scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QURBONNAZAR - BOLA BAXSHIM BOR MENING…

Sariyev Himoyat Matchonboyevich

Full text

73 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman QURBONNAZAR - BOLA BAXSHIM BOR MENING… Sariyev Himoyat Matchonboyevich Urganch davlat universiteti magistranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17381508 Annotatsiya. Mazkur maqolada o‘zbek, qoraqalpoq va turkmanlar orasida mashhur b`olgan Bola baxshi – Qurbonnazar Abdullayev ijodi haqida so`z boradi. Uch tilda doston kuylash qobiliyatiga ega bo`lgan baxshi “Go‘ro‘g‘li” eposining Polvon baxshi repertuariga aloqador bo‘lgan yo‘vmit versiyasini ham to‘la ravishda o‘zlashtirganligi, unga 1938 yilda “O‘zbekiston xalq dostonchisi” unvoni berilganligi haqida ma’lumotlar keltiriladi. Shuningdek, Bola baxshining repertiari va ijro uslibi yoritib o`tiladi. Kalit so`zlar. Gurlanbog`, Xiva dostoncilik maktabi, Eroniy va Shirvoniy nomalar, “O‘zbekiston xalq dostonchisi” unvoni, Bola bxshi davomchilari. Аннотaция. В статье рассматривается творчество Бола бахши – Курбанназара Абдуллаева, известного среди узбеков, каракалпаков и туркмен. Бахши, исполнявший достаны на трёх языках, в совершенстве овладел ёвмитским вариантом эпоса «Горуглы», относящимся к репертуару Полвана бахши, и в 1938 году был удостоен звания «Народный поэт Узбекистана». Также рассматриваются репертуар и исполнительский стиль Бола бахши. Ключевые слова. Гурланбог, хивинская школа сказителей, иранские и ширванские традиции мелодии, звание «Народный сказитель Узбекистана», последователи Бола бахши. Annotations. This article discusses the work of Bola Bakhshi - Kurbannazar Abdullayev, who is famous among Uzbeks, Karakalpaks and Turkmens. The bakhshi, who was able to sing dostans in three languages, fully mastered the yovmit version of the epic "Gorughli", which is related to the repertoire of Polvan Bakhshi, and was awarded the title of "People's Poet of Uzbekistan" in 1938. The repertoire and performance style of Bola Bakhshi are also covered. Keywords. Gurlanbog, Khiva school of dostancilik, Iranian and Shirvani nomas, the title of "People's baxshi and bards of Uzbekistan", successors of Bola Bakhshi. Xorazmda o‘ziga xos baxshchilik maktabi yaratgan talantli baxshi Qurbonnazar Abdullayev 1899 yilda Xiva tumanining Gurlanbog‘ qishlog‘ida dehqon oilasida tavallud topdi. Uning katta bobosi Usmon ota mashhur baxshi bo‘lgan. Otasi Abdulla Avazniyoz o‘g‘li esa oddiy dehqon bo‘lsa-da, musiqa va qo‘shiqqa juda ixlosmand kishi edi. U Navoiy, Maxtumquli asarlarini ozmi – ko‘pmi mutolaa qilar, ba’zi g‘azallarni yodlab qo‘shiq qilib kuylab yurar edi. Bir kuni hatto o‘z do‘sti Madrahim aka degan kishi bilan tut yog‘ochini o‘yib dutor ham tuzatib oladi. Otasining ana shu harakatlariga razm solib yurgan yosh Qurbonnazarning qalbida ham san’atga, dostonchilikka bo‘lgan havas va ishtiyoq o‘sha davrlardayoq uyg‘onib boshladi. Otasi uni besh yoshida eski maktabga beradi. Undagi musiqaga bo‘lgan havasni payqagan otasi ustaga dutor tuzattirib Qurbonnazarga beradi. Yosh Qurbonnazar uni chalib yuradi. Uning otasidan birinchi o‘rgangan qo‘shig‘i Maxtumqulining “Ayrilma” deb nomlanuvchi she’ri edi. 74 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman Dostonchilik an’analari xalqimizning o`tmishi, urf-odatlari, ma’naviyati, musiqa