"GO'RO'G'LI" EPOSINING ALEKSANDR HODZKO TARJIMASIDAGI AYRIM DOSTONLAR HAQIDA
Full text
77 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman “GO‘RO‘G‘LI” EPOSINING ALEKSANDR HODZKO TARJIMASIDAGI AYRIM DOSTONLAR HAQIDA Sariyeva Rahimabonu UrDU talabasi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17381545 Annotatsiya: Mazkur maqolada A.Hodzko tomonidan tarjima qilingan “Go‘ro‘g‘li” eposi tarjimasining IV va V bo‘limi tahlil qilinadi. Dostonda Go‘ro‘g‘lining Nigorxonim bilan uchrashuvi, unga uylanish jarayoni va ushbu voqealarning doston sujeti rivojidagi o‘rni masalasiga e’tibor qaratiladi. Kalit so‘zlar: Go‘ro‘g‘li, Nigorxonim, Belly-Ahmad, doston, obraz tahlili, sujet mushtarakligi. Аннотaция: В статье анализируются IV и V части перевода эпоса «Гёроглы» А. Ходзько. В эпосе уделяется внимание встрече Гёроглы с Нигорханим, процессу его женитьбы на ней и роли этих событий в развитии сюжета эпоса. Ключевые слова: Гёроглы, Нигорханим, Белли-Ахмад, эпос, анализ образов, сюжетная общность. Annotations. This article analyzes the IV and V parts of the translation of the epic "Gorogly" by A. Khodzko. In the epic, attention is paid to the meeting of Gorogly with Nigorkhanim, the process of his marriage to her, and the role of these events in the development of the epic's plot. Keywords. Gorogly, Nigorkhanym, Belly-Ahmad, epic, image analysis, subject commonality. Insoniyat sivilizatsiyasida hech bir hodisaning o‘z-o‘zidan, hech qanday tashqi ta’sirlarsiz shakllanib, taraqqiy qilganligini kuzatishimiz mumkin emas. Istagan bir hodisa yoki jarayon boshqa bir hodisa yoki jarayon ta’sirida shakllanadi. Dunyo xalqlarining, ayniqsa, etnik jihatdan yaqin bo‘lgan xalqlarning ijtimoiy-madaniy tarixiga nazar tashlasak, qadim-qadimlardan bir-birlari bilan o‘zaro aloqada yashab kelganligi aniq ravshan ko‘rinadi. Xalqlar o‘rtasidagi etnomadaniy aloqalar folklor namunalarida ham o‘z izini qoldirgan bo‘lib, yangidan-yangi folklor asarlarining yaratilishiga turtki bo‘ldi. Buni o‘zbek va ozarbayjon xalqlari epik tafakkurining betakror namunasi “Go‘ro‘g‘li” qahramonlik eposining qo‘lyozma va toshbosma hamda og‘zaki nusxalari misolida ko‘rishimiz mumkin. CHet el bosqinchilarining dahshatli istilochilik yurishlari, turli xil ijtimoiy ziddiyatlar, barqaror farovon hayot haqidagi orzu-umidlar el-yurt osoyishtaligi uchun kurash olib boruvchi engilmas qahramonlar obrazining yaratilishiga olib keldi. Markazida bosh qahramon Go‘ro‘g‘li obrazi turuvchi “Go‘ro‘g‘li” eposi ham shu jihatdan olganda mutlaqo hayot taqozosi asosida paydo bo‘lgan epik asardir. Eposning Kavkaz versiyalrida “Go‘ro‘g‘li” haqida ko‘plab rivoyatlar shakllangan bo‘lib, Ko‘ro‘g‘li otasining ko‘zi qilingach, Ko‘ro‘g‘li nomi bilan atalgan.
