Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 108 BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISINING NUTQIY KOMPETENSIYASI VA UNING AHAMIYATI Gulhida Ikromova - FarDU katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Dilroz Axmadjonova - FarDU talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada globallashuv jarayonida boshlang‘ich ta’lim tizimida malakali pedagog kadrlarni tayyorlash masalasining dolzarbligi, xususan, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishning ahamiyati ilmiy asosda yoritilgan. Nutq inson tafakkuri va muloqotining asosiy shakli sifatida izohlanib, uning og‘zaki, yozma, ichki va tashqi ko‘rinishlari, shuningdek, monologik va dialogik nutqning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. O‘qituvchining nutqiy kompetensiyasi ta’lim jarayonida samarali muloqot o‘rnatish, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish va darslarni qiziqarli tashkil etishda hal qiluvchi omil sifatida talqin etiladi. Shuningdek, maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy rivojlanishi uchun dasturiy asosda belgilangan og‘zaki va yozma nutq malakalari tizimli yondashuv asosida ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: nutq, nutqiy kompetensiya, og‘zaki nutq, yozma nutq, ichki nutq, tashqi nutq, monologik nutq, dialogik nutq, pedagogik mahorat, o‘qituvchi nutqi, ta’lim samaradorligi. Bugungi globallashuv jarayonida ta’lim tizimida malakali, bilimli va zamonaviy talablariga javob bera oladigan pedagog kadrlarni tayyorlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi shaxsini shakllantirish va uning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish ta’lim sifatini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Chunki boshlang‘ich sinf davri bolalarning tafakkuri, dunyoqarashi va nutqiy qobiliyatlari shakllanadigan eng mas’uliyatli bosqichdir. O‘qituvchining nutqiy kompetensiyasi uning o‘quvchilar bilan samarali muloqotga kirishishi, dars jarayonini qiziqarli va tushunarli tashkil etishi, o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini orttirishi hamda ularda mustaqil fikrlashni rivojlantirish imkonini beradi. Shu bois boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘qituvchining nutq madaniyati va pedagogik mahorati ta’lim samaradorligini belgilovchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Mazkur mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, boshlang‘ich ta’limda o‘qituvchining nutqiy kompetensiyasi nafaqat bilim berishda, balki o‘quvchilarni har tomonlama barkamol inson sifatida tarbiyalashda ham alohida ahamiyat kasb etadi. Nutq - ma’lum qoidalar asosida yaratilgan til tuzilmalari orqali odamlar oʻrtasidagi tarixan shakllangan muloqot shakli. Hisoblash jarayoni, bir tomondan, til (nutq) vositalari bilan fikrni bayon qilish va shakllantirishni, ikkinchi tomondan, til tuzilmalarini idrok etish va ularni tushunishni oʻz ichiga oladi. Nutq ogʻzaki muloqot hisoblanadi. Nutq psixolingvistik jarayon boʻlib, inson tillari mavjudligining ogʻzaki shaklidir. Insonning oʻtmishda ham, hozirgi paytda ham umuminsoniy tajribasidan foydalanishga imkon bergan eng muhim yutugʻi mehnat faoliyati asosida rivojlangan nutq aloqasi edi. Nutq harakatdagi tildir. Til - bu soʻzlarni ularning ma’nolari va sintaksisi bilan oʻz ichiga olgan belgilar tizimi - jumlalardan tuziladigan qoidalar toʻplami. Nutq, bevosita til bilan bogʻliq boʻlgan jarayon.