scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINING INTELLEKTUAL VA SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING O`RNI

Shomurodov Ulug'bek; Aminova Aziza

Full text

842 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINING INTELLEKTUAL VA SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING O`RNI Shomurodov Ulug‘bek Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi Pedagogika fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi Aminova Aziza 4bosqich 5BTs -guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17381326 Annotatsiya: maqolada bolalar jurnalistikasi va matbuotining boshlang`ich sinf o`quvchilari tafakkuri, ijtimoiy, siyosiy ongini mustahkamlashda OAVning o`rni va ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Kalit so`zlar: OAV, axborot, media, matbuot, telekommunikatsiya, radio, televideniye, intellect Barcha zamonlarda ham davr shiddat bilan rivojlangan. Bugunning bolalari kechagidan farq qilishgan. Ularning yashash tarzidan tortib, o`y-u fikrlari, orzulari, hatto muammolari ham yangilanib boravergan. Bularning barchasi globallashuv, axborotlarning tez suratlarda almashuvi evaziga bo`ladigan jarayonlardir. Shubhasiz, yosh-u qari, jumladan, bolalarning ham yangicha fikrlab, zamon bilan hamnafas bo`lishi quvonarli hol, shu bilan birga globallashuv natijasida kirib kelayotgan yangi axborot texnologiyalari va axborot xurujining salbiy oqibatlari ularga ham o`z ta`sirini ko`rsatayotgani ko`ngilni xira qiladi. Shu ma’noda istiqlolga erishgach, xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlariga tayangan zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal dasturi yaratildi. Bugungi kungacha bolalarga chet tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa san`ati, kompyuter savodxonligi asoslarini o`rgatuvchi maxsus maktablar hamda maktabgacha tarbiya muassasalari guruhlari tashkil etilgan. Bu borada O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni dasturulamal bo`lmoqda. Bolalar nashrlari qanchadan-qancha shoir-u yozuvchilarni, olimlarni, tarjimonlarni yetishtirib chiqarishda ilk qadam bo`la olgan. Bolalarning dunyoqarashini shakllantirishda, aql va idrokini takomillashtirishda, ular ongida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirishda, milliy urfodatlar, an’analar ruhida tarbiyalashda bolalar matbuotining o`rni beqiyosdir. Bolalarga mo`ljallangan OAV auditoriyasini aynan bolalar tashkil qiladi. U bolalar dunyoqarashini o`stirishga, tafakkurini shakllantirishga, ma`naviy, axloqiy, tarbiyaviy masalalarga qaratilgan tahliliy maqolalarni berib yosh avlodni bolalar matbuoti bilan bog`lashga xizmat qilgan. Shu orqali o`z atrofida ijodkor yosh avlodni yig`a bilgan. Ularni jamoa sifatida bir maqsad sari shakllantirishga undagan. Bolalar gazetasi va jurnallaridagi badiiy va axborot beruvchi lavhalar qisqa, lo`nda va qiziqarli voqealarga boyligi bilan ajralib turadi. Boshlang`ich sinf o`quvchilari OAVning deyarli barcha tizimidan, aytaylik, tele-radio dasturlari hamda gazeta-jurnallaridan birdek keng foydalanadi. 1-sinfdanoq o`quvchilarni bunga o`rgatishda oqituvchining roli katta. Chunki, avvalo sinfda va sinfdan tashqari o`qish darslarida OAVning eng yaxshi namunalarini birgalikda o`rganish, intellektual mashqlardan darsda foydalanish samarali natija beradi. Shuningdek, matbuot nashrlariga bolalarning o`zlari xat, xabar, hikoya va she’r yozishlariga yordam berish orqali OAV qiziqish uyg`otish mumkin. Aytish joizki, OAV barcha sohada o`qituvchiga ko`makdosh bo`la oladi. Binobarin, mustaqillik yillarida ommaviy axborot 843 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz vositalari xususan bolalar nashrlarining soni ham ko`payib bordi. Bugungi kunda bolalarga mo`ljallangan bir qancha gazeta va jurnallar faoliyat ko`rsatadi: jumladan, “Bilimdon”, “Baxtli bolajon”, “Bolajon aybolit”, “Bola