scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XALQ DOSTONLARIDA BAXSHI DINIY QARASHLARINIG IFODASI

Muharram KAMOLOVA

Full text

63 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman XALQ DOSTONLARIDA BAXSHI DINIY QARASHLARINIG IFODASI Muharram KAMOLOVA Tayanch doktorant O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori inistitutiti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17381482 Annotasiya. Baxshining epik bilimi, badihago‘yligi va badiiy mahorati doston ijrochiligida yaqqol ko‘rinadi. Shu ma'noda, baxshining diniy-e'tiqodiy qarashlari uning ku‘ylayotgan dostonlar badiiy tarzda nomoyon bo‘ladi. Baxshining epik qahramoni aslida o‘zining meni bo‘lib, man shu menlikda ijrochining bor kechinmasi zuhurlanadi. Mazkur maqolada xalqning sevimli baxshi-shoiri Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining “Dalli” dostonidagi e'tiqodiy qarashlari xususida so‘z yuritiladi. Uning epik bilimi va estetik qarashlari tahlilga tortiladi. Kalit so‘zlar: doston, mahorat, baxshi, variant, versiya, vazn, she’riy qism, nasriy qism, badiiy tasvir, motiv, takrir, syujet, talqin. Аннотatsiя. Эпическое знание, импровизatsiонность и художественное мастерство бакши ярко проявляются в исполнении эпоса. В этом контексте религиозно-идеологические взгляды бакши находят художественное выражение в исполняемых им дастанах. Эпический герой бакши на самом деле является его собственным "я", и в этом "я" раскрываются все переживания исполнителя. В данной статье рассматриваются религиозно-идеологические взгляды народного любимца бакши-поэта Эргаша Джуманбулбул оглы в его дастане «Далли». Будет проведен анализ его эпического знания и эстетических взглядов. Ключевые слова: дастан, мастерство, бакши, вариант, версия, размер, стихотворная часть, прозаическая часть, художественное изображение, мотив, повтор, сюжет, толкование. Annotation. In particular, the epic knowledge, improvisational skills, and artistic mastery of the bakshi are clearly reflected in the performance of the epic. In this sense, the religious-ideological views of the bakshi are artistically manifested in the dastans he performs. The epic hero of the bakshi is essentially his own "self," and in this "self," all the experiences of the performer are revealed. This article discusses the religious and ideological views of the beloved folk poet-bakshi Ergash Jumanbulbul oglu in his dastan "Dalli." The article analyzes his epic knowledge and aesthetic views. Keywords: epic, mastery, bakshi, variant, version, meter, poetic part, prose part, artistic depiction, motif, repetition, plot, interpretation. Ko‘p asrlik hayotiy kuzatishlar mahsuli sanalgan og‘zaki ijod namunalari “otalar so‘zi”, “el so‘zi” tarzida ham atalgan. Shulardan kelib chiqib, xalq og‘zaki ijodini ajdodlardan еtib kelayotgan ibratli so‘z tarzida ham tushunish mumkin. Bu esa bizga, tabiiy ravishda, og‘zaki ijodning kelib chiqish davri juda olisga, insoniyat tarixining ilk davrlariga borib taqaladi, degan fikrni aytish imkonini beradi. Zero, “Sahih-ul Buxoriy” to‘plami so‘zboshisida yozilganidek, Alloh taolo insonlarga payg‘ambarlar vositasida o‘zining diniy ta'limotlarini еtkazar ekan, ularning hayotga qanday tatbiq etilishini ko‘rsatib berishni o‘sha payg‘ambarlar zimmasiga yuklagan. Payg‘ambarlar Alloh taolodan kelgan vahiy(xabar)larni odamlarga еtkazgan. Rasullardan bu xabarlarni eshitganlar esa uni