scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KITOB TUMANI SHAROITIDA PATISSON YETISHTIRISH AGROTEXNIKASI VA HIMOYA TADBIRLARI

Xoliqulova, N.Sh; Rahmatullayev, J.N; Nosirova, D.A

Abstract

Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati Kitob tumani agroiqlim sharoitida patisson ekinini yetishtirish agrotexnikasi, hosildorlikka ta’sir etuvchi omillar hamda kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash choralari yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida patissonning o‘sish bosqichlariga mos o‘g‘itlash, sug‘orish, parvarish va himoya tadbirlari bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Full text

SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 21 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17380237 UDK 635.64:631.5(575.3) KITOB TUMANI SHAROITIDA PATISSON YETISHTIRISH AGROTEXNIKASI VA HIMOYA TADBIRLARI N.Sh.Xoliqulova., J.N.Rahmatullayev., D.A.Nosirova Sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasi Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari agrotexnika va o‘simliklarni himoya qilish laboratoriyasi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati Kitob tumani agroiqlim sharoitida patisson ekinini yetishtirish agrotexnikasi, hosildorlikka ta’sir etuvchi omillar hamda kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash choralari yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida patissonning o‘sish bosqichlariga mos o‘g‘itlash, sug‘orish, parvarish va himoya tadbirlari bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: patisson, agrotexnika, o‘g‘itlash, sug‘orish, hosildorlik, Kitob tumani, kasallik, zararkunanda, himoya. АННОТАЦИЯ В статье рассмотрены агротехнические приёмы возделывания патиссона в климатических условиях Китабского района Кашкадарьинской области, а также меры борьбы с болезнями и вредителями. На основе исследований разработаны научно обоснованные рекомендации по удобрению, поливу, уходу и защите растений для повышения урожайности и качества продукции. SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 22 Ключевые слова: патиссон, агротехника, удобрение, орошение, урожайность, болезни, вредители, защита, Китабский район. ABSTRACT This article presents the study of agrotechnical practices for growing patisson (squash) under the agro-climatic conditions of Kitob district, Kashkadarya region. The research analyzes the impact of cultivation techniques, fertilization, irrigation, and plant protection on productivity. Scientifically based recommendations for efficient crop management and pest control are proposed to improve yield and product quality. Keywords: patisson, agrotechnics, fertilization, irrigation, yield, diseases, pests, protection, Kitob district. Kirish: Patisson (Cucurbita pepo var. patisson) qovoqdoshlar oilasiga mansub sabzavot bo‘lib, oziqaviy, dietik va iqtisodiy ahamiyati yuqori. U xalq xo‘jaligida salat, konservalar, qovurilgan va pishirilgan taomlar tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani o‘zining iqlimiy sharoiti, unumdor tuproqlari va suv resurslari bilan patisson yetishtirish uchun qulay hudud hisoblanadi. Mamlakatimizda patisson yetishtirish hajmini oshirish, hosildorlikni barqaror saqlash va ekologik toza mahsulot olish uchun har bir hudud sharoitiga mos agrotexnik tadbirlarni ishlab chiqish dolzarb masalalardan biridir. Tadqiqotning maqsadi: Kitob tumani sharoitida patisson yetishtirishning optimal agrotexnikasini ishlab chiqish va hosildorlikka ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqlashdan iborat. Natijalar: Kitob tumani iliq va quyoshli iqlim sharoitiga ega bo‘lib, bu hududda patisson ekinini yetishtirish uchun juda qulay imkoniyatlar mavjud. Avvaldan tayyorlangan egatlarga undirib olingan patisonning besh xil nav namunalari urug‘lari joriy yilning 8-iyun sanasida qo‘lda ekildi. Ekish sxemasi 70x30 bo‘lib, har bir navdan urug‘ sarfi 2,5-3,5 kg (12-18 ming tup) ni tashkil etdi. O‘simlik unib chiqqandan so‘ng, 3–4 barg hosil bo‘lganida siyraklashtirish ishlari olib borildi. Begona o‘tlarni doimiy SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 23 ravishda yo‘qotib, har sug‘orishdan keyin yerning ust qatlami yumshatildi. Bu o‘simlikning