INKLYUZIV TA'LIM TIZIMIDA KUZATILAYOTGAN MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH STRATEGIYALARI
Abstract
Ushbu maqolada bugungi davr inklyuziv ta’lim sharoitida mavjud muammolar va ularni bartaraf etishda strategiya, yo‘nalishlar belgilashning muhimligiga asoslangan. Inklyuziv sinflar soni va bu ta’lim tizigiga bo‘lgan talab har tomonlama o‘rganib chiqilganda, bir qancha muammolar mavjud ekanligi aniqlandi. (pedagogik, psixologik, ijtimoiy muammolar). Bu kabi masalalar dolzarb deb hisoblanib, inklyuziv ta’lim sharoitini yaxshilashda sinf rahbari, maxsus pedagog, ota-onalar, sog’lom hamda alohida ta’lim ehtiyoji bor bolalarning integratsiyalashuvi muhim ekanligi, yuqoridagi muammolani bartarf etishda strategiyalar yaratish zarurligi ushbu maqolada yoritib berilgan.
Full text
9 https://www.asr-conference.com/ III SHO‘BA: Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari: strategiyalar, tajribalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalar INKLYUZIV TA’LIM TIZIMIDA KUZATILAYOTGAN MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH STRATEGIYALARI Muallif: Xolmonova M.Sh. 1 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik Universiteti pedagogika kafedrasi assistenti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17378783 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada bugungi davr inklyuziv ta’lim sharoitida mavjud muammolar va ularni bartaraf etishda strategiya, yo‘nalishlar belgilashning muhimligiga asoslangan. Inklyuziv sinflar soni va bu ta’lim tizigiga bo‘lgan talab har tomonlama o‘rganib chiqilganda, bir qancha muammolar mavjud ekanligi aniqlandi. (pedagogik, psixologik, ijtimoiy muammolar). Bu kabi masalalar dolzarb deb hisoblanib, inklyuziv ta’lim sharoitini yaxshilashda sinf rahbari, maxsus pedagog, ota-onalar, sog’lom hamda alohida ta’lim ehtiyoji bor bolalarning integratsiyalashuvi muhim ekanligi, yuqoridagi muammolani bartarf etishda strategiyalar yaratish zarurligi ushbu maqolada yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: Strategiya, assistiv vositalar, integratsiyalash jarayoni, innovatsion metodlar, interfaol muloqot eksklyuzion ta’lim, hamkorlik. KIRISH Ayni davrda dunyo miqyosida har bir insonning ta’lim olish huquqi kafolatlanib, imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatga to‘laqonli integratsiya qilish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Shu nuqtai nazardan, inklyuziv ta’lim tizimini shakllantirish va rivojlantirish zamonaviy ta’lim siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi. Mamlakatimizda ham so‘nggi yillarda inklyuziv ta’limni rivojlantirish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2020yilda qabul qilingan “Inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi” va unga oid Prezident qarorlari ushbu yo‘nalishda huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.[1] Inklyuziv ta’limga bo‘lgan e’tiborni quyidagilarda ko‘rish mumkin: 1. Boshlang‘ich korreksion sinflar: Respublika bo‘yicha 4 ta maktabda mavjud bo‘lib, hozircha 62 ta alohida ehtiyojga ega bola qamrab olingan. 2. Inklyuziv ta’lim joriy etilishi va geografik qamrov so‘ngi yillarda, 530 ta umumta’lim maktabida inklyuziv ta’lim yo‘lga qo‘yildi; unda jami 1,195 nafar nogiron bolalar o‘qishga qabul qilingan, ulardan 449 nafari qiz bolalarni tashkil etsa, 746 nafar o‘g’il bolalar inklyuziv sinflarda ta’lim olib kelmoqdalar. Bugungi kunda barcha bolalarning har tomonlama sifatli va qulay ta'lim olishini ta'minlash uchun hali yechimini topmagan ko'plab muammolar va qiyinchiliklar mavjud. Biz zamonaviy inklyuziv ta'lim tizimida ayniqsa dolzarb bo'lgan asosiy masalalarni sanab o'tamiz. 1. Inklyuziv ta’lim muassasalari faqat yirik shaharlarda mavjud. Mamlakatimizda alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ta'lim xizmatlari cheklangan bo'lsa-da, kichikroq shahar va qishloqlarda nogiron bolalar iqtisodiy sabablarga ko'ra keng “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
