scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IKKI ASR BAXSHISI (Bola baxshi – Qurbonnazar Abdullayev)

Sariyev San'atjon Matchonboyevich

Full text

32 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman IKKI ASR BAXSHISI (Bola baxshi – Qurbonnazar Abdullayev) Sariyev San’atjon Matchonboyevich filologiya fanlari doktori(DSc), professor, Urganch davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17381374 Annotatsiya. Ushbu maqolada xalq dostonlarining ijro jarayoni masalalari tahlil etilgan. Xususan, Qurbonnazar Abdullayev (Bola baxshi) ijodi misolida dostonlarni qo‘lyozmalardan o‘rganish an’analari, kuylash uslubi va improvizatsiya elementlari yoritiladi. Shuningdek, maqolada dostonlar qo‘lyozmalarining folklorshunoslikdagi ahamiyati, matn turg‘unligi, epik syujetlar va baxshilarning ijro an’analari kabi jihatlar atroflicha muhokama qilingan. Xalq og‘zaki ijodi yodgorliklarini ilmiy asosda nashr qilish va amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Kalit so‘zlar. xalq dostonlari, qo‘lyozma manbalar, Go‘ro‘g‘li eposi, baxshichilik san’ati, Qurbonnazar Abdullayev, folklorshunoslik, og‘zaki va yozma an’analar. Аннотaция. В статье анализируются вопросы исполнительского процесса народных эпосов. В частности, на примере творчества Курбонназара Абдуллаева (Бола бахши) освещаются традиции изучения эпосов по рукописям, певческая манера и элементы импровизatsiи. В статье также подробно рассматриваются такие аспекты, как значение эпических рукописей в фольклористике, устойчивость текста, эпические сюжеты, исполнительские традиции бахши. Особое внимание уделяется вопросам публикatsiи памятников народного устного творчества на научной основе и их практического применения. Ключевые слова. народный эпос, рукописные источники, эпос «Гёроглы», искусство бахши, Курбонназар Абдуллаев, фольклор, устные и письменные традиции. Annotations. This article analyzes the issues of the performance process of folk epics. In particular, the traditions of studying epics from manuscripts, singing style, and elements of improvisation are highlighted on the example of the work of Kurbonnazar Abdullayev (Bola bakhshi). The article also discusses in detail such aspects as the importance of epic manuscripts in folklore studies, text stability, epic plots, and the performance traditions of bakhshis. Special attention is paid to the issues of publishing monuments of folk oral art on a scientific basis and applying them to practice. Key words. folk epic, manuscript istochniki, epic "Heroglu", art show, Kurbanazar Abdullaev, folklore, oral and written traditions. Hayoti ezgulikka yo‘g‘rilgan insonlarning insoniy xislatlarini e’tirof qilish boshqalarga ibrat bo‘lishi bilan birga ziyo ahliga huzur bag‘ishlaydi. Ayniqsa, kelajak avlod uchun aziz insonlar hayoti va faoliyati, yashagan sermazmun va ijodiy sermahsul umri nihoyatda betakror hodisa va katta voqelik hisoblanadi. Albatta bir kun kelib, ezgu ammalli har qanday inson haqida ezgu fikrlar bildiriladi, ezgu so‘zlar aytiladi va ezgu amallar ila yodga olinib xotirlanadi. Dostonlarni syujet va turkumlilik, silsila jihatdan, matnlar va voqealardagi, shuningdek, ularning og‘zaki va qo‘lyozma variantlaridagi tafovutlarni o‘rganish 33 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman jarayonida dostonlarning ijro jarayonidan xabardor bo‘lishning foydasi katta. Chunki, dostonning o‘zi qanday ijodiy hodisa ekanligini his qilish uchun uni o‘qish yoki eshitishning o‘zi kifoya qilmaydi. Buning uchun dostonni ijro qilib ko‘rish kerak. Shundagina xalq dostonlari, jumladan, “Go‘ro‘g‘li” dostonlaridagi Go‘ro‘g‘li va Hasanxon bilan bog‘liq epik voqelikni, Go‘ro‘g‘li va Gulandom, Oysulton va Bozirgon voqealaridagi dramatizmni, Og‘a Yunus va Misqol parilar, Avazxon va Bo‘tako‘z voqeligidagi lirizmni yana-da teran anglab olish mumkin. Nazarimizda, har