ildiziga kislorod kirishini yaxshiladi. Parvarish davrida zarur o‘g‘itlash ishlari ham bajarildi. Asosiy o‘g‘it sifatida 1 gektarga 20–25 tonna chirigan go‘ng, 200–250 kg superfosfat va 150 kg kaliy xlor berildi. O‘simlik o‘sish davrida qo‘shimcha oziqlantirishlar o‘tkazildi: birinchi marta 3–4 barg bosqichida 80–100 kg ammiak selitrasi, ikkinchi marta gullash davrida murakkab o‘g‘it (NPK), uchinchi marta meva tugish davrida esa suyuq organik o‘g‘it (go‘ng aralashmasi) bilan oziqlantirildi. Patisson suvni yaxshi talab qiladi, ayniqsa gullash va meva hosil bo‘lish davrida suv ta’minoti muhim ahamiyatga ega. Sug‘orish har 7–10 kunda bir marta amalga oshirildi. Juda ko‘p sug‘orish ham zararli bo‘lib, ildiz chirishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun sug‘orish me’yori tuproq namligiga qarab moslashtirildi. Patisson yetishtirish jarayonida ayrim kasalliklar ham uchradi. Eng ko‘p tarqalganlari — un shudring. Un shudringda barglarda oqish dog‘lar paydo bo‘ldi, keyinchalik sarg‘aydi va quridi. Bunda Fundazol va Topsin-M (0,1%) preparatlari bilan purkash yaxshi natija berdi. Shuningdek, patissonga zarar yetkazuvchi hasharotlardan shira va o‘rgimchak kana uchradi. Shira barg sharbatini so‘rib o‘simlikni zaiflashtiradi, unga qarshi Karate preparati bilan purkaldi. Patisson ekinining biometrik o`lchov natijalari Nav namunasi Unib chiqishgacha 1–2 chin barg chiqishi Gullash boshlanishi Meva tugishi Mevalar to‘liq pishishi Umumiy vegetatsiya davri Arbuzinka 6.5 12.5 33 41 56 76.5 Solnishka 5.5 11.5 30.5 38.5 53 73 Disk 7.5 13.5 34.5 42.5 58 78.5 Oq-13 6.5 12.5 33.5 41.5 57 77 Zarkokil 6.5 13 32 40 54 74 SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 24 Jadvalda patisson navlarining fenologik rivojlanish bosqichlari muddati keltirilgan. Solnishka erta pishar, Disk va Oq-13 o‘rtapishar, Arbuzinka va Zarkokil esa kechpishar navlar sarasiga kiradi. Jadvalda Arbuzinka, Solnishka, Disk, Oq-13 va Zarkokil patisson navlarining rivojlanish bosqichlari (unib chiqish, chin barg hosil bo‘lishi, gullash, meva tugishi va meva pishishi) o‘rtacha kunlarda ifodalangan. Barcha navlarda unib chiqish davri 5–7 kun oralig‘ida kechgan bo‘lib, bu navlar orasida sezilarli farq kuzatilmagan. Demak, dastlabki o‘sish bosqichida agroiqlim sharoitlariga moslashuv darajasi barqaror. 1–2 chin barg hosil bo‘lish davri Solnishka navi – eng erta (11 kun atrofida). Disk navi – eng kech (13–14 kun). Qolgan navlar 12–13 kunlarda barg hosil qilgan. Bu ko‘rsatkich navlarning dastlabki vegetativ rivojlanish tezligini farqlash imkonini beradi. Gullash davri Disk va Oq-13 navlari gullashni kechroq (33–34 kun) boshlagan. Solnishka – erta gullovchi (30 kun). Arbuzinka va Zarkokil esa o‘rtacha muddatda (31–32 kun). Bu esa fotosintez intensivligi va vegetativ massaning to‘planishi bilan bog‘liq. Meva tugishi Eng erta meva tugishi Solnishka navida (38 kun). Eng kech Disk (43 kun). Arbuzinka, Oq-13 va Zarkokil navlari esa 41–42 kunda meva tugishini boshlagan. Demak, Solnishka navi erta hosildorlikka ega. Meva pishishi Eng tezpishar navi – Solnishka (53 kun). Eng kechpishar navi – Disk (58 kun). Arbuzinka (56 kun), Oq-13 (57 kun) va Zarkokil (55 kun) oraliq ko‘rsatkichlarni namoyon etgan. Jadval natijalari shuni ko‘rsatadiki, patisson navlarining rivojlanish bosqichlari o‘rtasida erta va kechpisharlik jihatidan sezilarli farqlar mavjud bo‘lib, ular seleksiya va agrotexnika tadqiqotlarida muhim ahamiyatga ega. Xulosa Kitob tumani sharoitida patisson ekini uchun agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish yuqori hosildorlikni ta’minlaydi. To‘g‘ri o‘g‘itlash, me’yorida sug‘orish va kasallik hamda zararkunandalarga qarshi o‘z vaqtida chora ko‘rish o‘simlikning barqaror o‘sishini va ekologik toza hosil olishni kafolatlaydi. SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 25 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Sabzavotchilik asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston FA nashriyoti, 2021. 2. Qosimov A., Shomurodov M. “Qovoqdosh ekinlar agrotexnikasi”. – Samarqand, 2019. 3. Ministry of Agriculture of Uzbekistan. “Vegetable crop management guidelines”, 2023. 4. Kitob tuman agronomik kuzatuv hisobotlari (2022–2024 yillar).