Full text
9 https://www.asr-conference.com/ III SHO‘BA: Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari: strategiyalar, tajribalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalar INKLYUZIV TA’LIMDAN INKLYUZIV JAMIYAT SARI: XALQARO TAJRIBA VA O‘ZBEKISTON MODELI TAHLILI Mualliflar: Islamova Fotima Shamsiddinovna 1, Abduqunduzova Gulsora Alisherovna2 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti Pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi 1, Xalqaro Nordik universiteti 2-kurs maxsus pedagogika yo‘nalishi talabasi2 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17377390 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari bosqichli o‘tish jarayoni xalqaro va milliy tajribalar asosida nazariy-tahliliy yondashuvda o‘rganiladi. AQSh, Finlandiya, Yaponiya va Janubiy Koreya singari rivojlangan davlatlarda shakllangan huquqiy, pedagogik va texnologik modellar taqqoslanib, O‘zbekiston sharoitiga mos kompozit (gibrid) modelning konseptual asoslari ishlab chiqiladi. Shuningdek, sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarining adaptiv ta’lim, nutqni avtomatik tanish, matn-ovoz konversiyasi va shaxsiy ta’lim rejalari yaratishdagi qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Milliy siyosiy-huquqiy hujjatlar, xususan PQ–4860 qarori va “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi” asosida O‘zbekistondagi institutsional imkoniyatlar baholanadi. Tadqiqot natijalari inklyuziv ta’limni alohida pedagogik yo‘nalish sifatida emas, balki keng qamrovli inklyuziv jamiyat modeli sifatida tashkil etish zarurligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: Inklyuziv ta’lim, inklyuziv jamiyat, kompozit model, sun’iy intellekt (AI), shaxsiy ta’lim rejasi, xalqaro tajriba, adaptiv ta’lim, pedagogik adaptatsiya. KIRISH Zamonaviy global ta’lim tizimida inklyuziv ta’lim konsepsiyasi nafaqat ijtimoiy adolat tamoyillarini ta’minlash, balki barqaror rivojlanishning muhim omili sifatida qaralmoqda. Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalarni umumiy ta’lim muassasalarida sog‘lom tengdoshlari bilan birgalikda o‘qitish, ularning shaxsiy rivojlanishi va jamiyat hayotiga to‘liq integratsiyalashuvini ta’minlashga qaratilgan pedagogik yondashuvdir (1). Mazkur tushuncha ilk bor XX asr o‘rtalarida xalqaro maydonda muhokama etila boshlagan bo‘lsa-da, XXI asrga kelib u milliy ta’lim siyosatlarining ajralmas qismiga aylandi (2). Dastlab ayrim davlatlarda maxsus ehtiyojli bolalar uchun alohida internat tipidagi muassasalar tashkil etilgan bo‘lsa, zamonaviy gumanistik yondashuv bu amaliyotni inklyuzivlashgan modelga almashtirdi. Chunki izolyatsiyalangan ta’lim shakli bunday o‘quvchilarning jamiyatdan chetlashuviga, ijtimoiy moslashuv jarayonining sustlashishiga sabab bo‘lishi aniqlangan (3). Shundan kelib chiqib, bugungi kunda aksariyat rivojlangan davlatlarda ta’lim siyosati “separatsiyadan integratsiyaga, integratsiyadan inklyuziyaga” tamoyili asosida qayta ko‘rib chiqildi. Inklyuziv ta’lim tushunchasi xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar orqali ham mustahkamlangan. Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi”da barcha bolalar jismoniy, aqliy yoki psixologik imkoniyatlaridan qat’i nazar, umumiy ta’lim tizimida o‘qish huquqiga ega ekani qat’iy “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