78 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman “Go‘ro‘g‘li” dostonlari turkiy xalqlar og‘zaki ijodining bebaho namunalaridan hisoblanadi. Epos bo‘yicha o‘zbek va dunyo olimlari tomonidan to‘plash va nashr qilish ishlari olib borilgan [1.437]. Go‘ro‘g‘li haqidagi hikoyatlar va rivoyatlarning paydo bo‘lishi va shakllanishi XVI-XVII asrlarga to‘g‘ri keladi. “Go‘ro‘g‘li” afsonasining hayotiy asosini ana shu o‘tgan asrdagi kavkaz xalqari harakatlarining faollashgan yillarida bo‘lib o‘tgan voqealar tashkil qiladi. Jumladan, XVII-asr oxiri va XVII-asr boshlarida Turkiyada xalq qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi, ularning nomlari “Jaloliylar” deb nomlandi. 1599-yilda qadimiy Togat yaqinida boshlangan qo‘zg‘olon boshlig‘ining ismi Jalol bo‘lib, butun bir harakat Jaloliylar deb nom oldi. Mazkur qo‘zg‘olon haqida Arakel Tavriziy aniq ma’lumot qoldirgan. Ushbu ma’lumotga Go‘ro‘g‘li va uning yigitlarining sonini ham kiritgan. Tabriziy quyidagi kishilarni hukmdorga qarshi chiqqanligini keltiradi: Hasan poshsha (1599), Ko‘sa Safar (1599), Ahmad poshsha (1601), Indjixon (1604), Yo‘llarkesdi (1605), Tavul (1593), Muhammad poshsha, Man o‘g‘li, Jonpo‘lod o‘g‘li, Ali poshsha va boshqalarni keltiradi va yana yozadiki: “Go‘ro‘g‘li - bu ko‘p ashulalar to‘qigan, hozirgi kunda ashig-baxshilar kuylayotgan Go‘ro‘g‘lining o‘zidir. Gizir o‘g‘li Mutafobek – bu Go‘ro‘g‘lining do‘sti, u haqda o‘zining qo‘shiqlarining ko‘p joyida aytib o‘tgan”. Tabriziy Go‘ro‘g‘lini tarixiy shaxs, Jaloliylar harakatining qatnashchisi, ashigbaxshi va mashhur qo‘shiqlar muallifi sifatida aytib o‘tar ekan, dostonning faol personajlaridan biri sifatida Xiziro‘g‘li Mustafobekni eslatib o‘tadi, shuning bilan birga qo‘zg‘olonning ham qaerda bo‘lganligini keltirib o‘tadi. “Go‘ro‘g‘li” eposi haqidagi ko‘pgina kitoblarda doston qahramoni tarixiy shaxs ekanligi, uning ashig-baxshi bo‘lganligi, Jaloliylar harakatining ishtirokchilaridan biri ekanligi ta’kidlanadi. Go‘ro‘g‘li nomi bilan bog‘liq she’rlar turli adabiy to‘plamlarga kiritilgan bo‘lib, ularda Go‘ro‘g‘lining shaxsi bilan bog‘liq va epos haqida turli xil mulohazalar bildirilgan. Bu mulohazalar va fikrlardan “Go‘ro‘g‘li” eposining dastlab Ozarbayjon va Kichik Osiyoda ozarbayjon versiyasi shakllangan, degan xulosaga kelish mumkin. Jahon folklorida “Go‘ro‘g‘li” turkumi dostonlarining yozuvga ko‘chirilib, kitobat etilishi XVIII asr boshlaridan boshlangan. “Go‘ro‘g‘li” bilan bog‘liq ashulalarni to‘plash ishlari ilk marotaba Elias Mushegyan tomonidan boshlangan bo‘lib, u o‘z materiallarini Tabrizda “Ashulalar kitobi” nomi bilan e’lon qilgan. XIX asrda sayohatchi o‘lkashunoslar, olimlar va diplomatik vakillardan iborat I.Belyaev, N.Brono, A.A.Volotsin, A.A.Xodzko, I.SHopen va boshqalar XIX asrda turkiy xalqlarning eposlarini to‘plash, nashr qilish va o‘rganish ishlari bilan shug‘ullanishgan. “Go‘ro‘g‘li” eposiga qiziqish ishlari avvalombor ozarbayjon, turk va boshqa Kavkaz versiyalarini to‘plash va nashr qilishdan boshlangan.
