INKLYUZIV TA'LIM: METODOLOGIK MODELDAN AMALIYOT SARI
Abstract
Butun jahonda hozirgi zamon ta’lim tizimining oldida bitta bosh masala turibdi: XXI asr kishisi davr da’vatlariga munosib javob berishi uchun qanday bo‘lmog‘i lozim? Bir tomondan, u mehnat bozorida muvaffaqiyatli raqobatlasha oladigan yuqori malakali mutaxassis bo‘lishi, ikkinchi tomondan, olamning xilma-xilligiga moslasha oladigan, atrofdagilar bilan o‘zaro muloqotga kirisha oladigan, tolerant va kirishimli, erkin fikrlaydigan va o‘zgalarga hamdard bo‘lgan odam bo‘lishi lozim. Avvalam bor bunday o‘zgarishlar jismoniy va psixik rivojlanish imkoniyatlari cheklangan kishilarning ta’lim sohasida sodir bo‘lishi lozim. Zero jamiyatning aynan shu qatlamiga mansub kishilar alohida ta’lim sharoitlarining yaratilishiga muhtojlik sezadi.
Full text
9 https://www.asr-conference.com/ III SHO‘BA: Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari: strategiyalar, tajribalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalar INKLYUZIV TA’LIM: METODOLOGIK MODELDAN AMALIYOT SARI Muallif: L.R.Muminova 1 Affiliyatsiya: pedagogika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, Oliy ta’lim a’lochisi, TMPU logopediya kaf. professori 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17377693 Kalit so‘zlar: inklyuziv ta’lim, metodologik model, uchlik paradigmasi, ustuvorliklar, hamrohlik, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bola, imkoniyati cheklangan bola, koordinator, tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya, model, inklyuziv ta’lim turlari va shakllari, ijtimoiy moslashuv, maxsus pedagog. Butun jahonda hozirgi zamon ta’lim tizimining oldida bitta bosh masala turibdi: XXI asr kishisi davr da’vatlariga munosib javob berishi uchun qanday bo‘lmog‘i lozim? Bir tomondan, u mehnat bozorida muvaffaqiyatli raqobatlasha oladigan yuqori malakali mutaxassis bo‘lishi, ikkinchi tomondan, olamning xilmaxilligiga moslasha oladigan, atrofdagilar bilan o‘zaro muloqotga kirisha oladigan, tolerant va kirishimli, erkin fikrlaydigan va o‘zgalarga hamdard bo‘lgan odam bo‘lishi lozim. Avvalam bor bunday o‘zgarishlar jismoniy va psixik rivojlanish imkoniyatlari cheklangan kishilarning ta’lim sohasida sodir bo‘lishi lozim. Zero jamiyatning aynan shu qatlamiga mansub kishilar alohida ta’lim sharoitlarining yaratilishiga muhtojlik sezadi. Bunday kishilarga ko‘rsatiladigan zamonaviy psixologik-pedagogik yordam shakllari, usullari, texnologiyalarini qayta qurish umuman ta’lim maqsadlarini tubdan o‘zgartirish va yangicha yo‘naltirishni talab qiladi. Bu nimani bildiradi? bunda rivojlanishida turli kamchiliklari bo‘lgan kishilarning ijtimoiy moslashuvi, kengroq ma’noda ijtimoiy abilitatsiyasi yoki reabilitatsiyasi ustuvor o‘rin egallashi kerak. Biroq, bevosita inklyuziv ta’lim modelini qurish metodologiyasiga o‘tishdan oldin bu ta’limning bir nechta asosiy ustuvorliklari va tamoyillarini ko‘rsatib o‘tamiz. ular: inklyuziv ta’lim falsafasining butun ta’lim tizimi qatnashchilari tomonidan qabul qilinishi; bolaning ijtimoiy moslashuvi har bir yosh bosqichida ustuvor bo‘lishi lozimligi; kommunikativ va amaliy kompetentlikning ustuvor rivojlanishi; bolani nogironga chiqarib qo‘yib, u tarbiyalanayotgan oilani jamiyatdan, bolani esa oiladan sun’iy ravishda ajratib qo‘yish holatlarini oldini olish va bartaraf qilishdir. Asosiy tamoyillariga kelsak ulur quyidagilar: inklyuziv amaliyotning rivojlanishida tizimlilik va bosqichlilik; inklyuziv ta’limning tashkiliy jihatlari, metodologiyasi, mazmun o‘zgarishining tizimli xarakter kasb etishi; ta’lim va tarbiya mazmuni, usullari va metodlarining bolaning imkoniyatlari va ehtiyojlariga mos kelishi: inklyuziv ta’limga zamonaviy innovatsion ta’lim tizimi sifatida baho berilar ekan, uni modellashtirish ham zamonaviy metodologik konsepsiyalarga tayanishi; Bu o‘rinda gap avvalam bor inklyuziv ta’lim konsepsiyanining qo‘llash haqida, milliy va xalqaro qonunchilikning va mos ravishda milliy normativ-huquqiy bazaning rivojlanishi inklyuziv jarayonlarni olg‘a suruvchi kuchga aylandi. Biz inklyuziv ta’lim metodologiyasini uchlikni tashkil etgan quyidagi asosiy tarkibiy qismlar tashkil etadi deb hisoblaymiz. “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
