"ETTI OY" SPEKTAKLINING YARATILISHI, ASAR G'OYAVIY MAZMUNI VA STSENOGRAFIYADAGI TAJRIBALAR
Abstract
Ushbu maqolada Ilhom teatr-studiyasida A.Navoiyning “Sab'ai sayyor” asari asosida rejissyor Vladimr Pankov tomonidan sahnalashtirilgan “Yetti oy” spektaklining sahnaviy talqining tahlili hamda asarning asl mohiyati tasnifi, spektaklning stsenografik yechimi haqida tahlilar keltiriladi. Asarning g‘oyaviy tuzulishi, bugungi kundagi aktual bo‘lgan voqea-hodisalar asarda mavjudligi va asar bosh qahramonlarining ichki kechinmalari yoritib beriladi.
Full text
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 64 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17380651 “ETTI OY” SPEKTAKLINING YARATILISHI, ASAR G‘OYAVIY MAZMUNI VA STSENOGRAFIYADAGI TAJRIBALAR Xoliqov Mirjalol Raxmatulla o‘g‘li K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, teatr bezagi kafedrasi. o‘qituvchi [email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Ilhom teatr-studiyasida A.Navoiyning “Sabʼai sayyor” asari asosida rejissyor Vladimr Pankov tomonidan sahnalashtirilgan “Yetti oy” spektaklining sahnaviy talqining tahlili hamda asarning asl mohiyati tasnifi, spektaklning stsenografik yechimi haqida tahlilar keltiriladi. Asarning g‘oyaviy tuzulishi, bugungi kundagi aktual bo‘lgan voqea-hodisalar asarda mavjudligi va asar bosh qahramonlarining ichki kechinmalari yoritib beriladi. Kalit so‘zlar: teatr, stsenografiya, dialog, hamd, yetti oy, munojot, dramatik, Ilhom, g‘oya. ANNOTATION This article presents an analysis of the stage interpretation of the play "Seven Months" staged by director Vladimir Pankov at the Ilhom Theater Studio based on A. Navoi’s "Sab’ai Sayyor", as well as a classification of the true essence of the play, and an analysis of the scenographic solution of the play. The ideological structure of the play, the presence of current events in the play, and the inner experiences of the main characters of the play are highlighted.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 65 Keywords: theater, scenography, dialogue, praise, seven months, prayer, dramatic, inspiration, idea. Qudrat timsoli fojiasi va ijodkorning ruhiyati haqida Navoiy asosidagi poetik so‘fiylik hikoyasi “Ilhom” teatr studiyasida ijodiy jamoa a’zolar rejissyor - Vladimir Pankov, musiqiy rejissyorlar - Sergey Rodyukov (SunDrama, Moskva), Artem Kim, rassomlar - Sergey Agafonov, Natalya Jolobova (SoundDrama, Moskva), Xoreograf - Sergey Zemlyanskiy (Sounddrama, Moskva) lar tomonidan sahnalashtirlib spektakl premyerasi 2010 -yil, 21 - va 22 - may kunlari bo‘lib o‘tadi. Asar Sharq musiqasi va G‘arb ritmlarini o‘zida mujassam etgan holda va zamonaviy sahna olami hamda zamonaviy teatr san’ati jarayonlariga mos ravishda sahnalashtirilgan. “Yetti oy” shonshuhrat va buyuklik va xorlik muvozanati haqida, hamma narsaga ega bo‘lgan, ammo shohlik g‘ururi tufayli hamma narsadan