79 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman Eposning dastlabki nashri XIX asrning 30-yillarida amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu nashrda eposning kichikroq epizodlari berildi. Bundan maqsad kitobxonlarga eposning rivoyat, afsona va dostonlari, hikoyalari haqida umumiy tasavvur hosil qilib, umumiy ma’lumot berish edi. 1842-yilda Aleksandr Xodzko tomonidan dastlabki mukammal nashr ishlari amalga oshirildi. Polyak sharqshunosi, tarjimon A.Xodzko Erondagi Rossiya missionerlik tashkilotining tarjimoni va Tabrizdagi rus elchixonasidagi elchi vazifasida faoliyat olib borgan davrida “Go‘ro‘g‘li”ning qo‘lyozmasini qo‘lga kiritadi va uni ingliz tiliga tarjima qilib 1842-yilda Londonda chop ettirdi [2.457]. Hozirda Parij Milliy Davlat kutubxonasida saqlanayotgan “Go‘ro‘g‘li” eposining A.Xodzko tomonidan Janubiy Ozarbayjondan qo‘lga kiritilgan qo‘lyozmasi bizgacha etib kelgan qo‘lyozmalarning eng qadimiysi hisoblanadi. Bu nusxa eposning asosiy birlamchi manbalaridir. Aleksandr Hodzko “Go‘ro‘g‘li” eposi xususida e’tiborga molik tadqiqotlar olib borgan bo‘lib, xususan, Kavkaz versiyalari tarjima qilar ekan, dostonning to‘rtinchi bo’limida voqealarni asosan bayon qilib beradi. 1842 yilda eposni Londonda ingliz tilida nashr etgan Xodzko asar muqaddimasida yozadi: “Osiyoda va Yaqin Sharqda Ko‘ro‘g‘li nomi mashhur bo‘lmagan birorta joyni topib bo‘lmaydi. Siz uning nomini hatto Bessarabiya va Moldaviyada ham eshitasiz... Uning Osiuodagi shuhrati Gomerning Yunonistondagi shuhrati kabi buyukdir“. Bu tarqalish natijasida eposning “Коrоglu”, “Qorao‘g‘li”, “Gurguli” va boshqa shu kabi variantlari maydonga keldi. A.Hodzko “Go‘ro‘g‘li” dostonini qisqacha bo‘limlarga ajratib tarjima qilgan bo‘lib, matnning kichik detallarini tarjima qilmagan. Tarjimadagi ikkinchi dostonni hozirgi variantlar bilan solishtirsak birmuncha farqlarni ko‘rish mumkin bo‘ladi. Ozarbayjon “Go‘ro‘g‘li” eposining variantlarida har bir doston Go‘ro‘g‘lining biror bir safariga bag‘ishlangan. Tarjimada to‘rtinchi dostonga ham xuddi birinchi dostondagi kabi nom berilmagan. Hodzko tomonidan tarjima qilingan “Go‘ro‘g‘li” eposining IV va V shohobchalarida tasvirlanishicha, Naxichevan degan yurtda bitta yigit bo‘ladi. U o‘zining jasurligi, dovyurakligi bilan tanilgan bo‘ladi. Hamma uni Temirchi o‘g‘li deb atashardi. Bir kuni u bozor bo‘ylab borarkan, Go‘ro‘g‘li o‘z yigitlarini mukofotlashini eshitib qoladi. Shunda u o‘ziga: Men Go‘ro‘g‘liga xizmat qilishni istayman, chunki u o‘ziga sodiq kishilarni juda yaxshi qadrlaydi, deydi. Shunday qilib, Temirchi o‘g‘li Chamlibel yurtiga ketadi. Bu paytda Go‘ro‘g‘li ov mashg‘ulotlari bilan band bo‘lib yurgan edi. Shunda qarasa uzoqdan nimadir ko‘rinadi. Bu nima ekan, deb hayron bo‘ib turganida, bir yigit
80 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman uning yoniga keladi. Shunda Go‘ro‘g‘li: Xo‘sh, yigitcha, sen kim bo‘lasan va qayerliksan, deydi. Yosh yigit javob beradi va Go‘ro‘g‘lining ta`rifini eshitib, uning xizmatiga kelganligini aytadi. Go‘ro‘g‘li unga, ha, to‘g‘ri eshitibsan men Go‘ro‘g‘liman, men yigitlarimni doimo qo‘llab-quvvatlayman, taqdirlayman, lekin menga sodiq xizmat qilganlarinigina, deydi. Shu vaqtda Go‘ro‘g‘li bitta voqeani eslab, qo‘liga sozini olib bir so‘z aytadi. Shunday qilib, Go‘ro‘g‘li va yosh yigitcha birgalikda Chamlibelga qarab yo‘l olishadi. Avaz va Temirchi o‘g‘li askarlar ichida eng kuchlilari hisoblanishadi. Asardagi temirchi o‘g‘li eposdagi Hasanxon obrazidir. Shundan keyin voqealar Nigorxonim