10 https://www.asr-conference.com/ III SHO‘BA: Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari: strategiyalar, tajribalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalar Bular: inklyuziv ta’limning qadriyatlari (umuman ta’lim falsafasining o‘zgartirilishi, inklyuziya falsafasining barcha ta’lim jarayoni qatnashchilari tomonidan qabul qilinishi, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning o‘zgarishi), Munosabatlar tushunchasi xulq-atvor modellari va shaxslararo murakkab munosabatlarning juda keng tamonlarini qamrab oladi. mazmuni (inklyuziya bo‘yicha axborot va bilimlarning hajmi, har xil darajadagi o‘quv-metodik komplekslar, inklyuziv jarayonlarga hamrohlik qilish texnologiyalari, kadrlar masalasi MONITORINGI) va tashkiliy tuzilmasi (inklyuziv ta’lim jarayonini boshqarish, uni tashkil etish, shu jumladan, ichki normativ hujjatlar va buyruqlar qabul qilinishi). Psixologik-pedagogik hamrohlik xam inklyuziv ta’lim modelining asosiy tarkibiy qismi sifatida qaraladi. Inklyuziv ta’limga psixologik-pedagogik hamrohlik qilish tizimining asosini TPPKning faoliyati tashkil etadi. TPPK faoliyati ikki bosqichda amalga oshiriladi: ijtimoiy agentlik qoshida TPPKning va ta’lim muassasasining o‘zidagi faoliyati. TPPKning asosiy maqsadi bola rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, bolaning ijtimoiy moslashuvi va integratsiyasi uchun, uning umumta’lim muassasalarida ta’lim olishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar va ehtiyojlarni, potensialini aniqlashdan iborat. TPPKlar faoliyatining doirasi ham yangi vazifalar hisobiga kengayadi. Bu yangi vazifalar quyidagilardan iborat: inklyuziv ta’limga jalb qilishda har bir rivojlanish bosqichida bolaning imkoniyatlarini baholash; inklyuziv ta’lim shakllarini tanlash: maktabgacha ta’lim muassasasi, korreksion sinflar, umumta’lim muassasalarining inklyuziv sinflari, uy ta’limi, maxsus ta’lim va h.k.; nogironlikka ega bo‘lgan bolani sog‘lom tengdoshlari orasiga qo‘shishning maqbul turlarini tanlash: qisman inklyuziya, to‘liq inklyuziya, ijtimoiy inklyuziya, inklyuziv ta’lim va tarbiya, qo‘shimcha ta’lim doirasidagi inklyuziya va h.k.; muayyan bolaning sog‘lom tengdoshlar davrasiga qo‘shilish shart-sharoitlarini yaratish; aholining psixologikpedagogik madaniyatini oshirish va inklyuziv qadriyatlarni qabul qilishga qaratilgan ma’rifiy faoliyatda qatnashish. Modelni yana bir yangi kismi bu maxsus pedagogning inklyuziv jarayonlarga hamrohlik qilishda ta’lim muassasasidagi faoliyati katta ahamiyatga ega. Ularning faoliyati asosan “alohida” bola va uning oilasini ta’lim tizimiga joriy etish jarayonini samarali boshqarishga qaratilgan bo‘ladi. Inklyuziv ta’lim yo‘liga qadam qo‘yayotgan ta’lim muassasasining rahbariyati ta’lim jarayonining barcha qatnashchilari – otaonalar, bolalar, pedagoglarning yangi sharoitga moslashuvi va hamkorligini ta’minlash jarayonida uygunlashuvini maxsus pedagogdan talab etiladi. Inklyuziv ta’lim amaliyotining yana bir muhim yo‘nalishi rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchining oilalarga hamrohlik qilish xizmatini yaratish bilan bog‘liq. Bunday bolaga ega har bitta oila psixologik-pedagogik yordamga muhtojligi o‘z-o‘zidan ayon va asosiy vazifa ota-onalarni ta’limiy-tarbiyaviy-korreksion faoliyatga jalb etish. Oilalarga hamrohlik qilish xizmatining ish shakllari va yo‘nalishlari turli-tuman bo‘lishi mumkin: individual konsultatsiyalar va mashg‘ulotlar,seminarlar,E ochiq darslar, otaonalar va mutaxassislarning talabi bo‘yicha konsultatsiyalar, MTM mutaxassislari uchun individual va guruhiy konsultatsiyalar. Inklyuziv ta’limning uch sohasi – daxldorlik, munosabatlar, bilim/ko‘nikma – haqidagi gaplarga yakun yasab, shuni ta’kidlash lozimki, maktabda va jamiyatda muvaffaqiyat qozonish uchun o‘quvchi ma’lum bilimlar/ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim. Biz taklif etayotgan nnklyuziv ta’limni modellashtirish metodologiyasida aynan mana shu tizim hosil qiluvchi ko‘rsatkichlar sifatida olib qaraladi.
