scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OLIY TA'LIMDA BOʻLAJAK BOSHLANGʻICH TA'LIM OʻQITUVCHILARI TAYYORLASH JARAYONINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY TENDENSIYALARI

Hayitova Ozoda

Full text

770 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz OLIY TA‘LIMDA BOʻLAJAK BOSHLANGʻICH TA‘LIM OʻQITUVCHILARI TAYYORLASH JARAYONINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY TENDENSIYALARI Hayitova Ozoda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 4bosqich 3BTs -guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17376500 Annotatsiya: Maqolada oliy ta‘limda boʻlajak boshlangʻich ta‘lim oʻqituvchilari tayyorlash jarayonini rivojlantirishning asosiy tendensiyalari va zarur omillari, shuningdek, oliy ta‘lim jarayonida raqobatbardosh, yangi sharoitlarga tez moslasha oluvchi, mehnat bozorida mutaxassislar malakasiga qoʻyilayotgan talablar darajasida samarali faoliyat yurita oladigan zamonaviy mutaxassisni shakllantirish masalasi tahlil qilingan. Kalit soʻzlar: ta‘lim, talaba, malaka, mutaxassis, talab, ehtiyoj, muammo, sharoit, sifat, natija. Аннотация. В статье проанализированы основные тенденции и необходимые факторы развития процесса подготовки будущих учителей начального образования в высшем образовании, а также вопрос формирования современного специалиста, способного в процессе высшего образования быть конкурентоспособным, быстро адаптироваться к новым условиям, эффективно функционировать на уровне требований к квалификации специалистов на рынке труда. Ключевые слова: образование, студент, квалификация, Специалист, спрос, потребность, проблема, условия, качество, результат. Annotation. The article analyzes the main trends and necessary factors in the development of the process of training future primary school teachers in higher education, as well as the formation of a modern specialist who can compete in higher education, adapt quickly to new conditions and work effectively in the labor market. Key words: education, student, qualification, specialist, demand, need, problem, condition, quality, result. Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar jamiyatda oʻziga xos ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanish yoʻlining tanlab olinishi, shuningdek, «Ta‘lim toʻgʻrisida»gi Qonunning qabul qilinishi asosida jahon talablariga muvofiq keluvchi uzluksiz ta‘lim tizimini shakllantirish uchun qulay shart-sharoitni yaratdi. Mavzuning dolzarbligi. Ta‘lim sohasida olib borilayotgan hamda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan davlat siyosati ijtimoiy jamiyat taraqqiyotini ta‘minlovchi ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida e‘tirof etildi. Jamiyatda roʻyobga chiqarilayotgan islohotlar talablariga toʻla javob beruvchi, ishlab chiqarish sohasida yuzaga kelgan raqobatbardosh, yangi sharoitlarga tez moslasha oluvchi, shuningdek, mehnat bozorida mutaxassislar malakasiga qoʻyilayotgan talablar darajasida samarali faoliyat yurituvchi yetuk mutaxassisni shakllantirish dolzarb muammo hisoblanadi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda oliy ta‘limga va shu jumladan boshlangʻich ta‘lim oʻqituvchilarini tayyorlashga e‘tibor kuchaydi. Jamiyatning bugungi kundagi taraqqiyot darajasi boʻlajak kasb egasining shaxsiy sifatlarini rivojlantirish, bilim va koʻnikalarni shakllantirishda ta‘limtarbiya jarayonining barcha tarkibiy qismlarining: maqsadi, mazmuni, metodlari, tashkiliy shakllari va oʻqitish vositalarining yangilanishi, oʻzgarishi, takomillashtirilishi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun boshlangʻich 771 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz ta‘lim oʻqituvchilarini tayyorlash tizimining muhim vazifalaridan biri hozirgi oʻzgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda tinimsiz rivojlanishga, mustaqil ravishda bilim olishga, hayotiy faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshira olish qobiliyatiga ega boʻlgan bilimdon, ijodkor shaxsni kamol toptirishdan iborat. Bu esa ta‘limning yangi shakl va metodlarini, ta‘lim mazmunining yangilanishini talab etadi. Asosiy qism. Bugungi kunda boshlangʻich ta‘lim oʻqituvchilarini tayyorlashda boʻlajak mutaxassislarning shunday sifatlari talab etiladiki, yuqori darajadagi bilim va kasbiy koʻnikmalar asosida ular pedagogik faoliyatni va ishlab chiqarish jarayonini tahlil qila biladigan, yangi nostandart gʻoyalarni ilgari sura oladigan, ratsional, zamonaviy talablarga javob beradigan metod va vositalarni, kasbiy va ilmiy axborotlarni oʻzlashtirishning yangi usullarini amaliyotda qoʻllay oladigan boʻlishi lozim. Shuning uchun boʻlajak boshlangʻich ta‘lim oʻqituvchilarini kasbiy tayyorlashning