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 109 Shu nuqrayi nazardan tilning quyidagi asosiy funksiyalari ajralib turadi: - Ijtimoiy-tarixiy tajribanin mavjudligi, uzatilishi va oʻzlashtirilishi vositasi; - Aloqa vositalari. Nutq qachon paydo boʻlgan, degan savolga toʻxtaladigan boʻlsak, u inson evolyutsiyasi jarayonida 1,7-2 million yil oldin paydo boʻlgan – odamlarda nutq apparati aynan shu davrda shakllangan. Norvegiyalik olimlar Are Brean va Geir Skeyening fikriga koʻra, Homo Sapiens evolyutsiyasining dastlabki bosqichlarida nutqning paydo boʻlishidan oldin musiqiy tabiatning noaniq tovushlari: ritm, tembr, eng oddiy “ohanglar” va shunga oʻxshash usullardan foydalangan holda muloqot sodir boʻlgan. Nutqning bir qancha xususiyatlari mavjud: Nutq mazmuni - unda ifodalangan fikrlar, his-tuygʻular va intilishlar soni, ularning ahamiyati va haqiqatga mosligi. Nutqning tushunarliligi - jumlalarni sintaktik jihatdan toʻgʻri qurish, shuningdek, tegishli joylarda pauzalardan foydalanish yoki mantiqiy urgʻu yordamida soʻzlarni ajratib koʻrsatish. Nutqning ekspressivligi uning hissiy toʻyinganligi, til vositalarining boyligi, ularning xilma-xilligidir. Oʻzining ekspressivligida u yorqin, boy va aksincha, sayoz boʻlishi mumkin; Nutqning ta’sirchanligi - bu nutqning oʻziga xos xususiyati boʻlib, u boshqa odamlarning fikrlari, his-tuygʻulari va irodasiga, ularning e’tiqodlari va xatti-harakatlariga ta’sir qilishdan iborat. Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. Ular oʻz fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqida oʻylab oladilar. Bu ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan va yozilmagan, “oʻylangan” (fikrlangan) nutqdir, bu nutq fikrlovchi kishining oʻziga qaratiladi. Tashqi nutq tovushlar yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir. Ichki va tashqi nutqning fiziologik tabiati bir xil farqi – tashqi nutqda nutq a’zolarining harakati natijasida tovush chiqariladi yoki yozib bayon etiladi; ichki nutqda nutq a’zolarining harakati tovushsiz yuzaga keladi. Ichki nutq materialni anglash va yodda saqlashga yordam beruvchi, tashqi nutqni rivojlantirishda esa zaruriy vosita hisoblanadi. O‘quvchi o‘ylash va fikr yuritish jarayonini aynan ichki nutq orqali amalga oshiradi. Ichki nutq o‘quvchini tashqi nutqqa, ya’ni javobgarlikni his qilib erkin gapirishga o‘rgatadi. Shu sababli, ichki nutq o‘quvchining tafakkuri va nutqini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Maktabda o‘quvchilarning nafaqat tashqi, balki ichki nutqi ham rivojlantiriladi. Bolalar ichda o‘qishga o‘rganadilar va o‘quv materialini o‘zlashtiradilar, turli topshiriqlarni mustaqil hal qiladilar hamda eng muhimi — o‘z og‘zaki va yozma fikrlarini oldindan tayyorlab oladilar. Fikrni ifodalash shakliga ko‘ra nutq og‘zaki va yozma turlarga bo‘linadi. Ularning o‘xshash jihati shundaki, yozma nutq ham, og‘zaki nutq kabi, tovush asosida shakllanadi. Ammo yozma nutq belgilar orqali tovush tarkibini ifodalaydi, og‘zaki nutq esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitish sezgisi orqali qabul qilinadi. Demak, og‘zaki nutq tovush nutqi, yozma nutq esa grafik nutqdir.