bir olim o‘z ilmini amaliyot bilan hamohang tarzda ro‘yobga oshirsa, bu nur ustiga a’lo nur. Bugungi kunning talabi ham aynan shunday. Olimlarimiz olib borgan ilmiy izlanishlar, tadqiqotlarning natijalari faqat qog‘ozlardagina qolib ketishi kerak emas. Avvalombor, izlanishlar va tadqiqotlar amaliyot bilan bog‘langan holda olib borilishi va nihoyat tadqiqotlarning natijalari ham amaliyotga, ijtimoiy hayotga, ishlab chiqarishga tatbiq etilishi lozim. Shu ma’noda o‘zbek folklorshunosligida ham ilmning amaliyotga tatbiqi masalasida e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zR FA Til, adabiyot va folklor institutining Folklor bo‘limi xodimlari tomonidan “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 tomligini nashr qilish ishlari olib borilayotganligini aytib o‘tish joiz. Mazkur salmoqli ishni ham ilmning amaliyotga integratsiyasi sifatida qayd qilib o‘tish o‘rinli, deb o‘ylayman. Bola baxshi –Qurbonnazar Abdullayev ijodini mukammal tadqiq qilish bugungi kunning asosiy talablaridan biridir. Bola baxshi dostonning she’riy matnlarini kuylaganida bir kuyni ikkinchi marotaba takrorlamaganligi e’tiborga molik. Qayd qilish joizki, o‘zbek dostonchiligida dostonni kuylash jarayonida ijro qilingan bir kuy ikkinchi marotaba takror ijro qilinmagan. Chunki bunga zarurat bo‘lmagan. Buning sababi shuki, doston kuylari еtmish ikkita deb keltiriladi. Ayrim ma’lumotlarda esa yuzdan oshadi, deb keltiriladi. Har bir kuyning o‘z nomi bor. Masalan: “Ilg‘or”, “Shoh ko‘chdi”, “Naylarman”, “Zorinji”, “Ko‘r qiz” va hakazo. Mazkur nomlar bilan ijro qilinadigan kuylarning o‘zi kamida to‘rtta yoki beshta variantdan, ochig‘i turkumdan iborat. Shuning uchun musiqashunoslar mazkur kuylarni “Ilg‘or” turkumi, “Naylarman” turkumi deb turkumlarga ajratib o‘rgangan ma’qul ko‘rinadi. Bu fikrimizni Bola baxshining farzandlari, O‘zbekiston xalq baxshilari, Norbek va Yetmishboy Abdullaevlar ham tasdiqlaydilar. Bola baxshi savodli baxshi bo‘lganligi uchun u dostonlarni chiroyli va betakror matnlarini doston qo‘lyozmalarida qanday yozib qoldirilgan bo‘lsa, shu holicha kuylagan, o‘zgartirmagan. Bu esa o‘z navbatida Bola baxshini “dostonlarni o‘z bilganicha kuylayveradigan otarchi” sifatida emas, balki “dostonlarni muqaddas va 34 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman betakror hodisa” sifatida kuylagan, shu sohaga qalban singib ketgan baxshi sifatida e’tirof etishga undaydi. Ma’lumki, Xorazm baxshilarining aksariyati qadimda qo‘lyozmalardan o‘rganib yodlaganlar. Dostonlarning qo‘lyozmalarida esa bugungi kunda unutilib ketgan dostonlar, epik syujetlar, voqeliklar, personajlar uchraydi. Mazkur epik syujetlarning aksariyati keyingi davrlarda og‘zaki ijroda unutilib ketganligining guvohi bo‘lmoqdamiz. Ayrim dostonlarning syujetlari esa og‘zaki ijroda bir-biriga qo‘shib yuborilgan. Jumladan, “Bozirgon” dostonidagi “Oysulton” voqeasi alohida shoxobcha bo‘lganligini keksa baxshilar hozirgacha eslab o‘tishadi. Biroq keyingi davrlar bu syujetlar qo‘shib, bir doston tarkibiga qo‘shib yuborilgan. Bola baxshi - Qurbonnazar Abdullayev besh yasharlik paytida kasallanib to‘shakka yotib qoladi. Shunda unga uyidagi sandiqda saqlanayotgan, bobosi Usmon baxshidan qolgan xalq dostonlarining qo‘lyozmalari va Maxtumquli qo‘lyozmalarini o‘rganishga da’vat etadilar. Yosh Qurbonnazar esa dostonlarni ana shu qo‘lyozmalardan o‘rganib yod oladi va ijro qila boshlaydi [1:9-b]. Shu-shu qo‘lyozmalardan o‘rgangan dostonlarni o‘zgartirmasdan kuylashni odat qiladi. Bu o‘zgartirmaslik folklorshunoslikda “matn turg‘unligi” deb qayd qilinadi. Biroq “Turg‘un matn” iborasini ijodiy improvizatsiya yo‘q ekan, deb tushunmaslik kerak. Ko‘rinadiki, xalqimiz orasida qo‘lyozma kitoblar muqaddas sanalgan. Qo‘lyozma kitoblarni mato va boshqa pokiza narsalarga o‘ralgan holda pokiza joylarda saqlaganlar. Qo‘lyozmalarga