PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 82 BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA FIKRLASHNI YUKSALTIRISH UCHUN GRAFIK TASVIRLARDAN FOYDALANISH Asrorova Charos Baxtiyor qizi Qarshi davlat texnika universiteti assistenti
[email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini yuksaltirishda grafik tasvirlardan foydalanishning ahamiyati va samaradorligi tahlil qilinadi. Grafik tasvirlar o‘quvchilarning ma’lumotlarni vizual tarzda qabul qilishini osonlashtirib, murakkab tushunchalarni sodda va tizimli ifodalash imkonini yaratadi. Dars jarayonida diagramma, xarita, miyaxarita va boshqa grafik vositalardan samarali foydalanish o‘quvchilarning analitik fikrlash, tahlil qilish va umumlashtirish qobiliyatlarini rivojlantiradi hamda ular faoliyatga yanada faol qo‘shilishiga olib keladi. Maqolada grafik tasvirlarni darslarga integratsiya qilish metodlari va o‘quv jarayonidagi natijalari ham keltirilgan. Kalit so'zlar: Boshlang‘ich sinf,fikr yuritish,grafik tasvirlar,vizual vositalar,ta’limda interaktiv metodlar,tushunishni yaxshilash,o‘quv faoliyati,muammoli vaziyatlar,rivojlantiruvchi ta’lim. Аннотация: В данной статье анализируется значимость и эффективность использования графических изображений для повышения уровня мышления у учащихся начальной школы. Графические изображения облегчают восприятие информации визуально, способствуют простому и системному выражению сложных понятий. Эффективное применение на уроках диаграмм, карт, ментальных карт и других графических средств развивает аналитическое мышление, способности к анализу и обобщению, а также повышает активность участия учащихся в учебной деятельности. В статье также приведены методы интеграции графических изображений в уроки и результаты их применения в учебном процессе.
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 83 Ключевые слова: Начальная школа, мышление, графические изображения, визуальные средства, интерактивные методы в обучении, улучшение понимания, учебная деятельность, проблемные ситуации, развивающее обучение. Annotation: This article analyzes the significance and effectiveness of using graphic images to enhance the thinking ability of primary school students. Graphic images facilitate the visual perception of information by students and enable the simple and systematic expression of complex concepts. Effective use of diagrams, maps, mind maps, and other graphic tools during lessons develops students' analytical thinking, ability to analyze and generalize, and leads to more active participation in their activities. The article also presents methods for integrating graphic images into lessons and the outcomes of their application in the learning process. Keywords: Primary school, reasoning, graphic images, visual tools, interactive methods in education, improving understanding, learning activities, problematic situations, developmental education. Psixologik-pedagogik qonuniyatlardan kelib chiqadi, ularga ko’ra o’qitishdagi ko’rgazmalar, nafaqat surat vazifasini, shu bilan birga kognitiv vazifani bajargan taqdirdagina o’zlashtirish unumdorligini oshiradi. Aynan, shuning uchun kognitiv grafika-sun’iy intellekt nazariyasining yangi muammoli sohasi bo’lib, murakkab obyektlar kompyuter suratchalari ko’rinishida tasvir etiladi. Modulning tarkibiy tuzilmasi bo’lib, rangli bajarilgan, kognitivgrafik o’quv elementlari (rasmlar bloki) xizmat qiladi. Shuning uchun rasmchalar, modulning asosiy bosh elementi hisoblanadilar. Bu esa: Birinchidan, o’quvchining ko’rish va fazoviy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, ya’ni o’rganish jarayoniga miyaning tasviriy o’ng yarim shari boy imkoniyatlari qo’shiladi. Ikkinchidan, o’quv materiali mazmunini o’zida zich joylashtirib ravshan ko’rsatuvchi surat (rasm), o’quvchida tizimli bilim shakllanishiga yordam beradi. Uchinchidan rangli suratlar, o’quv informasion materialni qabul qilinish va eslanish samarasini oshiradi, hamda o’quvchilarni