10 https://www.asr-conference.com/ III SHO‘BA: Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari: strategiyalar, tajribalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalar belgilab qo‘yilgan (4). Shuningdek, “Ta’lim hamma uchun” konsepsiyasi va UNESCO tavsiyalari inklyuziv yondashuvni global standart sifatida e’tirof etadi. O‘zbekiston Respublikasida ham ushbu yo‘nalishda izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlat miqyosida qabul qilingan qaror va farmonlar ta’lim tizimini inklyuziv asosda qayta tashkil qilishni nazarda tutadi. Xususan, “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ushbu yo‘nalishdagi islohotlarning huquqiy poydevorini yaratdi (5). Shuningdek, “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi”da ham nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’limga teng huquqli kirish imkoniyatlarini kengaytirish vazifasi alohida band sifatida ko‘rsatib o‘tildi. Inklyuziv ta’limning joriy etilishi faqat ta’lim sohasi bilan cheklanmaydi. U jamiyatda bag‘rikenglik, inson huquqlariga hurmat, o‘zaro hamkorlik va ijtimoiy birdamlik kabi fazilatlarni shakllantiradi. Shu ma’noda inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari yo‘l shunchaki pedagogik islohot emas, balki ijtimoiy transformatsiya jarayoni hamdir (6). Zero, inklyuziv ta’limni muvaffaqiyatli tashkil etgan davlatlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bu yondashuv natijasida jamiyatning barcha qatlamlari o‘rtasida ijobiy munosabatlar kuchayadi, ijtimoiy nizolar kamayadi va fuqarolarning faolligi ortadi (7). Shu nuqtai nazardan, mazkur ilmiy maqolada inklyuziv ta’limning nazariy asoslari, xalqaro va milliy tajribalar, ta’limdan jamiyatgacha bo‘lgan transformatsion mexanizmlar, shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalarining, xususan, sun’iy intellekt vositalarining inklyuziv yondashuvdagi o‘rni ilmiy-tahliliy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi - inklyuziv ta’limni samarali joriy etish orqali inklyuziv jamiyatni shakllantirishning mavjud imkoniyatlarini ilmiy asoslashdan iborat. ADABIYOTLAR TAHLILI (XALQARO VA MILLIY TAJRIBA ASOSIDA) Inklyuziv ta’lim bo‘yicha xalqaro ilmiy izlanishlar asosan XX asr oxiri — XXI asr boshlarida faollashgan bo‘lib, dastlab G‘arb davlatlarida “special education” (maxsus ta’lim) tushunchasi ustuvor bo‘lgan. Keyinchalik bu paradigma o‘rnini “inclusive education” (hamma uchun ta’lim) yondashuvi egalladi. Bu o‘zgarishning ilmiy asoslari ko‘plab klassik tadqiqotlarda keng yoritilgan. Dastlabki yondashuvlarda maxsus ehtiyojli bolalar alohida internat maktablari yoki reabilitatsion markazlarda tarbiyalangan (1). Bu model ayrim jihatdan samarali bo‘lsa-da, izolyatsiya natijasida bunday bolalarning ijtimoiy adaptatsiyasi susaygani kuzatilgan (2). Shu sababli 1990-yillardan boshlab Yevropa Ittifoqi, AQSh va Skandinaviya mamlakatlari “integration” (integratsiya) modeliga o‘ta boshladi. Integratsiyada maxsus ehtiyojli o‘quvchilar umumiy ta’lim muassasasiga jalb qilinar, biroq ularga alohida dastur yoki yordamchi mutaxassislar orqali qo‘llab-quvvatlash ta’minlanar edi (3). Biroq bu ham to‘liq natija bermagani uchun 2000-yillardan boshlab “full inclusion” - ya’ni barcha bolalarni imkon qadar yagona ta’lim jarayoniga to‘liq qo‘shish g‘oyasi ilgari surildi. Bu yondashuvda asosiy urg‘u “o‘quvchini tizimga moslashtirishga emas, balki tizimni o‘quvchiga moslashtirishga” qaratildi (4). Skandinaviya tajribasida, xususan, Finlandiya modeli eng muvaffaqiyatli shakllardan biri sifatida e’tirof etiladi. Bu mamlakatda inklyuziv ta’lim nafaqat maxsus ehtiyojli bolalar uchun, balki til, madaniyat yoki psixologik qiyinchiliklarga ega migrantlar uchun ham tatbiq etilgan (5). Maktablar uch pog‘onali qo‘llab-quvvatlash tizimi asosida ishlaydi: yengil pedagogik yordam, kuchaytirilgan yordam va individual