xarakterini sezilarli darajada oʻzgartirish kerak. Bu masalalarni hal etish, boshlangʻich ta‘lim oʻqituvchilarini tayyorlashning yangi sifat darajasiga oʻtishni talab etadi. Mustaqil ijodiy fikrlash, tashabbuskorlik faoliyati bilimlarni egallash jarayonida oʻz-oʻzidan hosil boʻlmaydi, ularni rivojlantirish uchun alohida e‘tibor bilan pedagogik ta‘sir koʻrsatishni talab etiladi. Boshlangʻich ta‘lim yoʻnalish oʻqituvchilarni kasbiy pedagogik tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan talablarning ortib borishi uzluksiz kasbiy pedagogik ta‘lim tizimini rivojlantirishning dolzarb muammosi va talabiga aylanib, boshlangʻich ta‘lim mazmunini yangilashning fundamental prinsiplariga, tizimliligiga, yaxlitligiga, izchilligiga hamda amaliyotga yoʻnaltirilganligiga asoslangan muhim omili boʻlib qolmoqda. Zamon talablariga mos keladigan boshlangʻich ta‘lim yoʻnalishi oʻqituvchilarini tayyorlashning maqsadi kasbiy, mutaxassislik salohiyati yuqori darajada boʻlgan, ijtimoiy jihatdan faol, mustaqil ijodkor pedagog shaxsini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatda ta‘lim rolining oʻsishi, ta‘limning yangilanish sharoitlarida pedagogning an‘anaviy vazifalari bilan bir qatorda, ta‘limni va ijtimoiy-madaniy muhitni mazmunan va jarayonning davomiyligi jihatidan oldindan bashorat (prognoz) qilish, loyihalashtirish va tashkil etish kabi kasbiy vazifalari ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta‘limning axborot tizimi erishayotgan katta yutuqlar axborot hajmini kengaytirish va ta‘lim tizimini takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqardi. Bunda oliy ta‘limning asosiy kamchiligi talaba faoliyatining yetarli emasligidadir, talaba koʻpincha faqat tayyor axborotni qabul qiladi, bu esa hozirgi davr talablariga javob bermaydi. Axborotlar asriga oʻtish paytida, ta‘limning yangilanish sharoitlarida, oʻqitishning zamonaviy texnologiyalarini amalga oshirish, talabalarda mustaqil ta‘lim olish, oʻz-oʻzini takomillashtirish va oʻz-oʻzini nazorat qilish madaniyatini rivojlantirish davrida, samarali kasbiy faoliyatga tayyorgarligi jihatdan zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash darajasiga erishish zarurati pedagog uchun borgan sayin muhim boʻlib bormoqda. Boshlangʻich ta‘lim mutaxassislarini tayyorlashning zamonaviy holati, ularning nazariy tayyorgarligi sifatini oshirishning yangi yoʻllarini izlash, mustaqil ravishda ijodkorona mehnat qilishga tayyorlash va eng asosiysi pedagogika oliy ta‘lim muassasasi bitiruvchisini nazariy va amaliy-kasbiy faoliyatga tayyorlashning vositalari va metodlarini izlab topishni talab etadi. Xulosa. Ta‘limning yana bir muhim xususiyatlaridan biri – uning globalligi boʻlib, bu xususiyat umumjahon integratsion jarayonlarida, davlatlarning turli sohalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik faoliyatlarining jadallashishida aks etmoqda. Yangi axborot va kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish xalqaro hamkorlik va tajriba almashish uchun keng 772 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Bunday imkoniyatlardan milliylik xususiyatlarini saqlab qolgan holda turli ta‘lim tizimlarini integratsiyalash orqali ta‘lim oldida turgan vazifalarni hal etishga yordam berishi mumkin. Boshlangʻich ta‘lim mutaxassislarini tayyorlashning zamonaviy holati, ularning nazariy tayyorgarligi sifatini oshirishning yangi yoʻllarini izlash, mustaqil ravishda ijodkorona mehnat qilishga tayyorlash, va eng asosiysi pedagogika oliy ta‘lim muassasasi bitiruvchisini amaliy va kasbiy faoliyatga tayyorlashning vositalari va metodlarini izlab topishni talab etadi. Barkamol avlodni tarbiyalash, turli sohadagi kichik mutaxassislarni shakllantirish oʻqituvchilarning kasbiypedagogik tayyorgarlik sifat darajasiga bogʻliq. References: 1. Muslimov N.A., Raximov Z.T., Xoʻjayev A.A., Qodirov H.SH. Ta‘lim texnologiyalari. Darslik. – Toshkent: ―Voris‖ nashriyoti, 2019. 568 b. 2. Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H. ―Innovatsion ta‘lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik‖ moduli boʻyicha oʻquv-metodik majmua. – Toshkent: TDPU, 2016. 238-b. 3. Raximov Z.T. Ta‘lim jarayonida talabalar oʻquv-bilish kompetentligini rivojlantirish. // ―Zamonaviy ta‘lim‖ ilmiy-amaliy ommabop jurnal, 2020 yil №3 (88). 4 b. 4. Raximov Z.T. Oʻquv-bilish faoliyatini kompleks yondashuv asosida tashkil qilish. // ―Tafakkur ziyosi‖ ilmiy-uslubiy jurnal, 2020. 2-son. 23-b. 5. Tolipov Oʻ.Q., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – T.: ―Fan‖. 2006. 90-93betlar. 6. Oʻzbek tilining izohli lugʻati. I – Tartibli jildi. – Toshkent: ―Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi‖ Davlat ilmiy nashriyoti, 2007. 212-b.