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 110 Og‘zaki nutqda eshitish sezgisi asosiy o‘rin tutadi, yozma nutqda esa ko‘rish va qo‘l harakati muhim hisoblanadi. Har ikkala nutq turi ham odamlar o‘rtasidagi aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Biroq og‘zaki nutq bevosita muloqot jarayonida, aniq vaziyatda yuzaga kelsa, yozma nutq vaziyatdan mustaqil ravishda, kishi ishtirokisiz ham qo‘llanishi mumkin. Odatda og‘zaki nutq dialog tarzida, yozma nutq esa monolog shaklida bo‘ladi. Yozma nutq izchil va mantiqiy bo‘lishi, so‘z shakllarini tushirib qoldirmaslik, ortiqcha takrorga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi. Shu bois yozma nutq og‘zaki nutqqa nisbatan murakkabroq va mavhumroq sanaladi. Nutqning yana bir shakli — monolog bo‘lib, bunda bitta shaxs nutq so‘zlaydi, tinglovchilar esa faqat idrok etuvchi sifatida ishtirok etadilar. Monologik nutq dialogik nutqqa qaraganda psixologik jihatdan murakkabroq bo‘lib, so‘zlovchidan o‘z fikrlarini aniqlik, izchillik va qat’iyat bilan bayon etishni talab qiladi. Shu bilan birga, ma’ruzachi nafaqat o‘z nutqini, balki uni tinglovchilarning qanday qabul qilayotganini ham nazarda tutishi, kuzatib borishi zarur. Dialogik va monologik nutq faol ham, passiv ham bo‘lishi mumkin. Faol nutq — bu so‘zlovchining nutqi, passiv nutq esa tinglovchining qabul qilish jarayonida namoyon bo‘ladi. Tinglash vaqtida biz so‘zlovchi aytgan so‘zlarni ichimizda takrorlaymiz. Bu jarayonda tashqi ko‘rinish bo‘lmasa-da, nutq faoliyati mavjud bo‘ladi. Mustaqil rеspublikamizda yoshlarga ta’lim bеrish, fanlarni oʻrgatish bilan birga ularni mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida tarbiyalash vazifasi bеlgalandi. Chunki fikrlash til va nutq, tafakkur bilan bogʻliq boʻlib, fikrlash jarayonida faraz, mushohada, isbotlash, tahlil qilish paydo boʻladi, aqliy faoliyat, ongli harakat, aql-zakovat, maqsad sari intilish, tafakkur shakllanadi. Boshlangʻich ta’limdan boshlab bolalar nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etish, ogʻzaki nutqini oʻstirish, ularni koʻrgan, eshitgan voqеa-hodisalari haqida eslab qolganlarini erkin fikrlash orqali bayon qilish, oʻz fikrini tushunarli, tartibli ifodalash bilan birga ijodiy fikr yuritishga ham oʻrgatiladi, chunki nutq tufayli inson oʻzaro fikr almashadi, muloqot qiladi. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi, ayniqsa, ularning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich ta’limda o‘qituvchining nutqi faqatgina bilim berish vositasi emas, balki o‘quvchilarning fikr va hissiyotlarini anglash hamda ularga to‘g‘ri yo‘naltirish jarayonida ham muhim ahamiyatga ega. Nutqiy kompetensiyalar — o‘qituvchining o‘z fikrlarini aniq, ravon va tushunarli tarzda ifoda etish qobiliyatini bildiradi va bu pedagogik mahoratni yuksaltirishda hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish ta’lim jarayonining samaradorligini belgilovchi muhim shartlardan bo‘lib, o‘quvchilarda kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Shu bois nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishda an’anaviy tajribalar bilan innovatsion metodlarni uyg‘unlashtirish dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Shuningdek, mazkur kompetensiyalarni shakllantirish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun muhim pedagogik muammo sifatida qaraladi. Adabiy manbalarda ta’kidlanganidek, nutqiy kompetensiyalar o‘qituvchilarning ta’lim berish jarayonidagi samaradorligini oshiribgina qolmay, balki ular va o‘quvchilar o‘rtasida samarali muloqot o‘rnatishga ham imkon yaratadi. Nutq faoliyati uchun, shuningdek, oʻquvchilar nutqini oʻstirish uchun bir necha shartga rioya qilish zarur:
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 111 1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab boʻlishi kerak. Oʻquvchilar nutqini oʻstirishning metodik talabi oʻquvchi oʻz fikrini, nimanidir ogʻzaki yoki yozma bayon qilish xohishini va zaruriyatini yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi. 2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali boʻlishi lozim. Bu material qanchalik toʻliq, boy, qimmatli boʻlsa, uning bayoni shunchalik mazmunli boʻladi. Shunday ekan, oʻquvchilar nutqini oʻstirishning ikkinchi sharti nutqqa oid mashqlarning materiali haqida boʻlib, oʻquvchi nutqi mazmunli boʻlishi uchun gʻamxoʻrlik qilish hisoblanadi. 3. Fikr tinglovchi tushunadigan soʻz, soʻz birikmalari, gap, nutq oborotlari yordamida ifodalansagina tushunarli boʻladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli oʻstirishning uchinchi sharti − nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi. Oʻquvchilarga til namunalarini berish, ular uchun yaxshi nutqiy sharoit yaratish zarur. Nutqni eshitish va undan oʻz tajribasida foydalanish natijasida bolalarda ta’lim metodikasi asoslanadigan ongli ravishda “tilni sezish” shakllanadi. Oʻquvchilarda ma’lum davrda shakllanadigan nutqiy kompetensiyalar: 1-sinf Og‘zaki nutq: - unli va undosh tovushlarni toʻgʻri talaffuz qilish; - x va h, oʻ va u tovushlarini ogʻzaki nutqda farqlash (dasturda berilgan matnlar asosida); - tengdoshlari va kattalar bilan suhbatga kirisha olish, suhbatlashish odobiga rioya qilish (birbirini hurmat qilish, soʻzga chiqishni istashini hurmat bilan soʻrash, mavzu yoki matn yuzasidan navbat bilan gapirish); - rasmlar, odamlar, narsalar va voqealarni ogʻzaki tasvirlash; - oʻquv dasturida berilgan mavzular yuzasidan gapira olish; - matnni qayta bayon qila olish. Yozma nutq: - fikr ifodalashda bir-biriga oʻxshash (satr osti, satr usti harflari) harflarni farqlab yozish; - yozma nutqda x va h harflarini toʻgʻri qoʻllash; - boʻgʻin koʻchirish qoidаsigа rioya qilish; - husnixat, tinish belgilari va imlo qoidalariga amal qilgan holda 15–20ta soʻzdan iborat diktant yozish;
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 112 - yil davomida oʻrganilgan fanlarga oid atamalarni farqlash va ularni toʻgʻri yoza olish; - berilgan rasm asosida, odam yoki ma’lum voqeani tasvirlab, 2-3ta gap tuzib yoza olish; - turli mavzularda tabriknoma yoza olish. 2-sinf Og‘zaki nutq: - nutq tovushlarini toʻgʻri talaffuz qilish; - atrofdagilar bilan muloqotga kirisha olish, muloqot odobiga rioya qilish; - rasmlar, odamlar, narsalar va voqealarni ogʻzaki tasvirlash; - oʻquv dasturida berilgan mavzular yuzasidan fikr bildira olish; - ogʻzaki fikr ifodalashda ma’nodosh va zid ma’noli soʻzlardan oʻrinli foydalanish; - matnni qayta ijodiy bayon qila olish. Yozma nutq: - boʻgʻin koʻchirish, bosh harflar imlosigа rioya qilish; - gap ohangiga rioya qilgan holda tinish belgilari (nuqta, vergul va soʻroq)ni qoʻya olish; - punktuatsion va imlo qoidalariga amal qilgan holda 30–40 ta soʻzdan iborat diktant yozish; - yil davomida oʻrganilgan fanlarga oid atamalarni farqlash va ularning roʻyxatini tuzish, toʻgʻri yoza olish; - berilgan rasm asosida, odam yoki ma’lum voqeani tasvirlab, 3-4 ta gap tuzib yoza olish; - tabriknoma va xat yoza olish. 3-sinf Og‘zaki nutq: - berilgan mavzuda ogʻzaki talaffuz me’yorlariga amal qilgan holda tartibli va ravon soʻzlay olish; she’rlarni ifodali aytish; - munozara jarayonida oʻzaro hurmatni saqlagan holda navbat bilan fikr bildirish, oʻz qarashlarini odob bilan himoya qilish;