ayrilgan Shoh haqida hikoyadir . Spektakl asar syujeti orqali koʻtarilgan istaklar fojiasi, qudratga boʻlgan ishtiyoq, buyuk ijodkorning lirik qalbini yaralagani va shu orqali Navoiy falsafasini teatr sanʼati sahnasi orqali tomoshabinga yana bir rakursdan qayta koʻrib chiqish imkoniyatini yaratadi. Spektakl uchun yaratilgan nafis kostyumlari va rang-barang oʻzbek xalatlari oʻziga xos kontrast, hamda makonlar almashuvida o‘ziga hos kolorit vazifasini o‘taydi. Sharq raqslarining plastik harakatlari va Yevropa imo-ishorasining birgalikda qo‘llanishi, spektakl umumiy dinamikasiga ijobiy ta’sir etgan. Bu elementlar hayratlanarli darajada shu qadar noziklik bilan ishlanganki, go‘zal va buyuk Alisher Navoiyni yana bir mukammal asarini teatr tomoshabinlariga munosib spektakl loyihasi taqdim etilishi albatta teatr ixlosmandlarini quvontirdi. “Sabʼai sayyor” (“Yetti sayyora”) – “Xamsa” Alisher Navoiyning ishqiysarguzasht harakterdagi toʻrtinchi dostoni hisoblanad(1484). Doston 38 bob (5009 baytdan iborat). Sharqda keng tarqalgan “Bahrom Goʻr”afsonasi asosida yozilgan. Afsona Eronning sosoniy hukmdori Chyaraxran V (420— 438 hukmronligi) nomi bilan bogʻliq (Varaxran – dariycha Bahrom). U goʻr— qulon oviga oʻchligi
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 66 uchun Bahrom Goʻr nomi bilan mashhur bo‘lgan. Afsonani yozma adabiyotga, dastlab Firdavsiy olib kirgan. Soʻng Nizomiy, Xusrav Dehlaviy va boshqa shu mavzuda asarlar yozganlar. Navoiy bu tajribalarni umumlashtirib, mukammal original doston yaratgan. Doston Sharqda “Bahrom va Gulandom”, “Bahromnoma”, “Haft manzari Bahrom” nomlari bilan shuhrat qozongan. “Sabʼai sayyor” anʼanaga koʻra, hamd 1 , munojot 2 va naʼt 3 bilan boshlangan, soʻng voqealar bayon etilgan. Mundarijasi “Hamsa”dagi boshqa dostonlardan farq qiladi; hikoya ichida hikoya usulida yozilgan. Bahrom va Dilorom voqeasi asarda qoliplovchi hikoya boʻlib, uning ichida yana 7 hikoya keltirilgan. Ular asarning umumiy yoʻnalishi bilan chambarchas bogʻlanib, yaxlit bir badiiy asarning uzviy qismlarini tashkil etadi. Ayni vaqtda hikoyaning har biri mustaqil hisoblanadi va mavzular davrning, xalq turmushining muhim tomonlarini qamrab oladi; xalq hayoti, tinchlik va osoyishtalik, adolat va vatanparvarlik, sevgi va maʼrifat gʻoyalari ilgari suriladi, munofiklik va zolimlik qoralanadi. Bahrom – 7 iqlim shohi. Ovda uni izlab kelayotgan Moniyni uchratadi. Moniy xitoylik goʻzal Dilorom haqida xabar beradi, oʻzi chizgan qizning suratini koʻrsatadi. Shoh suratni koʻrib telbalarcha oshiq boʻladi. Xitoyning 1 yillik xirojini toʻlab, qizni saroyga keltiradi. Shoh qizga butunlay mahliyo boʻlib, mamlakat ishlarini unutadi. Mastlik bilan sevgilisidan ham ajraladi, soʻng uzlatga beriladi. Undagi savdoyilikni daf etmoq uchun 7 iqlim shohi 7 rangdagi 7 qasr qurdiradi. Baxrom ularning har birida har kuni 1 musofirdan hikoya tinglaydi, va shu tarzda tuzala