san’ati bilan uzviy bog‘liqdir. Baxshichiligimizning ming yilliklar bilan sarhisob etiluvchi tarixi xilma-xil va boy manbalarda yoritilgan [1.26]. Ular asosan ikki asosiy toifaga mansub. Biri-arxeologlar tomonidan kashf qilingan ashyoviy dalillar, nazariy va tarixiy risolalar, odobnomalar, she’riyat va musiqa ahlining hayoti va ijodiga oid tazkiralar hamda boshqa sohalarga tegishli yozma manbalar. Ikkinchisi-jonli musiqiy an’analar va ular haqida xalq orasidagi fikr va mulohazalar. “Og‘zaki va yozma manbalar orasida uzviy bog‘lanish mavjud. Ular bir-birini to‘ldirib, musiqa madaniyatining umumiy manzaralarini to‘laroq tasavvur etishga imkon ochadi” [2.4]. Yosh Qurbonnazar to‘qqiz yoshlarida xalq orasida tanila boshladi. Uning “Bola baxshi” deb nomlanish tarixini o`g`li, O`zbekiston xalq artisti – Yetmishboy Abdullayev shunday keltiradi: “Otamning ilk davraga chiqib, doston ayta boshlagan paytlarida, hali uni hech kim tanimas ekan. Shunda otam davraga kirib doston kuylashga tayyorgarlik qilib o`tiraganida davradagi yoshi katta otaxonlardan biri qaysi dostonni bilasan, deb so`raydi. Qurbonnazar esa, qaysi dostonni aytib beray, deb so`raydi. Yoshi katta otaxon “Go`ro`g`li - Bozirgon” dostonini ayt, deydi. Qurbonnazar dostonni aytadi. Shunda otaxon “Bu bola haqiqiy baxshi ekanku”, debdi, Shu-shu Qurbonnazar el orasida “Bola baxshi” nomi bilan tanilib ketgan ekan. Bola baxshining haqiqiy ismi-sharifi Qurbonnazar Abdullayev ekanligini hozirgi davrda ham ko`pchilik bilmaydi. Xususan, biz ham keyinchalik bilganmiz. Chunki xalq uchun “Bola baxshi” nomi tanish va xalq bu nomni muqaddaslashtirgan. “Bola baxshi” nomi Qurbonnazar Abdullayev ismi-sharifiga umrining oxirigacha qo‘shib aytilib kelindi. Bola baxshining mashhur dostonchi bo‘lib еtishishida unga ustozlik qilgan kishilardan biri Jumanazar baxshining shogirdi Yodgor bulamonchi edi. Yodgor bulamonchi yosh baxshiga doston kuylarini o‘rgatadi, dutorga o‘z bulamoni bilan jo‘r bo‘ladi. Unga dostonlarni o‘rgatgan ikkinchi ustozi – o`sha paytda el orasida Reyma xalfa nomi bilan mashhur bo`lgan Rahima xalfa edi. Yosh Qurbonnazar o‘rgangan dostonlarini xalq orasida kuylab yurdi. Keyinchalik otasi uni Jumanazar baxshiga shogird qilib beradi. Bu taxminan 1914-15 yillar edi. Bola baxshi shundan boshlab to 1929 yilgacha ustozi bilan birgalikda doston kuyladi. Shu yili ustozi vafot etgach, o‘zi mustaqil doston kuylashga o‘tadi. Keyin ancha yillar Xiva teatrida ishladi. Ikkinchi jahon urushida qatnashdi. Urushdan keyingi yallarda ham xalq teatrida, madaniyat uyida ishlab keldi. Uning repertuarida “Go‘ro‘g‘li” va “Oshiq” turkumlariga oid yigirmaga yaqin doston bo‘lib, ularning anchasi, jumladan “Oshiq G‘arib va Shohsanam”, “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi qator dostonlar yozib olingan. Qurbonnazar Abdullayevning doston kuylash mahorati nihoyatda yuksak. Unng diksiyasi jarangdor va burro, Xorazm 75 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman kuylarini juda yaxshi biladi. Dostonni hikoya qilgan vaqtda eshituvchilarni o‘ziga darhol jalb eta bilish va ularni chuqur hayajon girdobiga tashlash qobiliyatiga ega. Bola baxshining gap tuzish, hikoya qilishda o‘ziga xos takrorlanmas uslubi bor. Baxshi dostonlarda nasriy qofiyalarni, mubolag‘alarni, o‘xshatishlarni, frazeologik iboralarni, maqollarni o‘z o‘rnida