Full text
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 106 MINERAL О‘G‘ITLAR BILAN TA’MINLANISHNING YUMSHOK BUG‘DOY NAVLARINING HOSILDORLIGIGA TA’SIRI Xo’janazarova F.H1., Jamolova L.A2, Xolmatov H.N3., Tog’ayeva M.A4. Turon universiteti1 Iqtisodiyot va pedagogika universiteti2,3,4 ANNOTATSIYA Respublikamizda asosiy oziq-ovqat ekini hisoblangan bug‘doy yetishtirishda yuqori va sifatli hosil olish ko‘plab omillarga bog‘liq. Tadqiqotlarda mintaqaning tuproq-iqlim sharoiti, navlarning biologik xususiyatlari hamda ularning agrotexnologik talablari o‘rganildi. Yangi yaratilgan bug‘doy navlariga mos agrotexnologiyalarni ishlab chiqish orqali navlarning potensial hosildorligidan to‘liq foydalanish, don sifatini yaxshilash hamda yetishtirilgan mahsulot tannarxini kamaytirish imkoniyati mavjud. Sug‘oriladigan yerlarda kuzgi boshoqli don ekinlaridan barqaror, mo‘l va sifatli hosil yetishtirishda sug‘orish va oziqlantirish tizimlarini optimallashtirish, hosilni shakllantiruvchi asosiy omillarni chuqur o‘rganish g‘allachilikda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Kalit so‘zlar: bug‘doy, hosildorlik, tuproq-iqlim sharoiti, agrotexnologiya, oziqlantirish, sug‘orish, don sifati. Kirish Bug‘doy insoniyatning eng muhim oziq-ovqat ekinlaridan biri bo‘lib, mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida yetakchi o‘rin tutadi. Respublikamiz aholisi ehtiyojini to‘liq qondirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirishda bug‘doy yetishtirish hajmi va sifati muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan bug‘doy hosildorligiga ta’sir etuvchi
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 107 omillarni mintaqaning tuproq-iqlim sharoiti hamda navlarning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda chuqur o‘rganish g‘allachilikdagi eng dolzarb masalalardan biridir. Yangi yaratilgan bug‘doy navlarining o‘sish va rivojlanish xususiyatlariga mos agrotexnologiyalarni ishlab chiqish ularning genetik potensialidan to‘liq foydalanish, hosildorlikni oshirish va don sifatini yaxshilash imkonini beradi. Sug‘oriladigan yerlarda kuzgi boshoqli don ekinlaridan barqaror va yuqori hosil olishda suv bilan ta’minlanish, o‘g‘itlash tizimi, ekish muddati va me’yori, tuproq unumdorligi, shuningdek, begona o‘tlar, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash choralari muhim o‘rin tutadi. Barcha agrotexnik tadbirlarni optimal muddatda va sifatli bajarish hosilni nobudgarchiliksiz yig‘ib olishga imkon yaratadi. Shu jihatdan, mintaqaning tabiiyiqlim sharoitlariga moslashtirilgan, ilmiy asoslangan, jadal va samarali texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish bug‘doy yetishtirishning barqarorligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Respublikamizda asosiy oziq-ovqat ekini hisoblangan bug‘doy hosildorligiga ta’sir etuvchi omillarni mintaqaning tuproq-iqlim sharoiti va navlarning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda о‘rganish g‘allachilikdagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Yangi