boshlaydi. Nihoyat 7-kun oq qasrda Diloromning daragini eshitadi va uni topadi. Yana ovga, ayshishratga beriladi va navbatdagi ov paytida butun arkoni davlati bilan yer yutadi. Navoiy Bahrom obraziga juda katta maʼno-mazmun yuklagan. Uning timsolida oshiqlik va shohlikning bir tanga sigʻmasligini koʻrsatgan. Navoiy asar 1 din. Xudo, paygʻambar va xalifalar, shohlar shaʼniga aytiladigan maqtov, sheʼr, madhiya. Musulmon oʻlkalarida asarni hamd, munojot.. kabi xudo, paygʻambar va xalifalarga bagʻishlangan anʼanaviy mu-qaddima bilan boshlash odat edi. 2 iltijo, din. Islomdagi farz namozlardan tashqari, ixtiyoriy ravishda oʻqiladigan namoz turi. Har qanday dindorning xudoga ixtiyoriy iltijo va ibodat qilishi ham munojot hisoblanadi. 3 Mumtoz adabiyotda: katta hajmli sheʼriy asarlar bosh qismida keladigan, asosan paygʻambarlar shaʼniga aytilgan maqtovdan iborat sheʼriy parcha.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 67 voqealarini Xurosonu Movarounnaxr hayoti bilan bogʻlashga harakat qilib, qissaga turkona ruh bergan. “Sabʼai sayyor” voqealari, qahramonlarining xatti-harakatlari yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlangan. Navoiydan soʻng ogʻzaki va yozma adabiyotda “Sabʼai sayyor”ning bir necha variantlari yaratildi. (Sayqaliy “Bahrom va Gulandom”, N. Sitsishvili “Bahromguriani” dostonlari; K.Yashin “Mehr va Suhayl” musiqali dramasi, K.Yashin, M.Muhamedov “Dilorom” operasi librettosi, Gʻaribiy (19-asr) “Shoh Bahrom va Dilorom”,Umar Boqiy “Qissai haft manzari Bahrom”, Fozil Yoʻldosh oʻgʻli “Bahrom va Gulandom” va boshqalar). Darhaqiqat, Alisher Navoiy salaflaridan Nizomiy Ganjaviyning shu mavzuga bag‘ishlagan asari “Haft paykar” (“Yetti go‘zal”) deb atalgan bo‘lsa, Xusrav Dehlaviy uni “Hasht bihisht” (“Sakkiz bihisht”), zamondoshi Ashraf Marog‘aviy esa “Haft avrang” (“Yetti taxt”) deb nomlagan edilar. Ularda asosiy diqqat Bahrom qissasiga qaratilgan bo‘lsa, Alisher Navoiy asosiy e’tiborni musofirlar tomonidan aytilgan hikoyalarga qaratdi va Bahrom qissasini ana shu hikoyalarning aytilish vositasiga aylantirdi. Demak, Alisher Navoiy an’anaviy mavzuni yangicha talqin, yangicha tahlil bilan boyitib, nazirai benazirni (o‘xshash-o‘xshamas) maydonga keltirgan edi. Shoh Bahrom haqidagi qissa tarixiy asosga ega. Chunki Bahrom ibn Yazdijurd (Bahromi Go‘r, Varaxran V) sosoniylar xonadonining vakili bo‘lib, 421-439 yillarda Ajamning podshohi edi. Alisher Navoiy o‘zining “Tarixi muluki Ajam” asarida o‘sha davrdagi tarixchilar dunyoqarashi asosida Bahrom binni Yazdijurd haqida ma`lumot bergan 4 . Garchi Bahrom tarixiy shaxs bo‘lsa-da, ammo u og‘zaki va yozma adabiyotda tarixiy shaxslikdan ko‘ra badiiy obraz timsol sifatida ko‘proq mashhurdir. Shuning uchun uning “sarguzashtlari” shunchalik badiiylashtiriladiki, natijada, tarixiylik o‘rnini badiiylik egallab boradi. Yazdijurd o‘g‘li Bahrom otasidan so‘ng o‘zining qahramonligi – sherni yenggani bilan podshohlik toj-u taxtini qo‘lga kiritadi. Mamlakatda adolat va osoyishtalikni o‘rnatishga intiladi va shuning bilan birga go‘rqulon oviga ham beriladi. Dilorom go‘zallikda, xulqu atvorda hamda chang cholishda 4 “Tarixi muluki Ajam”16-tom, 234-237.