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 113 - rasmlar, odamlar, narsalar va voqealarni ogʻzaki tasvirlash; - oʻquv dasturida berilgan mavzular yuzasidan gapira olish; - tushunmagan oʻrinlarni aniqlashtirish maqsadida savollar bera olish; - ogʻzaki fikr ifodalashda maqsadga muvofiq soʻz, ibora va birikmalardan oʻrinli foydalanish; - matn, hikoya, ertakni qayta ijodiy bayon qila olish. Yozma nutq: - gap ohangiga rioya qilgan holda tinish belgilari (nuqta, vergul, soʻroq, undov)ni qoʻya olish; - punktuatsion va imlo qoidalariga amal qilgan holda 50–60ta soʻzdan iborat diktant yozish; - yil davomida oʻrganilgan fanlarga oid atamalarni farqlash va ularning roʻyxatini tuzish, toʻgʻri yoza olish; berilgan rasm asosida odam yoki ma’lum voqeani tasvirlab 5-6ta gap tuzib yoza olish, bunda fikr tartibiga rioya qilish; - berilgan qoʻshimchalar asosida soʻzlar hosil qilish va ularni toʻgʻri yozish; - shaxsiy xat va tabriknoma yoza olish, bunda soʻz va soʻz birikmalarini toʻgʻri bogʻlay olish. 4-sinf Og‘zaki nutq: - berilgan mavzuda ogʻzaki talaffuz me’yorlariga amal qilgan holda toʻgʻri va ravon soʻzlay olish; she’rlarni ifodali ayta olish; - munozara jarayonida mavzudan chetga chiqmagan holda oʻz fikrini erkin, navbat bilan bayon qilish va asoslash, shaxsiy qarashlarini odob bilan himoya qilish; - rasmlar, odamlar, narsalar va voqealarni ogʻzaki tasvirlash; - oʻquv dasturida berilgan mavzular yuzasidan gapira olish; - matn, hikoya, ertakni qayta ijodiy bayon qila olish. Yozma nutq: - gap ohangiga rioya qilgan holda tinish belgilari (nuqta, vergul, soʻroq, undov)ni qoʻya olish; - punktuatsion va imlo qoidalariga amal qilgan holda 65-70ta soʻzdan iborat diktant yozish, tinglangan matn asosida bayon yozish;
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 114 - yil davomida oʻrganilgan fanlarga oid atamalarni farqlash va roʻyxatini tuzish, ularni toʻgʻri yoza olish; - berilgan rasm asosida odam yoki ma’lum voqeani tasvirlab, 7-8ta gap tuzib yoza olish, bunda fikr tartibiga rioya qilish, ifodada badiiylik unsurlarini qoʻsha olish; - berilgan qoʻshimchalar asosida yangi soʻzlar hosil qilish va ularni toʻgʻri yozish; - shaxsiy xat, tabriknoma va e’lon yoza olish, bunda oʻz tilaklari va shaxsiy munosabatini ifodalay olish. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Qosimova K., Matchonov S., Gʻulomova X., Yoʻldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili oʻqitish metodikasi. -T.: “Noshir”, 2009. 2. Qodirova S.A. Ona tili o‘qitish metodikasi (Nutq o‘stirish metodikasi). O‘quv qo‘llanma. – Buxoro: “Kamolot” nashriyoti, 2022. 3. Jo‘rayev, T.T., Halimov, S.G. Nutq madaniyati: O‘quv qo‘llanma. – Samarqand: Tibbiyot ko‘zgusi, 2021. – 108 b. 4. D.R. Babayeva. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. (Darslik). – T..: “Barkamol fayz media”, 2018, - 432b.