11 https://www.asr-conference.com/ III SHO‘BA: Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari: strategiyalar, tajribalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalar reja asosida ta’lim. Bu tizim har bir o‘quvchining ehtiyojini avtomatik ravishda monitoring qilib boruvchi “learning analytics” platformalari bilan integratsiyalangan (6). AQShda esa inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlashda texnologik yondashuvlar yetakchilik qiladi. “Microsoft Immersive Reader”, “Seeing AI”, “Google Lookout” kabi platformalar ko‘rish yoki eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun interaktiv ta’lim imkoniyatlarini yaratib beradi (7). Shuningdek, autizm spektridagi o‘quvchilar uchun maxsus sensor muhitlar, robot-assistentlar va adaptiv o‘yinlar keng qo‘llaniladi (8). Yaponiya va Janubiy Koreya tajribasida esa inklyuziv ta’lim nafaqat individual qo‘llab-quvvatlashga, balki jamoaviy tarbiya prinsipi asosida amalga oshirilishi bilan ahamiyatlidir. U yerda sinf jamoasi “hamkorlik guruhi” sifatida qaraladi va barcha o‘quvchilar o‘zaro yordam va mas’uliyat tamoyiliga o‘rgatiladi (9). Bu yondashuv ijtimoiy integratsiya jarayonini tezlashtirishi isbotlangan. Milliy tajriba tahlili. O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim tizimi so‘nggi yillarda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaror (2020-yil) ushbu islohotlarning huquqiy asosini yaratdi (10). Ushbu hujjat asosida 2020–2025yillarga mo‘ljallangan “Inklyuziv ta’lim konsepsiyasi” ishlab chiqildi. Konsepsiyada har bir hududda kamida bittadan tayanch inklyuziv maktab tashkil etish, pedagoglarni maxsus tayyorlash va moddiy-texnik bazani moslashtirish belgilangan (11). Milliy tadqiqotlarda Raxmanova (12) inklyuziv ta’limning samaradorligini oshirish uchun pedagoglarning psixologik tayyorgarligi hal qiluvchi omil ekanini ta’kidlaydi. Lukmonova (13) esa inklyuziv ta’limni adolatli jamiyatning tayanchi sifatida baholab, sog‘lom o‘quvchilarda empatiya va bag‘rikenglikni shakllantiruvchi asosiy vosita sifatida ko‘rsatadi. Mo‘minov (14) Yaponiyada o‘tkazilgan izlanishlari asosida maktab direktorlarining innovatsion boshqaruv salohiyati inklyuziv jarayonlarning muvaffaqiyatida strategik omil ekanini ta’kidlaydi. Mahalliy tajriba shuni ko‘rsatadiki, dastlabki bosqichda asosiy muammo infrastruktura va pedagogik tayyorgarlik bilan bog‘liq bo‘lgan. Biroq so‘nggi yillarda bu yo‘nalishda ijobiy dinamika kuzatilmoqda. Masalan, ba’zi maktablarda ko‘zi ojiz o‘quvchilar uchun Braille displeylari, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun mobil subtitr qurilmalari joriy etilgan (15). Shuningdek, ayrim oliy ta’lim muassasalarida “Maxsus pedagogika” bo‘yicha yangi ta’lim dasturlari ochildi (16). Xalqaro va milliy tajriba tahlili shuni ko‘rsatadiki, inklyuziv ta’limni joriy etishda uchta asosiy yo‘nalish muhim ahamiyatga ega: 1. normativ-huquqiy baza; 2. pedagog kadrlari salohiyati; 3. texnologik infratuzilma. Ushbu omillar bir-birini to‘ldirgan holda ishlatilgandagina inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari samarali o‘tish mumkin. Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, xalqaro maydonda inklyuziv ta’lim yakka tartibda pedagogik masala sifatida emas, balki ijtimoiy siyosatning kompleks elementi sifatida qaraladi. Demak, O‘zbekiston modeli ham faqat o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi aloqaga emas, balki huquqiy, boshqaruv, texnologik va iqtisodiy omillarni o‘z ichiga olgan tizimli yondashuvga asoslanishi kerak.
