birma-bir aytib oʼting” deyish bilan teng. Nazorat savollarini berishda oʼquvchilarni fikrlashga undovchi soʼz (feʼl)lardan foydalanish ularning kreativ fikrlashlarini osonlashtiradi. Shu sababli shaxsda kreativ sifatlarni shakllantirishning birinchi yoʼliga koʼra pedagoglar turli, antiqa, noanʼanaviy hamda puxta javobni berishga majbur qiluvchi soʼz (feʼl)lardan foyalanishlari maqsadga muvofiqdir. M: “bogʼliqlikni toping”, “yarating”, “bashorat qiling”, “fikrni mantiqan bayon eting”, “tasavvur qiling” kabi soʼz (feʼl)lardan foydalanish amaliy jihatdan samarali sanaladi. Topishmoqni oʻrganish, unga javob topish orqali bolalar predmetlarning kelib chiqishi, uning inson hayotidagi oʻrni va roli haqida tasavvurga ega boʻladilar, ularning qiziqishi ortadi, ongi va tafakkuri oʻsadi, fikrlash qobiliyati rivojlanadi, tabiat va hayvonot olamini sevish,
733 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz ardoqlash kabi hissiyotlari tarbiyalanadi. Topishmoqlardan dars jarayonida foydalanish orqali oʻquvchilarning nutqi boyiydi, takomillashadi. Ular ifodali, mazmunli oʻqishga oʻrganadilar. References: 1. Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonuni. – Toshkent: Oʻzbekiston, 2020. 2. Ziyomuhamedov, B. T., Toʻraqulov, H. T. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: TDPU, 2021. 3. Hasanboyeva, O. U. Zamonaviy ta’lim jarayonida muammoli yondashuvning ahamiyati. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. 4. Gʻulomov, A., Mamarasulov, M. Ta’limda innovatsion va muammoli metodlar. – Toshkent: Ilm ziyo, 2019. 5. Vygotskiy, L. S. Psixologiya obucheniya i razvitiya. – Moskva: Pedagogika, 2005.