scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XIX ASR DOSTONCHILIGI POETIK TAKOMILIDA FOLKLORNING AHAMIYATI

Xoshimova Mohigul Axmatovna

Full text

69 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman XIX ASR DOSTONCHILIGI POETIK TAKOMILIDA FOLKLORNING AHAMIYATI Xoshimova Mohigul Axmatovna, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti, [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17381492 Annotatsiya. Ushbu maqolada mumtoz adabiyotimizning so‘ngi bosqichi hisoblangan XIX asr dostonchiligining poetik takomil topishida Miriy, Furqat, Tabibiylar ijodida folklor namunalarning jilolanishi, ularning o‘rni va ahamiyati mushohada eiladi.. “Vomiq va Azro”, “Yunon mulkida bir afsona”, “Qissasi Salim Javhariy “ kabi dostonlarning g‘oyaviy-badiiy еtukligida xalq og‘zaki ijodi namunalarining ta’siri ko‘rib chiqildi. Kalit so‘zlar: adabiy ta’sir, ijodkorlik, poetik takomil, badiiy an’ana, folklor unsurlar. Abstract. This article examines the polishing of folklore samples in the works of Miriy, Furqat, and Tabibiy in the poetic development of 19th century epic poetry, which is considered the final stage of our classical literature. The influence of samples of folk oral art on the ideological and artistic maturity of such epic poems as “Vamiq and Azro”, “A Legend in the Greek Property”, and “Qissasi Salim Javhariy” was examined. Keywords: literary influence, creativity, poetic perfection, artistic tradition, folklore elements. Аннотaция. В статье рассматривается процесс переработки фольклорных образцов в произведениях Мирий, Фурката и Табибийлар в поэтическом развитии эпической поэзии XIX века, считающейся завершающим этапом нашей классической литературы. Рассматривается влияние образцов народного устного творчества на идейно-художественное развитие таких эпических поэм, как «Вамик и Азро», «Легенда о греческом имении» и «Киссаси Салим Джавхарий». Ключевые слова: литературное влияние, творчество, поэтическое развитие, художественная традиция, фольклорные элементы. Adabiyotimizning bir qator janrlarini xalq og‘zaki ijodidan ozuqa olgani kabi, doston janri ham folklor bilan chambarchas bog‘liqdir. Mumtoz adabiyotimizning so‘nggi bosqichi va yangi davr adabiyoti bilan ko‘prik vazifasini o‘tagan XIX asr oxiri va XX asr boshlari adabiyoti vakillari hisoblangan Miriy, Tabibiy, Xiromiy, Furqat va boshqa dostonnavislar ijodining o‘ziga xosliklaridan biri folklor a’analarni o‘z asarlariga singdirishdir. Ushbu davr adabiyoti vakillari maqol va matallarni mumtoz adabiyoti unsurlari bilan hamohang holatda yangicha yukni joylagan. Dostonlarning mag‘zini boyitishda folklor namunalardan foydalanish bilan ushbu ijodkorlarning nafaqat ijodining betakrorligi balki so‘z boyligini aniqlashda ham ahamiyatlidir. Ushbu davrdagi adabiyot o‘zidan oldingi davrdagi adabiy oqim va xalq og‘zaki ijodi yutuqlariga asoslanib, yangi ijtimoiy-siyosiy sharoitda rivojlanib bordi.Ular o‘sha davr muhitini ham ijobiy, ham salbiy tomonlarini realistik tarzda aks ettirib bordi. XIX 70 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman asrning ikkinchi yarmi adabiyotiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ular ijtimoiy hayot voqeahodisalarni tasvirlashda ikki uslub ko‘zga tashlanadi [4. B. 58]. Birinchisi ijobiy boshlanma uslub, ikkinchisi satirik boshlanma uslub. Ijobiy boshlanma uslubda davr ijtimoiy hayotida sodir bo‘lgan yangiliklarni, madaniyat va ta’lim sohasida yuzaga