yaratilgan bug‘doy navlarining mintaqa-tuproq-iqlim sharoiti va navlarning biologik xususiyatlariga mos agrotexnologiyalarini ishlab chiqish navlarning potensial hosildorligidan tо‘la foydalanishga va hosildorlikni va don sifatini oshirishga, yetishtirilgan don tannarxini kamaytirishga imkon beradi. Cug‘oriladigan yerlarda kuzgi boshoqli don ekinlaridan barqaror, mо‘l va sifatli hosil yetishtirishda sug‘orish, oziqlantirish tartiblarini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan jadal texnologiyalarni
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 108 ishlab chiqarishga keng joriy qilish, g‘allachilikda hosildorlikni va don sifatini oshirish muhim omillardan biridir. Boshoqli don ekinlari hosilining shaklllanishiga navning biologik xususiyatlari, mintaqa tabiiy iqlim sharoiti, tuproq unumdorligi, о‘tmishdoshlar, ekish usuli, muddati va meyori, oziqa moddalar meyori va qо‘llash muddatlari, nam bilan ta’minlanganlik, о‘simlikni kasallik, zararkunandalar bilan zararlanishi, ekinzorni begona о‘tlar bilan ifloslanishi, barcha agrotexnik tadbirlarni optimal muddatda va sifatli о‘tkazilishi, hosilni qisqa davrda nobudgarchiliksiz о‘rib-yanchib olinishiga sezilarli darajada ta’sir kо‘rsatmasdan qolmaydi. Dala tajribalari Qashqadaryo viloyati uchun xos bо‘lgan Qarshi shahridagi Iqtisodiyot va pedagogika universiteti dala tajriba uchastkasida olib borildi. Tajriba dalasining tuprog‘i och tusli bо‘z tuproq, mexanik tarkibi о‘rta soz, kam shо‘rlangan sizot suvlar 2-2,5 metr chuqurlikda joylashgan, kam minerallashgan (2,5-3g/l ) iborat. О‘suv davrida tuproqdagi namlik tuproq cheklangan dala nam sig‘imining 70% dan kam bо‘lmagan holda ushlab turildi.
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 109 1-rasm. Tajriba maydoni tarkibi. Tajriba maydoni tuprog‘i tarkibida gumus miqdori 0-30 sm qatlamda 0,918% ni, 30-60 sm da 0,660% , tuproq tarkibidagi yalpi azot muvofiq holda 0,018%; va 0,055 % , yalpi fosforning miqdori 0,105%; 0,065% va yalpi kaliy miqdori 1,90;1,83% ni, harakatchan azot miqdori 4,6 va 2,3mg/kg, harakatchan fosfor mos ravishda 43,0 va 30,0 mg/kg, almashinuvchi kaliy miqdori 118,0; 113,0 mg/kg ni tashkil qildi. Tajribada, andoza sifatida Davlat reyestriga kiritilgan Andijon -1 navi standart qilib olindi. Tadqiqotlarimizda, yumshoq bug‘doyning istiqbolli navlari Zamin, Jayxun, Bunyodkor, Farovon va Krasnadar-99 navlari qо‘yidagi variantlarda 1)Nazorat (о‘g‘itsiz); 2)N90P60K30 3) N140P80K45 4) N180P90K60 kg\ga joylashtirildi. О‘simlikning bо‘yi uning yotib qolishga chidamliligi bilan bevosita bog‘liq kо‘rsatkich hisoblanadi. Bizning tadqiqotlarimiz natijalarining kо‘rsatishicha nazorat (о‘g‘itsiz) variantda barcha navlarda о‘simlik bо‘yi nisbatan past bо‘lishi kuzatildi. Standart nav Andijon-1 ga nisbatan faqat Hisorak navining bо‘yi 0,3 sm