12 https://www.asr-conference.com/ III SHO‘BA: Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari: strategiyalar, tajribalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalar TADQIQOT METODOLOGIYASI VA YONDASHUVLARI Ushbu ilmiy-tahliliy ishning metodologik asosini tizimli tahlil, qiyosiy pedagogik tahlil hamda kontent tahlili usullari tashkil etadi. Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari o‘tish mexanizmlarini o‘rganishda xalqaro tajriba va milliy huquqiy hamda amaliy manbalar o‘zaro taqqoslash asosida ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mavjud ilmiy adabiyotlar, davlat qarorlari, konsepsiyalar va amaliy kuzatishlar asosida uch bosqichli yondashuv qo‘llanildi. 1. Normativ-huquqiy asoslarni tahlil qilish yondashuvi Birinchi bosqichda Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi”, “Ta’lim hamma uchun” dasturi hamda UNESCOning inklyuziv ta’lim bo‘yicha tavsiyalari xalqaro standart sifatida o‘rganildi. Milliy darajada esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining inklyuziv ta’limga oid qarorlari, “2020– 2025-yillarga mo‘ljallangan Inklyuziv ta’lim konsepsiyasi” hamda “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi” asosiy huquqiy manbalar sifatida tahlil qilindi. Bu bosqich inklyuziv ta’lim siyosatining davlat darajasidagi institutsional poydevorini aniqlash imkonini berdi. 2. Qiyosiy pedagogik tahlil yondashuvi Ikkinchi bosqichda Finlandiya, AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniya kabi davlatlarning inklyuziv ta’lim modellari O‘zbekiston tajribasi bilan qiyoslandi. Qiyoslash quyidagi ko‘rsatkichlar asosida amalga oshirildi: − ta’limga kirish imkoniyatlari va infratuzilma darajasi; − pedagog kadrlar tayyorgarligi tizimi; − individual ta’lim rejalari va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari; − texnologik yechimlar, xususan, sun’iy intellekt va raqamli platformalarning o‘rni. Mazkur yondashuv O‘zbekiston uchun amalda qo‘llash mumkin bo‘lgan moslashtirilgan modelni shakllantirishga xizmat qildi. 3. Kontent tahlili va empirik kuzatish yondashuvi Uchinchi bosqichda mahalliy pedagoglar, maxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlovchi mutaxassislar va ta’lim tashkilotchilarining faoliyati haqidagi ochiq manbalar, ilmiy maqolalar va ommaviy axborot vositalaridagi materiallar kontent tahlili asosida o‘rganildi. Ayrim tayanch maktablarda mavjud sharoit va qo‘llanilayotgan amaliy metodikalar kuzatuv asosida baholandi. Kuzatish natijalari shuni ko‘rsatdiki, pedagoglarning psixologik tayyorgarligi va texnologik savodxonligi inklyuziv ta’limning samaradorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi omil hisoblanadi. Ushbu tadqiqot komparativ tahlil (qiyosiy taqqoslash), kontent-analiz va me’yoriy-huquqiy diskurs tahlili usullariga asoslanadi. Birinchidan, AQSh, Finlandiya, Yaponiya va Janubiy Koreyaning inklyuziv ta’lim modellari rasmiy davlat hujjatlari (IDEA – 2004; Basic Education Act – 2014; Special Needs Education Policy – Japan 2017; Korea Inclusive Education Strategy – 2021) asosida tahlil qilindi. Ikkinchidan, O‘zbekistonning PQ-4860 (2020), PQ-2956 (2017) va “2020–2025 yillarda inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi” kabi me’yoriy-huquqiy hujjatlari solishtirildi. Uchinchidan, UNESCO Institute for Statistics (UIS), UNICEF, World Bank EdStats ma’lumotlari asosida inklyuziv ta’lim qamrovi bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlar
13 https://www.asr-conference.com/ III SHO‘BA: Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari: strategiyalar, tajribalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalar tahlil qilindi. O‘zbekiston bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi (XTV) va Davlat statistika qo‘mitasi (DSQ) ochiq hisobotlaridan foydalanildi. Tahlil jarayonida 3 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha taqqoslash olib borildi: 1. Huquqiy asos — inklyuziv ta’lim majburiy yoki ixtiyoriy ekanligini aniqlash; 2. Pedagogik model — o‘quvchi sinfga moslashadimi yoki sinf o‘quvchiga moslashadimi; 3. Texnologik integratsiya — raqamli vositalar va AI (sun’iy intellekt)ning ahamiyati. Tadqiqotning kamchiliklari sifatida ayrim davlatlarning inklyuziv ta’lim bo‘yicha to‘liq ochiq statistik ma’lumotlari mavjud emasligi qayd etiladi. Shuningdek, xalqaro tajribani bevosita O‘zbekiston sharoitiga ko‘chirish imkoniyati mavjud emasligi sababli, faqat moslashtirilishi mumkin bo‘lgan jihatlar ajratib ko‘rsatildi. TADQIQOT NATIJALARI VA MUAMMOLAR TAHLILI Metodologik yondashuvlar asosida amalga oshirilgan tahlillar inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari o‘tish jarayonida bir qator ijobiy natijalar bilan birga tizimli muammolar mavjudligini ham ko‘rsatdi. Quyida ushbu natijalar uch asosiy yo‘nalishda yoritiladi: infratuzilmaviy rivojlanish, pedagogik salohiyat va texnologik qo‘llab-quvvatlash. 1. Infratuzilmaviy rivojlanish natijalari va cheklovlar So‘nggi yillarda O‘zbekistonda bir qator umumiy o‘rta ta’lim muassasalari inklyuziv tamoyillar asosida rekonstruksiya qilindi. Ayrim maktablarda panduslar, maxsus hojatxonalar, liftlar, taktil yo‘lakchalar va individual yordamchi moslamalar o‘rnatildi. Bu ijobiy harakatlanish jarayonda sezilgan bo‘lsa-da, infratuzilmaning hududlar bo‘yicha notekis taqsimlangani muhim muammo sifatida qayd etiladi. Qishloq joylarda joylashgan ta’lim muassasalarining ko‘pchiligida hali ham elementar moslashuv vositalari mavjud emas. Shuningdek, mavjud moslamalarning aksariyat hollarda faqat jismoniy nuqsonli o‘quvchilar uchun mo‘ljallangani, ko‘rish, eshitish yoki autizm spektridagi o‘quvchilar uchun funksional moslama yetarli emas. 2. Pedagogik salohiyatdagi muammolar Empirik tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, inklyuziv ta’limning muvaffaqiyati bevosita pedagoglarning psixologik va metodik tayyorgarligiga bog‘liq. Aksariyat o‘qituvchilar inklyuziv sinfda bir vaqtning o‘zida turli ehtiyojli o‘quvchilar bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan “differensial yondashuv”, “individual ta’lim rejalashtirish” va “adaptiv baholash” metodlarini yetarlicha bilmaydi. Maxsus pedagogika yo‘nalishidagi malaka oshirish kurslari mavjud bo‘lsa-da, ular ko‘proq nazariy ma’lumotlarga yo‘naltirilgan va real sinf sharoitlariga mos amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda yetarli samara bermaydi. Bu holat natijasida ayrim pedagoglar inklyuziv ta’limni qo‘shimcha yuklama sifatida qabul qilmoqda. 3. Texnologik qo‘llab-quvvatlashning samarali jihatlari va bo‘shliqlari Zamonaviy ta’lim texnologiyalari, xususan sun’iy intellekt vositalari, ko‘plab rivojlangan davlatlarda inklyuziv ta’limning ajralmas qismiga aylangan. O‘zbekistonda ham ayrim maktablarda nutqni matnga aylantiruvchi, matnni ovozli o‘qib beruvchi yoki avtomatik tarjima qiluvchi dasturlar sinov tariqasida joriy etilgan. Biroq bu jarayon hali keng ko‘lamda emas va ko‘plab maktablarda internet tezligi yoki texnik vositalar yetishmaydi. Shuningdek, mavjud texnologik vositalardan samarali foydalanish bo‘yicha pedagoglar uchun muntazam treninglar tizimi yo‘lga
