scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAXSUS YORDAMGA MUHTOJ BOLALAR BILAN ISHLASHDA MUSIQIY YONDASHUV

Baxadirova Zulfizar Azimbayevna; Aminova Nozimaxon Fayozbekovna

Abstract

Ushbu tezisda musiqa terapiyasining inson hayotidagi o‘rni va uning alohida yordamga muhtoj bolalar bilan ishlashdagi ahamiyati tahlil qilingan. Musiqa terapiyasi ruhiy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, bolalarning his-tuyg‘ularini boshqarish, emotsional barqarorlikni ta’minlash, nutqiy va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Muallif musiqa terapiyasining pedagogik va psixologik jihatlariga to‘xtalib, uning logopedik mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashgan holda samaradorligini oshirish usullarini ko‘rsatib o‘tgan. Shuningdek, O‘zbekistonda musiqa terapiyasining rivojlanish istiqbollari ham muhokama qilingan.

Full text

9 https://www.asr-conference.com/ III SHO‘BA: Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari: strategiyalar, tajribalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalar MAXSUS YORDAMGA MUHTOJ BOLALAR BILAN ISHLASHDA MUSIQIY YONDASHUV Mualliflar: Baxadirova Zulfizar Azimbayevna 1, Aminova Nozimaxon Fayozbekovna 2 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti katta o‘qituvchisi 1, Xalqaro Nordik universiteti 2-kurs maxsus pedagogika yo‘nalishi talabasi 2 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17376972 ANNOTATSIYA Ushbu tezisda musiqa terapiyasining inson hayotidagi o‘rni va uning alohida yordamga muhtoj bolalar bilan ishlashdagi ahamiyati tahlil qilingan. Musiqa terapiyasi ruhiy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, bolalarning his-tuyg‘ularini boshqarish, emotsional barqarorlikni ta’minlash, nutqiy va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Muallif musiqa terapiyasining pedagogik va psixologik jihatlariga to‘xtalib, uning logopedik mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashgan holda samaradorligini oshirish usullarini ko‘rsatib o‘tgan. Shuningdek, O‘zbekistonda musiqa terapiyasining rivojlanish istiqbollari ham muhokama qilingan. Kalit so‘zlar: musiqa terapiyasi, logoritmika, maxsus yordamga muhtoj bolalar, emotsional rivojlanish, nutqiy faoliyatni rivojlantirish, pedagogik korreksiya, psixologik yordam, musiqiykorreksion mashg‘ulotlar, reabilitatsiya markazi, muloqot ko‘nikmalari. KIRISH Musiqa – bu shunday san’atki, uni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi, lekin har bir tirik mavjudotning his-tuyg‘ularini o‘zida mujassam eta oladi. Musiqa bizning kayfiyatimiz va hayotimizga hamrohdir. G‘amgin damlarda mayin kuylar bizga tasalli beradi. Go‘yoki faqat musiqa bizning his-tuyg‘ularimizni tushunayotgandek tuyuladi. Quvonchli damlarda esa, sho‘x kuylar kayfiyatimizni ko‘taradi, bayramlarimizni yanada quvnoq qiladi. Har qanday bola ona qornidaligidan mumtoz musiqa, ona allasi, tug‘ilgach ona va buvilarning aynan unga qaratilgan, ismlari qo‘shib aytiladigan alla qo‘shiqlarini tinglab katta bo‘ladi. Bobokalonimiz, tibbiyot ilmining mashhur olimi Abu Ali ibn Sino ham o‘zining “Tib qonunlari” asarida alla bolaga ikki tomonlama ta'sir ko‘rsatib, uni ham jismoniy, ham axloqiy jihatdan to‘g‘ri rivojlantirishiga e’tibor qaratadi. Jumladan, “... bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo‘llamoq kerak. Biri bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi, uni uxlatish uchun odat bo‘lgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab, bolaning tanasi bilan badantarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo‘lgan iste’dodi hosil bo‘ladi” 1 , - deb yozgan edi. Musiqa inson hayotining ajralmas qismidir. Har bir davrda musiqa orqali insonlar o‘z his-tuyg‘ularini ifodalashgan. Bugungi kunda musiqa turli sohalarda qo‘llaniladi va fan sifatida o‘rganilmoqda. Birgina musiqiy asar bizni o‘tmish xotiralarga olib kirishi mumkin. Har bir kuy qalbga ta’sir qiluvchi sehrli bir kuchga ega. 1 Ibn Sino, Abu Ali. Tib qonunlari. –1-kitob. – T.: A.Qodiriy, 1992. – 304 b “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” 10 https://www.asr-conference.com/ III SHO‘BA: Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari: strategiyalar, tajribalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalar Shu bois musiqa nafaqat san’at, balki ruhiy yordam vositasi sifatida ham muhim ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda musiqa terapiyasi ruhiy davolash usuli sifatida rivojlanib bormoqda. Bu usul malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshirilib, psixoterapiya va psixologiya bilan bir qatorda qo‘llanilmoqda. Musiqa terapiyasining eng muhim jihatlaridan biri – musiqa orqali bolalar yoki katta yoshli insonlar bilan so‘zsiz o‘zaro muloqot o‘rnatishdir. Musiqa terapiyasi – bu musiqaning ritm, ohang, ovoz kabi jihatlaridan foydalanib, insonning hissiy, ijtimoiy, jismoniy va aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradigan usuldir. Bunday terapiya maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladi. Musiqiy terapevtlar esa, musiqa ohanglari orqali histuyg‘ularni boshqarish, jismoniy salomatlik, ijtimoiy faollik, muloqot qobiliyatlari va kognitiv qobiliyatlarni baholaydilar. Shaxslar (bolalar hamda yoshi katta insonlar) ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ular uchun maxsus guruh tashkil etadilar yoki individual tarzda yondashib, o‘z mashg‘ulotlarini amalga oshiradilar. Bola rivojlanishi jarayonida og‘ir nutq nuqsoni, harakat-tayanch a’zolaridagi nuqsonlar, aqliy va ruhiy qobilyat, eshitish va ko‘rishdagi nuqsonlar yoki autizm va daun sindromlari kuzatilishi mumkin, shu sababli bolaning ilk yoshidanoq to‘g‘ri tashkil etilgan kompleks chora-tadbirlar, kasallik og‘ir darajaga o‘tib ketishining oldini oladi. Boladagi nuqson markaziy nerv sistemasidagi organik kamchiliklar natijasida paydo bo‘lgani bois, uni to‘liq bartaraf etib bo‘lmaydi, biroq, ko‘zga ko‘rinmaydigan, sezilmaydigan darajaga keltirish mumkin. Alohida yordamga muhtoj bolalar uchun musiqa atrof-muhit bilan bog‘lanishning yagona yo‘li bo‘lib xizmat qila oladi. Musiqaning muhim jihatlaridan yana biri shundaki, unda nutqdan foydalanish talab etilmaydi. Maxsus yordamga muhtoj bolalar nutq orqali o‘z fikr va his-tuyg‘ularini ifoda etishga qiynalishadi, ammo musiqaning yordamida bu jarayon ular uchun osonlashadi. Musiqa - his-tuyg‘ular dunyosiga yo‘l bo‘lib, insoniy muloqot va qo‘llabquvvatlash manbaiga aylanadi. Musiqiy-korreksion mashg‘ulotlarning maqsadi bolalarda musiqiy iste’dodni rivojlantirish bilan bir qatorda, shaxsiy rivojlanishga ham yordam berishdir. Mashg‘ulotlar esa quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi: 11 https://www.asr-conference.com/ III SHO‘BA: Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari: strategiyalar, tajribalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalar Musiqiy terapiyaning 2 xil turi mavjud, aktiv va passiv musiqiy terapiya. Aktiv musiqa terapiyasi - pianino, gitara yoki baraban chalish, qo‘shiq aytish, raqsga tushish va musiqa yaratish kabi faol ishtirokni talab qiladi. Passiv musiqa terapiyasi - musiqa tinglash orqali rohatlanish va xotirjamlikka erishishdir. Bu stressni kamaytirish va kayfiyatni yaxshilash uchun qo‘llaniladi. 