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 68 nodirai davron bo‘lganidan Bahromni o‘ziga maftun etadi. Spektakl voqealarining rivojlanishida ham shoh Bahromning Diloromga qanchalar oshiq bo‘lgani mezanstsenalar orqali tomoshabinlarga namoish etiladi. Alisher Navoiyning “Sab’ayi sayyor”i tuzilish jihatidan oldingi dostonlaridan farq qiladi. Bu farq dostonning qoliplovchi qissa va turkum hikoyalar usulida yozilganidan ham bilinadi. Bu ham xamsanavislik an’anasining muhim detallareidan biridir. Ammo oldingi dostonlarda qoliplovchi qissa va etti hikoya alohida-alohida bo‘lib tuyuladi. Alisher Navoiy esa o‘z dostonida yettinchi musofir tomonidan aytilgan hikoyatni qoliplovchi qissa voqealari (Dilorom sarguzashti) bilan bog‘laydi. Natijada doston qurilishida yaxlitlik maydonga keladi. Maslahat bilan yetti iqlim shohi yetti qasr quradilar. Bu yetti qasr yetti shohning mamlakatiga olib boradigan yo‘l ustida quriladi. Rassom Moniy ularining har birini alohida bir rang bilan bezaydi. Bahrom ularni tomosha qilar ekan, kasali tuzala boshlaydi. Yetti rangdagi yetti qasr bitgach, yetti iqlim shohining yetti qizi Bahrom bilan nikohlanadi. Yetti qasrning har biri yetti sayyoradan birining rangiga mos bo‘lib, haftaning shu sayyora homiy hisoblangan kuniga xos edi. Yetti qasr tasvirini o‘qir ekanmiz, Navoiy har bir qasrdagi shoh, malika va musofir hamda jihozlar tasvirini berishda ranglarning turfa xil nomlanishlaridan ustalik bilan foydalanganiga guvoh bo‘lamiz. “Sab’ayi sayyor” Shoh Bahrom tinglagan hikoyatlar, o‘tkazgan kunlar va qasr ranglari uyg‘unligi Shanba kuni homiysi — Zuhal Qora qasr Farrux va Axiy hikoyati, Yakshanba kuni homiysi — Quyosh Sariq qasr Zayd Zahhob haqidagi hikoyat, Dushanba kuni homiysi — Oy Yashil qasr Sa’d haqidagi hikoyati, Seshanba kuni homiysi — Mirrix Qizil qasr Juna va Mas’ud hikoyati, Chorshanba Homiysi — Utorid Moviy qasr Mehr va Suhayl hikoyati, Payshanba kuni homiysi — Mushtariy Sandal qasr Muqbil va Mudbir hikoyati, Juma kuni homiysi — Zuhra Oq qasr Dilorom haqidagi hikoyatlari tinglanar edi. Shanba kuni uchun shu kunning homiysi Zuhal (Saturn) sayyorasining rangiga mos qora qasr - mushkfom qasrda shoh Bahrom hindistonlik sayyohning Farrux va Axiy haqidagi hikoyatini tinglaydi. Unga ko‘ra, Hind mamlakati podshosi Jasratxonning aql-u husnda tengsiz o‘g‘li shahzoda Farrux tushida bir parivashni ko‘rib sevib qoladi. O‘sha sanamga yetishish ishqida safarga