va zamon”, “Bulbulcha”, “Znayka”, “Kelajak avlod”, “Kelajak ovozi", “Gulxan” kabi davriy bolalar nashrlari, “Bolalalar adabiyoti” audio jurnali, “Bolajon” teledasturi ko`rsatuvlarining auditoriyasi, muxlisi va kuzatuvchilari asosan boshlang`ich sinf o`quvchilari, desak yanglishmaymiz. Bolalik inson umrining eng tiniq, beg`ubor, dunyoni, atrofmuhitni qabul qilishga tashna, hayratga boy, g`oyat qiziquvchan, ko`rgan - eshitganlarini xotirada saqlab qolishda betakror fasldir. Bu hayrat faslida o`qib o`rganish, qiziqish, har tomonlama bilimini yuksaltirish jami bilganlarini xotirada muhrlash ishtiyoji kuchli bo`ladi. Ayniqsa, boshlang`ich sinf o`quvchilarining dunyoqarashi shakllanishida, intellektual va badiiy salohiyatini oshirishda “G`uncha” jurnalining alohida o`rni bor. Bolalar gazetalarida chop etilgan maqolalarning tili va uslubini tanlangan ob’yektlar misolida tahlil qilgan holda bugungi matbuot hech qachon taraqqiyotdan, yuksalishdan ortda qolmasligi kerak, degan xulosaga kelamiz. Sababi, bugunning bolasi har kuni bir yangilikka duch keladi. U televizordan tashqari kompyuter, uyali telefon singari eng so`nggi zamonaviy vositalar ichida o`ralashib qolib ketmoqda. Uni matbuot olamiga qaytarish oson kechmaydi. Agarda matbuot o`sha texnik vositalardan ko`ra qiziqarli bo`lsa, bolalarning orzu istaklariga hamohang kelsagina, ularning ehtiyojlarini qondirish mumkin. Bir tomondan bolalar nashrlarining ko`paygani yaxshi. O`shanda ular orasida sog`lom raqobat vujudga keladi. Endi ulg`ayib kelayotgan bola ham ko`p xislatlarni kattalardan o`rganadi. Katta bo`lgani sari o`zining mustaqil yo`lini tanlaydi. OAV "qozoni" ga tushgan nashrlar ham kelajakda haqiqiy bolalar nashriga aylansa ajabmas. Bolalar nashrlarini o`qilishli va ommabop bo`lishiga nafaqat uni boshqaruvchi bosh muharrir yoki ijodiy xodimlar, balki ijod dunyosiga endigina qadam qo`ygan yosh avlodning o`rni yuqori. Zero, yosh avlod ma’naviy kamolotini ta’minlashning asosiy vositalaridan biri - bu bolalar nashrlaridir. Bolalar ijodkorida mahorat bilan birga bolalarga nisbatan o`ta yaqinlik, onalarga xos bo`lgan mehr bo`lishi kerak. O`zini o`rab turgan muhitni, tashqi dunyoni bolalarcha ko`ra olish juda muhim. Bolalar jurnalisti kattalar matbuotida aytiladigan sahifa - sahifa gaplarni yarim yoki biror qog`ozda ifodalashga majbur. Mana shunda mahorat dunyoga keladi. Bolalar nashrlari qaysi millat bolalari uchun xizmat qilmasin, ularning barida o`sha xalqning urf - odatlari, an`analari ufurib turadi. Sababi, bu nashrlar bolalarni mustaqil hayotga etaklovchi hayotié ko`makchi bo`lishi kerak. Bolalar nashrlarining tili o`ziga xos. Unda yolg`on yashiq, aldov ketmaydi, zero bolalarni aldab ham bo`lmaydi. Bolajonlarning o`zi beg`ubor. Demak, ular uchun nashr qilinayotgan gazeta va jurnallarning tili, uslubi beg`ubor va sodda. Bugun bolalar jurnalistikasi bolalar qalbini, dunyoqarashini tahlil eta boshlagani kelgusida bu sohada jiddiy ijobiy o`zgarishlar yuz berishidan darak bermoqda. Bu esa o`z navbatida boshlang`ich sinf o`quvchilarining intellektual hamda badiiy salohiyatini oshirishda OAV rolini yanada mustahkamlaydi. References: 1. Zagvyazinskiy V.I. O'rganish nazariyasi: zamonaviy talqin. - M.: Akademiya, 2001.-192 b. 2. Manuilov V.F., Fedorov N.V., Blagoveshchenskaya M.M. Muhandislik ta'limida ilm-fanni talab qiladigan zamonaviy texnologiyalar // Rossiya Oliy texnika maktabidagi innovatsiyalar: Sat. maqolalar. - M., 2002. - Nashr. 2. - S. 11-20. 844 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz 3. Asosiyni o'zlashtirishning rivojlanishi va natijalariga qo'yiladigan talablarni shakllantirish bo'yicha ko'rsatmalar ta'lim dasturlari Oliy kasbiy ta'limning federal davlat ta'lim standarti asosida amalga oshiriladi. - Belgorod: IPK NRU "BelSU", 2010. - 83 p. 4. Pedagogika va psixologiya. URL: http://www.pedagogics-book.ru