14 https://www.asr-conference.com/ III SHO‘BA: Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari: strategiyalar, tajribalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalar qo‘yilmagan. Natijada, texnologiya mavjud bo‘lsa ham undan samarali foydalanish mexanizmi yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan. 4. Ijtimoiy munosabatlar va psixologik moslashuv masalalari Inklyuziv ta’limning muvaffaqiyati nafaqat ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarga, balki jamiyatdagi psixologik qabul qilish darajasiga ham bog‘liq. Ota-onalar o‘rtasida o‘tkazilgan suhbatlar shuni ko‘rsatdiki, ayrim sog‘lom bolalar ota-onalari inklyuziv sinfda farzandlari ta’lim olishini ma’qullamagan holatlar uchraydi. Ular bu holatning o‘quv jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi yoki bola e’tiboridan chetda qolishi mumkinligidan xavotir bildirishadi. Boshqa tomondan esa, ba’zi maxsus ehtiyojli bolalar oilalari farzandlarining jamiyatga aralashishidan mamnun bo‘lsada, ularda “rad etilish qo‘rquvi” mavjudligi kuzatiladi. Shu bois psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimi inklyuziv ta’limning ajralmas komponenti sifatida shakllantirilishi zarur. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, inklyuziv ta’limning dunyoda uchta asosiy modeli mavjud: MODEL DAVLAT ASOSIY TAMOYIL KUCHLI JIHATI Huquqiy-majburiy model AQSh Har bir bola uchun Individual Education Plan (IEP) Shaxsiy yondashuv kuchli Pedagog-markazli model Finlandiya Uch pog‘onali qo‘llab-quvvatlash tizimi O‘qituvchi yetakchi rolga ega Texnologik integratsiyalangan model Yaponiya, Koreya AI yordamchi vositalari orqali differensial ta’lim Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni diskriminatsiyasiz qo‘llab-quvvatlaydi Tahlil shuni ko‘rsatdiki, AQSh modeli qat’iy nazorat va rejalashtirishga tayanadi, Finlandiya modeli moslashuvchanlikka, Yaponiya modeli esa texnologik qo‘llabquvvatlashga asoslanadi. 2. O‘zbekiston modelining hozirgi holati O‘zbekiston inklyuziv ta’limni huquqiy jihatdan rivojlanayotgan model sifatida yo‘lga qo‘ydi. PQ-4860 (2020) asosida maktablarda inklyuziv sinflar tashkil etildi, biroq qonuniy majburiylik darajasi past, ya’ni ota-ona yoki maktab rahbarining qaroriga ko‘ra bola qabul qilinmay qolishi ehtimoli mavjud. XTV (2023) ma’lumotiga ko‘ra: − 420 ta maktabda inklyuziv sinf faoliyat yuritadi − 12 mingdan ortiq o‘quvchi inklyuziv ta’limga jalb qilingan − Pedagoglarning atigi 18 % maxsus tayyorgarlikka ega Bu raqamlar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston hozircha “inklyuzivlashtirish bosqichida”, ya’ni to‘liq tizimli modelga o‘tmagan. MUHOKAMA Olib borilgan nazariy hamda empirik tahlillar shuni ko‘rsatadiki, inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari o‘tish jarayoni faqat ta’lim tizimidagi islohotlar bilan cheklanmaydi. Bu keng ko‘lamli ijtimoiy transformatsiya bo‘lib, unda davlat siyosati, ta’lim muassasalari, pedagog kadrlar, texnologik infratuzilma va eng muhimi, jamiyat ongining o‘zgarishi bir-biriga uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Xalqaro tajriba shuni isbotlaydiki, eng muvaffaqiyatli modellar uch asosiy yo‘nalishni uyg‘unlashtira olgan: 1) huquqiy kafolatlar va boshqaruv tizimi; 2)
15 https://www.asr-conference.com/ III SHO‘BA: Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari: strategiyalar, tajribalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalar pedagogik salohiyat va uslubiy qo‘llab-quvvatlash; 3) texnologik adaptatsiya va innovatsion yechimlar. Finlandiya tajribasi shuni ko‘rsatadiki, inklyuziv ta’limni joriy etishda asosiy e’tibor “muammoni bartaraf etishga emas, imkoniyatni kengaytirishga” qaratilgan. Ular har bir o‘quvchini “nofaol iste’molchi” emas, “faol ishtirokchi” sifatida ko‘radi. Bu yondashuv O‘zbekiston sharoitida ham joriy etilishi mumkin, biroq bunda pedagogik modul tizimi qayta ko‘rib chiqilishi lozim. Chunki hozirgi amaliyotda ko‘plab o‘qituvchilar inklyuziv ta’limni faqat “qo‘shimcha majburiyat” sifatida qabul qiladi. Buning o‘rniga “inklyuziv dars — bu innovatsion dars” degan paradigma shakllantirilishi zarur. AQSh tajribasining eng dolzarb jihati shundaki, unda sun’iy intellekt asosidagi adaptiv ta’lim platformalaridan