tarqatishga, boshqalarga еtkazishga harakat qilgan. Shu tariqa 64 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman xabarlar avloddan avlodga o‘tib kelgan. Shu bois, aytish mumkinki, bashar tarixi Odam safiyullohdan boshlanar ekan, barcha axborotlar qolganlarga o‘git, nasihat, da'vat, qaytariq shaklida kelgani inkor etilmas haqiqatdir. Zero, folklorshunos Sh.Turdimov ta'kidlaganidek, adabiyotda inson ma'naviyati, tafakkuri, uning erki va o‘zida o‘zligini topish yo‘lidagi iztirob va izlanishlarini badiiy ifoda qilgan ma'nolar qatlamining mavjudligi uning ULKAN SO‘Zga daxldor ekanligini ko‘rsatib turadi. Shunga ko‘ra butun insoniyatda o‘zidan keyingilarni hayotga tayyorlash, to‘g‘ri va noto‘g‘rini farqlash, baland va pastni bilish, turmush sinovlariga hozirlash mas'ulligi shakllangan. Bu o‘git, ibrat, ayniqsa, adabiyot - so‘z san'ati vositasida yanada teranlashtirilgan. Insoniyatning еrda Alloh ko‘rsatmalari, hukmlariga asosan o‘z hayotini boshlashi, keyinchalik yashash jarayonidagi xulosalari bilan aralashib, o‘ziga xos “yashash qonunlari” (Fitrat) yuzaga keldiki, ular og‘izdan og‘izga o‘tish natijasida ko‘payib, yangilanib, zamonga va nutqqa moslashib boravergan hamda shu tarzda badiiy ifoda shakllari, xalq ijodiyoti yuzaga kelgan. Ayni shu jarayon ta'siri o‘laroq maqollar, qo‘shiqlar, rivoyatlar, afsonalar, ertaklar, dostonlar yuzaga keldiki, bu asarlarni ilk tarix, real hayot sifatiga eng yaqin hodisa tarzida G‘arb faylasufi M.Baxtin aytganidek: “...hech bir jihati bilan reallikdan, moddiy dunyodan chiqmaydigan” asarlar sifatida o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Har qanday badiiy so‘zning asl manbayi qadimiy, yaratgan tomonidan insoniyatga tushurilgan ilohiy kitoblar (Zabur,Tavrod, Injil, Qur'on) bo‘lib, qolgan barcha ijod namunalari undagi g‘oya, mazmun va tasvir zamiridan o‘sib chiqqanligi haqidagi qarashlarga tayanib, og‘zaki ijodni oldingilar so‘zini sintezlash va bu fikrlarni yashab turgan muayyan zamonga moslab olib kirishdan paydo bo‘lgan, deyish mumkin. Bunday xulosaga kelishmizga esa quyida dalillar asos bo‘la oladi: a) barcha xalqlar folklorida didaktikaning mavjudligi; (maqol, ertak, hikoyat, rivoyat); b) aynan bir syujet va motivlarning shakl va mazmun o‘zgarishisiz (faqat til jihatdan farqlanadi) barcha xalqlarda uchrashi (sinov, safar, evrilish, tush, jazo, siylov); v) bayon uslubining oʻxshashligi, yaxshilik va yomonlik haqida parallel so‘z yuritilishi; g) so‘z yordamida insonni har narsadan ogoh etish; d) ezgulikka da'vat, yomonlikdan qaytarish; ye) ixcham shaklda teran ma'noni ifodalash; yo) pand, nasihat, o‘git, ma’izadan iboratligi. Ma'lumki, Qur'oni karim va Hadisi sharif Markaziy Osiyo xalqlarining nafaqat ijtimoiy hayoti, balki badiiy ijodiga ham kuchli ta'sir etgan. Adabiyotshunos H.Karamatov shunday deydi: “Bu olamning kaliti - Islom dini ruknlari va Qu'oni karim kalomi. Qur'oniy mavzularning jahon va alalxusus, o‘zbek adabiyotiga singib o‘tishi 65 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman faqat diniy nuqtayi nazardangina ibratli bo‘lib qolmay, balkim Sharq adabiyotining biz uchun mavhum qirralarini oydinlashtirib, turli adabiy mavzularning sarchashmalarini ochgan va hozirgi zamon o‘zbek adabiyotining islom adabiyoti bilan shajaraviy, moziydan uzilmas aloqalarini tiklashga ham madad bergan bo‘lardi” Darhaqiqat, adabiyotshunos olim aytgan bu fikrni o‘zbek folkloriga nisbatan ham