tahorat qilmasdan, nopok holda qo‘l urish ham gunoh sanalgan. Nopok joylarga qo‘yilmagan. Shular qatori xalq dostonlarining qo‘lyozma nusxalari ham juda e’tibor bilan saqlangan. Bola baxshi – Qurbonnazar Abdullayevning bobosi Usmon baxshidan qolgan dostonlar kulliyoti qo‘lyozmalari, Maxtumquli she’rlari qo‘lyozmalari va shu kabi barcha qo‘lyozmalarning sandiqda saqlanishi fikrimizni tasdiqlaydi. Bu kabi qo‘lyozmalar ichidan (ularning ayrimlari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Qo‘lyozmalar fondida saqlanadi) asl nusxalarini aniqlash, ularni ilmiy tahlil qilish va xalqimiz e’tiboriga havola qilish bugungi folklorshunoslikning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Nazarimizda, bunday asl qo‘lyozmalarni folklorshunoslik uchun betakror hodisa sifatida qarash kerak bo‘ladi. Chunki qo‘lyozmalarning tili va uslubi, ularning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari og‘zaki variantlardan birmuncha alohidaliklarga ega bo‘lib, ularda o‘z davrining ruhi aks etib turadi. Biz esa mana shu ruhni sezishimiz kerak bo‘ladi. Bu alohidaliklar birinchidan, qo‘lyozmalardagi dostonlar syujeti va matnlarining bir-birini takrorlamasligi va to‘liqligi, og‘zaki variantdagi she’riy matnlar orasidan tushib qolgan ayrim misralarning qo‘lyozmalarda to‘liq berilishi, ayrim atama va toponimlarning to‘g‘ri berilishi va shu kabi ko‘plab jihatlarida namoyon bo‘ladi. 35 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman Qo‘lyozmalarni yana bir ahamiyati shunda ko‘rinadiki, ayrim baxshilarning to‘g‘ri kelgan syujetni “Go‘ro‘g‘li” dostonlaridan deb aytilishi kabi noto‘g‘ri ijodiy faoliyatiga ham nuqta qo‘ygan. Jumladan, akademik To‘ra Mirzayevning keltirishicha, XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida “Hikoyati Go‘ro‘g‘li sulton” qissa-dostonining litografik usulda chop qilinishi va mazkur kitobning bir necha qo‘lyozma nusxalarda tarqalishi ayrim baxshilar tomonidan to‘g‘ri kelgan syujetni “Go‘ro‘g‘li” dostonlaridan deb ijro qilinganligi kabi noto‘g‘ri ijodiy faoliyatiga chek qo‘ygan. Chunki, hatto “Toshbaqa” degan doston syujetini “Go‘ro‘g‘li” dostonlaridan deb kuylagan baxshilar ham bo‘lgan ekan-da. Shuning uchun bo‘lsa kerak, faqat qo‘lyozmalardan o‘rgangan Bola baxshi dostonlarga (zamona zayli deb) har xil syujetlarni, oldi-qochdi iboralarni qo‘shib kuylashdan saqlangan. Aynan qo‘lyozma kitobdagi dostonni kuylagan. To‘g‘ri, baxshi improvizatsiyaga ega bo‘lishi va o‘z uslubini yaratishi zarur. Bola baxshi ham dostonlar ijrosi jarayonida o‘z improvizatsiyasini shu darajada mahorat bilan amalga oshirganki, diqqat qilinsa, bu umuman dostonlarda sezilmay qolgan. Bu esa Bola baxshining yuksak ijodiy mahoratidan darak beradi. Biz kelajak avlodlar esa nafaqat qadriyatlarimiz va milliy merosimizda aks etgan fikrlarini anglay olishimiz, shu bilan birga Matyoqub Qo‘shjonov kabi teran nazarli va o‘tkir mushohadali ajdodlarimizning nima demoqchi ekanligini anglab olib, kelajak vorislarga еtkaza olsak, xalqimiz oldida turgan burchimizni ma’lum darajada bajargan bo‘lamiz. Demak, xalq dostonlari qo‘lyozmalari qissaxonlar (qissaxon xalfalar) bilan birgalikda baxshilar va barcha qiziquvchi savodli kishilar uchun qo‘l kelgan. Doston qo‘lyozmalarining shakllanishi, birinchidan baxshilar uchun birlamchi manba bo‘lib xizmat qilgan bo‘lsa, ikkinchidan hozirgi kunda dostonlarning asl matnlarini o‘rganish, yo‘qolib ketgan syujetlarni qayta tiklash va shu orqali “Go‘ro‘g‘li” eposining syujetlar, shoxobchalar zanjirini qayta tiklash, dostonlar badiiyatidagi mumtoz adabiyotga xos bo‘lgan namunalarni o‘rganish imkonini beradi. Fоydаlаnilgаn аdаbiyоtlаr rо‘yxаti: 1. Matyoqubov B. Doston navolari. “O’zbekiston” nashriyoti. Toshkent -2009. 2. Мирзаев Т. Эпос и сказитель. –Т.: Фан, 2008. 3. Рўзимбоев С. Хоразм достончилиги эпик анъаналари. –Урганч, “Университет”, 2008.