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 69 chiqqan shahzoda Halab shahrida tushida ko‘rgan mahvashni uchratib hushidan ayriladi va taqdir taqozosi bilan birgina palosga o‘ranib og‘ir ahvolda qolganida unga saxovati bilan nom qozongan Axiy yordam ko‘rsatadi. Mazkur hikoyat yakunida sayyoh Shoh Bahromga o‘zining Axiy avlodidan ekanini ma’lum qiladi. Shoh uni siylab, saroyda olib qoladi. Bilamizki, Qora rang so‘zimiz boshida ta’kidlaganimizdek, musulmon xalqi uchun muqaddas rangdir. Qadimda ka’ba o‘rniga Quddus ziyorat etilgan. Ko‘rinib turibdiki botiniy ma’noda qora rang ostida Olloh vasqi, Olloh uyi – Qudsga ishora ham qora rang bilan berilmoqda. Yakshanba kuni uning homiysi Quyosh sayyorasining rangiga mos sariq qasrda Shoh Bahrom rumlik sayyohning Zayd Zahhob haqidagi hikoyatini tinglaydi. Dushanba kuni Oy sayyorasining rangiga mos yashil rangdagi qasrda Sa’d haqidagi afsonani ko‘zdan kechirar ekanmiz, yashil rangning Shahrisabz o‘lkasining simvoli sifatida ko‘ramiz. Ilohiy tomondan ko‘rilsa, Olloh Qur’onning 55-surasida yaxshi amalli bandalariga yashil bog‘, bog‘ning ichida yashillikka burkangan yashil suyanchig‘larga va’da beradi. Shuningdek, Alisher Navoiyning o‘zi ham hikoya so‘rog‘iga ushbu rangga shunday ta’rif beradi: Sho‘x kim bo‘ldi sarudek chalak, Sabzai xatti aylar elni halak. Xizr bu rangdin nishon topti, Tong yo‘qar umri jovidon topdi. Seshanba kuni Mirrik (Mars) Bahromning o‘zligini anglatuvchi sayyora ostida va rangda ya’ni gulgun rangli qasr – qizil qasrda hikoya tinglanadi. Ushbu rang – qilayotgan ibodatidan haqiqiy zavq topadi. Faqat haq ishqi bilan yonadi. Gulgun qasrda shohga gulgun rangli idishlarda gulgun boda tutqariladi. Ushbu kuni shoh Yo‘na va uning do‘sti Ma’sud hikoyasini tinglar ekan, hikoya davomida Ma’sud shoh Yo‘naga bir jom sovg‘a qiladi (qizil bodaga to‘la qizil jom) va uning hosiyatini tushuntiradi. Ushbu jom bir to‘lgandan so‘ng hech qachon maydon bo‘shamasligini, aytib o‘tadi: Bu esa o‘z-o‘zidan ilohiy ishqqa ishoratdir. Chorshanba kuni havo rang (nilufar rangli) qasrda hikoya tinglanar ekan, biz uni 2 xil talqin etishimiz mumkin. Birinchi jihati Olloh taolo ushbu kuni Rabg‘uziyning keltirishicha: “Suvni yaratdi, yellarni, bulutlarni
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 70 chiqardi, daraxtlar, o‘t-o‘lanlarni yaratdi, ularga urug‘ boylab ko‘payish xususiyatini ato etdi, hammaga rizq-ro‘z ulashdi.” Ko‘rinib turibdiki olamdagi moviy, ko‘klikka burkangan mo‘’jizalar ushbu kuni bunyod bo‘ldi. Ushbu kuni Mehr va Suhayl hikoyasi tinglanar ekan, hikoyadagi aksariyat hodisalar dengizda ro‘y beradi. Shuningdek bundan tashqari hikoyani o‘qish davomida ushbu rangning motam belgisini ifodalashiga ham guvoh bo‘lamiz. Payshanba kuni shu kun homiysi Mushtariy (Yupiter) rangiga mos sandal qasrda Shoh Bahrom Muqbil va Mudbir haqidagi qissani tinglaydi. Unga ko‘ra, Muqbil va Mudbir Boxtar degan joydan Xovarga yo‘l oladilar. Muqbil ibodatli, rostgo‘y bo‘lib, Mudbir kazzob va pastkash edi. Ular qaynoq vodiyi hamimdan birga o‘tadilar. Mudbirning ahmoqona gaplaridan Muqbil ko‘p