qo‘llasa, juda o‘rinli bo‘ladi. Boisi, zuvalasi islom ta'limoti bilan yo‘g‘rilgan xalqimizning og‘zaki badiiy ijodini Qur'oni karim va hadislar ta'sirisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Xalq og‘zaki ijodining eng kichik janri maqoldan tortib, yirik epik dostonlarning qat-qatigacha islomiy g‘oya va o‘git singib ketgan. Shu jihatdan ham xalq og‘zaki ijodini nafaqat islomiy dunyoqarash, balki bashariyat еr yuzida yashab kelayotganidan buyon mavjud bo‘lgan ilohiy manbalar orqali tadqiq etish dolzarb sanaladi. Binobarin, madrasa ta'limini ko‘rgan, mumtoz adabiyotni yaxshi bilgan o‘zbek xalq baxshisi Ergash Jumanbulbul ijodidagi dostonlar mag‘zida singgan ilohiy ta'limot va shoirning diniy qarashlari alohida ahamiyatga ega. Dostonlar xalq og‘zaki ijodining eng yirik janri bo‘lishi bilan bir qatorda, mazmunan boy va qamrovi keng asarlar sirasiga kiradi. Dostonda nafaqat baxshi epik tafakkuri, balki butun boshli xalq dunyoqarashi, turmushi, tarixi va madaniyati o‘z tajassumini topadi. Binobarin, xalqning ruhiyati, inonch va e'tiqodiy qarashlari ham dostonlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Mutaxassislar tarixiy-ijodiy jarayonni shartli ravishda ikkiga bo‘lishadi, ya'ni qahramonlik davri adabiyoti va didaktik adabiyot. Bu bo‘lanish nisbiy bo‘lib, mumtoz adabiyot tarixida ularning yozma manbalari bo‘lmagani va og‘zaki ijodning aniq zamon va makonga taalluqli ekani noma'lum bo‘lgani sabab shunday nisbiy xulosaga kelishadi. Holbuki, ilohiy manbalarning barchasi bu davr adabiyoti uchun eng ishonchli manba bo‘la oladi. “Adabiy-tarixiy jarayonda didaktik adabiyot VIII asrga e'tiboran, Markaziy Osiyoga Islom dini kirib kelishi bilan boshlandi”, - degan xulosaga kelingan. Bir jihatdan mazkur fikr ham o‘rinli, negaki o‘rta asrlarga xos adabiyotning bosh vazifasi islom dini aqidalarini targ‘ib etish va aholini musulmonlashtirishga qaratilgan edi. Buning ta'siri o‘laroq o‘zbek adabiyotida didaktik mavzudagi yirik “Qutadg‘u bilig”, “Hibbat-ul haqoyiq”, “Qissasi Rabg‘uziy” kabi diniy-ma'rifiy asarlar yuzaga keldi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari bevosita shariatning rukunlari asosida yozilgan bo‘lsa, Ahmad Yugnakiyning “Hibbat-ul haqoyiq” asari hadislarning sharhi o‘laroq yozilgan, Ahmad Yassaviyning “Hikmatlari” shariat hukmlari asosida yuzaga kelgan bo‘lsa, Nosiriddin Rabg‘uziyning “Qissasi Pabg‘uziy” asari “Qur'oni Karim”da nomi zikr qilingan yoki ishora qilingan nabiylar tarixini yozish maqsadida paydo bo‘lgan. Bu davrda xalq orasida “Abomuslim jangnomasi”, “Hazrati ali”, “Bobo Ravshan”, “Qissasi Zulfunun” kabi diniy xalq kitoblari shakllandi. Bu kitoblar nabiylar, sahobalar va tobeyinlarning hayoti haqidagi rivoyatlar ta'sirida yuzaga kelgan. 66 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman Bunday asarlarning xalq orasida tarqalishi natijasida xalq ertaklari, afsonalari, rivoyatlari va dostonlarining tarkibida ham ularning badiiy in’ikosi kuzatila boshlandi. Binobarin, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li dostonlarida ham mazkur og‘zaki va yozma adabiy jarayonda shakllangan asarlarning ta'sirini kuzatish mumkin. Ergash Jumanbulbul o‘g‘li dostonlarida shoirning diniy-e'tiqodiy qarashlari alohida estetik did, ilohiy-islomiy bilim orqali singdirilganki, bu hodisani Ergash shoirning o‘z davrining еtuk allomasi, chuqur ilohiy va adabiy bilimga ega baxshi shoiri bo‘lganligini dalillaydi. Ergash Jumanbulbul o‘g‘li repertuarini aksariyat “Go‘ro‘g‘li” turkumi dostonlari tashkil etadi. Baxshining “Go‘ro‘g‘li” dostonlarini sevib kuylaganini atoqli folklorshunos olim Hodi Zarif ham ta'kidlaydi: “Ergash shoir “Go‘ro‘g‘li” dostonlarini mahorat bilan jo‘shib ko‘ylaydi. Uning uchun “Go‘ro‘g‘li” kuylash sharaf go‘yo”[56.]