keng foydalaniladi. Bu texnologiyalar maxsus ehtiyojli bolalardan tashqari barcha o‘quvchilar uchun ham moslashtirilgan ta’lim imkonini beradi. Masalan, nutqida nuqsoni bo‘lgan bola ovozli sintezor yordamida fikrini ifoda etishi mumkin, ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi esa matnni audio shaklda eshitadi. Bu mavjud inklyuziya, ya’ni teng sharoitda o‘rganish imkoniyati yaratish demak. O‘zbekiston sharoitida ham bunday texnologiyalarni keng joriy etish mumkin, biroq bunda ikki yo‘nalish muhim: birinchidan, texnik vositalar ta’minoti; ikkinchidan, o‘qituvchilarni texnologiyani qo‘llashga o‘rgatish. Aks holda, eng ilg‘or dastur ham foydalanilmay qoladi. Jamiyat qabul qilish darajasi masalasida Yaponiya va Janubiy Koreya tajribasi ahamiyatli. U yerda inklyuziv ta’lim “ijtimoiy birdamlikni mustahkamlovchi omil” sifatida targ‘ib qilinadi. Agar ba’zi ota-onalar inklyuziv sinfga qarshilik bildirsa, u holda birgina hujjat emas, balki ijtimoiy suhbat va tushuntirish ishlari ham o‘tkaziladi. Bu esa O‘zbekiston sharoitida ham qo‘llanishi zarur bo‘lgan yondashuv hisoblanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston inklyuziv ta’limni rivojlantirishda hali to‘liq shakllangan modelga ega emas, balki o‘tish bosqichida turibdi. Xalqaro tajriba bilan qiyoslaganda, mamlakat hali AQShdagi kabi qat’iy huquqiy modelga, yoki Finlandiyadagi kabi to‘liq pedagogik moslashuv modeliga, yoki Yaponiya va Koreyadagi kabi texnologik integratsiyalangan modelga to‘liq mos kelmaydi. Demak, O‘zbekiston uchun bitta model tanlash emas, balki gibrid (aralash) modelni shakllantirish maqsadga muvofiq. O‘zbekiston uchun maqbul kompozit model quyidagicha bo‘lishi kerak: ASOSIY USTUN QAYSI DAVLATDAN OLINADI O‘ZBEKISTON SHAROITIGA MOS SHAKLI Huquqiy majburiylik AQSh (IEP tizimi) Har bir maxsus ehtiyojli bola uchun shaxsiy ta’lim rejasini majburiy joriy etish Pedagogik moslashuv Finlandiya Uch bosqichli psixologik-pedagogik qo‘llabquvvatlash tizimini joriy etish Texnologik yordamchi vositalar Yaponiya / Koreya AI asosida nutq-matn, matn-ovoz, tarjima, adaptiv test dasturlarini joriy etish Bu kompozit tizim yordamida O‘zbekiston inklyuziv ta’limni “ijtimoiy tashabbus” kabi “majburiy davlat siyosati” sifatida kuchaytirishi mumkin. Shuningdek, faqat maktablar emas, balki bog‘cha – maktab – oliy ta’lim/OTM – mehnat bozori zanjiri bo‘yicha butun hayot siklini qamrab olgan tizimli inklyuziya shakllanishi lozim. Aks holda, bola 11 yillik ta’limni inklyuziv muhitda o‘qib, keyinchalik
16 https://www.asr-conference.com/ III SHO‘BA: Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari: strategiyalar, tajribalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalar ishga kirishda diskriminatsiyaga uchrashi mumkin. Demak, inklyuziya faqat ta’lim muammosi emas - bu mehnat, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va madaniyat tizimlari bilan bog‘liq umumjamiyat islohoti hamdir. Inklyuziv ta’lim faqat maxsus ehtiyojli bolalar uchun emas, u butun jamiyatni o‘zgartiruvchi mexanizmdir. Agar ta’lim jarayoni inklyuziv bo‘lsa, ertangi mehnat bozori, siyosiy maydon va madaniy hayot ham bag‘rikeng bo‘ladi. Shunday ekan, inklyuziv ta’limni “ijtimoiy xarajat” emas, balki “investitsiya” sifatida baholash lozim. XULOSA O‘tkazilgan nazariy va amaliy tahlillar shuni ko‘rsatdiki, inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari o‘tish jarayoni O‘zbekistonda izchil yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, ushbu jarayonning to‘liq samara berishi uchun tizimli yondashuv zarur. Inklyuzivlikni ta’lim tizimidagi islohot bilan bir qatorda ijtimoiy tafakkur, boshqaruv siyosati va texnologik rivojlanish bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan majmuaviy tizim sifatida ko‘rish lozim. Avvalo, inklyuziv ta’limning