10 https://www.asr-conference.com/ III SHO‘BA: Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari: strategiyalar, tajribalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalar qamrovli ta'lim olishni kuta olmaydilar, shuning uchun ular maxsus maktablarga boradilar. 2. Maxsus ta'lim sohasida malakali mutaxassislarning keskin yetishmasligi. Hozirgi vaqtda psixologlar, o'qituvchilar, logopedlar, maxsus ta'lim o'qituvchilarini, birinchi navbatda, maxsus maktablarda ishlash uchun tayyorlaydigan kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish zarur. Maxsus pedagoglarsiz, imkoniyati cheklangan bolani inklyuziv maktab sharoitida doimiy qo'llab-quvvatlash mumkin emas. 3. Jamiyatning nogiron bolalarni qabul qilishga tayyor emasligi. Jamiyatda alohida ehtiyojli bolalarga nisbatan salbiy munosabat hamon kuchli. Misol uchun, sog'lom farzandli ota-onalar ko'pincha farzandlarining nogiron bolalar bilan maktabga borishini xohlamaydilar, chunki bunday ta'lim ta'lim sifati yomonlashishidan qo'rqishadi. Bu stereotiplarni o'zgartirish uchun aholi bilan tarbiyaviy ishlarni olib borish kerak. 4. O‘quv rejalari o‘rtasidagi nomuvofiqlik. Maxsus ehtiyoji bo'lgan bolalarni ham maxsus, ham umumiy maktablarga joylashtirish uchun o'quv dasturlariga tuzatishlar kiritilishi kerak. 5. Inklyuziv ta’lim muassasalarini yetarli darajada moliyalashtirishning yo‘qligi. Ta'limning ushbu shaklini rivojlantirish uchun maktablar maxsus texnik resurslar va jihozlar bilan jihozlangan bo'lishi kerak, shuningdek, tuzatish o'quv xonalari, logopediya va tibbiyot xonalari, mashqlar terapiyasi kabinetlari, sensor xonalari bo'lishi kerak. Bular assistiv ya’ni qo’llab-quvvatlovchi vositalar hisoblanib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: -kar va zaif eshitish uchun yuqori sifatli akustik qurilmalar; -harakatchanligi cheklangan bolalar uchun panduslar, liftlar va aravachalar; -ko'r va zaif ko'rish uchun innovatsion yordam.[2] 6. O‘qituvchilar imkoniyati cheklangan bolalarning ko‘pgina muammolaridan bexabar va ularni oddiy maktabda o‘quv jarayoniga kiritishga tayyor emaslar. 7. Inklyuzivlik samaradorligi bo'yicha hujjatlashtirilgan tadqiqotlar kam. Masalan, quyidagi savollar javobsiz qolmoqda: -maktabni inklyuziv deb hisoblash uchun qanday mezonlardan foydalanish mumkin? -sog'lom tengdoshlari bilan bir sinfda o'qiyotgan nogiron bolalarning rivojlanish o'zgarishlarini qanday hujjatlashimiz mumkin? -alohida ehtiyojli va nogiron bolalarning turli populyatsiyalarini qamrab olgan empirik tadqiqotlar natijalarini qanday qilib to'g'ri tahlil qilish kerak. 8. O‘qituvchilar psixologik muammolarga duch keladilar, o‘z qobiliyatlari va malakalariga ishonchlari yo‘q, o‘z harakatlari uchun mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishdan qo‘rqishadi. 9. Sog‘lom bolalar va ularning ota-onalari nogiron bolalar bilan birgalikda o‘qitishga qarshi. Ota-onalar sinfda alohida ehtiyojli bolalar borligidan xavotirda; ko'pchilik bu ularning farzandining rivojlanishi va shaxsiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin deb hisoblaydi. Oddiy bolalarning o'zlari ham nogiron tengdoshlariga nisbatan har doim ham ijobiy munosabatda bo'lmaydilar, ularga achinadilar, ular bilan qanday muloqot qilishni bilmaydilar va hatto mensimaydilar.[3]
11 https://www.asr-conference.com/ III SHO‘BA: Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari: strategiyalar, tajribalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalar Bu kabi muammolarni bartaraf etish uchun esa, e’tiborni, faqat muammoga emas, balki mavjud imkoniyatlarga qaratib, bor imkoniyatlarni sarhisob qilmoq joizdir. Inklyuziv ta’limning samarali rivojlanishini ta’minlash uchun quyidagi strategiyalar zarur: -nogironligi bo'lgan maktabgacha yoshdagi bolalarga erta aralashuvni ta'minlash; -o‘quv dasturini barcha o‘quvchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun turli ta’lim usullari bilan boyitish; -barcha bolalar uchun umumtalim maktabiga borish va undan foydalanish huquqini ta'minlash; -zarur islohotlarni amalga oshirish va yetishmayotgan qonunlarni qabul qilish; -bolalarni ular uchun qulay va qiziqarli mashg'ulotlarga jalb qilish orqali ularda bilim olishga ijobiy munosabatni shakllantirish; -har bir talabaning yoshi, shaxsiyati, sog'lig'i, individual xususiyatlari, qobiliyatlari va istaklarini hisobga olish; -samarali psixologik va pedagogik yordamni ta'lim jarayoniga integratsiyalash (bolalar bog'chasidan boshlab);[4] -ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilari uchun mehmondo'st va qulay muhit yaratish; -bolalar, ota-onalar va o'qituvchilarda bag'rikenglik va