. Xususan, baxshi “Ravshan”, “Dalli” dostonlarini alohida mehr bilan kuylaydi. “Dalli” Ergash Jumanbulning “Go‘ro‘g‘li turkumligiga kiruvchi eng sara dostonlaridan biridir. Ma'lumki, “Go‘ro‘g‘li” turkum dostonlarining tarqalish geografiyasi O‘rta Osiyo, Kavkaz, yaqin Sharq mamlakatlari kabi juda katta hududni qamrab oladi [3. 151]. Necha asrlardan buyon og‘izdan og‘izga o‘tib kelayotgan bu epik ijod namunasining o‘zbek, ozarbayjon, turk, turkman, qoraqalpoq, tatar, qozoq, tojik, arman versiyalari anchayin mashhur bo‘lib, bugungi kunda ham baxshilar tomonidan sevib kuylanib kelinmoqda. Mazkur dostonda baxshi e'tiqodiydiniy qarashlari ham teranroq o‘z aksini topgan. Doston shunday boshlanadi: Burungi o‘tgan zamonda. Din musulmon omonda.Urganch elidan tubanda, o‘zi qibla tomonda, Chambilning belida, Taka-yovmit elinda Go‘ro‘g‘libek gurillab, bek bo‘lib, ovoza ko‘tarib o‘tdi[14.]. Baxshi doston boshidayoq “din musulmon omon”ligini ta'kidlash orqali chin e’tiqodiy dini islom ekanligini, va dini musulmon omon bo‘lsa el obod, farovon yashajagini aytadi. Shu o‘rinda Go‘ro‘g‘lini farzandsiz ekanligini izohlash o‘rnida o‘z e'tiqodicha taqdiri azalning haq tomonidan belgilanishini ham chiroyli ifodalaydi va xalqning e'tiqodiy ma'nodagi maqoli bilan dalillaydi: “Go‘ro‘g‘libekning bachchalik vaqtida g‘oyib eranlar so‘ragan edi: “Ot tilaysanmi, yo zot tilaysanmi?” Go‘ro‘g‘libek otga ko‘p ishqiboz edi, biri bachchaligi bor edi. Zotzurriyotning qadrini bilmas edi. Taqdirni tabdil qilib, bo‘lmaydi”. Asli taqdirda Go‘ro‘g‘libekka farzand nasib etmas edi[14]. Dostonda Go‘ro‘g‘li yurtidan o‘tayotgan savdogarlardan zakot olish uchun borib, ulardan Arzirum podshosining qizi xon Dallining daragini eshitadi. Doston boshlanmasida islom dinining besh farzidan biri sanalgan ZAKOT masalasining kiritilishi bejiz emas. Zakot moli-davlati o‘z turmishidan ortgan va uning evaziga badal tarzda beriladigan ehsondir. Ehson kishini komillik yo‘lida saxiy bo‘lishga undovchi 67 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman vosida sanaladi. Savdogarlarni haddidan oshib davlatiga berilib ketishini oldini olish uchun Go‘ro‘g‘li ularning davlatidan zakot oladi. Go‘ro‘g‘li xon Dalli xabarini eshitgach, qirq yigiti orasidan malikani olib keladigan o‘ziga sadoqatli yigit izlaydi, baxtga qarshi qirq yigiti ichida bunday safarni qabul qiladigan mardi topilmaydi. Shunda Hasanxon otasining o‘ksishidan qo‘rqib bu yumushni o‘z zimmasiga oladi. Baxshi ota-bola munosabatidagi tarbiyani Qur'oni karimdagi oyatlardagi o‘gitlar asosida ifodalashga harakat qiladi. Qur'oni karimning “Isro” surasi 23-24-oyatida shunday hukm bor: “(Ey inson) Parvardigoring, sizlarga Yolg‘iz Uning O‘ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni hukm qildi - buyurdi. Agar u ikkovidan biri yoki har ikkisi sening oldingda keksalik yoshiga еtsalar, ularga qarab “uf” tortma, ular(ning so‘zlari)ni qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi-yumshoq so‘z so‘zla! Ular uchun mehribonlik bilan itoat qanotini past tutgin -xokisor bo‘lgin...” Ko‘rinadiki, Alloh