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 110 ga past bо‘ldi. Qolgan barcha navlarning bо‘yi standart Andijon-1 naviga nisbatan 6,5 sm dan 17,8 sm gacha yuqori bо‘ldi. Ma’dan о‘g‘itlarning qо‘llanilishi bilan о‘simlik bо‘yining oshganligi kuzatildi. N90P60 K30 kg/ga qо‘llanilganda nazorat variantiga nisbatan barcha navlar bо‘yicha о‘simlikning bо‘yi standart nav Krasnodar-99 da 69,0 sm dan 71,3 sm ga Barhayot navida 91,2 sm ga gacha oshganligi kuzatildi. Boshqa navlarda ham nazoratga nisbatan о‘simlikning bо‘yi oshib bordi. Tajribamizda eng baland о‘simliklar N180P60K30 kg/ga о‘g‘it berilgan variantda yuqori bо‘lganligi kuzatildi va navlarga bog‘liq holda 98,1 sm dan 104,6 sm gacha о‘zgarib bordi. Tajribamizda navlarga va qо‘llanilgan ma’dan о‘g‘itlar meyorlariga bog‘liq holda boshoqning uzunligi, 1 ta boshoqdagi don vazni va donlar soni ham о‘zgarib bordi. Kо‘rinib turibdiki ma’dan о‘g‘it meyorlarining oshib borishi bilan boshoq uzunligi, 1 ta boshoqdagi don soni va vazni kо‘paydi. Ma’dan о‘g‘it meyorlarining oshib borishi bilan barcha navlarda hosildorlikning oshib borganligi aniqlandi. N90P60K30 kg/ga qо‘llanilgan paykalchalarda navlar bо‘yicha hosildorlik (Krasnodar-99)da 58,7 s/ga , (Hisorak) da 66,2 s/ga bо‘lganligi yoki bu nazorat variantidagiga nisbatan 32,4; 34,4 s/gacha oshganligi aniqlandi. Xulosa. О‘rganilgan natijalardan kelib chiqib, shunday xulosaga kelish mumkinki, yangi yumshoq bug‘doy navlari Qashqadaryo viloyatining issiq, quruq iqlim sharoitida ma’dan о‘g‘itlarga ta’sirchanligining oshib borganligi ma’dan о‘g‘itlar N180P90K60 kg/ga qо‘llanilganda hosildorlikning oshib borishi bilan boshoqdagi don soni va vazni yuqori bо‘lishligi, kuzgi bug‘doyning qishlash darajasiga ijobiy ta’siri, boshqa variantlarga nisbatan mahsuldor poyalar sonining kо‘p bо‘lishi va о‘simlikning о‘sib rivojlanishining yuqori bо‘lishligiga erishildi. Foydalanilgan adabiyotlar
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 111 1. Xalilov, N., & Bobomirzayev, P. X. (2020). Kuzgi bug‘doyni sug‘orish va o‘g‘itlashning zamonaviy ilmiy asoslari. Toshkent: Fan nashriyoti. – 210 b. 2. Xalilov, N., & Bobomirzayev, P. X. (2022). Bug‘doy: agrotexnika, seleksiya va hosildorlikni oshirish omillari. Samarqand: Zarafshon nashriyoti. – 320 b. 3. Lavronov, G. A. (2018). O‘zbekiston bug‘doy navlari va ularning agrobiologik xususiyatlari. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. – 340 b. 4. Rasulov, S. A., & Jo‘raqulov, I. B. (2021). Qashqadaryo viloyatida donli ekinlar agrotexnikasi va hosildorlik tahlili. “Agrar fanlar jurnali”, 3(2), 45–52. 5. Karimov, A. T. (2019). Mineral o‘g‘itlarning bug‘doy o‘sish bosqichlariga ta’siri. Toshkent Davlat Agrar Universiteti Ilmiy ishlari to‘plami, 12(1), 77–83. 6. Usmonov, B. R. (2020). O‘zbekistonning quruq iqlim sharoitida kuzgi bug‘doy agroekologiyasi. Qarshi: Nasaf nashriyoti. – 275 b. 7. Abdullayev, M. S., & To‘xtayev, N. I. (2023). Yangi yumshoq bug‘doy navlarining iqlim o‘zgarishlariga moslashuvchanligi. “Agrobiologiya” ilmiy jurnali, 7(1), 60–68. 8. FAO (Food and Agriculture Organization). (2022). Wheat cultivation and fertilizer efficiency under arid conditions: Uzbekistan case study. Rome: FAO Publications.