2 Mashg‘ulotlar yakka tartibda, ya’ni individual yoki guruhda o‘tkizilishi mumkin. Asosan, bolaning imkoniyatidan kelib chiqqan holda terapevt dars mashg‘ulotlarini qanday tarzda o‘tishni belgilab oladi. Individual mashg‘ulotlar ko‘pincha og‘ir nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan o‘z ichiga ham logopedik, ham musiqiy, ham o‘yinlarga boy yoki cholg‘u asboblarini chalish kabilar bilan birgalikda olib borilsa, guruhli mashg‘ulotlar ko‘pincha, raqs, musiqani tinglash va kuylash kabi usullarda bo‘lib o‘tadi. Guruhda o‘tkiziladigan musiqiy-korreksion mashg‘ulotlar bir qator afzalliklarga ega: Mashg‘ulotlarni olib borishda o‘ziga yarasha uslublar mavjud. Bolalar musiqiy materialni o‘ziga mos sur’atda o‘zlashtirishi uchun bir xil musiqiy kompozitsiya bir necha marta takrorlanadi, ularni bola to‘laqonli o‘rganib olishi kerak bo‘ladi. Shu tariqa, ular asta-sekin pedagog ijrosiga qo‘shilishadi va birga kuylashadi. Mashg‘ulot jarayonida ba’zi bolalarning rivojlanishda sezilarli yutuqlarga erishiladi yoki xulqatvorlarida ijobiy o‘zgarishlar kuzatiladi. 2 . http://www.musictherapy.org/ 12 https://www.asr-conference.com/ III SHO‘BA: Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari: strategiyalar, tajribalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalar Mashg‘ulotning qanday o‘tishiga qiziqqan ota-onalar darslarda qatnashib, o‘zlari ham ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Bu tarzdagi dars jarayoni ko‘pincha harakatlanishida muammosi bor bolalar uchun samaralidir va o‘rganilgan materiallarni uyda takrorlab, mustahkamlab olishga katta yordam beradi. Turli usullar orqali nutqiy faollikni rag‘batlantirish va his-tuyg‘ularni musiqiy yo‘l bilan ifoda etishga yordam berish, masalan, musiqiy iboralar yoki ritmik harakatlar orqali bola o‘zini ko‘rsatib, musiqadan “so‘zlash vositasi” sifatida foydalanadi. Bu jarayon bolaning emotsional o‘sishi, nutqiy ko‘nikmalarini kengaytirish va o‘zini erkin ifoda etishga undaydi. Tasodifiy musiqiy improvizatsiyalar esa zavq, motivatsiya va quvonch tuyg‘ularini rag‘batlantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Musiqiy mashg‘ulotlarini olib borishda terapevtlar e’tiborini quyidagi yo‘nalishlarga qaratadi: ongli idrokni rivojlantirish, jismoniy va ruhiy faollikni rag‘batlantirish, muloqot ko‘nikmalarini oshirish, emotsional ifodani qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xulq-atvorni shakllantirish, shaxsiy qobiliyat va imkoniyatlarni rivojlantirish. Musiqa - idrok va harakatni uyg‘unlashtirishda asosiy vosita hisoblanadi. U bolalarga o‘z tanasini anglash, tovush yaratish jarayonidagi harakatlarning rolini tushunish va harakat bilan tovush o‘rtasidagi bog‘liqlikni his qilishga yordam beradi. Jonli musiqa bolalar rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Shu sababli mashg‘ulotlarda cholg‘u asboblaridan erkin foydalanishga sharoit yaratib berish lozimdir. Jonli musiqa bolalarga o‘zini erkinroq his qilishga, quvonch va zavq olishga, boshqa bolalar bilan muloqot qilishga turtki beradi. Pol Nordoff va Klayv Robbins o‘zlarining “Maxsus ta’limda musiqa terapiyasi” kitobida bu haqda shunday yozgan: “Agar siz bolaga jonli musiqa bilan murojaat qilsangiz, u siz bilan bog‘lanib, rivojlanishida siz bilan hamkorlik qila boshlaydi. Sizning harakatlaringiz va hissiy ishtirokingiz bolada ijobiy javob uyg‘otadi. Siz bergan har bir samimiy va iliq energiya bolaga boy va rag‘batlantiruvchi tajriba yaratishga yordam beradi.” 