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 84 estetik tarbiyalash vositasi bo’lib xizmat qiladi. Insonning bilim olishi, fikrlashning xuddi ikkita mexanizmdan foydalanganidek bo’ladi: ularning biri simvolli bo’lsa, ikkinchisi geometrik (algebraik) bo’ladi. Kognitiv grafikaning asosiy vazifasi bilim olish jarayonining faollashtiruvchi fikrlashning simvolli va geometrik (algebraik) mexanizmlarni o’z ichiga olgan, bilim berishni uyg’unlashgan modellarini yaratishdan iboratdir. Grafik (ko’zga ko’rinuvchi) axborot miyaning o’ng yarim shari imkoniyatlarini faollashtiradi, oliy ma’lumotli mutaxassis uchun zarur bo’lgan, tasviriy fikrlash qobiliyatini, intuisiyasini rivojlantiradi. Buyuk olim A.Eynshteyn aytganidek «intuisiya xaqiqatda eng katta boylikdir. Mening ishonchim komilki, bizning fikrlashimiz asosan simvollar orqali shu bilan birga biz anglamasdan kechadi». Haqiqatda ilm-fan gepotezasiz (farazsiz), faraz zsa intuisiyasiz mavjud bo’lmaydi. Shu bilan birga, ko’rgazmali axborot og’zaki axborotdan ko’ra, ahamiyatliroq va unumliroqdir. Ko’rish mexanizmining axborotni qabul qilish qobiliyati, eshitishnikidan ko’ra ancha yuqoridir. Bu esa o’z navbatida, ko’rish tizimiga, inson qabul qilinadigan axborotning qariyb 90 foizini yetkazish imkoniyatini beradi. Undan tashqari ko’rgazmali axborot bir vaqtning o’zida beriladi. Shuning uchun axborotni qabul qilish va eslashga og’zaki axborotdan ko’ra kam vaqt talab etiladi. Ko’rgazmali axborot ishlatilganda, tasavvur hosil bo’lishi og’zaki bayondan ko’ra o’rtacha 5-6 martaba tezroq kechadi. Insonning ko’rgazmali axborotdan ta’sirlanishi, og’zaki axborotdan ko’ra ancha yuqori bo’ladi. Ko’pchilik hollarda u oxirgisini o’tkazib yuboradi. Ko’rgazmali axborotni qayta takrorlash oson va aniqroqdir. Odamning ko’rgazmali axborotga ishonchi, og’zaki axborotdan ko’ra yuqori bo’ladi. Shuning uchun «yuz bor eshitgandan ko’ra, bir bor ko’rmoq afzalroqdir» deb bejiz aytilmagandir. Shu bilan birga, ko’rgazmali axborotda, qabul qilish va eslash unumi, uni ko’rsatilishi orasidagi muddatni uzoqligiga bog’liq bo’lmaydi, og’zaki axborotning o’zlashtirilishi esa bunga bog’liq bo’ladi. O’rni kelib yana bir muhim tafsilotni qayd etish lozim: simvolli-ko’rgazmali axborotni qabul etish, o’qitish samarasini oshiradi. Shuning uchun o’quv-ilmiy adabiyotdan va kompyuter texnikasi vositasida
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 85 olinadigan axborotni ko’paytirishga shart-sharoit yaratish zarur. Bu esa, o’qitishni individuallashtirish zarurligini ko’rsatadi. “Klaster” (g‘uncha, to‘plam, bog‘lam) grafik organayzeri puxta o‘ylangan strategiya bo‘lib, uni talabalar bilan yakka tartibda, guruh asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlarda qo‘llash mumkin. Klasterlar ilgari surilgan g‘oyalarni umumlashtirish, ular o‘rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi. “Venn diagrammasi” grafik organayzeri Grafik organayzer talabalarda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini o‘zlashtirish (sintezlash) ko‘nikmalarini hosil qilishga yo‘naltiriladi. U kichik guruhlarni shakllantirish asosida aniq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Grafik organayzer talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan o‘zaro yaqin nazariy bilim, ma’lumot yoki dalillarni qiyosiy tahlil etishga yordam beradi. Undan muayyan bo‘lim yoki boblar bo‘yicha yakuniy darslarni tashkil etishda foydalanish yanada samaralidir. Ushbu rasmda siz Venn diagrammasini ko‘rishingiz mumkin:
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 86 Bu diagramma yordamida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari 2ga,3ga,5ga va 3lasiga ham bo‘linadigan sonlarni ajratishni oson o‘rganish mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Sharipov M., Fayzixo‘jaeva D. Mantiq. O‘quv qo‘llanma. –G‘afur G‘ulom: Toshkent, 2004y. Jumayev M.E. Bolalarda matematika tushunchalarni shakllantirish nazariyasi.-T.: ”IlmZiyo”, 2005-y. Jumayev M.E. “Matematika o‘qitish metodikasidan praktikum” Toshkent, O‘qituvchi 2004y. Quchqorov A., Ismailov Sh. “Mantiqiy masalalar” 2008-y. Jumayev M.E., Tadjiyeva Z „Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi“ Toshkent.: Bayoz, 2023-y. Ziyonet.uz Matematika.uz