ozor chekib, undan voz kechmoqchi bo‘lsa, Mudbir yalinib tavba qiladi. Ular shu tariqa safarda davom etadilar. Dengiz sohiliga borib bir kemaga chiqadilar. Muqbil, odatdagidek, ibodat qilib, tasbeh o‘girib o‘tirsa, Mudbir Xudoga shirk keltirib valdiray boshlaydi. Shunda to‘fon kelib ularning kemasini g‘arq qiladi. Bu ikkisi taqdir taqozosi bilan qutulib qirg‘oqqa chiqib, o‘rmonga duch keladilar. Juma uchun uning homiysi Zuhra (Venera) rangiga mos oq qasr barpo qilingan edi. Nihoyat, muborak juma (odina) kuni Bahrom oppoq - kofuriy kiyimda oq qasr ichida fil suyagidan yasalgan taxt ustida o‘tirib oq kiyimli go‘zal bilan billur jomda oq may ichadi va Chin go‘zali qoshida xorazmlik musofirning hikoyasini tinglaydi. Musofir o‘zining Xorazmdan ekanligini, soz chalishini, iqlimdagi barcha ustozlar uning shogirdlari ekanligini, kutilmaganda bir chinlik savdogaming go‘zal kanizagi Xorazmga kelgach, uning ishi kasodga uchraganini, kanizak huzuriga borib arz qil-ganini, uning sozini tinglab, uning tarixi bilan qiziqqanini va kanizak unga boshidan o‘tganlarni so‘zlab berganini aytadi. Shoh Bahrom aytilganlardan bu kanizak Dilorom ekanligini bilib uni olib kelish uchun Xorazmga sipohlarini jo‘natadi. Bahrom va Dilorom sarguzashtlaridan iborat bo‘lgan qoliplovchi qissada ikki masala badiiy tarzda hal qilingan. Ulardan biri podshoh-oshiq masalasi bo‘lsa, ikkinchisi podshoh-hukmdor masalasidir. Bu masala, ya`ni Bahrom kim bo‘lishi kerakligi masalasi qissaning qahramoni Bahromning o‘zi tomonidan ham muhokama qilingan. Bu haqda Alisher Navoiy dostonning o‘n beshinchi -
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 71 “Bahromning ishq tug‘yonidin bexirad…” deb nomlangan bobida alohida to‘xtaladi. Unda Bahromning o‘zi bu ikki yo‘ldan birini - yo haqiqiy hukmdor - podshoh bo‘lish yoki haqiqiy oshiq bo‘lishni tanlashi lozimligini tushunadi. Shunday bo‘lsada, Bahrom podshoh bo‘la turib, oshiq bo‘lishni ham istaydi. “Agar bo‘lsa shohlig‘ boqiy, Topilur bo‘yla mohvash soqiy. Buki, vaslini topmisham payvast, Shohlig‘ o‘lmasa, bermas erdi dast. (10-tom, 106) 5 Dostondagi qoliplovchi qissa voqealari bayonida musofirlar tilidan aytilgan yetti hikoya mazmuni, g‘oyasi, badiiyati va qiziqarliligi bilan alohida ajralib turadi. Ulardagi voqealar Sarandeb (Shri LankaSeylon) dan tortib, Misr, Rum, Hindiston, Xorazm, Shahrisabzgacha bo‘lgan katta jug‘rofiy hududda sodir bo‘ladi. Xuddi ana shu hikoyalardan ikkinchi musofir tilidan bayon qilingan voqealar tasvirida Alisher Navoiy muhandislikning mukammal namunasi bo‘lgan o‘zi yurar taxt, o‘zi harakat qiluvchi zinalarni aks ettiradi. Spektakldagi stsenografik yechimda ham aynan Navoiy tili bilan keltirilgan elementlardan moirona foydalanilgan. Mintalitetdan kelib chiqgan holda yasalagan xontaxtalar aslida teatr sahnasida foydalaniladigan teatr stanoklari vazifasini bajaradi. Bir sahnada yo‘l, ikkinchisida