3 Izlanishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistonda musiqa terapiyasi hali rivojlanish bosqichida. G‘arb mamlakatlarida bu soha ancha oldinga siljigan bo‘lsa, bizda esa dastlabki qadamlar qo‘yilmoqda. Musiqa terapiyasi, asosan, maxsus ta’lim muassasalari, reabilitatsiya markazlarida va psixologlar huzurida qo‘llaniladi. 3 Nordoff P.C. Robbins. Music Therapy in Special Education Second Edition / Revised by Clive Robbins. Gilsum, Barcelona Publishers, 2006. 0 50 100 150 200 250 300 350 400 450 2020 2021 2023 2024 2025 Passiv musiqa terapiyasi Aktiv musiqa terapiyasi 13 https://www.asr-conference.com/ III SHO‘BA: Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari: strategiyalar, tajribalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalar O‘zbekistonda bu soha bo‘yicha rasmiy statistik ma’lumotlar ko‘p emas, ammo so‘nggi yillarda turli reabilitatsiya markazlari bu yo‘nalishga qiziqishni oshirmoqda. Aktiv va passiv musiqa terapiyalari ham psixolog huzurlarida, ham bolalar markazlarida keng qo’llanishni boshladi. Musiqa terapiyasining asosiy vazifasi bolalarning ichki dunyosini ochish, his-tuyg‘ularini ifodalashga yordam berish va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishdir. Biz bilamizki, alohida yordamga muhtoj bolalar bilan dars o‘tkazish juda qiyin. Bunday bolalar nimanidir tushunishlari uchun har bir mavzuga ikki yoki undan ortiq dars mashg‘ulotlarini ajratiladi. Bunday ish jarayoni mutaxassisdan malaka va sabr talab qiladi, chunki tashvishli va stres holatlar juda ko‘pdir. Lekin, shunga qaramay, bolada yaxshi tomonga bo‘layotgan o‘zgarishlarni ko‘rib, qilingan mehnatninig samarasi dalda beradi. XULOSA Xulosa qilib aytganda, musiqa terapiyasining inson hayotidagi o‘rni va uning ijobiy ta’siri kengdir. Musiqa nafaqat estetik zavq bag‘ishlaydi, balki ruhiy va jismoniy sog‘liqni mustahkamlashda muhim vosita sifatida qo‘llaniladi. Xususan, alohida yordamga muhtoj bolalar bilan ishlashda musiqa terapiyasi ularning rivojlanishiga ko‘mak beradi. Ushbu terapiya orqali bolalarning ijtimoiy ko‘nikmalari yaxshilanadi, muloqot qilish qobiliyatlari rivojlanadi va o‘z his-tuyg‘ularini ifodalashga bo‘lgan ishonchi ortadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Ibn Sino, Abu Ali. Tib qonunlari. –1-kitob. – T.: A.Qodiriy, 1992. – 304 b. 2. Xamidova M.O. Maxsus pedagogika T,: Fan va texnologiylar, 2018. – 164b 3. Tursunova R., Tursunova G. Jahon musiqa tarixi (O‘quv qo‘llanma) T. Voris nashriyoti, 2017. 152 bet 4. Xomidova N.F. MAXSUS YORDAMGA MUHTOJ BOLALARGA MUSIQA MASHG‘ULOTLARI ORQALI TA’LIM BERISH SHART-SHAROITLARI. Tezis chiqqan to’plam Musiqa taʼlimi va sanʼatining bugungi globallashuv sharoitida milliyijtimoiy ahamiyati: muammo va yechimlar 5. CHU, H., YANG, C. Y., LIN, Y., OU, K. L., LEE, T. Y., O‘BRIEN, A. P. & CHOU, K. R. 2013. The Impact of Group Music Therapy on Depression and Cognition in Elderly Persons With Dementia: A Randomized Controlled Study. Biol Res Nurs. 6. Balkanska P. Prilozhna psikhologiya v meditsinskata praktika. Sofiya: Buvest 2000, 2013 7. Alvin J. Music Therapy for the Autistics Child. Oxford: New York, Oxford University Press, 1991 8. Nordoff P.C. Robbins. Music Therapy in Special Education Second Edition / Revised by Clive Robbins. Gilsum, Barcelona Publishers, 2006. 9. . http://www.musictherapy.org/