ustalik bilan qo‘llaydi. Masalan, “Bozirgon” dostonida Bozirgonning o‘limidan oldingi ahvolini bayon etar ekan, baxshi uni shunday ifoda etadi: “Bozirgon tevasini ustinda borayotir edi, g‘oyibdan ko`krakinnan bir sovuq shamol esdi. Yuragi bir narsani sezdi, oyog‘ining uchidan bir jumbirdi, kirib, yag‘irnini uch aylanib, miyasidan dud berib chiqib ketdi. “Xirmondali” dostonida esa qurrado‘z kampirni shunday tasvirlaydi: “To‘ppisi to‘zgan, ko‘hna kasali qo‘zgan, gapda hammadan o‘zg‘an bir shum kampir”. Qurbonnazar Abdullayev doston musiqalarini nomlari bilan birga biluvchi yagona baxshi edi. Uning ma’lumot berishicha, ilgari 72 dan oshiq kuy bo‘lgan. Ayrim manbalarda suhbu kuylarning sonini 120 dan ortiq deb keltiriladi va doston yakunida chalinadigan kuylardan birining nomi “101 kuyi” deb nomlanadi. Bola baxshi shu kuylarning o‘ttiz to‘rttasini to‘la ravishda bilgan ekan. Ma’lumki, Xorazmlik baxshilari dostonlarni “Muxammasi iftor” kuyi bilan boshlab, “Oromijon” yoki “Bartavulning uforisi” bilan tugatgan. Eng oxirida esa “Sargardon” kuyi ijro etilib nihoyalangan. Doston kuylarining nomlari “Muxammasi baxshi” turkum kuylarini tashkil qiluvchi “Muxammasi baxshi 1”, “Muxammasi baxshi 2”, “Muxammasi baxshi 3”; “Ilg`or” turkumini tashkil qiluvchi “Ilgo`r 1”, “Ilgo`r 2”; “Naylarman” turkumini tashkil qiluvchi “Naylarman 1”, “Naylarman 2”, shuningdek, “Shohko`chdi”, “Zorinji”, “Ko`r qiz” va hakozo shu kabi nomlar bilan nomlangan. Bola baxshi doston ijrosida o`sha kuylarning nomlarini albatta ayrib o`tar edi. Masalan: “G`aribjon dutorini Shohko`chdi nag`masining avjpardalariga duzib olib, Shosanam qizg`a qarab qiyg`rib bir noma boshladi…” yoki “G`aribjon devorda osilib durg`on dutorini olib, Ozarbayjon nag`malarinnan, Voqeoti nomalardan, Chap’andozi nomalardan chertib-chertib, dutorni еna divolga osib qo`yavardi”. Ko`rinadiki, Bola baxshi doston kuylarini nomma-nom bilgan va doston ijrosida har bir kuyning nomini albatta aytib ketgan. Baxshi reperturaridagi ushbu musiqa asarlarining o‘zi alohida tadqiqotni talab etadi. Bola baxshi nafaqat o‘zbeklar orasida balki turkmanlar orasida ham mashhurdir. U har uch tilda doston kuylash qobiliyatiga ega edi. Baxshi “Go‘ro‘g‘li” eposining Polvon baxshi repertuariga aloqador bo‘lgan yo‘vmit versiyasini (eposning chovdir versiyasi ham bor) ham to‘la ravishda o‘zlashtirgan edi. Qurbonnazar Abdullayevga 1938 yilda “O‘zbekiston xalq dostonchisi” unvoni berilgan. Baxshining o‘g‘illari Norbek, Matyoqub (xudo rahmatiga olgan bo‘lsin) va Yetmishboy baxshilar ham ota 76 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman izidan borib, Xorazm dostonchiligi an’analarini munosib ravishda davom ettirganlar va davom etdirib kelmoqdalar. 2025 – joriy yilda Bola baxshi – Qurbonnazar Abdullayev tavalludiga 125 yil to`ldi. Shu munosabat bilan Xalqaro miqyosida konferensiya o`tkazildi, uy muzeyii tashkil qilindi, Turkiyada va O`zbekistonda baxshi hayoti va ijodi bo`yicha kitoblar chop qilindi va shu kabi qator ishlar amalga oshirildi. Adabiyotlar 1. Мирзаев Т. Эпос и сказитель. –T.: Фан, 2008. – с.26. (410); Ro‘zimboyev S. Xorazm dostonchiligi epik an’analari. –Urganch, “Universitet”, 2008. –B.158. 2. Matyoqubov O. Risola xususida (so‘z boshi) // Mulla Bekjon Rahmon o‘g‘li, Muhammad Yusuf Devonzoda. Xorazm musiqa tarixchisi. –T.: “Yozuvchi”, 1998. –B.4.