11 https://www.asr-conference.com/ III SHO‘BA: Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari: strategiyalar, tajribalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalar Inklyuziya bu jismoniy va psixik rivojlanishida muammolari bo‘lgan o‘quvchilarda o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonch uyg‘otish va bu bilan boshqa sog‘lom bolalar – do‘stlari, tengdoshlari bilan birga bitta maktabga borib o‘qishga qodir ekanligiga ishontirish demakdir. Ta’lim olishda maxsus ehtiyojlarga ega bo‘lgan bolalar nafaqat alohida munosabat va yordamga muxtojlik sezadilar, balki o‘z kuchlarini rivojlantirish, maktabda muvaffaqiyatga erishishlariga ishonch hosil qilishlarida ham yordamga muxtojlar. Demak, inklyuziv maktab avvalam bor demokratik maktabdir va u barcha kishilarga va ularning yashash tarziga hurmat hissini singdiradi. Bunday maktabda o‘quvchilar birgalikda ta’lim muammolarini hal qilish ustida ijodiy ish olib boradilar. Inklyuziv maktablarning mavjud bo‘lishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi va natijada: - o‘quvchilar o‘rtasidagi har xil farqlardan qo‘rqish kamayadi, ular ko‘proq mulohazali bo‘lib qoladilar va borliqni chuqurroq tushunishga intiladilar; - ijtimoiy onglari oshadi; - ularda o‘zini anglash, o‘ziga baho berish hissi kuchayadi; - o‘z hayotiy tamoyillar, yondoshuvlar, mexr-shavqatlik, mexr-oqubat shakllanadi; - ular samimiy g‘amxo‘rlik bildiradilar va do‘stlashadilar. Chunki, “har bitta bola o‘qishga qodir” degan so‘zlar inklyuziv ta’limning shioridir, bunday maktabda o‘quvchilar bir-birlaridan ta’lim oladilar, bir-birlariga yordam beradilar va hammalari birgalikda hamjamiyat bo‘lib faoliyat ko‘rsatadilar. Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, inklyuziv ta’lim muammosini quyidagi yo‘llar bilan hal qilish mumkin deb o‘ylaymiz: - defektologik kadrlar (yordamchi pedagog)ni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha mavzu rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish; - ommaviy axborot vositalari orqali inklyuziv ta’lim ustuvorliklarini va afzalliklarini keng targ‘ib qilish bo‘yicha muntazam va maqsadga yo‘naltirilgan ish olib borish; - nogiron bolalarning umumiy ta’lim muassasalariga kelish imkoniyatlarini osonlashtirish jarayonini rag‘batlantirish; - maktabgacha va maktab umumiy ta’lim muassasalari uchun sharoitga qarab moslashtirish imkoniyati bo‘lgan davlat standartlari, dasturlar va darsliklarni kayta ishlab chiqish; - nodavlat tashkilotlari bilan xamkorlikni kuchaytirish, - imkoniyati cheklangan bolalarni aniqlash va hisobga olish tizimining ilmiy, texnologik, instruktiv ta’minotini ishlab chiqish; - integrallashgan ta’limni tashkil qilishning yangi mexanizmlarni ishlab chiqish; - ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya agentligi, nodavlat muassasalarining idoralararo o‘zaro yaqin munosabatlarini ta’minlash. Yaqin kelajakda ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar o‘z yechimini topadi va “ta’lim hamma uchun” shiori hamma uchun teng amal qiladi deb umid bildiramiz. Xulosa qilib aytganda, ushbu metodologiyaning amaliyotga qat’iy tatbiq qilinishi hozirgi zamon pedagogik fani uchun xos bo‘lgan nazariya va amaliyot o‘rtasidagi birmuncha uzilishni yengib o‘tish imkonini beribgina qolmay, inklyuziv ta’limning hamda uning alohida komponentlarining yanada samarali rivojlanish istiqbollarini amaliyotga tadbiq etish imkonini ham beradi.
12 https://www.asr-conference.com/ III SHO‘BA: Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari: strategiyalar, tajribalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalar FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Dugin A. Postfilosofiya. Tri paradigmы v istorii mыsli. – M.: «Evraziyskoe dvijenie», 2009. 2. Mitchell Devid. Effektivnыe pedagogicheskie texnologii spesialnogo i inklyuzivnogo obrazovaniya (Ispolzovanie nauchno-obosnovannыx strategiy obucheniya v inklyuzivnom obrazovatelnom prostranstve). /Glavы iz knigi, per. - Anikeev I.S., Borisova N.V. - M., ROOI "Perspektiva", 2009. 3. Muminova L.R. Inklyuziv ta’limning nazariy va amaliy asoslari. “COMPLEX PRINT ” Tashkent, 2018, 94 b. 4. Semago M.M. Rebenok i obrazovatelnaya sreda: strukturnoinformatsionnыy podxod. //Izvestiya RAO. – 2006. – № 2 (iyun). – S. 81-90. 5. «Obrazovanie bez granis» www edu-open. ru