kursi, boshqasida zinapoya va finalda hamda ba’zi sahnalarda o‘zi harakatga keladigan taxt vazifasini bajaradi. Stsenografiyaning asosiy elementi hisoblangan ushbu stanoklar spektakl boshidan to yakuniga qadar Shoh Bahrom bilan yonmayon harakat qiladi. Buning g‘oyaviy ma’nosi shundan iboratki, meni nazarimda rejissyor va rassom tomonidan tanlangan stsenografik yechim ham aynan Navoiy ilgari surgan g‘oya bilan bir xil. Asar g‘oyasida shoh Bahrom 5 Botirxon Valixo’jayev. Nizomiddin Mir Alisher Navoiy (davri, zamondoshlari, hayoti, faoliyati, merosi).Uchinchi qism.https://khdavron.uz/kutubxona/alisher-navoiy/botirxon-valixojayev-alisher-navoiy-davri-3.html
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 72 hukumronlik bilan oshiqlikni birga baravar olib ketmoqchi bo‘ladi. Lekin buning iloji yo‘q. stsenografiyada ham shunday yechim, yaratilgan yetti xontaxta, doimo Shoh Bahrom yonida goho ohiri yo‘q yo‘l ko‘rinishida, goho Bahrom vos kechishni istamayotgan taxt ko‘rinishida tomoshabinlarga namoyon bo‘ladi. Stsenografiyadagi yana bir topilmalardan biri bu sahnaning orqa va yondevorlariga loysuvoq usulda fakturalar bilan ishlanishi hamda sahna o‘rtasigan to‘shalgan tumroq-qum elementlaridur. Rejissyor va rassom tomonidan puhta o‘ylangan ushbu yechim, insoniyatning paydo bo‘lishini hamda inson hayoti yakunida qay tarzda bu foniy dunyoni tark etishini, nafs yo‘lidan yurmasdan Ollohga suyangan holda hayot kechirish zarurligini yana bir bor ushbu stsenografiyadgi elementlar orqali tomoshabinga yetkazishga harakat qilishgan. Spektakldagi kostyumlar kompozitsion yechimi, albatta rejissyor va rassom birgalikda tandemda asarga yondashuvlaridan kelib chiqib, milliylikni zamonaviy ko‘rinishda namoish etish usulidan samarali foydalanishgan. Har bir detal yuqori mahorat bilan ishlangan. Kostyumlar spektakl mezansstenalarida ham aktyorlarga ham tomoshabinlarga bo‘layotgan voqea muhitiga kirishiga yordam beradi. Spektaklda foydalanilgan chiroqlar galagrammasi asosan issiq ranglardan iborat, bu kolorit bilan rejissyor insoniyat Ollohning oldida faqat issiq quyosh nurlaridan bahara olishini tomoshabinga yetkazmoqchi bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Meni nazarimda sovuq ranglardan ham ko‘proq foydalanilsa spektaklning emotsionalligi yanada kuchaygan bo‘lar edi. Emotsional tasirda faqatgina aktyorlarning baland ovozlariga emas balki, teatr chiroq ustalari bilan maslahatlashgan holda jarayonni murakkabroq va takrorlanmas holatga keltirish ayni maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Xulosa tariqasida shuni takidlash mumkinki, spektakl bugungi rivojanib kelayotgan yoshlar hamda yosh teatr studiyalarini kelajak rivojlanish yo‘llarida yaxshi eksperimental jarayon sifatida targ‘ib etilsa yaxshi bo‘lar edi. Va bu orqali teatrlarimizda ekperimental jarayonlarni ko‘paytirishgan oz bo‘lsada turtki, vazifasini otashiga ishonchimiz komil.