empatiyani rivojlantirish; -turli xil bolalar bilan ishlash uchun malakali mutaxassislarni jalb qilish; -pedagogik kadrlar malakasini o‘z vaqtida oshirishni ta’minlash; -har bir talaba uchun ish faoliyatini tahlil qilish; -jamiyatdagi barcha talabalarning teng qadriyatini tan olish; -sinfdan tashqari mashg'ulotlar va dam olish tadbirlarini o'tkazish; -barcha bolalarning sog'lig'ini saqlash va yaxshilash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. -Ta’lim berish borasida innovatsion, raqamli texnologiyalardan foydalanish, ta’lim sifatini oshirish bilan bir qatorda, imkoniyati cheklangan bolani sinf muhitiga moslashishida muhi omil bo‘lib xizmat qiladi.[5] Mana shu tavsiya hamda usullardan foydalanish samarali natija beribgina qolmay, balki inklyuziv sinflarda alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bola va sog’lom bolalar, sinf rahbari, maxsus pedagog o‘rtasida ta’lim-tarbiya borasida interfaollikni oshiradi, balki alohida yordamga muhtoj bolalarni jamiyatga integratsiyalashni tezlashtiradi. Bolada ishonch bilan, qo‘rquvsiz, hadiksirashlarsiz, qiziqish bilan sinf muhitiga moslashuvchanligi, soglom o‘quvchilar orasida do‘st ortirganligi, o‘z-o‘ziga xizmat qilish ko‘nikmasining rivojlanganligi ularda korreksiyaning natijaviy ekanligini ko‘rsatadi. XULOSA Inklyuziv ta’lim tizimi — zamonaviy pedagogikaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, uning asosiy maqsadi barcha bolalarning teng huquqli ta’lim olish imkoniyatini ta’minlashdan iboratdir. Imkoniyati cheklangan bolalarni umumiy ta’lim muassasalariga integratsiya qilish nafaqat ularning intellektual va ijtimoiy rivojlanishiga, balki jamiyatning insonparvarlik va bag‘rikenglik tamoyillari asosida rivojlanishiga ham xizmat qiladi. Shu bilan birga, inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy etishda bir qator muammolar mavjud. Ularning asosiylari — moddiy-texnik bazaning
12 https://www.asr-conference.com/ III SHO‘BA: Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari: strategiyalar, tajribalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalar yetarli emasligi, maxsus pedagog va psixolog kadrlarning yetishmasligi, metodik qo‘llanmalar va innovatsion texnologiyalarning kamligi, o‘qituvchilarning inklyuziv ta’lim bo‘yicha tajriba va bilimlarining yetarli darajada emasligi, ota-onalarning xabardorligi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning sustligi kabilardan iboratdir. Ushbu muammolarni bartaraf etish izchil va tizimli strategiyalarni amalga oshirishni taqozo etadi. Shu bois ham inklyuziv ta’lim samaradorligini yanada oshirishda quyidagi tavsiyalar muhimdir: -Kadrlar salohiyatini rivojlantirish; -Moddiy-texnik bazani kuchaytirish; -Metodik ta’minotni rivojlantirish; -Ota-onalar va jamiyat bilan hamkorlikni kuchaytirish.[6] O‘zbekitonda inklyuziv ta’limning tadbiq etilishi ko‘plab alohida ta’lim ehtiyojli bolalar uchun ta’limning ilg’or ko‘rinishi sifatida qarshilandi. Eksklyuziv ta’limdan Inklyuziv ta’lim sari ko‘plab ish va qonuniy hujjatlar tayyorlandi, nafaqat imkoniyati cheklangan shaxslar balki, sog’lom jamiyat bu ta’lim tizimiga tayyorlandi. Alohida ta’lim ehtiyojli bolalar jamiyatning bir a’zosi sifatida o‘zlarini his qila boshladilar. Bu borada juda ko‘plab ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar uchun yo‘l ochildi. Shuni unutmaslik kerakki, har bir shaxsning imkoniyatidan qat’iy nazar “Ta’lim barcha uchun barobar” - deya e’tirof etildi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g'risida"gi Qarori. PQ-4860 2. Inklyuziv ta’lim. Darslik / Madatov I.Y,;O‘zR Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg’on filiali, 2024. – 240 b. 3. Goldan, J., Loreman, T., & Lambrecht, J. (2022). Resources for inclusive education – impacts of funding and provision. International Journal of Inclusive Education, 1–3. 4. Moberg, S., Muta, E., Korenaga, K., Kuorelahti, M., & Savolainen, H. (2020). Struggling for inclusive education in Japan and Finland: teachers’ attitudes towards inclusive education. European Journal of Special Needs Education, 35(1), 100–114. 5. Shadimetova R. Inklyuziv ta’lim: nazariya va amaliyot. – Toshkent: Istiqlol nashriyoti, 2022. 6. Booth, T., & Ainscow, M. The Index for Inclusion: Developing Learning and Participation in Schools. – Bristol: CSIE, 2020.