kelayotgan mo‘jizalarni tasvirlash orqali tasdiqlaydilar. Ya’ni hayotdagi go‘zallikni tasvirlash asosiy omil bo‘lib xizmat qilgan. Bu yo‘nalish xususiyatlari Furqat dostonlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Satirik boshlanma uslub esa, jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning salbiy tomonlariga nisbatan bo‘lgan norozilik kuchli va o‘tkir tarzda namoyish etildi.Bu jihatdan Muqimiy, Xiromiy, Miriy, Tabibiylarning dostonnavisligida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ular o‘z asarlarida yuqori tabaqa vakillarini tasvirlash orqali bir qancha jabhalarda yuz berayotgan nohaqliklar va kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tishgan. Muxtasar qilib aytganda dostonlarning ijobiy boshlanma uslubdagilar an’anaviy sharq dostonchiligidan farqi shundaki bu davrdagi romantizm real hayot voqealariga asoslangan. Shuning uchun ham davr va estetik talablar tufayli mazkur davr ijodkorlari kichik hajmdagi masnaviy janriga ko‘proq murojaat etganlar. Mumtoz adabiyot durdonasi hisoblangan Sa’diyning “ Bo‘ston”. Alisher Navoiyning “ Xamsa”, Abdurahmon Jomiyning “Haft avrang” da mavjud bo‘lgan masnaviy-hikoyatlar davr nuqtayi nazaridan muvofilqshtirilgan. Buni biz Furqatning “Suvorov haqida “ asarida ham ko‘rishimiz mumkin. XIX asrning ikkinchi yarmida ikkinchi oqim adabiyot vakillari yuzaga kelishdi. Ular insonni eng mo‘tabar zot deb bilishdi, uning huquqlari shaxsiy fazilatlarini kuyladi. Inson erkini poymol qiluvchi sharoitni fosh qilib, uning kamolotini orzu qilib, bu orzuni esa adolatli jamiyat va odil shoh bilan bog‘lashishdi. Miriy, Xiromiy, Olim Devona, Hoji, Sipandiylarni mazkur adabiyot vakillari deb ko‘rsatishimiz mumkin. Ular o‘z asarlarida real hayotni romantik tarzda aks ettirdilar. Ular ijodining o‘ziga xosligidan yana biri shundaki, o‘z dostonlarini ko‘pincha xalq og‘zaki ijodi yoki sharq klassik adabiyotda mavjud bo‘lgan mavzulardan yaratdilar. Dostonlarning ayrimlari esa, forstojik, hind, ozarbayjon xalqlari adabiyoti asarlari asosida yuzaga kelgan [5. B. 56]. XIX-XX asrlar o‘zbek dostonchiligi namulanalarini ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, dostonlar xotima qismida Sharq mumtoz dostonchilik an’analarining davom etishini Tabibiyning “Vomiq va Azro” dostonining xotima qismida ko‘rishimiz mumkin: Qilib bir yil chog‘i jahdi bag‘oyat , Yetushdi bu kitobimga tamomat. Demak tarixini chun joyiz erdi, Ming-u uch yuz yigirma sakkiz edi[9. B. 18]. 71 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman Ushbu baytda adib asarning yozilish tarixiga doir bir qancha qimmatli ma’lumotlarni keltiradi. Baytni tahlil qilish jarayonida shunga amin bo‘lamizki, Ahmad Tabibiy badiiy-ijodiy an’ananing kamalak ranglarini o‘z salaflari merosidan, xuxusan, Alisher Navoiy ijodiga eng ko‘p bog‘langan. Alisher Navoiyning Tabibiy ijodidagi an’analari, eng avvalo, ijtimoiy hodisalarni chuqur mushohada va tahlil qilib, ularga falsafiy-badiiy tavsif berishda ko‘rinadi. Bunga misol tariqasida quyidagi misolni iqtibos qilib keltirishimiz mumkin. Navoiy fikricha olamda eng mo‘tabar zot insondir. Shuning uchun ham bashariyatning har bir alohida a’zosi o‘z jinsdoshlarining nafi uchun jon kuydirishi lozimligi quyidagi baytlarda aks etilgan: Odamiy ersang demagil odami, Onikim yo‘q g‘amidin g‘ami[ 7. B. 56]. Navoiy baytlarini tahlil qilish davomida shunga amin bo‘lamizki, Sharq mumtoz an’analari o‘zining serjilo ko‘rinishini asrlar