bilan bog‘liq voqealarga burilib ketadi. Konstantinopolda Nigorxonim degan malika yashar edi. U Sulton Murod podshohning qizi edi. Bir kuni Nigorxonim Konstantinopol (Istambul) bozorlari bo‘ylab sayr qilishga keladi. Bu paytda Go‘ro‘g‘lining mashhurligi butun Turkiy ellar bo‘ylab tarqalgandi va odamlar tinmay u haqida gapirishardi. Bu gaplarni eshitarkan Nigorxonimning yuragi haprigib ketdi. O‘sha payt Belly-Ahmad (Balli Ahmad) ham bozor bo‘ylab sayr qilib yurganida do‘konlar birin-ketin yopilib qoladi. Shunda u hayron bo‘lib bitta turkdan, do‘konlar nega yopilganini so‘radi. Turk shunda: Bilmaysanmi, podshohimiz Sulton Murod Makkaga ketgan va uning o‘g‘li Burji Sulton vaqinchalik boshqaruvchi. Uning Nigorxonim degan singlisi bor. Malika har juma kuni ibodat qilgani masjidga boradi, otasi esa u bozordan o‘tayotganida uning husnini hech kim ko‘rmasligini va do‘konlar yopilishi kerakligini aytgan, dedi turk savdogar. Malika do‘konlarning oldidan o‘tib ketganidan keyingina hamma yana o‘z joyiga qaytishi mumkin edi. Belly-Ahmad o‘ziga-o‘zi, nahotki, uni ko‘rmagan bo‘lsam, deydi. Belly-Ahmad Nigorxonimning kelayotganini payqab bitta do‘konga kirib panaga berkinadi. O‘shanda Nigorxonim hamma do‘konlar yopiq bo‘lib, nega aynan bu do‘kon ochiq turganiga hayron bo‘ladi. Ichkariga kirganida Belly-Ahmadga ko‘zi tushadi. Balli Ahmad malikadan tinmay uzr so‘raydi. Nigorxonim unday qayerdan kelganligini so‘raydi. Shunda Belly-Ahmad, Arzerumdanman, deydi. Nigorxonim undan, Chamli-Bell vohasini bilasanmi, deb so‘raydi. U еrda Go‘ro‘g‘li degan qo‘rqmas, mard yigit bor ekan shu rostmi, so‘raydi Malika. Ha, Go‘ro‘g‘li sulton borligi rost, deydi Belly-Ahmad. Malika undan Go‘ro‘g‘liga maktubni еtkazishini so‘raydi. Belly-Ahmad, bajonidil, deb Chamlibellga qarab yo‘l oladi. Nihoyat, Chamlibellga еtib boradi va Go‘ro‘g‘liga bo‘lgan barcha voqeani so‘zlab beradi. Go‘ro‘g‘li unga, nahotki malikani suratini chizdirib olib kellomading, deya uni zundonband qiladi. Shunday qilib Go‘ro‘g‘li yo‘lga otlanadi.
81 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman Albatta, Nigorxonim va Go‘ro‘g‘li bir-biriga qattiq qiyinchiliklar bilan еtishishadi. Bu dostonda sevgi motivi o‘ziga xos tarzda tasvirlangan. Bu voqealar, asosan, IV bo‘lim voqealari hisoblanadi. Voqealarning davomi bo‘lgan V bo‘limda esa Go‘ro‘g‘lining ko‘p sinovlarni boshidan kechirishi va еngib o‘tishi tasvirlanadi. Avval boshida malikaning otasi va akasi qattiq qarshilik ko‘rsatishadi. Lekin Go‘ro‘g‘li o‘zining jasurligini, mardligini barchaga isbotlaydi va malikani yaxshi ko‘rgani sababli oxirigacha u uchun kurashadi. Aynan, V bo‘limda Nigorxonimga uylanishi haqida voqealar o‘z aksini topgan. Go‘ro‘g‘li qirq kecha-yu qirq kunduz to‘y qiladi. Go‘ro‘g‘li va Nigorxonim o‘rtasidagi munosabatlar A.Hodzko tarjimasida poetik ifoda, milliylik va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘ublashgan hisoblanadi. Bu bo‘limlar nafaqat dostonning syujet rivoji uchun muhim, balki uning axloqiy-estetik ahamiyatini ham oshiradi. Adabiyotlar 1. Жирмунский В.М., Зарифов Х.Т. Узбекский народный героический эпос. - М., ГИХЛ. 1947; Murodov M. «Go‘ro‘g‘li» dostonlarining janriy va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari. – Т., 1978; Mirzayev T. Xalq baxshilarining epic repertuari. – Т., «Fan»; Ro‘zimboyev S. Xorazm dostonlari. – Т., «Fan», 1985; 2. A.Chodzko. Specimens of the popular, poetry of Persia foundi in the adoventueres and improvisatious of Korroglu, the banditizm Strol of Persia, a te London, 1841.