kalomida ota-onaga hurmat nihoyatda ulug‘ ish, hatto Allohga ibodatdan so‘ng bajaradigan vazifasi sifatida zikr qilingan. Otaonaning farzandi uchun chekkan zahmatini farzand ehson o‘laroq bilib, munosib ehson qaytarishi farz ekanligi ta'kidlangan. Aks holda, banda Yaratganning amriga bo‘ysunmay gunohkor bo‘lib qoladi. Bu haqiqatni farzandlar qalbiga singdirish uchun xalqda oyat mazmunini o‘zida saqlagan qator maqollar yaratilgan. Chunonchi, “Ota rozi - xudo rozi”, “Ota-onangni hurmat qilsang, boshqalardan hurmat ko‘rasan”, “Otaonasini tanimagan tangrisini tanimas” kabi maqollar fikrimizni to‘la quvvatlaydi. Hasanxon ham ayni shu ogit va pandlar bilan ulg‘aygan shu bois u otasiga o‘z tarbiyasidan kelib chiqib yondashadi: “tag‘in otamning ko‘nglidan kechmasin: “Hay attang, befarzandlik shunday bo‘lar ekan-da, shu safar mening so‘zim sindi, o‘zimning singanim shul-da, agar o‘g‘lim bo‘lsa edi, otamning so‘zi sinmasin, deb shu kosani oladi”. Ko‘ngli buzulmasin, -deb Hasan polvon joyidan turib, dasti aliflom qilib, gardanini xam qilib: - Kosani menga bering, men ichaman, xizmatingizga meni loyiq ko‘rsangiz, men boraman, -dedi”[18.]. Dostonda Go‘ro‘g‘libekning Hasanxonni safarga kuzatish jarayonida so‘zlagan nutqida baxshining diniy-e'tiqodiy qarashlari va Haq va nabiylarga inonchining badiiy ifodasi yanada teranroq namoyon bo‘ladi. Dostonning qo‘lyozma nusxasi 1926-yili baxshining o‘zi tomonidan yozib folklor arxiviga topshirilgan qo‘lyozma O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori inistituti yonidagi folklor arxivida FA.inv.№1 raqam ostida saqlanadi. Qo‘lyozma orasidan folklorshunos Hodi Zarifov tomonidan 1952-yil, 10-aprelda mazkur inventarga yozilgan izoh ham chiqdi. Izohda shunday ma'lumot keltiriladi: “Dalli” (G‘o‘ro‘g‘li siklidan doston). Aytuvchi Mulla Ergash Jumanbulbul o‘g‘li. Yozib oluvchi o‘zi (Mulla Ergash) Nurtoda 1926-yilda 175 bet. Doston boshdan oyoq din bilan sug‘orilgan”. Ko‘rinadiki, dostonda baxshining diniy-e'tiqodiy qarashlari to‘liq 68 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman bayon etilayotgani bois o‘sha davr mafkurasi va tuzum talabidan kelib chiqib olim xavotirlangan. Keyinchalik mazkur dostonning tarkibida jiddiy o‘zgartirishlar qilingan. Binobarin, baxshining 100 yillik yubileyi munosabati bilan nashr etilgan besh jildli “Bulbul taronalari” to‘plamida dostonning o‘zgartirilgan, qisqartirilgan shakli berilgan. Biz tahlilga tortgan 148 misrali Go‘ro‘g‘lining duosi bor-yo‘g‘i 12 misrada yakun topgan. Ko‘rinadiki, sho‘ro tuzumi mafkurasi tazyiqi bilan ko‘pgina qo‘lyozma asarlarning tarkibi o‘zgartirilgan asl holi saqlanmagan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Бахтин М. Тарихий инверсия ва фольклор хронотопи муаммоси / Романда замон ва хронотоп шакллари (Рус тилидан У.Жўрақулов таржимаси). – Тошкент: Академнашр, 2015. 2. Кaрaмaтов Ҳ. Қуръон вa ўзбeк aдaбиёти. – Тошкент: Фaн, 1993. 3. Рабғузий Носириддин Бурхониддин. Қисаси Рабғузий. Биринчи китоб. – Тошкент: Ёзувчи, 1990. 4. Саҳиҳул Бухорий. Олтин силсила. 1-жуз.– Тошкент: Hilol nashr, 2019. 5. Турдимов Ш. Ҳикмат хазинаси. – Тошкент: Ўзбекистон, 2016. 6. Тўхлиев Б. Ўзбек адабиёти тарихи. 7. ЎзР ФА Ўзбек тили, адабиёти ва фольклори иниститути. Фолклор архиви ФА.инв.№1 8. Фитрат А. Танланган асарлар. IV жилд. – Тошкент: Маънавият, 2006. – 9. Қуръони азим мухтасар тафсири (Шайх Алоуддин Мансур). – Тошкент: Movarounnahr, 2019.