asosiy sharti sifatida normativ-huquqiy asoslar mustahkamlangan bo‘lsa-da, ushbu normalarning joylarda to‘liq bajarilishi uchun monitoring va javobgarlik mexanizmlari kuchaytirilishi kerak. Qonun mavjud, ammo u amaliyotga tatbiq etilmayotgan hududlar hamon uchrab turibdi. Ikkinchidan, pedagogik salohiyat inklyuziv ta’limning markaziy bo‘g‘inidir. O‘qituvchilarni maxsus kursga yuborishning o‘zi yetarli emas. Ular uchun dars jarayoniga moslashgan metodik qo‘llanmalar, amaliy treninglar va mentorlik tizimi yo‘lga qo‘yilishi lozim. Aks holda, inklyuziv ta’lim g‘oyasi qog‘ozda qoladi. Uchinchidan, zamonaviy dunyo shuni isbotladiki, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar inklyuzivlikni tezlashtiruvchi kuchli katalizatordan boshqa narsa emas. Maxsus ehtiyojli bolalar uchun avtomatik nutq sintezatorlari, matnni ovozga aylantiruvchi yoki individual tezlikda o‘rgatuvchi platformalarni joriy qilish nafaqat ularning o‘qishini yengillashtiradi, balki o‘qituvchining yuklamasini ham kamaytiradi. Bu yo‘nalishda davlat va xususiy sektor hamkorligiga ehtiyoj katta. To‘rtinchidan, jamiyat ongini o‘zgartirish eng murakkab, biroq eng muhim bosqichdir. Inklyuziv sinf nafaqat maxsus ehtiyojli bola uchun imkoniyat, balki sog‘lom bola uchun ham hayotiy tajriba maktabi bo‘lishi lozim. U mehr-shafqat ila hamkorlik, birdamlik va muammoga yechim topish madaniyatini shakllantiradi. Demak, inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash kelajakdagi barqaror jamiyatga sarmoya demakdir. Yakunda aytish mumkinki, inklyuziv ta’limning haqiqiy maqsadi - farqlarni qadrlagan holda teng imkoniyat yaratishdan iborat. Agar maktab buni uddalasa, demak jamiyat ham inklyuziv bo‘lishga tayyor. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Raxmanova D.U. Inklyuziv ta’limda fanlarni o‘qitishning pedagogik shartsharoitlari. – Toshkent: Fan ziyosi, 2023. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4860-son Qarori. – 2020. 3. “2020–2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi”. – O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, 2020.
17 https://www.asr-conference.com/ III SHO‘BA: Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari: strategiyalar, tajribalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalar 4. “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, 2022. 5. Lukmonova S.G‘. Inklyuziv ta’lim – adolatli jamiyat poydevori. – Osiyo Xalqaro Universiteti, Pedagogika va psixologiya kafedrasi, 2023. 6. Feruza T. Inklyuziv ta’limning O‘zbekistonda rivojlanishi. – “Qo‘qon Universiteti xabarnomasi”, 2023. 7. Mo‘minov S.A. Yaponiyada inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyatga o‘tishda pedagoglarning faoliyati hamda maktab direktorlarining innovatsion boshqaruv salohiyatini takomillashtirish. – O‘zbekiston Respublikasi Ta’limni rivojlantirish ilmiymetodik markazi, 2025. 8. UNESCO. Education for All: Inclusive Education Guidelines. – Paris: UNESCO Publishing, 2009. 9. UNICEF. The Right of Children with Disabilities to Education: A RightsBased Approach to Inclusive Education. – New York: UNICEF, 2012. 10. United Nations. Convention on the Rights of Persons with Disabilities (CRPD). – New York: UN, 2006. 11. OECD. AI in Education: Inclusive Digital Transformation Strategies. – Paris: OECD Publishing, 2021. 12. Microsoft. AI for Accessibility: Inclusive Technology Solutions in Education. – Washington, 2020. 13. Finland Ministry of Education. Learning Analytics and Personalized Education Systems Report. – Helsinki, 2021. 14. Korea Institute of Special Education. Robotics and AI-based Assistive Learning for Students with Disabilities. – Seoul, 2022. 15. European Agency for Special Needs and Inclusive Education. Teacher Professional Development for Inclusion. – Brussels, 2017.