silsilasida yo‘qotib qo‘ymaydi. Tabibiy asarlarini ko‘zdan kechirar ekanmiz undagi ohangdorlik xalq og‘zaki ijodidagi maqollarga ham murojaat etadiki, bu jihat asarning qadr-qimmatini belgilashda еtakchi omillardan biri hisoblanadi. Ijodkorning Vomiqning Azro visoliga еtishish uchun kechirgan qiyinchiliklari,mashaqqatlari va ularni еngishda ham aql, ham qo‘l kuchi bilan еngib o‘tishi sahnalari misolida ko‘rishimiz mumkin: Agar ganj istasang chekkil bu dam ranj, Ki chekmay ranj hosil bo‘lmag‘ay ganj[11. B. 46]. deb yozadi. Bu misralarda xazinaning kaliti cheksiz mashaqqatlarda ekanligi ranj topmaguncha ganjga еtib bo‘lmasligi aks etib, “ Mehnatsiz rohat, mashaqqatsiz hunar bo‘lmas”, degan maqolni eslatadi. Furqatning ajoyib dostonlaridan biri “Yunon mulkida bir afsona” nomli dostoni bo‘lib, mazkur doston masnaviy yo‘lida yozilgan. Shoir dostonning bosh qismida Yunoniston sayohatidan olgan taassurotidan so‘ng, Yunon go‘zali haqida bayon qilishga kirishadi. Ajoyib voqealarni, takrorlanmas epizodlarni o‘z ichiga olgan va romantik bo‘yoqlar uslubida bayon qilingan bu hikoya quyidagi so‘zlar bilan boshlanadi. Mening aslim erur ahli Itoliyo, Iqomotgohim erur shahri Rumo[ 8. B. 34]. XIX asr dostonnavislaridan yana biri Miriydir. Uning “Salim Javhariy” dostonida ayrim falsafiy, axloqiy va ijtimoiy masalalar to‘g‘risidagi qarashlari ham bayon etilgan. Jumladan, shoirning odam va uning yaratilishi, hodisa voqelarning o‘zaro aloqasi, ya’ni sabab va natija kabi falsafiy kategoriyalar to‘g‘risidagi mulohazalari bunga misol bo‘la oladi. 72 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman Asarning e’tiborli jihatlaridan yana biri shuki, insonning yaratilishibir tomondan o‘sha zamondagi idealistik tushunchani ifoda etib, xudo insonni tuproqdan yaratdi desa, ikkinchi tomondan inson to‘rt elementdan (suv, havo, olov, tuproq) tashkil topgan degan qarashlarni ifoda etadi [11.B. 23]. Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, Xalqimiz tarixining burilish nuqtasi hisoblangan XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlari dostonchiligi o‘zining mumtoz an’analarini saqlagan holda unga yangilik kiritganligi bilan ajralib turadi. Ushbu dostonlar bilan tanishib chiqish jarayonida shunga amin bo‘lamizki, dostonlarning tilining ravonligi, uslubning soddaligi, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan unumli foydalanilganligi, har bir so‘zning qadr-qimmatini o‘rniga qo‘ygan holda qo‘llaganligiga amin bo‘lamiz. Adabiyotlar: 1. A.Jalolov. XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi O‘zbek adabiyoti.-Toshkent: “Fan”, 1991.151 b 2. B.Valixo‘jayev.O‘zbek epik poeziyasi tarixidan. -Toshkent: ”Fan”1974.170 bet. 3. Valixo‘jayev B. XIX-XX asrning 2-yarmidagi o‘zbek poemachiligida Alisher Navoiyning traditsiyalari. “Adabiyot va hayot”.-Samarqand,1969.13-20-b. 4. Abdullayev V, Valixo‘jayev B. Miriy va uning zamondoshlari. -Toshkent: ”Fan” 1978. 92-b. 5. Muhiddinov M.Q. Adabiy an’ana va ijodiy o‘ziga xoslik.-Toshkent: Ma’naviyat,1990.105-b. 6. Furqat. Tanlangan asarlar. Ikki tomlik (nashrga tayyorlovchi Xolid Rasul).-Toshkent: Badiiy adabiyot,1975. 295-b. 7. G‘anixo‘jayev F. Ahmad Tabibiy. -Toshkent:”Fan”1978.80-b 8. Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari. -Toshkent: O‘zbekiston, 2008.-536 b. 9. Tabibiy. Tanlangan asarlar. Vomiq va Azro. -Toshkent: Badiiy adabiyot, 1968.-218 b. 10. Miriy. Tanlangan asarlar. -Toshkent: Badiiy adabiyot, 1964.168 b.