UMUMIY O'RTA TA'LIM MUASSASALARIDA MA'NAVIY TARBIYANI AMALGA OSHIRISH PЕDAGOGIK IMKONIYATLARI
Full text
791 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARIDA MA’NAVIY TARBIYANI AMALGA OSHIRISH PЕDAGOGIK IMKONIYATLARI G‘iyosova Xadichabonu Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 4bosqich 3BTs -guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17376869 Annotatsiya: Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarga ma’naviy tarbiya berishning mazmuni, maqsadi hamda uni samarali tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari tahlil etilgan. Ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonida o‘qituvchining shaxsiy namunasi, dars va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘rni, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlashning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, o‘quvchilar ongida vatanparvarlik, halollik, mas’uliyat, insonparvarlik kabi fazilatlarni shakllantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanishning afzalliklari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqotda ma’naviy tarbiya samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi innovatsion yondashuvlar va amaliy tajribalar tahlil qilingan. Kalit so‘zlar:ma’naviy tarbiya, axloqiy qadriyatlar, umumiy o‘rta ta’lim, pedagogik imkoniyat, tarbiya jarayoni, o‘qituvchi shaxsi, milliy qadriyatlar, innovatsion yondashuv. Аннотация: В статье анализируются содержание, цель и педагогические возможности духовного воспитания обучающихся в учреждениях общего среднего образования. Раскрывается личный пример учителя в процессе духовно-нравственного воспитания, роль внеклассных занятий и внеклассной работы, важность обеспечения гармонии национальных и общечеловеческих ценностей. Показаны преимущества использования современных педагогических технологий и интерактивных методов в формировании у обучающихся таких качеств, как патриотизм, честность, ответственность, гуманность. Анализируются инновационные подходы и практический опыт, способствующие повышению эффективности духовного воспитания. Ключевые слова: духовное воспитание, нравственные ценности, общее среднее образование, педагогические возможности, образовательный процесс, личность учителя, национальные ценности, инновационный подход. Abstract: This article analyzes the content, purpose and pedagogical possibilities of providing spiritual education to students in general secondary educational institutions. The personal example of the teacher in the process of spiritual and moral education, the role of classes and extracurricular activities, the importance of ensuring the harmony of national and universal values are highlighted. The advantages of using modern pedagogical technologies and interactive methods in the formation of such qualities as patriotism, honesty, responsibility, and humanity in the minds of students are also shown. The study analyzes innovative approaches and practical experiences that serve to increase the effectiveness of spiritual education. Keywords: spiritual education, moral values, general secondary education, pedagogical opportunities, educational process, teacher personality, national values, innovative approach. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini kasbiy tayyorlash. O‘zbekistonda barpo etilayotgan Uchinchi Renessans jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy
792 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz tayyorlash muhim vazifa hisoblanadi. Buning uchun quyidagilarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq bo‘ladi: - bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini pedagogik qonuniyatlar va texnologiyalar bilan chuqur tanishtirish; 438 - bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual va ma’naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo‘lishlari uchun ularda zarur ko‘nikma va bilimlarni shakllantirish; - dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, ularning yangi avlodini yaratish, o‘quv dasturlari va standartlarini optimallashtirish; - ta’lim-tarbiya muassasalarining rahbar xodimlari, pedagog va murabbiylari, professoro‘qituvchilari va ilm-fan sohalari vakillarining jamiyatimizdagi o‘rni va maqomini oshirish, ularning mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash va faoliyat samaradorligiga qarab moddiy rag‘batlantirish; - pedagog xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, malaka oshirish tizimini «hayot davomida o‘qish» tamoyili asosida takomillashtirib borish; - ilmiy-tadqiqot va ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha xususiy sektorning salmog‘ini kengaytirish, hududlarda nodavlat ta’lim tashkilotlarini tashkil etish orqali raqobat muhitini shakllantirish, ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish; - zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan xolda ta’limni boshqarishni avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish, elektron resurslar va masofaviy ta’limni yanada rivojlantirish, ta’lim oluvchilar o‘rtasida IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirish; - ilmfanni iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish, ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, iqtidorli yosh olimlarning innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish, mavjud ilmiy tashkilotlar salohiyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi PF6108-sonli Farmonida berilgan mazkur topshiriqlar asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Pedagogik olimlarning fikricha, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari quyidagi funksional komponentlarni bilishi kerak: 1. o‘quv materiallarini tayyorolash va taqdim etish; 2. o‘quvchilarni bilim va tarbiya olishga qiziqtira olishi; 3. o‘quvchilar shaxsida uchraydigan kamchiliklarni bartaraf eta olishi; 4. muntazam ravishda o‘quvchilarni kuzatib borishi. Mazkur yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Tajribali pedagog olimalardan A.K.Markovo yondashuviga ko‘ra bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyati to‘rt yo‘nalishdan iborat: 1. kasbiy psixologik va pedagogik bilimlarni egallash; 2. kasbiy pedagogik malakani egallash; 3. kasbiy psixologik ko‘nikmalarni egallash; 4. shaxsiy fazilatlar egasi bo‘lish. Bizning yondashuvimizga ko‘ra, ushbu tavsiyalar nazariy va amaliy jihatdan asoslarga ega. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonini tashkil etishda bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy, psixologik va estetik jihatdan tayyorlashga e’tibolr berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hozirgi zamon rivojlanish jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda modellashtirish masalasiga ahamiyat berish dolzarb bo‘lib turibdi. Unga ko‘ra, oliy pedagogik ta’lim jarayoni o‘ziga xos model ko‘rinishiga ega bo‘lishi kerak. Chungi modellashtirish to‘rt jihatga ega bo‘ladi: - model bu o‘quv materiallarini tizimli taqdim etish; - mldel muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etib borish; - model ta’lim oluvchini hamisha ob’ekt sifatida bilish; - model yangi ma’lumotlarni o‘z vaqtida o‘quv jarayoniga kiritib borish. Shu jihatdan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini
793 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz kasbiy tayyorlash ishlarini modellashtirib olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. - o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi; - tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi. Mazkur majburiyatlar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga yo‘naltirishning asoslari bo‘lib xizmat qiladi. Bizning yondashuvimizga ko‘ra bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy faoliyatga quyidagi mexanizmlar asosida yo‘naltirilishi kerak: a) mutaxasssilik fanlarini o‘qitish jarayonida; b) maxsus kurslar vositasida; v) mustaqil ta’lim vositasida; g) ustoz-shogird an’anasi vositasida. Bu mexanizmlarga amal qilish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga yo‘naltirish jarayonini aniq tashkil etish imkonini beradi. Misol uchun, mustaqil ta’lim vositasini olaylik. Pandemiya kabi murakkab sharoitlar shuni ko‘rsatdiki, oliy pedagogik ta’lim jarayoni hamisha va har qanday vaziyatda mustaqil ta’limga tayyor turishi kerak. Shunday qilib boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga qo‘yiladigan talablar pedagogik, psixologik va sotsiologik xarakterga egaligi bilan ahamiyatli hisoblanadi. References: 1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent: O‘zbekiston, 2020. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori. – Toshkent, 2019. 3. Karimov, I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 4. G‘ofurov, A. T. Pedagogika nazariyasi va tarbiya jarayoni. – Toshkent: TDPU, 2021. 5. Hasanboyeva, O. U. Ma’naviy-axloqiy tarbiya pedagogik asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2019. 6. Yo‘ldosheva, D. S. Tarbiya jarayonida interfaol metodlardan foydalanish imkoniyatlari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020. 7. Raxmonov, B. M. Umumiy o‘rta ta’limda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish. – Toshkent: Ilm ziyo, 2022.